Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
-rasm. Surxondaryo. Oq Ostona bobo maqbarasi tarziga ishlangan
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
92-rasm. Surxondaryo. Oq Ostona bobo maqbarasi tarziga ishlangan
ramziy bezaklar (X-XI aa.). Quyoshga o‘xshash egik aylana nurlari bezagi esa samoviy Olov, samoviy yaratuvchi Kuch, Harakatning ramzi emish. Bu fikrga qo‘shilsa bo‘ladi, chunki ushbu bezak hozirgi kunda ham Surxondaryo so‘zanalarida uchraydi. U xalq og‘zida "falak" deb atalib samoviy harakatning ramzi sanaladi. Bezaklardagi yulduzlarning 7 qirrali shaklda ishlanishida ko‘p ma’no bor. Qur’onda ko‘rsatilishicha, Alloh dunyoni 6 kunda bunyod etib yettinchi kuni dam olgan ekan. 189 Ushbu 6 kun ichida 7 iqlim, osmon va uning sayyoralari, gilam ustiga to‘shalgan Yer, uning mustahkamligini ta’minlash uchun tog‘lar yaratilgan. Alloh yerni osmon bilan ko‘zga ko‘rinmaydigan fazoviy narvon orqali bog‘lagan. Undan faqat farishtalargina chiqib-tushib tura olgan. Farishtalarni ham yer kurrasi kabi Alloh yaratgan. Oxirgi oltinchi kuni Alloh-taolo Odam Otani yaratib uning qobirg‘asidan Momo Havoni yaratgan ekan. Yettinchi kuni dam olish bo‘lib, u Islomda juma kuniga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun ham Islom dunyosida juma kungi nomoz masjidda o‘qilib, o‘sha kuni musulmonlarning dam olish kuni hisoblanadi. Demak, qadimda yetti raqami dunyoning tuzilishi bilan bog‘langan. Aftidan shuning uchun ham hafta yetti kundan tuzilgan. Islomda 7 raqami kamo- lotni va tugallikni bildiradi. Dunyoda 7 ta olam, 7 ta sayyora, 7 ta yer va 7 ta dengiz mavjud; 7 ta zina do‘zaxga, 7 ta eshik esa jannatga olib boradi. Hajga borgan kishi Ka’bani 7 marta aylansa, Haj ibodati to‘kis bajarilgan hisoblanadi. "Bezaklardagi kurtaklar va barglar esa hayotning nafis, kichik qirralarini o‘zida ifoda etadi; hayot rivojlanishining turli xil darajalarini bildiradi", deb yozadi tadqiqotchilar. Oq Ostona bobo maqbarasidagi bu ikki bezakning o‘zgacha ta’rifi ham mavjud. Bu o‘tmish va hozir, hayot va o‘lim, jismoniy o‘lim va ruhiy tirilish birligidir. "Bu bezaklar dunyoning tuzilishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarni o‘zida mujassam etgan ramzlarning katta kompozitsiyasi, ya’ni kosmogrammasidir", deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar. Ular yuqoridagi fikrlarga asoslanib, O‘rta va Yaqin Sharq musulmon me’morchiligi va san’ati nazariyasi bizga ma’lum bo‘lgan nafaqat arifmetik, geometrik va garmonik uyg‘unliklarga, balki semantik uyg‘unlashuv tamoyillariga ham asoslangan, degan xulosaga keladi. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling