Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Samarqanddagi Go'ri Amir


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

106-rasm. Samarqanddagi Go'ri Amir 
maqbarasining badiiy tugallanish qismi



205 
Uy tarhi kvadrat shaklida bo‘lib, xona markaziy qismida to‘rtta ustun 
joylashtirilgan. Ustunlar chiroyli boshalar bilan, boshalar xari, xarilar esa bir-
biriga ko‘ndalang yog‘ochlar bilan shunday qator kvadrat shaklli yuzalar hosil 
qilib yopilganki, natijada ushbu ayvon shiftining o‘rta tugal qismi ajoyib gumbaz 
ko‘rishini olgan (107-rasm).
107-rasm. Bino ichki ko'rinishiga xos badiiy tugallik kompozitsiyalari: 
a-O'ra-Tepaning qal'ai-Qahqaqa I shaharchasidagi Bunjikent saroyi qabulxonasining rekonstruksiyasi. 
Tojikiston (VII-VIII aa.); b-Dehai-Bolo qishlog'i masjidining ustun boshasi (D.Nozilov bo'yicha); v-Panjikentdagi 
qadimiy xonaning ichki ko'rinishi (L.Voronina rekonstrukciyasi).


а 


206 
Gumbaz tepasida tuynuk qoldirilgan. Shunga o‘xshash uslubda ishlangan 
ichki tugal kompozitsiyani tog‘li Badaxshondagi uy tuzilishida ham uchratamiz. 
Katta yuzali bunday xonalarning arxitekturasini ishlashda va ichki tuynukli 
ayvonning yechimida badiiy tugallik qonuniyatidan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etgan. Bog‘-saroylarda qurilgan "qashqarcha" ko‘shk-ayvonlar, masjid, 
maqbara va xonaqohlarning ziyoratgohlari va jamoatxonalari, hammomlardagi 
chorxari va miyonsaroylarning ichki yechimlari ham boshdan oyoq badiiy tugallik 
qonuniyati samaralariga asoslangandir.
14.3. Badiiy tugallik qonuni va zamonaviy arxitektura 
Badiiy tugallik qonuniyati samaralarining zamonaviy arxitekturada ham 
qo‘llanilishi tahsinga sazavordir. Samarqand yaqinida 1998 yilda bunyod etilgan 
Imom al-Buxoriy masjid-madrasasining masjid bosh binosi, Toshkentda 1999 
yilda qurilgan Temuriylar davri madaniyati va tarixi saroyi, Samarqandda 2001 
yilda qurilgan al-Motrudiy maqbarasi binosi ustiga yopilgan qobirg‘ali baland 
moviy gumbazlar ushbu binolarga o‘ziga xos salobat va badiiy tugallanish 
kompozitsiyasini baxshida etgan (108-rasm).

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling