Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Me’moriy bezaklarning tasnifi va turlari


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

13.2. Me’moriy bezaklarning tasnifi va turlari 
O‘rta Osiyoda me’moriy bezak (naqsh)larning asosan uch turdagi yirik 
guruhi: girih, islimiy va yozuviy (xushxat) turlari keng tarqalgan. Bezaklarning 
girih guruhiga (girih arabcha "tugun" so‘zidan olingan) murakkab handasaviy 
shakllar tugunining takrorlanishidan hosil bo‘lgan naqshlar kirib, ularning asosini 
kvadrat, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak va aylana shaklli taqsimlar 
(takrorlanuvchi qismlar) tashkil etadi. Taqsimlar (ular "rapport" deb ham 
ataladi) girihda to‘g‘ri va chapu-rost holatida, ya’ni to‘g‘ri hamda to‘g‘ri va teskari 
ko‘rinishda takrorlanishi ham mumkin. Girihlarning asosini handasaviy shakllar 
tashkil qilgani uchun ular adabiyotda handasaviy naqshlar – ornamentlar deb ham 
ataladi. Tuzilishi jihatidan girihlar to‘g‘ri chiziq, egri chiziq va aralash 
chiziqlardan tashkil topgan xillarga bo‘linadi.
Islimiy guruhdagi naqshlar esa girihlardan keskin farq qilib, o‘simliksimon 
shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan bo‘ladi. Islimiy naqsh asosini 
tanob, band, barg va kurtakli bo‘talar tashkil qiladi. Shuning uchun ham islimiy 
deganda o‘simliksimon naqshlar turi anglashiladi. Tanob o‘simliksimon naqsh 
asosini tashkil etuvchi o‘zak chizmadir. Islimiy naqshlarni kompozitsiyasi 
bo‘yicha namoyon, ruta, munabbat, madoxil, turunj, zanjira xillariga bo‘lish 
mumkin. 


174 
Namoyon bu atrofi hoshiya naqsh bilan o‘ralgan murakkab va tugal islimiy 
naqsh kompozitsiyasidir. U asosan O‘rta Osiyo me’moriy obidalarining 
interyerlarini bezashda qo‘llaniladi. Namoyon kompozitsiyasida girih bilan islimiy 
naqsh aralashgan bo‘lishi ham mumkin. Bunda girih hamisha asosiy, islimiy esa 
to‘ldiruvchi naqsh rolini bajaradi va islimiy hech qachon girihni bosib o‘tmaydi.
Girihdan ham sof holda namoyon kompozitsiyasi ishlanishi mumkin. Ular 
ham islimiy namoyoni kabi asosiy va to‘ldiruvchi naqshlardan tuziladi. Bunda 
avval asosiy yirik girih ishlanib, so‘ngra uning ichiga mayda to‘ldiruvchi girih 
chiziladi. Ruta ikki tomonga ulanuvchi naqsh taqsimi hisoblanib, asosan hoshiya 
uchun qo‘llaniladi. 
а 


Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling