Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Loyni uyib pishirilgan


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

 
86-rasm. Loyni uyib pishirilgan 
sirkor bezak. Samarqand. Shohi-
Zindadagi Shodi-Mulk 
maqbarasining bezagi.
87-rasm. Sirlangan rang-ba-
rang kesma koshin bezaklar. 
Buxoro. Devonbegi madrasasi.


182 
Parchin bu sirlangan yaxlit sopol taxta. Uning yuzasiga chizib yoki o‘yib 
turli ranglar bilan bezaklar ishlanadi va sir beriladi. Ana shunday uslubda 
ishlangan bezakli sopol taxta yevropacha tilda mayolika deyiladi. Koshin taxtacha 
mayolikadan farq qilib, yuzasi faqat bir xil rangga bo‘yaladi va sirlanadi. XIV-XV 
asrlarda ishlangan tashqi me’moriy bezaklar turli islimiy, girih yoki "madoxil" 
bilan "devoniy" uslubidagi yozuviy naqshlarda, xonalar ichkarisidagi sirkor 
bezaklar asosan lojuvard (binafsha) va feruza ranglik naqshlarda, hattotiy bezaklar 
esa "suls" yozuvidagi naqshlarda o‘z aksini topdi. 
Bu kabi sirkor rang-barang naqshlar Samarqandda Shohizinda uzlatgohidagi 
Shodimulk, Amir Husayn, Amirzoda, Shirinbeka oqa kabi maqbaralarda keng 
qo‘llanilgan.
XIV asrdan boshlab islimiy guldor naqshlar girih bezaklarga ko‘ra 
me’morchilikda ichki pardozlarda yetakchi o‘rinni egallay boshladi. Girih esa 
asosan tashqi bezaklarda arabiy yozuvlar bilan birga ulkan sathli devorlar va 
minoralarni bezashda ko‘proq qo‘llanildi. Rang-barang islimiy naqshlar turlari: 
o‘ymakor sirli sopol bezaklar, yaxlit sathli yassi koshin naqshlar, chirmashib 
ketgan jozibador serbarg gulg‘unchalar sathida yaqqol bo‘rtib turgan arabiy 
88-rasm. Chizib ishlangan rangli sirkor yahlit bezak parchin. 
a-Buhorodagi Abdulazizhon madrasasi peshtoqining naqshi; 
b-Samarqanddagi Nodirdevonbegi madrasasi masjidining naqshi.
 




183 
harflar, sirlangan mayda o‘yma gullar bilan bezalgan jimjimador toqlar, guldor 
"so‘zanalar", terma o‘ymakor sirli sopol naqshlar keng qo‘llanildi. Girih 
naqshlarda asosan ko‘k, binafsha va oq ranlar keng qo‘llanildi. O‘ymakor sirli 
islimiy sopol bezaklar esa ikki rangda: binafsha yoki binafsha va oq ranglarda 
ishlangan. Yassi islimiy koshin bezaklar ikki xildan yetti xilgacha (ko‘k, oq, 
binafsha, qora, sariq, qizg‘ich va ayrim hollarda zarhal) ranglarda ziynatlandi.
Bu davrga kelib me’moriy epigrafik arabcha xushxat bezaklar ham yanada 
takomillashtiriladi. Ularni uzoqdan ham o‘qish mumkin bo‘lsin uchun osmono‘par 
moviy gumbazlarni ko‘tarib turuvchi gardishlarning sathi baravariga yirik kufiy 
yozuvlar bilan naqshlanadi. Peshtoqlar sathidan ham yozuvlar uchun alohida joy 
qoldirib, ular arabcha yirik hashamdor "suls" va to‘g‘ri chiziqli ko‘p qatorli "nasx" 
husnixatlarida ishlanadi. Temurning Samarqanddagi Jome masjidi bosh pesh-
toqiga ishlangan nasx yozuvining balandligi bir yarim metrga yaqin bo‘lib, uni 
Boburning ko‘rsati-shicha bir kurux, ya’ni 2,5 
kilometr masofadan o‘qish mumkin bo‘lgan.
XIV va XV asrlarga kelib O‘rta Osiyo va 
Sharq me’morchiligida ilgaridan (VI-VIII 
asrlardan) ma’lum bo‘lgan asosan gumbazlar 
ichini bezashga mo‘ljallangan yulduzsimon 
bezak turi – muqarnasni qo‘llash keng 
tarqaladi. U endi faqat ichki bezaklarga emas, 
balki tashqi peshtoqlar ravoqlari uzra ham 
keng qo‘llanila boshlandi. Samarqanddagi 
Go‘ri Amir maqbarasi, Shohizinda 
uzlatgohidagi Shodimulk maqbarasi
Ulug‘bekning Samarqand madrasasida 
muqarnasning ajoyib takrorlanmas namunalarini uchratamiz.
Ulug‘bekning safdoshi Jamshid Koshiy o‘zining "Hisob kaliti" asarida 
muqarnasning yangi turlari va ularni me’morchilik naqshlarida qo‘llashning 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling