Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Epigrafik bezak turlari


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 
89-rasm. Epigrafik bezak turlari: a,b,v-
ko‘fiy yozuvlar; g-nash, d-suls, e-nastaliq 
yozuvi
а 







184 
nazariy asoslarini yaratgan. Koshiy muqarnasning to‘rt turini ko‘rsatgan: 
minbar (oddiy muqarnas), at-tiyn (kuloliy muqarnas), al-qavs (yoy shaklidagi 
muqarnas) va ash-sherozi (sheroziy muqarnas).
XV asrning ikkinchi yarmida naqshinkorlikda "kundal" uslubi vujudga 
keladi. Bu uslubda ranglar oq ganch yoki mahalliy qizil kesak tusini oluvchi loy 
ustiga bo‘yalgan. Qizil kesak asosidagi bo‘rtma bezakka rang-barang islimiy 
naqshlar solinib, ajoyib bezak turi paydo bo‘lgan. Tillorang, och ko‘k, qizil va oq 
ranglar yoniga zangori va yashil ranglar qo‘shiladi. Yoki biroz oddiyroq kundal 
naqshlar oq yoki ko‘k asosga tillo suvi yugurtirilib ingichka islimiy bezaklar 
solinib ishlangan (90, a-rasm).
Bu davrda O‘rta Osiyoda 
qadimdan rivoj topib, so‘ng 
amaldan qolgan mahobatli rang 
tasvirli devoriy suratlar yana kuchga 
kirgiziladi. Ularda jonli 
mavjudotlar: odam va hayvonlar, 
shuningdek tabiat va falakiyot tas-
virlari o‘z ifodasini topdi. Alohida 
hayotiy mavzularga bag‘ishlangan 
yirik devoriy suratlar (monumental 
tasviriy san’at) Amir Temur zamonasida uning bog‘saroylarida aks ettirildi.
90-rasm. Muqarnas (a) va 
muqarnas naqshning XV asr 
Buxoro ustasi ishlagan chizmasi (b).
 
а
91-rasm. Kundal uslubidagi naqsh (rasmning chap 
tomonida), yozuviy (o'ng tomondan yuqorida) va 
islimiy (pastdagi) naqsh. SamDAQI talabasi
A. Haqqulovning ishi.
b


185 
Tabiat va falakiyot, yetti iqlim va sayyoralar suratlari Ulug‘bek davrida u 
bunyod etgan rasadxona devorlarida tasvirlandi. Bog‘-saroylarda esa hayotiy 
mavzudagi rasmlar majmuasi vujudga keldi. Ulug‘bek davrida Xitoydan 
keltirilgan chiniy naqshlar ham bu sohadagi yangiliklardan biri bo‘ldi. Va nihoyat 
bu davrda tasviriy san’atning nafis mo‘jaz turlari miniatura naqqoshligi hamda 
turli xil muraqq’alar (albom) shaklidagi alohida to‘plamlar tayyorlash amalga 
kirdi. Kitobiy hattotlik san’ati ayni paytda me’moriy naqqoshlik san’atiga 
ko‘chirildi. Bu sohada yangi an’analar vujudga keldi, ya’ni yaqindan va uzoqdan 
(muhitdan) o‘qiladigan yozuviy naqshlar paydo bo‘ldi. Afsuski, XIV va XV 
asrlarda asosan Samarqand va Hirotda avj oldirilgan noyob devoriy monumental 
tasviriy san’at namunalari bizgacha saqlanib qolmagan. Tasviriy san’atning bu turi 
keyingi davrlarda bu o‘lkada rivojlanmay ham qoldi. Faqat bizning zamonamizda 
bu yo‘nalish taraqqiy ettirilib, o‘zining yangi mavzusini topdi. Ya’ni Sharq 
uslubidagi miniatura san’ati milliy ruh va azaliy an’analar asosida qayta tiklanib 
nafaqat kitob sahifalarida, balki mahobatli rang tasvirli devoriy suratlar 
ko‘rinishida ham keng kuchga kirib, jozibador milliy yo‘nalish oldi. Fikrimizcha, 
endigi navbat ana shu yo‘nalishni bo‘shashtirmay unga turli xil dunyoviy stil va 
yangiliklar kiritib milliylikni mahkam saqlab qolishdadir.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling