Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
Ikkinchidan, arxitektorlar zamonaviy elektron kompyuter texnikasi bilan
qurollanishi zarur. Loyihalash amaliyotida shunday ham bo‘lmoqda. Biroq, kompyuterda loyihalayotgan arxitektorlar ham ijodiy jarayonlarning boshlang‘ich bosqichida me’moriy shakllar garmoniyasiga erishish uchun o‘z shaxsiy intuitsiyalariga asoslanishdan nariga o‘tmayotirlar. 218 Kompyuterning o‘zi esa hozircha shaklga garmoniya kirita olmaydi. Buning uchun u o‘ziga kiritilayotgan shakllarni garmonik va estetik nazorat qiluvchi elektron programmaga ega bo‘lishi kerak. Afsuski, hozirgacha bunday estetik elektron programma ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham bunday programmaning tayyor bo‘lguniga qadar arxitektorlarga yuqorida ko‘rib chiqilgan uyg‘unlik qonunlari va K.S.Kryukovning "Mutanosiblik jadvali" dan foydalanib turishni tavsiya qilamiz. Arxitektura oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalar va ularning o‘qituvchilariga esa me’moriy jarayonda uyg‘unlikni ta’minlash uchun ushbu "Mutanosiblik jadvali" va mazkur darslikda keltirilgan uyg‘unlik qonunlarini kurs va malakaviy bitiruv loyiha ishlariga joriy qilishni taklif qilamiz. Bugungi kun arxitekturasida zamonaviy qurilish va hisoblash texnikasi vositalariga tayangan mutanosibliklarning yangi tizimi yaratilmoqda. Bu tizim zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini qo‘llash va qurilishda modulli koordinatsiyalash uslubiga asoslangan. Darhaqiqat, zamonaviy me’moriy inshootlarda eng sodda handasaviy shakllardan tortib to murakkab fazoviy plastik va bionik tizilmalargacha keng qo‘llanilmoqda. Ularda hatto paraboloid, ellipsoid va giperboloidli aylanuv sirtlaridan, giparlar (giperbologik paraboloid) va konoidlardan, to‘g‘ri va yarim to‘g‘ri ko‘pburchakliklarga asoslangan geodezik gumbazlardan foydalanilmoqda. XX va XXI asrlarning zamonaviy estetik dunyoqarashlari, ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari hamda ehtiyojlari asosida vujudga kelgan yupqa devorli yengil obolochkalarning turli xil haykalsimon-plastik me’moriy shakllari va strukturali to‘rsimon qurilmalar amaliyotda keng qo‘llanmoqda. Bunday sharoitda me’moriy shakllar uyg‘unligi va mutanosibliklar tushunchasi nafaqat go‘zallik va estetik dunyoqarash me’zonlaridan, balki ana shunday zamonaviy qurilmalar asosida bunyod etilayotgan inshootlarning hajm-rejaviy yechimlaridagi mutanosibliklarning ushbu inshootlarda o‘rnatilayotgan qurilmalar va texnologik jarayonlar o‘lcham-lariga ham hamohang bo‘lishligini taqazo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda me’moriy shakllar uyg‘unligi va proporsionallik masalasi har 219 qanday zamonaviy texnik rivojlangan sharoitlarda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Aksincha vaqt o‘tishi bilan uning mavqei yanada oshib boradi. O‘tmishda me’morlar qo‘llagan, necha ming yillar davomida ularga ishonchli dasturi amal bo‘lib xizmat qilgan uyg‘unlik qonunlari bugunni nafaqat o‘tmish, balki kelajak bilan ham bog‘lovchi nazariy ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu ko‘prikni saqlab qolish va undan me’moriy loyihalash uslubi tarzida samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb masalasidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling