169
Markaziy Osiyo yodgorliklarining yo‘qolgan
shakllarini qayta tiklash
masalasiga handasaviy takrorlanuvchi va o‘ziga xos qurish qoidalariga ega
bo‘lgan me’moriy naqsh-bezaklar ham yaqindan yordam beradi. Buning
uchun
ta’mirlanayotgan va shakllari qayta tikla-nayotgan tarixiy obidaning boshlang‘ich
modul to‘ri va geometrik
ishlanish tizimi aniqlansa bas, binoning barcha
yo‘qolgan qismlari ushbu tiklangan modul va geometrik tizimga mos ravishda o‘z
o‘rni va shakliga ega bo‘ladi.
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar:
1. Dastlabki xom g‘ishli ravoqlar O‘rta Osiyo me’morchiligida qachon vujudga
kelgan?
2. Ravoq shakllarini qurishning qanday usullari mavjud?
3. O‘rta Osiyo me’morchiligida qanday gumbazlar qo‘llanilgan?
4. “Zarba linga” gumbazi bu qanday gumbaz va u
qanday vaziyatlarda
qo‘llanilgan?
5. Ravoq chizishning ellips usulini tushuntirib bering.
6. Ravoq qurishning G‘iyosiddin Koshiy usulini tushuntirib bering.
8. Ravoq chizishda K.S.Kryukov taklifini ko‘rsatib bering.
9. G‘iyosiddin
Koshiyning qaysi asarida toq, ravoq va gumbazlar chizishning besh
xil uslubi ko‘rsatilgan?