uyg‘unlik va mutanosiblik "qonunlari" asosan quyidagilardan iborat:
1. Me’moriy shakllar mutanosibligiga erishish uchun kvadrat, misr
uchburchagi (tomonlari 3:4:5 nisbatda), teng tomonli uchburchak va ular
asosida olinadigan butun sonli oddiy nisbat (proporsiya)larni qo‘llash zarur.
Kvadratdan kelib chiquvchi yarim kvadrat yoki diagonali
5
ga teng
ikkilangan kvadrat nisbati ham shakllar go‘zalligini ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
2. "Oltin nisbat" deb ataluvchi (1:0,618) mutanosiblik va uning
hosilalari me’moriy shakllar uyg‘unligiga erishishning muhim omillaridan
biridir. Ushbu nisbat yarim kvadratning tomonlari va diagonali asosida
handasaviy qurish yo‘li bilan olinadiki, yarim kvadratning o‘zi kvadratning
hosilasidir.
3. Chizmada pargor, qurilish maydonida esa oddiy qoziq va reja ipi
yordamida olinadigan aylana shakli ham me’moriy inshootlar go‘zalligini
ta’minlashda ko‘p martalab qo‘llanilgan tartibdir.
4. Kvadrat diagonollari, kvadratning ichiga va tashqarisiga chizilgan
aylanalar asosida olingan kvadratlar to‘ridan foydalanish samarasi
me’morchilikda "dinamik kvadratlar" qonunini vujudga keltirgan. Bu
qonundan ham me’moriy shakllar uyg‘unligiga erishishda muhim vosita
tarzida keng foydalanib kelingan.
5. Me’morchilikda qo‘llaniladigan barcha proporsiyalar (butun sonli
oddiy nisbatlar, handasaviy qurish yo‘li bilan olinadigan irratsional
nisbatlar)ni bir-biriga bog‘lovchi va o‘zaro birlashtiruvchi asosiy tartib bu
modul tizimidir. U me’moriy loyihani ishlashni yengillashtiruvchi va uni
qurilish maydonida amalga oshirishga yordam beruvchi, ya’ni bino yoki
inshoot shakllariga mos mutanosibliklarni belgilovchi, ob’yektning
216
Do'stlaringiz bilan baham: |