Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Ravoq chizishda K.S.Kryukov taklifi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 
12.4. Ravoq chizishda K.S.Kryukov taklifi 
Markaziy Osiyo me’morchiligida ravoq, toq va gumbazli qurilmalar 
arxitekturaviy shakllar uyg‘unligi va yaxlitligiga katta ta’sir ko‘rsatib kelgan. 
Bunday qurilmalarning shaklu-shamoyili, egikligi va qurilish uslublari ham turli-
tumandir. Biz yuqorida ularni qurishning ellips va Koshiy usullarini ko‘rib 
chiqdik. K.S.Kryukovning aniqlashicha, ravoqlarning geometrik shakli ularni 5:8, 
4:6, 3:5, 7:12 nisbatli to‘g‘ri burchakliklar ichiga chizishdan kelib chiqadi.
Jumladan, ikki markazli ravoqlar – 5:8, 4:6 nisbatli, uch markazli ravoqlar esa 
3:5, 5:8, 7:12 nisbatli to‘g‘ri burchakliklarga mos keladi (79-rasm). Bino tarzi 
proporsiyasiga ravoq ko‘rinishining shaklidan tashqari yana peshtoq ustunlarining 
balandligi ham ta’sir qiladi. Ularning geometrik munosabati K.S.Kryukovning 
tadqiqotiga ko‘ra (asosidan ravoq toqining eng baland nuqtasigacha) ko‘p hollarda 
1:1, 4:5 nisbatlardagi to‘g‘riburchakliklarga mos keladi. Gumbazlar shaklini 
chiqarishda ham ravoqlarni qurish uslublaridan foydalanilgan. Gumbaz shakli 
ravoq kesimini simmetrik o‘q bo‘ylab aylantirish orqali shakllantirilgan. Yuqorida 
yoritilgan me’moriy shakllarni qurish qoidalari an’anaviy me’morchilikka xos 
bo‘lgan qator namunaviy usullarga egaki, ular mavjud me’moriy yodgorliklarning 
buzilib yoki qulab ketgan me’moriy shakllarni qayta tiklash va ta’mirlash 
loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish imkonini beradi. Biroq, shuni aytish 
kerakki, yodgorlikning azaliy moduli va proporsional munosabatlarini qayta 
tiklash orqali uning shakllarini ta’mirlash amaliyotning barcha holatlari uchun 
ham birday yagona vosita bo‘la olmaydi. Bu yo‘l ta’mirlash amaliyotida tezroq 
maqsadga erishish va ishonchli yechimlarni topishga yaqindan yordam beradi 


168 
xolos.
а 



Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling