190
13.4. O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarining handasaviy
yaratilish qonuniyatlari
Amaliyotda eng ko‘p tarqalgan girih
naqshlarning handasaviy chizilish
uslublari
taniqli xalq ustasi Zokirxon
Bositxonovning 2002 yilda o‘zbek
tilida
chop etilgan "Handasaviy naqsh
(girih)larning yechimlari" nomli kitobida
batafsil bayon qilingan. Shu
bois biz bu
masalaga alohida to‘xtab o‘tirmaymiz.
Biroq, me’moriy bezaklarning handasaviy
yasalish uslublarini o‘rta asr tarixiy asarlari
("Muqaddima" va "Geometrik shakllarning nafisligi haqidagi ma’naviy go‘zal
usullar")da keltirilgan misollar bilan taqqoslab o‘rgangan M.S.Bulatovning
ishlariga nazar tashlaylik. U o‘sha asarlarni O‘rta Osiyo o‘rta asr naqqosh
ustalari
uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilganligini isbotlaydi. M.S.Bulatov X-XV
asrlarda me’morlar bezaklarni chizishda quyidagi uslublarga asoslanganligini
aniqlagan:
1) kvadratlar to‘ri asosida;
2) kvadrat
va uning hosilalari asosida;
3) yarim kvadrat yoki ikkilanma kvadrat hosilalariga asoslangan holda;
4) teng yonli uchburchak va uning hosilalariga va uchburchak to‘riga
asoslangan holda;
5) kvadrat va teng yonli uchburchakning qo‘shiluviga asoslangan holda;
6) nurli koordinatalar to‘riga asoslangan girihlar tarzida.
Quyidagi 89, 90, 91, 92 va 93-rasmlarda handasaviy yasalishi
yuqorida
M.S.Bulatov ko‘rsatgan usullarda chizilgan me’moriy ornamentlardan misollar
keltirilgan. 90-rasmda chizilishi uchburchak to‘riga asoslanib
simmetrik kom-
pozitsiyada ishlangan ornament ko‘rsatilgan bo‘lsa, 94-rasmda kvadrat to‘rdagi,
95-rasmda esa kvadrat, beshburchakka va aylanaga asoslanib chizilgan va 93-
rasmda besh nurli koordinatada ishlangan ornamentlar ko‘rsatilgan.
93-rasm. Kvadrat va uning hosilasi
Do'stlaringiz bilan baham: