166
usullarga to‘xtaylik. Mirzo Ulug‘bek boshliq Samarqand "akademiyasi"ning
yetuk
ilmiy xodimi G‘iyosiddin Koshiyning "Hisob kaliti" asarining 9-bobi
me’morchilik handasasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda toq, ravoq
va gumbazlar
shaklini chiqarishga doir besh xil uslubning bayoni va chizmalari keltirilgan. Bu
uslublar biz yuqorida ko‘rib chiqqan ravoq chizishning
ellips uslubidan keskin
farq qilib, yagona handasaviy tamoyilga, ya’ni ravoqlar shakllarini
ishlashda turli
radiuslarda silliq tutashadigan ko‘p markazli aylana yoylaridan foydalanib
chizishga asoslangandir. Koshiy ravoqlarni
chizishda ikki, uch va to‘rt markazli
aylanalardan foydalangan. Bu usullar asosida chizilgan ravoqlar 78 b-rasmda
tasvir etilgan.
Mashhur olimlar B.N.Zasipkin, L.I.Rempel, G.A.Pugachenkova,
P.SH.Zohidov, K.S.Kryukov, V.L.Voroninalar Markaziy Osiyo obidalariga xos
o‘nlab gumbaz va ravoqlarning tuzulishini o‘rganib chiqib, G‘iyosiddin
Koshiyning ravoq chizish usulini to‘g‘riligiga ishonch hosil qiladi. Qizig‘i
shundaki, Koshiy ko‘rsatgan usullardan biri Samarqanddagi Amir Temurning
jome masjidi peshtog‘iga ishlangan ravoq shaklini ishlashda ham qo‘llanilgan
а
b
78-rasm. Ravoq qurishning G’iyosiddin
Koshiy ko'rsatgan uslubi: a - Koshiy
chizmasi (uch markazdan chizilgan ravoq);
b - Koshiy uslubida chizilgan ikki, uch va to'rt
markazli ravoqlar.
167
ekan. Uni ishlashda Koshiy usullaridan biri -
uch markazli aylanalardan
foydalanilgan. Demak, ushbu uslub me’morlarga Koshiygacha ancha oldin
ma’lum bo‘lib me’morchilikda keng qo‘llanilib kelingan. Koshiy bayon etgan
usullar bajarilishiga ko‘ra juda sodda bo‘lib, ulardan loyiha ishlarida
foydalanishga qulay, qurilishda esa bu usullar pargor o‘rniga oddiy gazcho‘p va
reja ipi yordamida bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: