Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

80-rasm. Girih bezaklar: a-girih namunasi; b-girih bezak taqsimi.
 
81-rasm. Islimiy naqshlar (ganchga o'yilgan va devorga ishlangan islimiy naqshlar).
 


175 
Munabbatda naqshning asosi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchakdan tashkil 
topib, naqsh kompozitsiyasi to‘rt tomonda birday takrorlanuvchi taqsimdan 
tuziladi. Munabbat katta yuzalarni bezashda foydalaniladi. Madoxil chapu-rost 
takrorlanuvchi lolasimon islimiy naqsh turi. U ko‘rinishi jihatidan xilma-xil bo‘lib, 
g‘uncha, lola, gul, uch barg va boshqa 
shakllardan iborat bo‘ladi. Turunj oval yoki 
doira shaklidagi islimiy naqsh 
kompozitsiyasidir. Zanjira bu hoshiya naqsh 
bo‘lib, uchburchak piramida shakllarini 
uzluksiz takrorlashdan hosil bo‘ladi.
Bezaklarning yozuviy (xushxat) guruhiga 
me’morchilikda binolarning tashqi va ichki 
qismlarida bezak tarzida qo‘llanilgan epigrafik 
naqshlar kiradi. Bunday naqshlar O‘rta Osiyo 
me’mor-chiligida asosan X-XI asrlardan 
а 


82-rasm. Islimiy naqshlarning turlari: a - qirma 
usulda o'yilgan ganch namoyon; b - munabbat;
v -madohil; g – turunj.
83-rasm. Samarqanddagi Shohi-Zinda 
maqbarasiga ishlangan yozuviy bezak. 




176 
84-rasm. Samarqanddagi Sherdor 
madrasasining peshtoqidagi Zoomorf 
bezak (XVII a.).
 
boshlab keng tarqalgan. Yozuviy bezaklar odatda imorat peshtoqidagi alohida 
kitobalarga, gumbazlarning aylana gardish (ustivon)lariga, binolarga kiraverishda 
eshik ustilariga, bino ichlarida esa mehrob, ustun, qabrtosh, shift sharafasi va 
eshiklarga ishlangan. Yozuvlar arab alifbosida (asosan kufiy, suls, nasx 
yozuvlarida) ishlanib, ma’nosi jihatidan diniy, falsafiy, tarbiyaviy mavzularga 
bag‘ishlangan. Ularda imoratlar homiylarining nomlari, bino etilgan sanalar ham 
yozib qoldirilgan. Arabiy harflar tizimidan serma’no jumlalar, serjilo, nafis 
kompozitsiyalar yaratilgan.
Yozuviy (xushxat) bezaklar asosan diniy va ma’rifiy obidalarda: masjid, 
madrasa, maqbara va xonaqohlarda ko‘proq uchraydi. Yozuvlar kompozitsiyasi 
asosiy me’moriy shakllarning tuzilishi va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan. Masalan, 
aylana shaklli katta gardishlar yuzasida yozuv aylana qatorni, ya’ni katta halqani 
tashkil qilib, uning ko‘rinarli qismiga ishlangan. Me’moriy yozuvlar har xil 
qalinlikdagi bir necha qatorlarga ham ishlangan bo‘lishi mumkin. Kvadrat 
shaklidagi yuzalarga yozuvlar yaxlit kompozitsiyada, ko‘pincha bir qatorga o‘yib 
ishlangan. Kvadrat yuzani to‘ldirish uchun "alif", "lom", "zol", "dol" harflarini 
baland qilib yozishgan. Jumladan, Shohi Zinda ansamblidagi Qusam ibn Abbos 
maqbarasi va Xoja Ahmad Yassaviy maqbara-xonaqosi eshiklari ustidagi 
kitobalarda shunday bezaklar 
mavjud (83-rasm).
Xushxat 
(epigrafik) 
bezaklardan tashqari O‘rta Osiyo 
me’morchiligida zoomorf, ya’ni 
turli hayvonlar tasviri ishlangan 
koshin bezaklarni ham uchratamiz. 
Ular asosan bino peshtoqlarining 
qanoslarida ko‘proq uchraydi. 
Turkmansitondagi Anov masjidi,
Samarqanddagi Sherdor va Nodir-


177 
Devonbegi (XVII asr) madrasalari, Buxorodagi Nodir-Devonbegi va 
Abdulazizxon madrasalari (XVII asr) peshtoqlarida afsonaviy jonivorlar, semurg‘ 
qush, kiyik yoki sher va ohu tasvirlarini ko‘ramiz (84-rasm).
Me’moriy tashqi bezaklar asosan g‘ishtkor bo‘lishi, sirkor koshin yoki 
parchindan, shuningdek toshga o‘yib ishlangan naqshlardan tuzilsa, ichki bezaklar 
bajariladigan materialiga qarab koshinda, ganch yoki yog‘ochda, ganchni, toshni, 
yog‘ochni o‘yib yoki bo‘yab, shuningdek devoriy suvoq ustiga bo‘yab ishlanishi 
mumkin. Ana shu xusu-siyatlariga qarab me’moriy bezaklarni bir necha alohida 
turlarga, ya’ni g‘ishtkoriy, koshinkoriy, ganch va yog‘och o‘ymakorligi bezak-

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling