Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
, a-rasm. Besh nurli koor-
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.5. Me’moriy uyg‘unlikni ta’minlashda va ta’mirlash loyihalarida zamonaviy kompyuterlardan foydalanish
98, a-rasm. Besh nurli koor-
dinatalarga asoslangan to'g'ri burchakliklar 193 Bezak elementlarining takrorlanishi va ularni ishlash jarayonidagi an’anaviylik ana shu oddiylikni saqlab qolishda muhim rol o‘ynagan. Xullas, o‘rta asr naqqoshlarining ijodiy yo‘li me’moriy bezaklarni yasash nazariyasi bilan sug‘orilgan bo‘lgan. P.SH.Zohidov me’morlar murakkab naqshlarni chizishda aylana va uning diametrini bo‘laklarga bo‘lish uskunasi – "dastur" hamda to‘g‘ri burchakni bo‘laklarga bo‘lish va girihni chizish uskunasi – "mistar-guniya", ya’ni "burchakli chizg‘ich" kabi maxsus moslamalarni qo‘llagan, deb yozadi. Shunday qilib anglashildiki, o‘tmishda O‘rta Osiyolik me’morlar nafaqat katta me’moriy shakllar va hajmlar o‘lchamlarini o‘zaro mutanosiblashtirishgan, balki ularga ishlangan murakkab geometrik bezaklarning yasalish uslublarini ham osonlashtirish, va ayni paytda, ularni go‘zal uslublar va shakllarda ishlash sirlarini ham bilganlar va buning uchun yetarli darajadagi nazariyaga ega bo‘lganlar. 13.5. Me’moriy uyg‘unlikni ta’minlashda va ta’mirlash loyihalarida zamonaviy kompyuterlardan foydalanish Ma’lumki, istalgan me’moriy yodgorlikdagi naqshni ta’mirlash va qayta tiklash loyihasiini yaratishda ushbu yodgorolik haqidagi yozma tarixiy manbalar, arxeologik va ilmiy materiallardan tashqari grafik axborotlar (chizmalar, sxemalar, o‘lchov va foto materiallar, aksonometrik yoki perspektiv tasvirlar) katta rol o‘ynaydi. Bunday materiallarni o‘rganib, ularni bir-biriga taqqoslab va tahlil qilib, yodgorlikni qayta tiklash va, nihoyat, uning ta’mir loyihasini tayyorlash o‘ta murakkab, ma’suliyatli va ko‘p vaqtni oluvchi jarayondir. Bu ishni an’anaviy loyiha taxtasi va chizma qog‘ozda bajarish tobora eskirgan uslubga aylinib bormoqda. Ushbu jarayonni osonlashtirish maqsadida loyihachi me’morlar va ta’mirchi arxitektorlarga mashina grafikasining avtomatlash-tirilgan texnik vositalari, elektron hisoblash mashinalari (EHM) va shunga o‘xshash texnik tizimlar-zamonaviy kompyuterlar yordamga kelmoqda. Chet el loyihalash amaliyotida bunday elektron tizilmalar allaqachon muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. 194 Jumladan, eng takomillashgan ana shunday tizimlardan biri bu AutoCAD va uning asosida yaratilgan ArchiCAD va Arcon tizimlaridir. Bu tizimlar loyihalash jarayonini arxitekturaviy programmalashga moslashgan barcha texnik elektron uskunalarga ega bo‘lib, ular zamonaviy inshootlar loyihalarini bajarishda foydalanilmoqda va o‘z tarkibiga namunaviy binolar loyihalarining barcha asosiy standart elementlarini kiritgan. Bular sinchli, sirtli va hajmiy-fazoviy qurilmalar, standart panellar, eshik va deraza o‘ymalari, yaxlit blok qurilmalar va boshqa me’moriy elementlarki, ular yordamida istalgan bino yoki inshootning modelini yaratish mumkin bo‘ladi. Ushbu elektron dasturlar, ayni paytda, me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash, grafik qayta tiklash va naqsh loyihalarini ishlab chiqish jarayonini ham tezlashtirish imkonini bermoqda. O‘rta Osiyodagi arxitekturaviy loyihalash ishlarida hozirgi vaqtda kompyuterlar qo‘llanilsada, me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash loyihalarini tayyorlashda to keyingi yillargacha kompyuter grafikasi vositalaridan unumli foydalanilmay kelinmoqda. Biroq, zamonaviy elektron mashinalar ta’mirchi me’morlarning loyiha ishlarida ham cheksiz qulayliklar va imkoniyatlar tug‘dirishi muqarrardir. Masalan, kompyuter yordamida tez va katta aniqlik bilan yodgorlik me’moriy shakllarining handasaviy mutanosibligini topish va tiklash, unda qo‘llanilgan modul tizimini aniqlash mumkin. Ta’mirlanayotgan me’moriy obidaning tarzi va qirqimlarini tiklashda loyihachi turlicha ravoq, toq va gumbazlar shaklini chizishga majburki, bu murakkab va qiyin jarayon kompyuterda bir necha soniyada katta aniqlik bilan bajarilishi mumkin. Ma’lumki, O‘rta Osiyo yodgorliklarini me’moriy bezaklarsiz tasavvur etish qiyin. Ularni chizmalarda qayta tiklash esa o‘ta murakkab va ma’suliyatli ish. Bi- roq, yuqorida nomlari tilga olingan va boshqa zamonaviy elektron dasturlar yordamida chizmani o‘q atrofida aylantirish, shaklni simmetrik ko‘chirish, ritmik takrorlash, istalgan egri chiziq yoki sirtni chizish va naqshni bajarish mumkinki, bu ta’mirchi me’morlarga loyihani ishlash jarayonini o‘ta osonlashtirishi mumkin. 195 Kompyuterlar (monitor tizimli blok, klaviatura) qo‘shimcha bosmaga chiqarish va nusxa ko‘chiruvchi (printer, skaner, grafopostroitel yoki plotter) aslahalar bilan jihozlansa, ularning imkoniyati yanada kengayadi, ya’ni ko‘p variantli, tayyor chizmalarni tez, sifatli, xohlagan nusxada va o‘lchamda ko‘paytirish, chizmalarni xotirada xohlagan vaqtgacha saqlash mumkin bo‘ladi. Deylik, kompyuter texnikasiga ham ega bo‘ldingiz, u holda siz kompyuterda chizma chiza oladigan biron bir algoritmik til, maxsus programmalar paketi (PPP) yoki maxsus sistemalardan biriga ega bo‘lishingiz va ular bilan muloqot qilishni bilishingiz kerak bo‘ladi. Naqshlarni kompyuterda bajarishning osonligi shundaki, ularning asos elementi – "taqsim"ni chizib olsak, qolgan qismi shu elementni ma’lum yo‘nalishlar bo‘ylab takrorlab, simmetrik akslantirib yoki biron-bir burchak ostida burib hosil qilinadi. Bundan tashqari naqshlarni maxsus chizuvchi tizim (sistema)lar (AutoCAD, ArchiCAD, TopCAD) yordamida ishni bundan ham tez va soz bajarishimiz mumkin. Bu tizimlarning afzalligi shundaki, biron bir tizim ma’lumotlar omboridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot (asosiy va qo‘shimcha menular) orqali kerakli chiziq, to‘ri va geometrik naqshlar tanlanib, naqsh asosi yaratiladi va "affin qayta qurish" uslublaridan foydalanib, naqsh kompozitsiyasi to‘liq shakllantiriladi. Ekran (displey)da hosil qilingan naqsh chizmalari chop etuvchi elektron aslahalar yordamida xoxlagan nusxa va kattalikda chiqarib olinadi. AutoCADning oxirgi versiyalaridan biri "NURBS – modelirovaniye" deb nomlanib handasaviy modellashtirishning bo‘ylama va ko‘ndalang kesmlari nuqtalarining topshirig‘iga asoslangan. Boshqacha aytganda ushbu elektron dastur yordamida istalgan murakkablikka ega bo‘lgan sirtlarni qurish va inshootlarning uch o‘lchamli tasvirlarini katta aniqlikda topish imkoniyatlari mavjud. Misol tariqasida XII asrda Turkmanistondagi Marv shahrida qurilgan Sulton Sanjar maqbarasining grafik tiklanishini yuqoridagi dastur yordamida kompyuter grafikasida bajarilgan variantini ko‘rib chiqaylik. 196 Tabiiyki, Sulton Sanjar maqbarasini o‘rganishga doir va uning ilk me’moriy ko‘rinishini grafik ta’mirlash va qurilmaviy xususiyatlariga bag‘ishlangan tatqiqotlar talaygina. Akademik G.A.Pugachenkova yodgorlik me’moriy shakllarining yaratilish uslubini ilk bor ochib berishga harakat qilib, bino tarhini diagonal kvadratlar tizimida chizadi va bino shakllari nisbatlarini ushbu usul asosida chizilgan modul (kataklar) to‘riga mos kelishini aniqlaydi (99-rasm). Biroq, bu chizma binoning haqiqiy o‘lchamlaridan biroz farq qiladi. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling