Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
-rasm. Toshkentdagi “Chorsu”
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
110-rasm. Toshkentdagi “Chorsu”
mehmonxonasining badiiy tugallanishi 111-rasm. Toshkentdagi “O'zbekiston” mehmonxonasining badiiy tugallanishi 209 Shuni ta’kidlash zarurki, bu kompozitsiyaviy badiiy qonuniyat arxitektura amaliyoti uchun katta yangilik emas. Chunki uni zukko arxitektorlar o‘tmishda ham, hozir ham kompozitsiyaviy uslub tarzida samarali qo‘llab kelmoqdalar. Biroq, ushbu qonuniyat me’morchilik fanida o‘z aksini topmagan, arxitektura ta’lim tizimida esa bu haqda umuman gapirilmagan va hozirgacha o‘rganilmay kelinmoqda. Oqibatda me’moriy amaliyotda badiiy tugallanmagan binolar paydo bo‘lmoqdaki, bunday binolar aynan tugal qismining alohida ishlanmaganligi yoki badiiy past saviyada ishlanganligi bilan ajralib turadi. O‘rta Osiyo zamonaviy arxitekturasida ro‘y berayotgan bunday salbiy ahvolni turarjoy binolarida ko‘proq uchratamiz. Biroq, afsuski, ayrim jamoat binolari ham bunday kamchiliklardan xoli emas. Masalan, Qirg‘izistoning poytaxti Bishkekda 1980 yilda qurilgan ma’muriy binoning badiiy tugallanish kompozitsiyasi o‘ta og‘ir texnik qavat tarzida ishlangan bo‘lib, u bino tarzining umumiy me’moriy yechimiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu shahardagi tibbiyot instituti yotoqxonasi binosining tugal qismi ham o‘z yechimini topa olmagan. Turkmanistonning Mari shahridagi, O‘zbekistonning Nukus, Angren, Samarqand, Farg‘ona shaharlaridagi ayrim mikrorayonlarda qurilgan 4-5 qavatli ko‘p seksiyali uylarning tugallanish kompozitsiyasi yechimlariga ham e’tibor sust qaratilgan. Toshkentning Xalqlar do‘stligi maydonida O‘zbekiston va Furqat ko‘chalari kesishgan burchakda joylashgan 12 qavatli bir seksiyali uy va unga tutashgan ko‘p seksiyali uylarning tugallanish kompozitsiyasi ham ancha past saviyada ishlangan. Samarqanddagi chet tillar instituti yotoqxonasi binosining tugal qismi ham yaxshi yechilmagan. Respublikamizning mustaqillik yillarida qurilgan ayrim savdo magazinlari va bank binolarining arxitekturasida ham badiiy tugallik qonuniyati samaralaridan to‘g‘ri foydalanilmagan. 210 Buning sababi ma’lum ma’noda arxitektura nazariyasi va ta’lim tizimida shu choqqacha badiiy tugallik qonuniyatining tadqiq etilmaganligi va uning kompozitsiyaviy mohiyati ochib berilmaganligidadir. Shuning uchun ham A.S.O‘rolov ushbu masalani respublikada ilk bor Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutida "Arxitektura" va "Dizayn" mutaxassisliklarining o‘quv jarayoniga tajriba tariqasida joriy etdi. Bu mavzuda alohida ilmiy tadqiqot ishlarini ham yo‘lga qo‘yib, uning ilk natijalarini "Me’moriy kompozitsiya asoslari" fanining o‘quv dasturiga va ushbu fan bo‘yicha yozilgan o‘quv qo‘llanmaga ham kiritdi. а Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling