Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


mustahkamlash uchun savollar


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

mustahkamlash uchun savollar: 
1. O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarini o‘rganishga bag‘ishlangan qanday
tadqiqotlarni bilasiz? 
2. O‘rta Osiyoda qanday me’moriy bezaklar keng tarqalgan? 
3. Taqsim (rapport) deb nimaga aytiladi? 
4. Islimiy guruhdagi naqshlarning qanday turlari O‘rta Osiyoda keng tarqalgan? 
5. Bezaklarning yozuviy (xushxat) guruhiga qanday naqshlar kiradi va ular
asosan obidalarning qanday qismiga ishlanadi? 
6. Zoomorf naqshlar deb qanday naqshlarga aytiladi? 
7. Naqshlar ishlanadigan materialiga qarab qanday turlarga bo‘linadi? 
8. Kundal naqsh deb qanday naqshga aytiladi? 
9. Parchin deb qanday naqshga aytiladi? 
10. Mozaika mayolika naqshidan nimasi bilan farq qiladi? 
11. Muqarnas naqshlar deb qanday naqshlarga aytiladi? 
12. Me’moriy bezaklarning ramziy ma’nolarini tushuntirib bering. 
13. O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarni chizishda qanday handasaviy uslublarga 
asoslanilgan? 


200 
XIV BOB. BADIIY TUGALLIK QONUNIYATI - ARXITEKTURA 
NAZARIYASIDA YANGILIK 
 
 
 
14.1. Badiiy tugallik qonuni haqida tushuncha 
Ma’lumki, har bir shaklning go‘zalligi 
uning tashqi ko‘rinishiga bog‘liq. Hatto inson 
go‘zalligi ham uning yuksak ma’naviy 
dunyoqarashidan tashqari, tashqi jismoniy 
ko‘rinishiga, ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Tashqi 
ko‘rinish esa eng avvalo insonning kiyinishi, 
qomati va yuz tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, 
yuzning go‘zalligi o‘z navbatida ko‘z va 
qoshga, soch turmagining kompozitsiyasiga 
bog‘langan. Agar soch turmagi o‘zgartirilsa, u 
kishining bosh va yuz ko‘rinishiga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatadi. O‘zgartirilgan soch turmagi odam 
boshiga mos tushsa ijobiy, agar mos tushmasa 
salbiy "samara" beradi. Chunki soch turmagi 
inson boshi va tanasining tugal qismidir. Bosh 
kiyim ham soch turmagi kabi insonning tashqi 
tugal qismini shakllantiruvchi asosiy 
elementlardandir. Shu boisdan ham tanlangan 
bosh kiyim inson qomati va boshiga 
hamohang tushsa yaxshi, aksincha kishini 
xunuk ko‘rsatadi. Ana shu tugallik qonuniyati 
tabiat olamiga ham tegishlidir: qushlar dunyosi deysizmi, yashil dunyomi, 
hayvonot dunyosimi, buning farqi yo‘q, u hammasiga birday aloqadordir. 
Masalan, daraxt va butalar tashqi tugal qismlarining ko‘rinishiga qarab biz ularni 
turli shakllarga: konussimon, ustunsimon, sharsimon, tuxumsimon va taraqaylagan 
ko‘rinishlarga bo‘lamiz.


201 
Sarv daraxtini olib qaraylik. Uning qomati va tugal qismi g‘oyat go‘zal. 
Undan ilhomlangan mashhur xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov o‘z 
romanlarining birini "Sarviqomat dilbarim" deb bejiz nomlamagan. Mana necha 
asrlardan buyon sarv daraxti va unga kontrast kompozitsiyali g‘ujum daraxti O‘rta 
Osiyolik miniaturachi rassomlar ijodidan tushmay kelmoqda. Buning sabablaridan 
biri ushbu daraxtlarning noyob badiiy tugallik kompozitsiyasidir. Nafaqat 
daraxtlar, balki gullar ham ularga ona tabiat in’om etgan badiiy tugallik 
kompozitsiyasiga, ya’ni tashqi ko‘rinishidagi g‘aroyib tartib tizimiga egadir. 
Ulardagi umumiylik ana shu tartibning mavjudligi bo‘lsa, xususiylik ushbu 
kompozitsiyaviy qonuniyatning qanday ko‘rinishda hal etilganligidadir.
Shu boisdan, tabiat go‘zalligini ifodalashda "gulgun tabiat" iborasi ko‘proq 
ishlatiladi. Darhaqiqat, gul bu go‘zallik ramzidir. Ana shu go‘zallik samarasi 
muayyan holatda har bir gulning badiiy tugallik kompozitsiyasiga bog‘liqdir. Bi- 
roq, hech bir gul yo‘qki, u o‘zining muayyan badiiy tugal kompozitsiyasiga ega 
bo‘lmasa. Daraxtlar ham shunday, masalan, palma daraxtini olib ko‘raylik. Uning 
ma’lum bir belgilangan balandlikda g‘uj taraqaylagan uzun shoxlari va barglari 
takrorlanmas tabiiy tugal ko‘rinish hosil qilgan. Majnuntol esa aksincha, uning 
bokira kelin sochi kabi bir zaylda taralgan silliq barglari tanasini go‘yo yomon 
ko‘zlardan yashirayotganday. Yashil dunyoning bunday go‘zal tamoyilidan 
ilhomlanmay kishining iloji yo‘q. Ushbu misollarni keltirishimizdan maqsad tabiat 
go‘zalligida ham me’moriy shakllar tashqi tugal qismlarining badiiy yechimlariga 
o‘xshash qonuniyatning mavjudligini ko‘rsatishdir. Bu qonuniyatning badiiy 
samarasidan zamonaviy ijodiy jarayonda foydalanish mumkunligini ko‘rsatib 
berish va uni me’moriy kompozitsiyaning samarali badiiy vositalaridan biriga 
aylantirish dolzarb masaladir.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling