Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


YASASHNING HANDASAVIY USULLARI


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

YASASHNING HANDASAVIY USULLARI 
13.1. O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarini o‘rganishga doir tadqiqotlar 
Me’moriy naqshinkorlikning zamonaviy 
arxitekturadagi holatiga e’tibor bersak, uning 
bugungi kunda ham keng rivoj topib o‘ziga xos 
zamonaviy yo‘nalishlarda davom 
ettirilayotganligining guvohi bo‘lamiz. Shunday 
ekan bo‘lajak arxitektorlar va xalq me’morlari 
uchun me’moriy naqshlarning yasali- shidagi sir-
asrorlarni va uyg‘unlik qonuniyatlarini o‘rganish 
va bilish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun ham quyida ushbu masalani 
ochib berishga qaratilgan, ya’ni O‘rta Osiyo 
me’moriy bezaklari va naqsh shakllaridagi 
uyg‘unlik sirlarini o‘rganishga doir tadqiqotlar 
ustida so‘z yuritamiz.
Milliy me’morchilik san’ati, naqshlardagi 
uyg‘unlik va shakllar mutanosibligi haqida so‘z 
ketganda musulmon sharqi arxitekturasining 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan me’moriy 
bezaklar haqida gapirmaslik mumkin emas. 
Bezaklarning turi, shaklu-shamoyili haqidagina 
emas, balki ularning handasaviy yasalish uslublari 
va go‘zallik sirlari haqida ham fikr yuritmoqchimiz. Dastlab shuni e’tirof etishimiz 
kerakki, me’moriy bezakchilik san’atining rivoji va uning arxitektura bilan 
mushtarakligi hech bir joyda Musulmon sharqi mamlakatlaridagidek keng va 
kuchli taraqqiy etmagan. Markaziy Osiyo me’moriy bezaklarini o‘rganishga 
bag‘ishlangan qator ishlar amalga oshirilgan. Dastlabki ishlar B.P.Denike va 


171 
G.I.Gaganovlar tomonidan XX asrning 40-yillarida bajarilgan. B.P.Denike O‘rta 
Osiyoning me’moriy bezaklari tarixini tahlil qilgan bo‘lsa, G.I.Gaganov o‘lkaning 
faqat girih, ya’ni geometrik bezaklarini o‘rganib, ularni o‘sha davr zamonaviy 
amaliyotiga qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni maqsad qilgan. U XII, 
XVI-XVII asrlarga tegishli O‘rta Osiyo girihlarining tasnifi va yasalish uslublarini 
ilk bor ochib berishga va ular asosida yangi girihlar tizimini ishlab chiqishga 
erishgan. Biroq, u Ulug‘ Vatan urushida qatnashib halok bo‘lganligi tufayli uning 
ishi tugamay qolgan.
1941 yili usto Shirin Murodov, B.N.Zasipkin, N.SH.Lukashevlar 
Samarqandda ochilgan qurilish ustalarining maktabi uchun tarkibiga 230 dan 
ziyod chizmalar kiritilgan "Ganch o‘yish san’ati" nomli o‘quv qo‘llanmasining 
matnini ishlab chiqadi. Unda islimiy va girih bezaklariga xos xususiyatlar, 
ularning xillari, ishlanish texnologiyasi, plastikasi kabi masalalardan tashqari 
"handasaviy naqshlarning yasalish nazariyasiga doir ba’zi ma’lumotlar ham 
beriladi. Ularda aytilishicha, katta xalq ustalari, ya’ni gulganchkorlar girih yasash 
va chizish san’atini mukammal bilishgan. Ko‘p girihlar avloddan-avlodga o‘tib 
xalq ustalarining arxivlarida saqlangan". Qo‘llanma mualliflari har qanday girihni 
ishlash uchun avvalo girih enining o‘lchami berilishi shart va u shunga 
muvofiqlashtirilib yasaladi, deb ta’kidlaydi.
O‘rta Osiyoning girih naqshlariga bag‘ishlangan asarlar ichida asosan 
g‘ishtkor va qisman ganch naqshlarini o‘rgangan professor N.B.Baklanovning 
ishlari o‘ziga xosdir. U G‘arbiy Yevropa va O‘rta Osiyo me’moriy bezaklarini 
taqqoslab "g‘arbiy yevropacha naqshlar ko‘p hollarda asosan to‘rt o‘qlik, ya’ni tik, 
yotiq va ikkita 45 gradusli o‘qlar bilan qanoatlanadi.
1, 2 va 4 ta 45 gradusli o‘qlar bo‘ylab bajariladigan kombinatsiyalar soni 16 
ga teng. Sharqda esa bunday o‘qlardan tashqari yana 10, 15, 18, 22.5 gradusli va 
30, 36, 60, 67.5, 72, 75 gradusli va boshqa juft o‘qlar uchraydi. Bu esa o‘sha 2, 4, 
6 ta va shunga o‘xshash 22 ta o‘qlardan hosil qilinadigan turli kombinatsiyalar 
sonini 6000 dan oshirish imkonini beradi", deb yozadi. Bu bilan u sharqona 


172 
naqshlar xillarining ko‘pligi va turli-tumanligini ta’kidlamoqchi bo‘ladi. 
N.B.Baklanov girihlarning yasalishi matematik qonuniyatlarga bo‘ysunishini, 
g‘ishtkor bezaklarning ishlanishida takrorlanuvchi modul rolini g‘isht qalinligi 
o‘ynaganligini aniqlaydi. Girihni ishlovchi usta naqqoshlar esa yaxshi chizishni
geometriya va hatto trigonometriyani ham bilganligini e’tirof etadi.
O‘rta Osiyoning, ayniqsa, O‘zbekiston va Janubiy Turkmaniston me’moriy 
bezaklarini ko‘p yillar davomida o‘rganib muhim natijalarga erishgan olim 
L.I.Rempeldir. U juda qadim zamonlardan tortib, to hozirgi davr O‘zbekiston 
me’moriy bezakchilik va xalq ustalari san’ati amaliyotining taraqqiyotini mufassal 
o‘rganib me’moriy bezaklarning yaxlit nazariyasi va tasnifini yaratdi.
XI-XVII asrlar me’moriy yodgorliklariga tegishli ayrim girihlarni 
G.N.Tomayev, SH.Y.Ratiya, G.A.Pugachenkova, L.YU.Mankovskaya, 
P.SH.Zohidov, I.I.Notkin, YU.G.SHvab, A.Zaynitdinov, I.Y.Pletnev va boshqalar 
ham o‘rganganlar. Bu tadqiqotlar natijasida O‘rta Osiyo handasaviy me’moriy 
bezaklarining yasalish uslublariga xos qonuniyatlar aniqlanib, naqqosh ustalarning 
o‘ta yuqori badiiy san’atga va nazariyaga asoslanganliklari isbotlab berildi.
Biroq, yuqorida sanab o‘tilgan tadqiqotlarning aksariyatida me’moriy 
bezaklar faqat tekislikda qaralib, ularning yasalish qonuniyatlari fazodagi 
me’moriy shakllar va hajmlar uyg‘unliklari bilan bog‘langan tarzda olib borilmadi. 
O‘tmishda me’morlar bezaklarni yasashda faqat to‘g‘ri ko‘p burchaklardan 
foydalangan degan fikrlar ham o‘zini oqlamadi, ayrim girihlarning yasalish 
uslublari hatto noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi ham ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng bu 
ishga taniqli olim M.S.Bulatov qo‘l urib, me’moriy bezaklar nazariyasini tadqiq 
qilishda nafaqat bezaklarning o‘zlarini, balki o‘rta asrlarda yozilgan tarixiy 
manbalarni ham o‘rganib chiqib olingan natijalarni bir-biriga taqqoslaydi. U 
asosan X-XV asrlar me’moriy bezaklari ustida ishlab, IX-X asrlarda o‘rta asr 
musulmon sharqi me’morchiligining me’moriy loyihalash asosi hisoblangan 
handasaviy uslublar arxitekturadan endi me’moriy bezaklarga ham ko‘chganligini 
ta’kidladi. M.S.Bulatov Abu Nasr Forobiy tomonidan fanlar tasnifi va qurilish 


173 
badiiy amaliyotining umumlamasi e’lon qilinganini, shuningdek Abul Vafo 
Buzjoniyning kitobiga "O‘xshash va mos shakllar haqidagi (ta’limga) 
muqaddima" ilova qilinganini va bular aslida o‘sha davr me’moriy bezakchiligi 
nazariyasining bayoni bo‘lganligini aniqlaydi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling