11.3. Me’moriy mutanosibliklar jadvali. Handasaviy (irratsional)
nisbatlarning sonli (modulli) nisbatlarga aylantirilishi
Qadimgi Misr, Yunoniston, Rim va Markaziy Osiyo me’moriy
yodgorliklarida qo‘llanilgan proporsiyalarni chuqur o‘rgangan K.S.Kryukov o‘zi
bajargan ilmiy tadqiqotlar asosida me’moriy shakllarda foydalaniladigan
mutanosib munosabatlarni aniqlash va ularni oddiy butun sonlarda ifodalash
"asbobini" yaratdi. Bu "asbob" jadvaldan iborat bo‘lib, unga to‘g‘ri geometrik
shakllarning tomonlari, diagonallari, balandliklariga xos bo‘lgan barcha
mutanosibliklar va yana boshqa mutanosibliklarning matematik ifodalari
(formulasi) hamda ularning sonli (modulli) nisbatlardagi ekvivalentlari, ya’ni
mutanosiblik ko‘rsatgichlari kiritilgan (2-jadval).
Jadval me’moriy shakllarning sonli yoki matematik nisbatlarda ifodalangan
mutanosiblik ko‘rsatgichlarini zarur geometrik qurishlarsiz topishga yordam
beradi. Ushbu jadvaldan foydalanib biron-bir me’moriy yodgorlik yoki inshoot
tarhi yoki tarzining tomonlari nisbatida qanday mutanosiblik (proporsiya)
yotganligini (agar haqiqatdan ham yotgan bo‘lsa) aniqlash mumkin. Buning uchun
ushbu yodgorlik yoki inshoot tarhining enini uzunligiga yoki tarzining kengligini
balandligiga bo‘lib, chiqqan sonni jadvaldagi mutanosiblik ko‘rsatgichlariga
taqqoslab ko‘riladi va bu son ularning birortasiga teng yoki yaqin kelsa ob’yektda
qo‘llanilgan mutanosiblik turi jadvaldan aniqlanadi.
154
2-jadval
Handasaviy mutanosiblik
Miqyosiy uyg‘unlik yoki modulli
mutanosiblik
Mutanosiblikning turi (nomi)
Mutanosiblikning
matematik ifodasi
(formulasi)
Mutanosiblik
Do'stlaringiz bilan baham: |