Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turunj
80-rasm. Girih bezaklar: a-girih namunasi; b-girih bezak taqsimi.
81-rasm. Islimiy naqshlar (ganchga o'yilgan va devorga ishlangan islimiy naqshlar). 175 Munabbatda naqshning asosi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakdan tashkil topib, naqsh kompozitsiyasi to‘rt tomonda birday takrorlanuvchi taqsimdan tuziladi. Munabbat katta yuzalarni bezashda foydalaniladi. Madoxil chapu-rost takrorlanuvchi lolasimon islimiy naqsh turi. U ko‘rinishi jihatidan xilma-xil bo‘lib, g‘uncha, lola, gul, uch barg va boshqa shakllardan iborat bo‘ladi. Turunj oval yoki doira shaklidagi islimiy naqsh kompozitsiyasidir. Zanjira bu hoshiya naqsh bo‘lib, uchburchak piramida shakllarini uzluksiz takrorlashdan hosil bo‘ladi. Bezaklarning yozuviy (xushxat) guruhiga me’morchilikda binolarning tashqi va ichki qismlarida bezak tarzida qo‘llanilgan epigrafik naqshlar kiradi. Bunday naqshlar O‘rta Osiyo me’mor-chiligida asosan X-XI asrlardan а b v 82-rasm. Islimiy naqshlarning turlari: a - qirma usulda o'yilgan ganch namoyon; b - munabbat; v -madohil; g – turunj. 83-rasm. Samarqanddagi Shohi-Zinda maqbarasiga ishlangan yozuviy bezak. b g 176 84-rasm. Samarqanddagi Sherdor madrasasining peshtoqidagi Zoomorf bezak (XVII a.). boshlab keng tarqalgan. Yozuviy bezaklar odatda imorat peshtoqidagi alohida kitobalarga, gumbazlarning aylana gardish (ustivon)lariga, binolarga kiraverishda eshik ustilariga, bino ichlarida esa mehrob, ustun, qabrtosh, shift sharafasi va eshiklarga ishlangan. Yozuvlar arab alifbosida (asosan kufiy, suls, nasx yozuvlarida) ishlanib, ma’nosi jihatidan diniy, falsafiy, tarbiyaviy mavzularga bag‘ishlangan. Ularda imoratlar homiylarining nomlari, bino etilgan sanalar ham yozib qoldirilgan. Arabiy harflar tizimidan serma’no jumlalar, serjilo, nafis kompozitsiyalar yaratilgan. Yozuviy (xushxat) bezaklar asosan diniy va ma’rifiy obidalarda: masjid, madrasa, maqbara va xonaqohlarda ko‘proq uchraydi. Yozuvlar kompozitsiyasi asosiy me’moriy shakllarning tuzilishi va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, aylana shaklli katta gardishlar yuzasida yozuv aylana qatorni, ya’ni katta halqani tashkil qilib, uning ko‘rinarli qismiga ishlangan. Me’moriy yozuvlar har xil qalinlikdagi bir necha qatorlarga ham ishlangan bo‘lishi mumkin. Kvadrat shaklidagi yuzalarga yozuvlar yaxlit kompozitsiyada, ko‘pincha bir qatorga o‘yib ishlangan. Kvadrat yuzani to‘ldirish uchun "alif", "lom", "zol", "dol" harflarini baland qilib yozishgan. Jumladan, Shohi Zinda ansamblidagi Qusam ibn Abbos maqbarasi va Xoja Ahmad Yassaviy maqbara-xonaqosi eshiklari ustidagi kitobalarda shunday bezaklar mavjud (83-rasm). Xushxat (epigrafik) bezaklardan tashqari O‘rta Osiyo me’morchiligida zoomorf, ya’ni turli hayvonlar tasviri ishlangan koshin bezaklarni ham uchratamiz. Ular asosan bino peshtoqlarining qanoslarida ko‘proq uchraydi. Turkmansitondagi Anov masjidi, Samarqanddagi Sherdor va Nodir- 177 Devonbegi (XVII asr) madrasalari, Buxorodagi Nodir-Devonbegi va Abdulazizxon madrasalari (XVII asr) peshtoqlarida afsonaviy jonivorlar, semurg‘ qush, kiyik yoki sher va ohu tasvirlarini ko‘ramiz (84-rasm). Me’moriy tashqi bezaklar asosan g‘ishtkor bo‘lishi, sirkor koshin yoki parchindan, shuningdek toshga o‘yib ishlangan naqshlardan tuzilsa, ichki bezaklar bajariladigan materialiga qarab koshinda, ganch yoki yog‘ochda, ganchni, toshni, yog‘ochni o‘yib yoki bo‘yab, shuningdek devoriy suvoq ustiga bo‘yab ishlanishi mumkin. Ana shu xusu-siyatlariga qarab me’moriy bezaklarni bir necha alohida turlarga, ya’ni g‘ishtkoriy, koshinkoriy, ganch va yog‘och o‘ymakorligi bezak- Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling