207
Toshkent shahar hokimligining yangi binosida qo‘llanilgan
moviy gumbaz,
binoning bosh kirish qismi (ostona) va bosh tarzning tugallanish kompozitsiyalari,
shuningdek Oliy Majlis binosining barcha tarzlarida qo‘llanilgan ustun-to‘sinli
qurilmalardan tuzilgan oq sharafa va Oliy Majlislar zalining qobirg‘ali moviy
gumbazi o‘ta mahobatli va kontrast samarali tashqi badiiy tugal yechimga ega.
Toshkentdagi
"Chorsu"
mehmonxonasining
hajmiy-fazoviy
kom-
pozitsiyasida ham binoning tugallanish qismlari o‘ziga xos yechilgan bo‘lib, uch
tomondan guldastali, adl qomat milliy minoralarni
eslatuvchi shakllar va tepa
qismidan maxsus texnik qavat yordamida betakror badiiy tugal kompozitsiya hosil
qilingan. Ichida zinapoya va lift joylashgan bu minoralar to‘q zangori rangga
bo‘yalib, bo‘rtib chiqqan oq rangli "balkonlar" ifodasi, ranglar kontrasti
hamda
nur va soya samarasini berganki, bu juda ifodali chiqqan (110-rasm).
109-rasm. Zamonaviy
me'morchilikda badiiy tugallik
qonuni:
a-Toshkentdagi O'zbekiston
Respublikasi
Oliy Majlis binosi;
b-Temuriylar davri madaniyati va
tarixi muzeyi.
b
a
208
Toshkentdagi
"O‘zbekiston"
mehmonxonasining me’moriy yechimida
ham binoning
tugallanish kompozitsiyasi
o‘ta ifodali tasvirlangan. Bu yerda texnik
qavatdan tashqari bino ustiga yozgi
qahvaxona, dam olish va ko‘ngil
ochar
o‘yinlar majmuasi tashkil etilganki, bular
bino tarzida milliy ayvonlar shakliga
o‘xshab ketgan
va nur va soya samarasi
bilan qo‘shilib o‘ziga xos tugal
kompozitsiya hosil qilgan (111-rasm).
Umuman olganda me’morchilik va qurilish san’atining o‘ziga xos badiiy
kompozitsion sir-asrorlari mavjudki, ular qatoriga masshtablilik, shakllar
mutanosibligi va uyg‘unligi, tektonika, simmetriya va asimmetriya, ritm, kontrast
va nyuans, plastika, nur va soya kabi badiiy vositalar kiradi. Biroq, badiiy tugallik
qonuniyati shu choqqacha arxitektura nazariyasida e’tiborsiz qoldirilgan
va uning
keng badiiy imkoniyatlari yuqoridagi vositalar singari ochib berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: