198
Kompyuterni qo‘llab ishlanayotgan chizmalarga zarur hollarda tuzatishlar
kiritish, bino me’moriy shakllarining handasaviy mutanosibligini aniqlash va
topish, turli masshtablardagi
bino chizmalarini ishlash, binoning turli
burchaklardan ko‘rinuvchi
perspektivalarini chizish, eng muhimi – bitta emas,
balki binoning bir nechta variantlardagi grafik tiklanishini
qisqa muddatda ishlash
imkoniyati yaratiladi.
103-rasm. Me'moriy bezaklarning AutoCAD dasturida bajarilgan chizmalari.
Xo‘sh, shunday ekan me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash va qayta tiklash
hamda zamonaviy me’morchilik ob’yektlarini
loyihalash ishlarida mazkur
dasrlikda bayon qilingan me’moriy shakllar uyg‘unligi va mutanosiblik
qonunlarini o‘rganish va bilish shartmi? Javob bitta: albatta shart. Chunki har
qanday elektron mashina ham yaratilayotgan me’moriy ob’yektning badiiy g‘oyasi
va kompozitsiyasini o‘ylash qobiliyatiga ega emas. Qurilgan tarixiy obida
kompozitsiyasini yaratishda dastlab me’mor qo‘llagan shakllar uyg‘unligi va
proporsionallik qonunini ham kopyuterning o‘zi aniqlashga qodir emas. Bu
ishni
faqat inson bajarishi mumkin. Kompyuter esa ushbu ishni bajarishda unga yordam
beradi, ushbu jarayonni tezlashtiradi va osonlashtiradi xolos. Shunday ekan,
yuqorida quyilgan savoldan bezovtalanmasligimiz va umuman shakllar uyg‘unligi
va mutanosiblik nazariyasini chuqur o‘rganishimiz, uni zamonaviy me’moriy
loyihalash ishlarida faol qo‘llashimiz zarur.
199
Kompyuter esa bu ishda bizga eng ishonchli va tezkor elektron texnik vosita
bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
Do'stlaringiz bilan baham: