204
Samarqandagi Go‘ri Amir maqbarasi binosining tugallanish kompozitsiyasi
esa alohida jozibali va mahobatli chiqqan. Buning uchun
maqbara binosi ichki va
tashqi gumbazlar bilan yopilib, tashqi gumbaz o‘ta baland
gardish ustiga oddiy
silliq sirtli uslubda emas, balki qobirg‘ali moviy rangli sirt tarzida qurilgan (105-
rasm).
Bu uslubning qo‘llanilishi maqbaraning tugallanish kompozitsiyasiga alohida
joziba va ulug‘vorlik
baxshida etganki, ushbu uslub keyinchalik zamonaviy
arxitekturada ham o‘z o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lgan (106-rasmga qarang).
Badiiy tugallik
qonuniyati nafaqat
binolarning tashqi ko‘rinishlari va
elementlariga, balki ularning
ichki
ko‘rinishlari – interyerlariga ham birday
taalluqlidir.
O‘rta
Osiyoning o‘tmishidagi
an’anaviy turar-joy binolari
tarkibida
usti bo‘rtib chiqqan tuynuklar bilan
yopilgan tomlar, ichki
ayvonlar yoki
shunday ayvonlar qatorasi uchraydi.
Masalan, O‘zbekiston hududida topilgan
Dalvarzintepa shaharchasida G.A.Puga-
chenkova ta’mir etgan Qadimiy uy
shiftini olaylik. O‘rtada joylashgan ichki
ayvon chorustun va chorxari yordamida yopilib, ayvon
ustida ajoyib tuynuk
qoldirilgan. Yuqori tomoni kvadrat va rombisimon yuzalar va sakkizburchakli
taxtachalar bilan yopilib borgan bu tuynuk o‘z vazifasidan tashqari xona ichiga
nafis, boy plastikali badiiy tugallik kompozitsiyasini ham baxshida etgan.
Interyerdagi bunday badiiy tugallik kompozitsiyasini V.L.Voronina ta’mir etgan
va Tojikistonning Qadimgi Panjikent shahrida topilgan
Qadimiy uy misolida ham
ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: