Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Badiiy tugallik qonunining me’moriy yodgorliklarda qo‘llanilishi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

14.2. Badiiy tugallik qonunining me’moriy yodgorliklarda qo‘llanilishi 
Masalaning eng avvalo bunyodkorlik san’atida, ya’ni arxitektura sohasida 
qo‘llanilish jarayoniga e’tibor berib ko‘raylik.


202 
104-rasm. Boshasi muqarnas 
naqshi bilan bezalgan ustun. 
 
O‘tmishda 
ota-bobolarimiz 
o‘zlarining 
bunyodkorlik 
ishlarida 
bu 
qonuniyatdan unumli foydalanib kelganlar.
Masalan, Qadimgi Misrliklar qurgan ibodatxonalarining tig‘is va qator 
joylashgan ustunlarini o‘rmon daraxtzorlariga, ibodatxona ustunlarining boshasi
ya’ni tugal qismini esa Misrda o‘suvchi lotos gulining gulkosasiga o‘xshatib 
ishlaganlar. Bunday ustunlarni hatto ayollar qomatiga o‘xshatib "kariatida", 
erkaklar qomatiga o‘xshatib "atlant" deb ataganlar. Ayol qomatiga o‘xshash 
yog‘och ustunlar Tojikistonning Qadimgi Panjikent shaharchasida ham 
qo‘llanilgan. O‘rta Osiyo an’anaviy me’morchiligida ustunli-to‘sinli qurilmalar ar- 
xitekturasini o‘rganish ham badiiy tugallik qonuniyatining turli-tuman qirralarini 
ochib beradiki, ularda biz ustunlar boshasi (kallagi)ning muqarnas ko‘rinishidagi 
ko‘plab namunalarini uchratamiz. Buxorodagi Bolo-Xauz masjidi peshayvonidagi 
ustunlar, Qashqadaryodagi Bobo-Tag‘o masjidi 
ayvonidagi ustunlarning boshalari, Farg‘onadagi 
ko‘pgina masjid ayvonlarining ustun boshalari 
muqarnas kompozitsiyasi bilan tugullanganligi 
fikrimizning dalilidir. Ayvon 
va 
peshayvonlarning 
tashqi 
tugal 
qismlari 
"kayvonlar", jamoat binolaridagi peshtoq va 
ravoqlar, binolar tarzidagi qanoslar O‘rta Osiyo 
me’morlarining badiiy tugallik kompozitsiyasi 
sohasidagi ijodiy izlanishlarining yaqqol natijasi 
deb 
baholanishi 
mumkin. 
Badiiy tugallik 
kompozitsiyasi nafaqat bino qismlariga (ustun 
boshalari, ayvon va peshayvonlarning kayvonlari, 
qanoslar, guldastalar, minoralar, ravoqlarning 
tugallanish qismlariga), balki gumbaz, toq va 
sharafa (karniz)larga ham birday tegishlidir. 


203 
Peshtoqlarni kitobalar yoki qatorak ravoqchalar bilan tugatish ham badiiy 
tugallik qonuniyatining amaldagi ko‘rinishlaridan biridir.
O‘rta Osiyo va Rossiya an’anaviy me’morchiligida gumbazlar tojga, kulohga, 
qolpoqcha yoki sholg‘omga o‘xshatib ishlangan. Toj ham, kuloh va qolpoq ham, 
sholg‘om shakli ham badiiy tugallik kompozitsiyasining o‘ziga xos 
ko‘rinishlaridir.
Minoralarning bo‘ylari va shakliga mos keluvchi chiroyli guldastalar bilan 
tugashi ham badiiy tugallik kompozitsiyasiga mos uslubdir. Maqbara, masjid va 
ayrim xonaqoh gumbazlari bino ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmasdan avval 
baland va munaqqash gardish ishlanib, uning ustiga qo‘yilganki, bu binoning 
tugallinish kompozitsiyasini alohida bo‘rttirib, mahobatli va ko‘rkam tarzli 
bo‘lishini ta’minlangan.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling