191
Ushbu rasmlardagi me’moriy bezaklarga e’tibor berib
qaralsa har bir
naqshning chizilishi muayyan tartib-qoidalarga bo‘ysunganligiga ishonch hosil
qilish mumkin. Ular ma’lum bir geometrik
yasalmalar asosida ishlanganki, ularda
naqsh bo‘laklari va qismlari o‘zaro hamohang o‘lchamlarda va mutanosibliklarda
olingan.
94-rasm. Uchburchaklar to'ri asosida
chizilgan naqsh. O'zgandagi Janubiy maqbara
naqshi.
95-rasm. Kvadrat to'riga asoslanib
ishlangan naqsh. Termizdagi XII
asr saroyining naqshi.
96-rasm. Kvadrat, beshburchak, sakkiz-burchak
va aylana asosida chizilgan naqsh: Samarqand
muzeyining naqshi (XII a.).
192
Bezaklarning takrorlanuvchi elementlari
orasidagi hamohanglik, o‘zaro
ritmik tartiblar va kompozitsiyaning umumiyligi bezakning yaxlitligi va
uyg‘unligini vujudga keltirgan. Bunga erishish uchun
naqqosh usta nafaqat katta
mahorat egasi, balki chuqur nazariy bilimlar, ayniqsa hisob va handasa ilmini
egallashi va ayni paytda yuksak estetik did sohibi ham bo‘lishligi talab qilingan.
Eng oddiy shakllardan murakkablariga o‘tish me’moriy bezaklarning
umumiy
an’anaviy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan. Yangi handasaviy murakkab
bezaklarni chizish me’morlarga qiyin kechgan bo‘lsa-da, bunday murakkab
bezaklarni amalga tadbiq qilish va materialda ishlash faqat oddiylikni talab qilgan.
97-r asm.
98-rasm. Besh nurli koordinata
asosida ishlangan naqsh. Buxoro
muzeyining naqshi (XVI a.).
Do'stlaringiz bilan baham: