Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Badiiy tugallik qonunining zamonaviy me'morchilikda qo'llanilishi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 
108-rasm. Badiiy tugallik qonunining zamonaviy me'morchilikda qo'llanilishi: 
a - Samarqand yaqinidagi Imom al-Buhoriy maqbarasi (1998 y.);
b - Samarqanddagi al-Motrudiy maqbarasi (2001 y.); 
а 



207 
Toshkent shahar hokimligining yangi binosida qo‘llanilgan moviy gumbaz
binoning bosh kirish qismi (ostona) va bosh tarzning tugallanish kompozitsiyalari, 
shuningdek Oliy Majlis binosining barcha tarzlarida qo‘llanilgan ustun-to‘sinli 
qurilmalardan tuzilgan oq sharafa va Oliy Majlislar zalining qobirg‘ali moviy 
gumbazi o‘ta mahobatli va kontrast samarali tashqi badiiy tugal yechimga ega.
Toshkentdagi 
"Chorsu" 
mehmonxonasining 
hajmiy-fazoviy 
kom-
pozitsiyasida ham binoning tugallanish qismlari o‘ziga xos yechilgan bo‘lib, uch 
tomondan guldastali, adl qomat milliy minoralarni eslatuvchi shakllar va tepa 
qismidan maxsus texnik qavat yordamida betakror badiiy tugal kompozitsiya hosil 
qilingan. Ichida zinapoya va lift joylashgan bu minoralar to‘q zangori rangga 
bo‘yalib, bo‘rtib chiqqan oq rangli "balkonlar" ifodasi, ranglar kontrasti hamda 
nur va soya samarasini berganki, bu juda ifodali chiqqan (110-rasm).
109-rasm. Zamonaviy 
me'morchilikda badiiy tugallik 
qonuni: 
a-Toshkentdagi O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlis binosi
b-Temuriylar davri madaniyati va 
tarixi muzeyi. 




208 
Toshkentdagi 
"O‘zbekiston" 
mehmonxonasining me’moriy yechimida 
ham binoning tugallanish kompozitsiyasi 
o‘ta ifodali tasvirlangan. Bu yerda texnik 
qavatdan tashqari bino ustiga yozgi 
qahvaxona, dam olish va ko‘ngil ochar 
o‘yinlar majmuasi tashkil etilganki, bular 
bino tarzida milliy ayvonlar shakliga 
o‘xshab ketgan va nur va soya samarasi 
bilan qo‘shilib o‘ziga xos tugal 
kompozitsiya hosil qilgan (111-rasm).
Umuman olganda me’morchilik va qurilish san’atining o‘ziga xos badiiy 
kompozitsion sir-asrorlari mavjudki, ular qatoriga masshtablilik, shakllar 
mutanosibligi va uyg‘unligi, tektonika, simmetriya va asimmetriya, ritm, kontrast 
va nyuans, plastika, nur va soya kabi badiiy vositalar kiradi. Biroq, badiiy tugallik 
qonuniyati shu choqqacha arxitektura nazariyasida e’tiborsiz qoldirilgan va uning 
keng badiiy imkoniyatlari yuqoridagi vositalar singari ochib berilmagan.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling