197
M.S.Bulatov ham Sulton Sanjar maqbarasining yaratilishidagi handasaviy
uyg‘unlikni
tekshirib, uni Buxorodagi Somoniylar maqbarasiga taqqoslaydi va
yodgorlikning tarhi modulli tizimga, tarzi esa oltin
nisbatga asos-langanligini
ko‘rsatadi va bino o‘lchamlariga aniq mos keluvchi kataklar to‘rini aniqlaydi.
K.S.Kryukov esa M.S.Bulatov ishlagan modul to‘ridan foydalanib yodgorlikning
nafaqat
tarhi va tarzi, balki interyeridagi me’moriy mutanosibliklarni ham aniq
ko‘rsatib beradi.
Bunda u G.A.Pugachenkovaning maqbara gumbazida og‘irlikni
yengillatish
uchun ravoqlar tizimi yashiringanligini va gumbaz asosiga ishlangan qatorak
mavjudligini e’tiborga oladi. K.S.Kryukov maqbara me’moriy shakllarining
yarati-
lishida nafaqat uning tarhi, balki tarzining ham modul to‘riga asoslanganligini
isbotlaydi.
Arxitektor Lobar Rasul-Zoda yuqoridagi tadqiqotlarga asoslanib Sulton
Sanjar maqbarasining grafik tiklanishini ilk bor kompyuter grafikasida ishlashga
muyassar bo‘lgan. U yodgorlik
tarzini AutoCAD dasturida, perspektivasini esa 3D
Studio MAX dasturida bajargan. Ushbu elektron dasturlar yodgorlikning to‘liq
tashqi vizual ko‘rinishini yaratishga va nafaqat uning tashqi shaklu shamoyilini,
balki qurilishda ishlatilgan ashyolarning xususiyatlari –
rangi va fakturasini, nur
va soyani, ravoq va gumbaz qurilmalarini va boshqa xususiyatlarini ham elektron
grafik tasvirda ifodalashga imkon beradi (102-rasm).
102-rasm. Sulton Sanjar maqbarasining “3D Studio Max” dasturida
Do'stlaringiz bilan baham: