Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Ravoq chizishning ellips


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

76-rasm. Ravoq chizishning ellips
uslubi va uning amalda qo'llanilishi
(M.S.Bulatov bo'yicha). 
а 



164 
So‘ngra markazdan har ikkala aylanani kesuvchi istalgancha radiuslar o‘tkazilgan. 
Radiuslar bilan aylanalar kesishgan nuqtalar belgilangan (76-rasm). 
Bu nuqtalardan ikki aylana ichida yotiq va tik chiziqlar o‘tkazilib ularning 
kesishgan nuqtalari belgilab chiqilgan. Ushbu nuqtalar o‘zaro birlashtirilsa 
izlanayotgan ravoq chizig‘i hosil bo‘lgan (77, a-rasm). Bu uslub ravoq balandligi 
uncha tik bo‘lmagan, ya’ni u yopayotgan oraliq yarmidan kam bo‘lgan 
hollardagina ish bergan.
77-rasm. Ravoq chizishning ellips uslubi va uning amalda 
 qo'llanilishi (M.S.Bulatov bo'yicha).
а 




165 
Bunday ravoqlar odatda pastqam ravoqlardir. Ravoq balandligi u yopayotgan 
oraliq yarmidan baland qilib ishlansa, tik uchli yoki tez ravoq hisoblangan. Tik 
ravoqlar pastkam ravoqlardan o‘zining hurviqor qomati, shaklu-shamoyili, ularni 
tashkil qilgan yoylar shakllariga qarab farqlangan. Tik ravoqlarni chizishda ellips 
yoyiga asoslanish uslubi ustod olim M.Bulatov tadqiqotlaridan keng o‘rin olgan. 
Olimning fikricha, O‘rta Osiyo me’morchiligida ularni qurishda qo‘llanilgan ellips 
yoylarining eng ommaviylari quyidagi o‘lchamlarga va ko‘rinishlarga ega bo‘lgan 
(77, b-rasm).
O‘rta Osiyo me’morchiligida ravoq, toq va gumbazlar shaklini kuzatish shuni 
ko‘rsatadiki, yopiladigan xona yoki zal qancha katta bo‘lsa ravoq, toq yoki 
gumbaz yoyining tikligi ham shunchalik katta bo‘lgan. Aynan shu narsani 
G‘iyosiddin Jamshid Koshiy taklif qilgan ravoqlar chizish usullarida ham 
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa ravoq, toq va gumbazli qurilmalar shaklini ishlashda 
nafaqat badiiy uyg‘unlik, mutanosiblik va go‘zallik talablari, balki mustahkamlik 
va qurilmaviy talablar ham e’tiborga olinganligining isbotidir.
Ravoq, toq va gumbazli qurilmalar me’moriy uyg‘unligini ularga xos 
simmetriyada, barcha elementlar va qismlarning teng vaznligida va, nihoyat 
K.S.Kryukov ta’kidlaganidek, bunday qurilmalar o‘lchamlari (kengligi va 
balandligi)ning mutanosib munosabatlarda tanlanganligidan deb tushunmoq 
zarurdir. Bundan tashqari bunday qurilmalarning shakli-shamoyili ular yopadigan 
xonalar yoki oraliqlarning vazifasiga, ularning o‘lchamlari va shakliga hamda 
qurilish ashyolariga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan. Ana shu talablar 
doirasidan kelib chiqib me’morlar ravoq, toq va gumbazlarga go‘zal me’moriy 
shakllar, mayin, silliq va qobirg‘ali sirtlar, zarur hollarda esa bezaklar ham 
berganlar.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling