Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Surxondaryo. Oq Ostona bobo maqbarasi tarziga ishlangan


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

92-rasm. Surxondaryo. Oq Ostona bobo maqbarasi tarziga ishlangan 
ramziy bezaklar (X-XI aa.).
 
Quyoshga o‘xshash egik aylana nurlari bezagi esa samoviy Olov, samoviy 
yaratuvchi Kuch, Harakatning ramzi emish. Bu fikrga qo‘shilsa bo‘ladi, chunki 
ushbu bezak hozirgi kunda ham Surxondaryo so‘zanalarida uchraydi. U xalq 
og‘zida "falak" deb atalib samoviy harakatning ramzi sanaladi. 
Bezaklardagi yulduzlarning 7 qirrali shaklda ishlanishida ko‘p ma’no bor. 
Qur’onda ko‘rsatilishicha, Alloh dunyoni 6 kunda bunyod etib yettinchi kuni dam 
olgan ekan.


189 
Ushbu 6 kun ichida 7 iqlim, osmon va uning sayyoralari, gilam ustiga 
to‘shalgan Yer, uning mustahkamligini ta’minlash uchun tog‘lar yaratilgan. Alloh 
yerni osmon bilan ko‘zga ko‘rinmaydigan fazoviy narvon orqali bog‘lagan. Undan 
faqat farishtalargina chiqib-tushib tura olgan. Farishtalarni ham yer kurrasi kabi 
Alloh yaratgan. Oxirgi oltinchi kuni Alloh-taolo Odam Otani yaratib uning 
qobirg‘asidan Momo Havoni yaratgan ekan. Yettinchi kuni dam olish bo‘lib, u 
Islomda juma kuniga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun ham Islom dunyosida juma 
kungi nomoz masjidda o‘qilib, o‘sha kuni musulmonlarning dam olish kuni 
hisoblanadi. Demak, qadimda yetti raqami dunyoning tuzilishi bilan bog‘langan. 
Aftidan shuning uchun ham hafta yetti kundan tuzilgan. Islomda 7 raqami kamo- 
lotni va tugallikni bildiradi. Dunyoda 7 ta olam, 7 ta sayyora, 7 ta yer va 7 ta 
dengiz mavjud; 7 ta zina do‘zaxga, 7 ta eshik esa jannatga olib boradi. Hajga 
borgan kishi Ka’bani 7 marta aylansa, Haj ibodati to‘kis bajarilgan hisoblanadi.
"Bezaklardagi kurtaklar va barglar esa hayotning nafis, kichik qirralarini 
o‘zida ifoda etadi; hayot rivojlanishining turli xil darajalarini bildiradi", deb 
yozadi tadqiqotchilar. Oq Ostona bobo maqbarasidagi bu ikki bezakning o‘zgacha 
ta’rifi ham mavjud. Bu o‘tmish va hozir, hayot va o‘lim, jismoniy o‘lim va ruhiy 
tirilish birligidir. "Bu bezaklar dunyoning tuzilishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi 
tasavvurlarni o‘zida mujassam etgan ramzlarning katta kompozitsiyasi, ya’ni 
kosmogrammasidir", deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar. Ular yuqoridagi fikrlarga 
asoslanib, O‘rta va Yaqin Sharq musulmon me’morchiligi va san’ati nazariyasi 
bizga ma’lum bo‘lgan nafaqat arifmetik, geometrik va garmonik uyg‘unliklarga, 
balki semantik uyg‘unlashuv tamoyillariga ham asoslangan, degan xulosaga 
keladi. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling