Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
212 Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun savollar: 1. Me’morchilikda badiiy tugallik deganda nimani tushunasiz? 2. Badiiy tugallik qonuni xaqida tushuncha bering. 3. Badiiy tugallik kompozitsiyasiga obidalarning qanday shakllari kiradi? 4. Badiiy tugallik qonunining me’moriy yodgorliklarda qo‘llanilishini tushuntirib bering. 5. Kayvon deb nimaga aytiladi? 6. Inte’rerda qo‘llaniladigan badiiy tugallik kompozitsiyalariga izoh bering. 7. Badiiy tugallik qonunining zamonaviy binolarda qo‘llanilishini ta’riflang. 8. Toshkentdagi O‘zbekiston mehmonxonasida badiiy tugallik kompozitsiyasi qanday elementlar bilan shakllantirilgan? 213 XULOSA Ijod jarayonida har bir ishning tartib uslubi, qoidasi bo‘lganidek, arxitektura ham o‘zining badiiy qonunlariga ega. Ulardan biri me’moriy shakllar uyg‘unligi yoxud mutanosiblik qonunidir. Gap shundaki, har qanday me’moriy ob’yekt muayyan handasaviy shakldan yoki bir nechta shakllar birikmasidan tashkil topadi. Har bir yaxlit shakl esa o‘z o‘lchamlariga (eni, bo‘yi, balandigiga) ega. Yaxlit shakllar ham odatda qismlardan, me’moriy elementlardan tuziladi. Alohida shakl va qismlarning o‘lchamlari, ularning umumiy yaxlit me’moriy shakl o‘lchamlariga monandligi xuddi inson qomati qismlarining bir-biriga va yaxlit tanaga mutanosibligi kabi uyg‘un munosabatda bo‘lishligi me’moriy ob’yektlarning sifat darajasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, arxitektura bu nafaqat foydalanishga qulay, mustahkam va tejamli qilib qurilgan bino yoki inshoot, balki ulardan tashqari go‘zal me’moriy shakllar garmoniyasida ifoda ettirilgan moddiy madaniy voqelik hamdir. Toki ushbu shartga ham to‘lig‘icha erishilmas ekan yaratilgan me’moriy ob’yektni tom ma’noda arxitektura deb bo‘lmaydi. Chunki faqat mustahkam va foydali qilib qurilgan bino bu hali go‘zal bino degani emas. Arxitekturada esa, Mark Vitruviyning aytganidek, ana shu uchlik: mustahkamlik, foyda va go‘zallik mushtarak holda bo‘lishligi shartdir. Mustahkamlik va tejamlilikka qurilish qurilmalari va ashyolari hamda ixcham va muvofiq rejaviy yechimlar orqali erishilsa, foydalilikka zaruriy xonalar tarkibi, ularning o‘zaro qulay va muvofiq bog‘lanishligi, ixcham shakli va o‘lchamlari orqali erishiladi. Go‘zallikka esa ba’zilar o‘ylaganidek naqshu-nigorlar, tashqi va ichki ziynatlar orqaligina emas, balki yuqorida ta’kidlaganimizdek, bino va inshootlarni tashkil etgan me’moriy shakllar proporsionalligi, ya’ni ularning uyg‘unligi orqali erishiladi. To‘g‘ri, go‘zallikni ta’minlashda proporsionallikdan tashqari komozitsiyaning qator badiiy vositalari (simmetriya, ritm, yaxlitlik, tektonika, asosiy hajmning ustivorligi, kontrast va nyuans, rang kabi jihatlar) ham borki, ularni qo‘llab me’morchilikda yaxshi badiiy natijalarga erishish mumkin. Biroq, me’moriy go‘zalikka erishishda 214 birinchi o‘rinda uyg‘unlik va shakllar mutanosibligi qonunlari va nazariyasi turadi. Shuning uchun ham ustoz olim P.SH.Zohidov bu nazariyani "Me’moriy al-Qonun" deb atagan. Abu Ali Ibn Sino ham o‘zining tibbiyot sohasidagi qomusiy asarini "Tib qonunlari" deb nomlagan. Abu Rayhon Beruniy esa astranomiyaga oid ulkan asarini "Ma’sud qonuni" deb atagan. Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy tafakkur olami, jamiyat va tabiat qonunlarining ilmiy mohiyati haqida tadqiqotlar olib borgan. Shoir va musavvir Sodig‘bek Afshor tasviriy san’at haqida "Qonun as- suvor" kitobini yozgan. "Qadim zamonlarda, – deb yozadi jumladan Forobiy, son-sanoq, sifat kabi jihatlarni his-tuyg‘u bilan aniqlash qiyin bo‘lganda yordam beradigan asbobni qonun deb atashgan". Forobiy me’mor ijodi uchun eng zarur bo‘lgan pargor, chizg‘ich, shovun, ob-tarozu kabi asboblarni o‘sha qonun sifatida eslab o‘tadi. Sharq xalqlarining qadimgi musiqa asboblaridan birining nomi ham "qonun" deb atalgan. P.SH.Zohidov: "Qonun so‘zi aslida yunoncha "kanna" so‘zidan kelib chiqqan, "kanna" esa me’morlarning o‘lchov tayog‘i, gazcho‘p ma’nosini bildiradi. Demak, me’mor ustalarning doimiy ish quroli bo‘lgan gazcho‘p o‘lchov me’yori sifatida, keyinroq hamma soha tartibini belgilovchi "qonun" so‘zining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan", deb yozadi. Darhaqiqat, me’moriy uyg‘unlik qonuniyatlarini ochish – bu arxitektor-amaliyotchilar, loyihachilar, tarixchi olimlar va san’atshunoslarning asl orzusidir. XX asrning buyuk me’mori, fransuz Le Korbyuzye arxitekturada mutanosibliklar (proporsionallik) qo-nuniyatlarini ochish masalasiga alohida e’tibor berib: "Bordi-yu musiqani yozish asbobi kabi arxitekturada ham chiziqli va optik o‘lchovlar asbobi topilsa edi,bu sohada ishlash ancha yengil kechardi", deb yozgan. Biz yuqorida vatandosh olimlarimiz M.S.Bulatov, G.A.Pugachenkova, P.SH.Zohidov, K.S.Kryukov, M.Q.Ahmedovlar hamda Rossiya va Yevropa olimlarining tadqiqotlariga asoslangan holda o‘tmish me’morlari uchun asrlar davomida proporsionallik va geometrik uyg‘unlik vositalari tarzida qo‘llanib 215 kelingan shakllar mutanosibligi "qonunlar"i haqida so‘z yuritdik, kitobxonlarimizni bu sirdan voqif etdik. Ularni umumlashgan holda qisqacha yana tilga olsak foydadan xoli bo‘lmas deb o‘ylaymiz. Demak, arxitekturaning Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling