o‘lchamlarini aniqlovchi, qabul qilingan uzunlik o‘lchovini bino moduli bilan
bog‘lovchi, bino masshtabini belgilovchi, proporsiyalarning handasaviy va
matematik ifodalarini oddiy sonli nisbatlarga aylantiruvchi ijodiy uslubdir. U
arifmetik, geometrik va garmonik mutanosibliklarning barcha go‘zalliklari
va o‘ziga xosliklarini yagona me’moriy tizimga birlashtiruvchi vositadir.
6. Me’morchilikda mutanosiblik va uyg‘unlik qonuni tarzida yana odam
qomati va unga xos proporsiyalar, o‘lchov birligi sifatida esa odam
qomatining 1/6 qismini tashkil qiluvchi tovon (fut), 1/4 qismini tashkil
qiluvchi tirsak yoki "gaz", odam qo‘lining musht uchidan to yelkasigacha
qismi (60-62 sm) qabul qilingan. Me’morlar qurilishda odatda nisbatan
kichik o‘lchamlar: tovon yoki gazning yarmi (30-31 sm)ni ko‘proq
qo‘llaganlarki, ularga qurilish materiali g‘ishtni moslashtirish oson bo‘lgan.
7. Yuqorida keltirilgan mutanosibliklardan tashqari simmetrik
munosabat, kompozitsiya yaxlitligi, shakllar elementining takrorlanish
maromi - ritm, asosiy shakl (hajm)ning ustivorligi, bino kursisi, ostonasi va
tugal qismlarining yechimiga e’tibor berish, shuningdek binoni bezash
tamoyillari ham loyihalanayotgan ob’yekt me’moriy go‘zalligi va shakllar
garmoniyasini ta’minlash vositalari tarkibiga kirgan.
8. Me’moriy bezaklar bino shakllariga mos tarzda ishlangan:
kompozitsiyada me’moriy shakllar uyg‘unligi birlamchi, bezaklar esa
ikkilamchi rolni o‘ynagan. Bezaklar kompozitsiyasi asosiy va yordamchi
(to‘ldiruvchi) naqshlardan tuzilgan. Asosiy naqshlar uzoqdan, yordamchilari
esa fon vazifasini bajarib yaqindan ko‘rishga mo‘ljallangan. Naqshlar
uyg‘unligi rapport – taqsim, ritm, miqyosiy to‘r, simmetriya va ranglar
Do'stlaringiz bilan baham: |