217
9. Me’moriy shakllarni o‘zaro mutanosiblashtirish uyg‘unlikning
birlamchi bosqichi bo‘lsa, me’moriy shakl va bezaklar o‘lchamlarining o‘zaro
moslashtirilishi uyg‘unlikning ikkinchi bosqichini ifodalagan. Uning uchinchi
bosqichi esa shaharsozlik tizimida o‘z aksini topgan. Shaharsozlikdagi modul
tizimi, "Gippodam muntazamligi" yoki "Muntazamlik qonuni", aholi
maskanlarining yer yuzida inson va ijtimoiy jamiyat imkoniyatlari va tabiiy-
iqlim sharoitlariga mos tarzda joylash-tirilishi ana shu uyg‘unlikni
belgilovchi boshlang‘ich shartlardir.
10. Shaharsozlik tizimidagi uyg‘unlikni ta’minlovchi vositalarga yana
shahar hududini funksional tarkibiy qismlarga bo‘lish, nufuzli imoratlarni
yaxlit badiiy tugal kompozitsiyalarga birikkan me’moriy turkumlar – an-
sambllar tarzida loyihalash va qurish, ko‘chalar va imoratlarni ufq
tomonlariga mos tarzda oriyentatsiyalash uslublari kirgan. Me’moriy
ansambl kompozitsiyalarining turlari (juft, qo‘sh, maydoncha) muayyan
muntazam handasaviy va vizual tartiblar asosida shakllantirilgan.
Arxitektura va shaharsozlik amaliyotida o‘tmishda keng qo‘llanib kelingan
uyg‘unlik va shakllar mutanosibligi nazariyasining asoslari
qisqacha ana shulardan
iborat. Afsuski, ushbu tamoyillarga amal qilish hozirgi vaqtda arxitektorlarning
shaxsiy tashabbusi va intuitsiyasiga aylanib qolgan. Biroq, me’moriy ijodda
yuksak intuitsiyaga ega bo‘lgan "geniy"lar soni
juda kam, go‘zallik
ijodkorlari
sanalmish arxitektorlar esa har qadamda kerak. Xo‘sh, bunday vaziyatdan
chiqish
uchun nima qilish kerak?
Birinchidan, zamonaviy arxitektorlar o‘z loyihalarida
shaxsiy intuitsiyasi va ko‘zda chamalab topgan vizual me’moriy proporsiyalari
bilan cheklanib qolmasdan ularning to‘g‘riligini
yuqoridagi qonunlarda
ko‘rsatilgan mutanosib nisbatlar yordamida tekshirib ko‘rishlari zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: