205
Uy tarhi kvadrat shaklida bo‘lib, xona markaziy qismida to‘rtta ustun
joylashtirilgan. Ustunlar chiroyli
boshalar bilan, boshalar xari, xarilar esa bir-
biriga ko‘ndalang yog‘ochlar bilan shunday qator kvadrat
shaklli yuzalar hosil
qilib yopilganki, natijada ushbu ayvon shiftining o‘rta tugal qismi ajoyib gumbaz
ko‘rishini olgan (107-rasm).
107-rasm. Bino ichki ko'rinishiga xos badiiy tugallik kompozitsiyalari:
a-O'ra-Tepaning qal'ai-Qahqaqa I shaharchasidagi Bunjikent saroyi qabulxonasining rekonstruksiyasi.
Tojikiston (VII-VIII aa.); b-Dehai-Bolo qishlog'i masjidining ustun boshasi (D.Nozilov bo'yicha); v-Panjikentdagi
qadimiy xonaning ichki ko'rinishi (L.Voronina rekonstrukciyasi).
b
v
а
206
Gumbaz tepasida tuynuk qoldirilgan. Shunga o‘xshash uslubda ishlangan
ichki tugal kompozitsiyani tog‘li Badaxshondagi uy tuzilishida ham uchratamiz.
Katta yuzali bunday xonalarning arxitekturasini ishlashda va ichki tuynukli
ayvonning yechimida badiiy tugallik qonuniyatidan
foydalanish muhim ahamiyat
kasb etgan. Bog‘-saroylarda qurilgan "qashqarcha" ko‘shk-ayvonlar, masjid,
maqbara va xonaqohlarning ziyoratgohlari va jamoatxonalari, hammomlardagi
chorxari va miyonsaroylarning ichki yechimlari ham boshdan
oyoq badiiy tugallik
qonuniyati samaralariga asoslangandir.
14.3. Badiiy tugallik qonuni va zamonaviy arxitektura
Badiiy tugallik qonuniyati samaralarining zamonaviy arxitekturada ham
qo‘llanilishi tahsinga sazavordir. Samarqand yaqinida 1998
yilda bunyod etilgan
Imom al-Buxoriy masjid-madrasasining
masjid bosh binosi, Toshkentda 1999
yilda qurilgan Temuriylar davri
madaniyati va tarixi saroyi, Samarqandda 2001
yilda qurilgan al-Motrudiy maqbarasi binosi ustiga yopilgan qobirg‘ali baland
moviy gumbazlar ushbu binolarga o‘ziga xos salobat va badiiy tugallanish
kompozitsiyasini baxshida etgan (108-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: