Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Me’moriy bezaklarning ramziy ma’nosi
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
13.3. Me’moriy bezaklarning ramziy ma’nosi
Islom dini o‘rnatilganiga qadar me’morchilikda ko‘proq mavzuli (sujetli) tasvirlar, turmushda foydalanadigan buyumlarda esa zoomorf bezaklar ishlanib, ular o‘simliksimon va handasaviy naqshlar bilan uyg‘unlashtirilgan. Devoriy rang tasvir bezaklarda ko‘proq mehmon kutish, har xil milliy marosimlarning ijro etilishi va ov jarayoni tasvirlangan. Saroy va mehmonxona devorlaridagi bunday sujetli rang tasvirlar ko‘proq ikki uch qavatli tarzda chizilgan. Shunisi e’tiborliki, me’moriy obidalarga ishlangan har bir bezak yoki shaklning ramziy ma’nosi bo‘lgan. O‘rta asrlar binolari xonalarining devorlarida, amaliy san’at buyumlarida, ustun-to‘sinli qurilmalarda qo‘chqor shoxi, grifon va turli parrandalar, yirtqich hayvonlar surati ishlangan. 186 Bunday tasvirlar o‘z ramziy ifodasiga ega bo‘lgan. Ular orqali ota- bobolarimiz o‘z orzu-umidlarini naqshlarda izhor qilishgan. Jumladan, qirg‘iy tasviri kosmik kuchlarni ifodalagan va tamg‘alar belgisi sifatida qo‘llanilgan. Burgut shakli qadimdan quyosh ramzi hisoblangan. Shuningdek, u kuch va hukmronlik ramzini ham bildirgan. O‘rdak, g‘oz, tustovuq, tovus – baxt va omad, go‘zallik, olam g‘oyalarini, xushxabarlarni yetkazuvchi – darakchi sifatida gavdavlantirilgan. Ayrim urug‘lar qushlarni o‘z totemlari deb bilganlar. Hayvon – qush, ya’ni grifon O‘rta Osiyo tasviriy san’atida ikki xil ko‘rinishda ifodalangan: qanotli sher yoki burgut boshli hayvon shakllarida. Grifon tabiatdagi ikki xil kuchni, ya’ni ezgulik va yovuzlikni ifodalagan. Grifon chorvani quriqlab, insonga xizmat qiladi va uni yovuz kuchlardan asraydi deb ham tushunilgan. Ilon yoki ajdaho boshi tasviri u chizilgan bino yoki xonani har xil ins-jinslar, balo-qazolardan saqlar ekan. O‘rta Osiyo devoriy suratlarida va amaliy san’at buyumlarida daraxt shoxchalari, daraxt novdasi va gullar ko‘p uchraydi. Daraxt shoxchasi "hayot daraxti" ma’nosini, novdasi dunyo tomiri va shon-shuhrat ramzini ifodalagan. Islom dini o‘rnatilgandan so‘ng daraxt shoxchalari naqshi "saodat daraxti" ma’nosini ham anglatgan. Guldonlardagi butoq, shoxcha, guldasta tasvirlari esa osmoniy "hayot shajarasi"ning ramzi hisoblangan. Lola naqshi tabiatning uyg‘onish ramzini ifodalagan. Xalq amaliy-badiiy san’ati va me’morchiligida gul hamda o‘simliksimon naqshlar bilan bir qatorda mevalar ham o‘z aksini topgan. Jumladan, Munchoqtepa makoni xonalaridan birining VI-VII asrlarga oid devorlarida odam boshi bilan bir bosh uzum tasviri ko‘rsatilgan. Anor I-V asrlarga oid ostadon devorlarida, anor ushlab turgan hosildorlik xudosi Anaxita esa I-III asrlarga oid haykalchalarda, o‘rta asrlarga oid kulolchilik buyumlarida ifoda etilgan. Xalq uy-joy me’morchiligida ham anorgul, anor naqshi mavjud. Shuni eslatib o‘tish kerakki, olma – muhabbat, anor va uzum – ezgulik, to‘qchilik, to‘kin-sochinlik ramzi hisoblangan. 187 O‘rta Osiyo devoriy naqshlarida va xalq amaliy san’ati buyumlarida, doira, girih, uchburchak, romb kabi naqshlar keng qo‘llanilgan. Ularning ham ramziy ma’nolari bo‘lgan. Jumladan, qadimda uchi pastga qaragan uchburchak shakli erkak ramzini ifodalasa, uchi yuqoriga qaragan shunday uchburchak ayol ramzini ifodalagan. Ularning qo‘-shilishidan esa romb shakli hosil bo‘lib, u yangi hayot ramzini bildirgan. Salib (but) shaklidagi naqsh O‘rta Osiyoda juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Bunday naqshni xalqlar turli davrlarda tabiatning paydo bo‘lishi tushunchasi, quyosh ramzi, o‘lim va tiriklik ramzi deb bilishgan. Qo‘chqor shoxiga o‘xshash naqsh tog‘ aholisi amaliy san’at buyumlarida, devoriy suratlar va ustun boshalarida ko‘p ishlangan. Binobarin, uylardagi ustun boshasining yovvoyi echki, qo‘chqor shoxiga o‘xshashligi zamirida ham qadim zamonlardan saqlanib qolgan ishonch yotadiki, u kishini jasurlikka, mardlikka, pokizalikka da’vat etuvchi ramz sifatida xalq badiiy bezagida, yog‘och o‘ymakorligi san’atida o‘z ifodasini topgan. Ranglar ham o‘ziga xos ramziy ma’noni bildirgan. Jumladan, ko‘k rang moviy osmon ramzi bo‘lib, moviy rangdagi gumbazlar osmonga o‘xshatilgan. Shu bilan birga ayrim joylarda ko‘k rang xonadonni yomon ko‘zdan asraydigan belgi sifatida ham ishlatilgan. Qizil rang O‘rta Osiyoning qadimgi obidalari ichki devorlarida keng qo‘llanilgan. Bunga miloddan avvalgi III-II asrlarga oid Yangi Niso zallari, VI-VIII asrlarga oid Varaxsha saroyining qizil zali dalil bo‘la oladi. Markaziy Osiyo xalqlarida qizil rang g‘alaba ramzi hisoblangan. Oq rang esa yorug‘lik ramzi bo‘lgan. Sariq rangni sariq kasalga davo hisoblashgan. Shuning uchun bemorga sariq libos kiydirishgan, xonani sariq rangli buyumlar bilan jihozlashga harakat qilishgan. Yaqinda olimlarimiz (Arapov A.V., Bulatov M.S., To‘ychiyeva YU.G.) Surxandaryo viloyatidagi Oq Ostona bobo maqbarasiga ishlangan X-XI asrlarga oid ramziy bezaklarning unitilgan "tili"ni ochishdi. Maqbaraning g‘arbiy devori tashqarisida 2 ta tamg‘asimon g‘ishtin bezaklar mavjud bo‘lib, ular yetti burchakli yulduzlar shakliga ega. 188 Har ikkala bezakning markazida o‘rama (spiral) shaklli o‘simlik tasvirlangan. Ularning gardishiga esa 7 ta to‘lqinsimon nurli aylana – Quyosh ramzi ishlangan bo‘lib, ular ham atrofidan 7 qirrali yulduz bilan o‘ralgan. Chap tomondagi yulduzsimon bezak atroflari yana 7 ta to‘lqinsimon barglar bilan o‘rab chiqilgan. Ushbu bezaklarni tadqiq qilgan olimlarning fikricha, 7 qirrali yulduz taraqqiyot, ruhiy tartibot hamda koinot rivojlanishining ramzidir. Bezaklarning markazidagi spiralsimon kompozitsiya esa o‘simlik,hayvonot dunyosi va insoniyat hayotini o‘zida aks ettirgan "Hayot spirali (davomiyligi)", suv girdoblari va toshqinlari,ba’zi bir o‘simliklarning rivojlanishi, ilonlar va aylana shoxlar bilan bog‘liq bo‘lgan Hayot Kuchining ramzidir. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling