Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
mustahkamlash uchun savollar
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIV BOB. BADIIY TUGALLIK QONUNIYATI - ARXITEKTURA NAZARIYASIDA YANGILIK 14.1. Badiiy tugallik qonuni haqida tushuncha
mustahkamlash uchun savollar:
1. O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarini o‘rganishga bag‘ishlangan qanday tadqiqotlarni bilasiz? 2. O‘rta Osiyoda qanday me’moriy bezaklar keng tarqalgan? 3. Taqsim (rapport) deb nimaga aytiladi? 4. Islimiy guruhdagi naqshlarning qanday turlari O‘rta Osiyoda keng tarqalgan? 5. Bezaklarning yozuviy (xushxat) guruhiga qanday naqshlar kiradi va ular asosan obidalarning qanday qismiga ishlanadi? 6. Zoomorf naqshlar deb qanday naqshlarga aytiladi? 7. Naqshlar ishlanadigan materialiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? 8. Kundal naqsh deb qanday naqshga aytiladi? 9. Parchin deb qanday naqshga aytiladi? 10. Mozaika mayolika naqshidan nimasi bilan farq qiladi? 11. Muqarnas naqshlar deb qanday naqshlarga aytiladi? 12. Me’moriy bezaklarning ramziy ma’nolarini tushuntirib bering. 13. O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarni chizishda qanday handasaviy uslublarga asoslanilgan? 200 XIV BOB. BADIIY TUGALLIK QONUNIYATI - ARXITEKTURA NAZARIYASIDA YANGILIK 14.1. Badiiy tugallik qonuni haqida tushuncha Ma’lumki, har bir shaklning go‘zalligi uning tashqi ko‘rinishiga bog‘liq. Hatto inson go‘zalligi ham uning yuksak ma’naviy dunyoqarashidan tashqari, tashqi jismoniy ko‘rinishiga, ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tashqi ko‘rinish esa eng avvalo insonning kiyinishi, qomati va yuz tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, yuzning go‘zalligi o‘z navbatida ko‘z va qoshga, soch turmagining kompozitsiyasiga bog‘langan. Agar soch turmagi o‘zgartirilsa, u kishining bosh va yuz ko‘rinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgartirilgan soch turmagi odam boshiga mos tushsa ijobiy, agar mos tushmasa salbiy "samara" beradi. Chunki soch turmagi inson boshi va tanasining tugal qismidir. Bosh kiyim ham soch turmagi kabi insonning tashqi tugal qismini shakllantiruvchi asosiy elementlardandir. Shu boisdan ham tanlangan bosh kiyim inson qomati va boshiga hamohang tushsa yaxshi, aksincha kishini xunuk ko‘rsatadi. Ana shu tugallik qonuniyati tabiat olamiga ham tegishlidir: qushlar dunyosi deysizmi, yashil dunyomi, hayvonot dunyosimi, buning farqi yo‘q, u hammasiga birday aloqadordir. Masalan, daraxt va butalar tashqi tugal qismlarining ko‘rinishiga qarab biz ularni turli shakllarga: konussimon, ustunsimon, sharsimon, tuxumsimon va taraqaylagan ko‘rinishlarga bo‘lamiz. 201 Sarv daraxtini olib qaraylik. Uning qomati va tugal qismi g‘oyat go‘zal. Undan ilhomlangan mashhur xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov o‘z romanlarining birini "Sarviqomat dilbarim" deb bejiz nomlamagan. Mana necha asrlardan buyon sarv daraxti va unga kontrast kompozitsiyali g‘ujum daraxti O‘rta Osiyolik miniaturachi rassomlar ijodidan tushmay kelmoqda. Buning sabablaridan biri ushbu daraxtlarning noyob badiiy tugallik kompozitsiyasidir. Nafaqat daraxtlar, balki gullar ham ularga ona tabiat in’om etgan badiiy tugallik kompozitsiyasiga, ya’ni tashqi ko‘rinishidagi g‘aroyib tartib tizimiga egadir. Ulardagi umumiylik ana shu tartibning mavjudligi bo‘lsa, xususiylik ushbu kompozitsiyaviy qonuniyatning qanday ko‘rinishda hal etilganligidadir. Shu boisdan, tabiat go‘zalligini ifodalashda "gulgun tabiat" iborasi ko‘proq ishlatiladi. Darhaqiqat, gul bu go‘zallik ramzidir. Ana shu go‘zallik samarasi muayyan holatda har bir gulning badiiy tugallik kompozitsiyasiga bog‘liqdir. Bi- roq, hech bir gul yo‘qki, u o‘zining muayyan badiiy tugal kompozitsiyasiga ega bo‘lmasa. Daraxtlar ham shunday, masalan, palma daraxtini olib ko‘raylik. Uning ma’lum bir belgilangan balandlikda g‘uj taraqaylagan uzun shoxlari va barglari takrorlanmas tabiiy tugal ko‘rinish hosil qilgan. Majnuntol esa aksincha, uning bokira kelin sochi kabi bir zaylda taralgan silliq barglari tanasini go‘yo yomon ko‘zlardan yashirayotganday. Yashil dunyoning bunday go‘zal tamoyilidan ilhomlanmay kishining iloji yo‘q. Ushbu misollarni keltirishimizdan maqsad tabiat go‘zalligida ham me’moriy shakllar tashqi tugal qismlarining badiiy yechimlariga o‘xshash qonuniyatning mavjudligini ko‘rsatishdir. Bu qonuniyatning badiiy samarasidan zamonaviy ijodiy jarayonda foydalanish mumkunligini ko‘rsatib berish va uni me’moriy kompozitsiyaning samarali badiiy vositalaridan biriga aylantirish dolzarb masaladir. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling