202
104-rasm. Boshasi muqarnas
naqshi bilan bezalgan ustun.
O‘tmishda
ota-bobolarimiz
o‘zlarining
bunyodkorlik
ishlarida
bu
qonuniyatdan unumli foydalanib kelganlar.
Masalan, Qadimgi Misrliklar qurgan ibodatxonalarining tig‘is va qator
joylashgan ustunlarini o‘rmon daraxtzorlariga, ibodatxona
ustunlarining boshasi,
ya’ni tugal qismini esa Misrda o‘suvchi lotos gulining gulkosasiga o‘xshatib
ishlaganlar. Bunday ustunlarni hatto ayollar qomatiga o‘xshatib "kariatida",
erkaklar qomatiga o‘xshatib "atlant" deb ataganlar. Ayol qomatiga o‘xshash
yog‘och ustunlar Tojikistonning Qadimgi Panjikent shaharchasida ham
qo‘llanilgan. O‘rta Osiyo an’anaviy me’morchiligida ustunli-to‘sinli qurilmalar ar-
xitekturasini o‘rganish ham badiiy tugallik qonuniyatining
turli-tuman qirralarini
ochib beradiki, ularda biz ustunlar boshasi (kallagi)ning muqarnas ko‘rinishidagi
ko‘plab namunalarini uchratamiz. Buxorodagi Bolo-Xauz masjidi peshayvonidagi
ustunlar, Qashqadaryodagi Bobo-Tag‘o masjidi
ayvonidagi ustunlarning boshalari, Farg‘onadagi
ko‘pgina masjid ayvonlarining ustun boshalari
muqarnas kompozitsiyasi
bilan tugullanganligi
fikrimizning dalilidir. Ayvon
va
peshayvonlarning
tashqi
tugal
qismlari
"kayvonlar", jamoat binolaridagi peshtoq va
ravoqlar, binolar tarzidagi qanoslar O‘rta Osiyo
me’morlarining badiiy
tugallik kompozitsiyasi
sohasidagi ijodiy izlanishlarining yaqqol natijasi
deb
baholanishi
mumkin.
Badiiy tugallik
kompozitsiyasi nafaqat bino qismlariga (ustun
boshalari, ayvon va peshayvonlarning kayvonlari,
qanoslar, guldastalar, minoralar, ravoqlarning
tugallanish qismlariga), balki gumbaz, toq va
sharafa (karniz)larga ham birday tegishlidir.
203
Peshtoqlarni kitobalar yoki qatorak ravoqchalar bilan
tugatish ham badiiy
tugallik qonuniyatining amaldagi ko‘rinishlaridan biridir.
O‘rta Osiyo va Rossiya an’anaviy me’morchiligida gumbazlar tojga, kulohga,
qolpoqcha yoki sholg‘omga o‘xshatib ishlangan. Toj ham, kuloh va qolpoq ham,
sholg‘om shakli ham badiiy tugallik kompozitsiyasining o‘ziga xos
ko‘rinishlaridir.
Minoralarning bo‘ylari va shakliga mos keluvchi chiroyli guldastalar bilan
tugashi ham badiiy tugallik kompozitsiyasiga mos uslubdir. Maqbara, masjid va
ayrim xonaqoh gumbazlari bino ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmasdan
avval
baland va munaqqash gardish ishlanib, uning ustiga qo‘yilganki, bu binoning
tugallinish kompozitsiyasini alohida bo‘rttirib, mahobatli va ko‘rkam tarzli
bo‘lishini ta’minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: