Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


  Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 


212 
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Me’morchilikda badiiy tugallik deganda nimani tushunasiz? 
2. Badiiy tugallik qonuni xaqida tushuncha bering. 
3. Badiiy tugallik kompozitsiyasiga obidalarning qanday shakllari kiradi? 
4. Badiiy tugallik qonunining me’moriy yodgorliklarda qo‘llanilishini tushuntirib 
bering. 
5. Kayvon deb nimaga aytiladi? 
6. Inte’rerda qo‘llaniladigan badiiy tugallik kompozitsiyalariga izoh bering. 
7. Badiiy tugallik qonunining zamonaviy binolarda qo‘llanilishini ta’riflang.
8. Toshkentdagi O‘zbekiston mehmonxonasida badiiy tugallik kompozitsiyasi 
qanday elementlar bilan shakllantirilgan? 


213 
XULOSA 
Ijod jarayonida har bir ishning tartib uslubi, qoidasi bo‘lganidek, arxitektura 
ham o‘zining badiiy qonunlariga ega. Ulardan biri me’moriy shakllar uyg‘unligi 
yoxud mutanosiblik qonunidir. Gap shundaki, har qanday me’moriy ob’yekt 
muayyan handasaviy shakldan yoki bir nechta shakllar birikmasidan tashkil 
topadi. Har bir yaxlit shakl esa o‘z o‘lchamlariga (eni, bo‘yi, balandigiga) ega. 
Yaxlit shakllar ham odatda qismlardan, me’moriy elementlardan tuziladi. Alohida 
shakl va qismlarning o‘lchamlari, ularning umumiy yaxlit me’moriy shakl 
o‘lchamlariga monandligi xuddi inson qomati qismlarining bir-biriga va yaxlit 
tanaga mutanosibligi kabi uyg‘un munosabatda bo‘lishligi me’moriy 
ob’yektlarning sifat darajasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu 
nuqtai nazardan aytish mumkinki, arxitektura bu nafaqat foydalanishga qulay
mustahkam va tejamli qilib qurilgan bino yoki inshoot, balki ulardan tashqari 
go‘zal me’moriy shakllar garmoniyasida ifoda ettirilgan moddiy madaniy voqelik 
hamdir. Toki ushbu shartga ham to‘lig‘icha erishilmas ekan yaratilgan me’moriy 
ob’yektni tom ma’noda arxitektura deb bo‘lmaydi. Chunki faqat mustahkam va 
foydali qilib qurilgan bino bu hali go‘zal bino degani emas. Arxitekturada esa, 
Mark Vitruviyning aytganidek, ana shu uchlik: mustahkamlik, foyda va go‘zallik 
mushtarak holda bo‘lishligi shartdir. Mustahkamlik va tejamlilikka qurilish 
qurilmalari va ashyolari hamda ixcham va muvofiq rejaviy yechimlar orqali 
erishilsa, foydalilikka zaruriy xonalar tarkibi, ularning o‘zaro qulay va muvofiq 
bog‘lanishligi, ixcham shakli va o‘lchamlari orqali erishiladi. Go‘zallikka esa 
ba’zilar o‘ylaganidek naqshu-nigorlar, tashqi va ichki ziynatlar orqaligina emas, 
balki yuqorida ta’kidlaganimizdek, bino va inshootlarni tashkil etgan me’moriy 
shakllar proporsionalligi, ya’ni ularning uyg‘unligi orqali erishiladi. To‘g‘ri, 
go‘zallikni ta’minlashda proporsionallikdan tashqari komozitsiyaning qator badiiy 
vositalari (simmetriya, ritm, yaxlitlik, tektonika, asosiy hajmning ustivorligi
kontrast va nyuans, rang kabi jihatlar) ham borki, ularni qo‘llab me’morchilikda 
yaxshi badiiy natijalarga erishish mumkin. Biroq, me’moriy go‘zalikka erishishda 


214 
birinchi o‘rinda uyg‘unlik va shakllar mutanosibligi qonunlari va nazariyasi turadi. 
Shuning uchun ham ustoz olim P.SH.Zohidov bu nazariyani "Me’moriy al-Qonun" 
deb atagan. Abu Ali Ibn Sino ham o‘zining tibbiyot sohasidagi qomusiy asarini 
"Tib qonunlari" deb nomlagan. Abu Rayhon Beruniy esa astranomiyaga oid ulkan 
asarini "Ma’sud qonuni" deb atagan. Buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy tafakkur 
olami, jamiyat va tabiat qonunlarining ilmiy mohiyati haqida tadqiqotlar olib 
borgan. Shoir va musavvir Sodig‘bek Afshor tasviriy san’at haqida "Qonun as-
suvor" kitobini yozgan.
"Qadim zamonlarda, – deb yozadi jumladan Forobiy, son-sanoq, sifat kabi 
jihatlarni his-tuyg‘u bilan aniqlash qiyin bo‘lganda yordam beradigan asbobni 
qonun deb atashgan". Forobiy me’mor ijodi uchun eng zarur bo‘lgan pargor, 
chizg‘ich, shovun, ob-tarozu kabi asboblarni o‘sha qonun sifatida eslab o‘tadi. 
Sharq xalqlarining qadimgi musiqa asboblaridan birining nomi ham "qonun" deb 
atalgan.
P.SH.Zohidov: "Qonun so‘zi aslida yunoncha "kanna" so‘zidan kelib 
chiqqan, "kanna" esa me’morlarning o‘lchov tayog‘i, gazcho‘p ma’nosini 
bildiradi. Demak, me’mor ustalarning doimiy ish quroli bo‘lgan gazcho‘p o‘lchov 
me’yori sifatida, keyinroq hamma soha tartibini belgilovchi "qonun" so‘zining 
kelib chiqishiga sabab bo‘lgan", deb yozadi. Darhaqiqat, me’moriy uyg‘unlik 
qonuniyatlarini ochish – bu arxitektor-amaliyotchilar, loyihachilar, tarixchi olimlar 
va san’atshunoslarning asl orzusidir. XX asrning buyuk me’mori, fransuz Le 
Korbyuzye arxitekturada mutanosibliklar (proporsionallik) qo-nuniyatlarini ochish 
masalasiga alohida e’tibor berib: "Bordi-yu musiqani yozish asbobi kabi 
arxitekturada ham chiziqli va optik o‘lchovlar asbobi topilsa edi,bu sohada ishlash 
ancha yengil kechardi", deb yozgan. 
Biz yuqorida vatandosh olimlarimiz M.S.Bulatov, G.A.Pugachenkova, 
P.SH.Zohidov, K.S.Kryukov, M.Q.Ahmedovlar hamda Rossiya va Yevropa 
olimlarining tadqiqotlariga asoslangan holda o‘tmish me’morlari uchun asrlar 
davomida proporsionallik va geometrik uyg‘unlik vositalari tarzida qo‘llanib 


215 
kelingan shakllar mutanosibligi "qonunlar"i haqida so‘z yuritdik, 
kitobxonlarimizni bu sirdan voqif etdik. Ularni umumlashgan holda qisqacha yana 
tilga olsak foydadan xoli bo‘lmas deb o‘ylaymiz. Demak, arxitekturaning 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling