211
Tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, me’moriy kompozitsiyaning shu
choqqacha bizga ma’lum bo‘lgan badiiy vositalari
qatoriga yana bir yangi
kompozitsiyaviy tartib – badiiy tugallik qonuniyatini kiritishimiz va ushbu
qonunning keng badiiy-me’moriy imkoniyatlarini
ochib berib, uni
arxitekturashunoslik faniga joriy etishimiz zarur. Buning uchun esa arxitekturada
badiiy tugallik qonuniyatining shakllanish jarayoni va takomillanish bosqichlarini
tadqiq etishimiz, bu masalani an’anaviy xalq me’morchiligi, sobiq
Ittifoq davri va
O‘zbekiston mustaqilligi yillari arxitekturasi misollarida ko‘rib chiqishimiz talab
etiladi. Badiiy tugallik konsepsiyasini tabiat va landshaft elementlarida, fuqaro va
turarjoy me’morchiligida hamda xorijiy davlatlar arxitekturasi tajribalarida alohida
tadqiq etmoq, natijalarni esa bir-biriga qiyoslamoq va xulosalar chiqarmog‘imiz
zarur.
Umuman olganda O‘zbekiston zamonaviy arxitekturasida badiiy tugallik
kompozitsiyasining ilg‘or an’analarini, istiqboldagi
taraqqiyotini, arxitekturaviy
tasnif-tizimini, bu konsepsiyaning me’moriy badiiy mohiyatini ochib bermoq
zarur. Badiiy tugallik kompozitsiyasini nafaqat bino
va inshootlarning tashqi
me’moriy yechimlarida, balki ularning ichki ko‘rinishlari – interyerlarida ham
tadqiq etish, bu kompozitsiyaning eng samarali yechimlarini
izlab topish va
aniqlash, ularni me’moriy loyihalash va arxitekturaviy o‘quv jarayoni va
arxitektura nazariyasiga joriy etish bo‘yicha ilmiy taklif va ko‘rsatmalar ishlab
chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Ana shundagina badiiy tugallik qonuniyati
me’moriy loyihalash va ta’lim jarayoniga, me’morchilik
fani va nazariyasiga
kiritilgan yangilik bo‘lib xizmat qilishi, kelajak me’morchiligi taraqqiyotiga ijobiy
ta’sir etuvchi kuchli badiiy kompozitsiyaviy vositalardan biriga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: