Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

Ikkinchidan, arxitektorlar zamonaviy elektron kompyuter texnikasi bilan 
qurollanishi zarur. Loyihalash amaliyotida shunday ham bo‘lmoqda. Biroq, 
kompyuterda loyihalayotgan arxitektorlar ham ijodiy jarayonlarning boshlang‘ich 
bosqichida me’moriy shakllar garmoniyasiga erishish uchun o‘z shaxsiy 
intuitsiyalariga asoslanishdan nariga o‘tmayotirlar.


218 
Kompyuterning o‘zi esa hozircha shaklga garmoniya kirita olmaydi. Buning 
uchun u o‘ziga kiritilayotgan shakllarni garmonik va estetik nazorat qiluvchi 
elektron programmaga ega bo‘lishi kerak. Afsuski, hozirgacha bunday estetik 
elektron programma ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham bunday 
programmaning tayyor bo‘lguniga qadar arxitektorlarga yuqorida ko‘rib chiqilgan 
uyg‘unlik qonunlari va K.S.Kryukovning "Mutanosiblik jadvali" dan foydalanib 
turishni tavsiya qilamiz. Arxitektura oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talabalar va 
ularning o‘qituvchilariga esa me’moriy jarayonda uyg‘unlikni ta’minlash uchun 
ushbu "Mutanosiblik jadvali" va mazkur darslikda keltirilgan uyg‘unlik 
qonunlarini kurs va malakaviy bitiruv loyiha ishlariga joriy qilishni taklif qilamiz.
Bugungi kun arxitekturasida zamonaviy qurilish va hisoblash texnikasi 
vositalariga tayangan mutanosibliklarning yangi tizimi yaratilmoqda. Bu tizim 
zamonaviy qurilish ashyolari va qurilmalarini qo‘llash va qurilishda modulli 
koordinatsiyalash uslubiga asoslangan.
Darhaqiqat, zamonaviy me’moriy inshootlarda eng sodda handasaviy 
shakllardan tortib to murakkab fazoviy plastik va bionik tizilmalargacha keng 
qo‘llanilmoqda. Ularda hatto paraboloid, ellipsoid va giperboloidli aylanuv 
sirtlaridan, giparlar (giperbologik paraboloid) va konoidlardan, to‘g‘ri va yarim 
to‘g‘ri ko‘pburchakliklarga asoslangan geodezik gumbazlardan foydalanilmoqda. 
XX va XXI asrlarning zamonaviy estetik dunyoqarashlari, ilmiy-texnik va 
ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari hamda ehtiyojlari asosida vujudga kelgan yupqa 
devorli yengil obolochkalarning turli xil haykalsimon-plastik me’moriy shakllari 
va strukturali to‘rsimon qurilmalar amaliyotda keng qo‘llanmoqda. Bunday 
sharoitda me’moriy shakllar uyg‘unligi va mutanosibliklar tushunchasi nafaqat 
go‘zallik va estetik dunyoqarash me’zonlaridan, balki ana shunday zamonaviy 
qurilmalar asosida bunyod etilayotgan inshootlarning hajm-rejaviy yechimlaridagi 
mutanosibliklarning ushbu inshootlarda o‘rnatilayotgan qurilmalar va texnologik 
jarayonlar o‘lcham-lariga ham hamohang bo‘lishligini taqazo etmoqda. Bir so‘z 
bilan aytganda me’moriy shakllar uyg‘unligi va proporsionallik masalasi har 


219 
qanday zamonaviy texnik rivojlangan sharoitlarda ham o‘z dolzarbligini 
yo‘qotmaydi. Aksincha vaqt o‘tishi bilan uning mavqei yanada oshib boradi.
O‘tmishda me’morlar qo‘llagan, necha ming yillar davomida ularga ishonchli 
dasturi amal bo‘lib xizmat qilgan uyg‘unlik qonunlari bugunni nafaqat o‘tmish, 
balki kelajak bilan ham bog‘lovchi nazariy ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu 
ko‘prikni saqlab qolish va undan me’moriy loyihalash uslubi tarzida samarali 
foydalanish bugungi kunning dolzarb masalasidir.


220 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling