Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
V.A. Daudov va Muxammad Yusuf elchiligi to`grisida manbalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Florio Benevini elchiligi to`grisida manbalar
- Mitropolit Xrisanfning esdaliklari.
- Filipp Nazarovning esdaliklari
V.A. Daudov va Muxammad Yusuf elchiligi to`grisida manbalar Vasiliy Aleksandrovich Daudov asli fors (eronlik) bo`lib, 1653 yili Kozonda xristianlikni kabul kilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan xam stol`nik va voevoda lavozimida xizmat kilgan. Muxammad Yusuf esa asli musulmon (tatar). U xam ruslarning xizmatida bo`lgan. Avvalo shuni aloxida aytib o`tish kerakki, xar ikkala elchi – V.A.Daudov va M.Yu.Kosimov Buxorogacha yuirga borishgan bo`lsalar-da, elchilar maxkamasidan aloxida-aloxida topshirik olganga o`xshaydilar, chunki V.A.Daudov va M.Yu.Kosimovga berilgan yo`riknoma (nakaz) bizgacha etib kelmagan. U 1800 yilgacha Rossiya tashki ishlar maxkamasining arxivida saklanar edi. 1806 yili o`tkazilgan tekshirish paytida u turgan joyidan topilmagan. Shu sababdan V.A.Daudov va M.Yu.Kosimov kanday vazifalarni ado etganliklarini anik bilmaymiz. Buni V.A.Daudovning elchilik maxkamasidan olgan yo`riknomasi (nakaz)dan taxminan bilib olish mumkin. Ular kuyidagilar: 1.Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva xukumati bilan diplomatik alokalarini rivojlantirishga xoxishi bormi-yo`kmi, shuni aniklash; 2.Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini ozod kilish; 3.Ikki davlat, Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklari o`rtasidagi savdo va elchilik karvonlarining xavfsizligini ta`minlash uchun Kaspiy dengizining kun chikish tarafida, dengiz soxilidagi Saratosh tepaligida kemalar to`xtaydigan bandargox kurishga Xiva xonining roziligini olish; 4.Amudaryoning boshi va o`zani, daryo soxilida istikomat kilib turgan xalklar, ularning mashguloti va turmush tarzi xakida ma`lumot to`plash; 5.Buxorodan Xindistonga olib boradigan yo`llar, Xindiston xukumatining Rossiya bilan savdo va diplomatik alokalarini o`rnatishga xoxishi bor-yo`kligini M.Yu.Kosimovga berilgan topshirikda aniklash. Elchilik Buxoro va Xivada, yo`lga ketgan vaktni ko`shib olaganda, Buxoroda 1675 yilning 15 mayidan – 1676 yil 2 oktyabrigacha bo`lgan. Elchilik Buxoroga 1676 yil 20 yanvar kuni kelib tushgandan keyin M.Yu.Kosimov o`z vazifasini ado etish uchun Xindistonga jo`nab ketdi. Garchi V.A.Daudov va M.Yu.Kosimov elchiligining xisoboti («Stateyniy spisok») 1800 yildan keyin yo`kolgan bo`lsa-da, tadkikotchilar N.Selifontov, V.V.Bartol`d va A.B.Pankov asarlaridan (Ocherk slujebnoy deyatel`nosti i domashnoy jizni stol`nika i voevodi XU111 stoletiya Vasiliya Aleksandrovicha Daudova. Letopis` zanyatiy Arxeograficheskoy komissii, vip.5, SPb.,1871, s.1-41; V.V.Bartol`d, Istoriya izucheniya Vostoka v evrope i Rossii, soch.T.1X,-M.: 1977,s.372; A.B.Pankov. K istorii torgovli Sredney Azii s Rossiey v 1675-1725 g.g.,- Tashkent: 1926) ma`dum bo`lishicha, Buxoro va Xiva xonlari Rossiya bilan savdo- diplomatik munosabatlarini rivojlantirishga tarafdor ekanliklarini bildirganlar va shunga xarakat kilganlar. Tez orada Kaspiy dengizi soxilida Karagan bandargoxining kurib ishga tushirilishi va Buxoro xoni o`z xo`jaligida xizmat kilib turgan rus asarlaridan 38 tasini ozod kilganligi xam yukorida bildirilgan fikrga dalil bo`la oladi. Xiva xoni Anushaxon bir tarafdan turkmanlar bilan kalmoklar va kozoklarning tez-tez Xiva xududlariga kilib turgan talonchilik yurishlari, ikkinchi tarafdan Buxoro va Xiva o`rtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning iktisodiy va xarbiy yordamiga mutoj edi. V.A.Daudovga Buxorodan kaytishida Xivada Anushaxon otaligi mana bu gaplarni aytgan: «Anushaxon Vasiliyga Xiva xoni yakinda podshox oliy xazratlari ulug knyaz Aleksey Mixaylovich do`stlik va xamkorlik munosabatlarini davom etishi va xar ikki tomondan savdo karvonlari bordi-keldi kilib turishi (zarurligi) xakida maktub oldilar. (O`z navbatida) Xiva xoni xam podshox oliy xazratlari ulug knyaz bilan shunday alokalarni avvalgidan xam ziyoda bo`lishini istaydilar». M.Yu.Kosimov elchiligiga kelsak, unga Buxorodan Xindistonga olib boradiganyo`llar va Xindiston podshosi Avrangzeb (1658-1707 yy.)ning Rossiya bilan diplomatik alokalarni o`rnatishga mayli bormi-yo`kmi ekanligini aniklab kelish topshirilgan edi. Shuning uchun xam u Buxoroga kelganlaridan ko`p vakt o`tmay, Xindistonga jo`nab ketdi. M.Yu.Kosimov fakat Kobulgacha bordi. «Shox (Avrangzeb) ulug podshox bilan do`stona alokalar o`rnatishni istamagani» uchun orkaga kaytishga majbur bo`ldi va 1677 yili Moskvaga kaytib keldi. Florio Benevini elchiligi to`grisida manbalar Sharkka katta xarbiy kuch yuborish va uni kurol vositasi bilan egallash xarakati Pyotr I (1682-1725 yy.) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pyotr I Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni mukammal kurollangan 5000 askar bilan Xivaga, uni Rossiya xomiyligiga kiritish xususida xon bilan muzokaralar olib borish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik emas, balki xonni chalgitib, Xiva xonligini kuch bilan bo`ysundirishga karatilgan xarakat edi. Lekin Pyotr I maksadiga erisha olmadi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi muvaffakiyatsizlikka uchradi. Shergozixon (1715-1728 yy.) Rossiya podshosining asl niyatini o`z vaktida paykadi va A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini daf kildi. Shundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini bo`ysundirish payti kelmaganligini, uni osonlikcha bo`ysundirish mumkin emasligini, ularni xali ko`p o`rganish zarurligini angladi. Rossiya elchilik maxkamasining mas`ul xodimi Florio Benevini elchiligi shunday maksad bilan O`rta Osiyoga yuborildi. Shuni xam aytish kerakki, Buxoro va Xivada A.Bekovich-Cherkasskiy vokeasidan keyin Pyotr I O`rta Osiyoga katta ko`shin yuboradi, degan xavf-xatar tugilgan edi. Shuning uchun bo`lsa kerak, Abulfayzxon 1717 yili Rossiyaga elchi yuborib, u bilan do`stona va savdo-sotik alokalarini o`rnatish istagini bildirdi. Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718 yil 13 iyul` kuni Pyotr I tarafidan tasdiklangan ko`llanmada elchiga kuyidagi topshiriklar berilgan: 1) Florio Benevini Buxoro xoni xuzuriga podsho xazratlarining elchisi sifatida boradi. Shu xakda uning ko`liga podsho xazratlarining Buxoro xoni nomiga yozilgan maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga kaytib borishi xamono Astraxanga jo`nab ketadi. Astraxandan Buxorogacha Abulfayzxonning uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi. 2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga yo`lda o`zini tanitmaydi. Yo`lda, ayniksa Buxoro xonligi xududlaridan o`tayotganda, xamma erlarni, xususan bandargoxlar, kal`alar va shaxarlarni dikkat bilan ko`zdan kechirib boradi. 3) Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshka davlatlarning elchilari katorida zo`r xurmat va extirom bilan kabul kilinishiga erishsin. Podsho xazrati oliylari u bilan do`stlik va savdo-sotik alokalarini ilgaridan xam ziyoda bo`lishini istayotganini xonga ma`lum kilsin. 4) Buxoroda bo`lganida, kanday bo`lmasin, Buxoro xonligi kal`alari, ko`shini, otlik va piyoda askarlarining umumiy soni, ularning kurol-aslaxalari va kancha zambaragi borligini, ko`shinidagi umumiy axvol, kal`larning ko`riklanishini bilib olsin. 5)Abulfayzxonning Eron shoxi va Xiva xonlari bilan munosabati kay darajada ekanligini aniklasin. Xiva xoniga karshi xarbiy ittifok tuzish taklif etilsin. 6) Buxoroda kanday tovarlar ishlab chikariladi va udar kaerlarga olib borib sotiladi? Buxoroga dengiz yoki kuruklikdan kaysi yo`l bilan borish mumkin? Buxoroda kaysi rus tovarlariga extiyoj katta? Rossiya bilan savdo-sotikni kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniklasin. 7) Amudaryoda oltin bormi? Buxoro xonini ko`riklash uchun necha yuz gvardiyachi, yoki ko`shin yuborilsa, xon bunga rozi bo`ladimi? Shuni xam aniklasin. Xar ikkila elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga kaytib kelayotgan elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyayurda Buxoroga etib oldilar. Florio Benevini va uning xamroxlarini Buxoroga 10 verst kolganda yo`l ustida Buxoro to`pchiboshisi boshlik 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar. Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil, 1721 yil 6 noyabridan to 1725 yil 8 apreligacha turdi va podshoning yukoridagi topshiriklari bo`yicha kimmatli ma`lumotlar to`pladi. Ularning eng muximlarini kuyida keltirildi. Buxoro va xalkining kurol-aslaxalari xakida Florio Benevinining o`z xukumatiga bergan ma`lumotnoma (relyatsiya)sida shular yozilgan: «(Kal`asi) yarim vayron bo`lgan xandak bilan o`ralgan. Shaxarda loydan kurilgan 15 ming xovli-joy mavjud. Shaxar markazida pishik gishtdan kurilgan baland minorali xon saroyi va madrasalar joylashgan. Juda kam o`zbekda miltik bor. Ular asosan o`k-yoy va nayza bilan kurollangan. Shaxarda xammasi bo`lib 15 nafar zambarak bor. Lekin, ularning fakat bittasidan bayram kunlarida otish mumkin». Ma`lumotnomada Buxorodagi rus asirlari xakida xam ma`lumot bor. «Buxoroda,-deb aytiladi bu xujjatda,-xon va boshka o`zbeklar ko`lida 250 ga yakin asir bor...Ularning umumiy soni 1000 ga etadi. Aytishlaricha, ularning soni Buxoro xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi» Mamlakatning er osti va er usti boyliklari xakida turli vaktlarda jo`natilgan ma`lumotnomalarda (Florio Benevini Buxoroda to`plagan ma`lumotlarini ko`lda saklashdan ko`rkib odamlari orkali Moskva va Peterburgga jo`natib turgan) kuyidagilarni o`kiymiz: «Amudaryoning bosh kismida oltin yo`k. Lekin unga Ko`kcha daryosi kelib ko`shilgan joyda kumlok erlarda oltin bor, chunki Ko`kcha daryosi oltin va boshka rudalarga boy toglardan boshlanadi. Ko`kchaning boshlanish kismida, xususan yoz faslida maxalliy axoli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.» «Badaxshondan tashkari, oltin, kumush, achchiktosh, ko`rgoshin, oliy navoi temir konlari Samarkand va Buxoroda xam bor». «(Yukorida) tilga olingan Sirdaryoda oltin topsa bo`ladi. Lekin Andijonda va margilonda ko`prok. Boshka erlardagilar xakida choparimiz (Nikolay Miner) anik kilib aytib beradi. Sirdaryo soxillarida kumdan topilgan oltin parchasini undan berib yuborokdaman». «O`sha daryoda (Sirdaryoda) oltin bor. (Tevarak atrofdagi) toglarda, xususan Koshgarda, Margilonda, Andijonda va Toshkentda xam bor. Xar xolda biz shunday deb egitdik». F.Benevinining mana bu ma`lumoti xam muxim: «Badaxshon toglaridagi oltin, la`l va zaxar mo`xra konlarining barchasi maxalliy beklarning ko`lida». F.Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va xalkaro axvoli xakida o`ta muxim ma`lumotlar to`plagan. Uning o`z xukumatiga yuborgan ma`lumotnoma (relyatsiya)sida bu xakda mana bularni o`kish mumkin: «Uni (kamerdiner N.Minerni) savdogar kiyofasida, mol bilan, Balx va Badaxshonga jo`natgan edim. Va ulardan o`tib Loxurgacha borishni buyurgan edim. Lekin yo`lda talonchilar ko`pligidan Balxdan orkaga kaytdi». «O`sha Badaxshon va Balx mamlakatlari mustakil bo`lib olganlar. U yoki bu xonning ko`l ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar». «...Beklarning o`zboshimchaligi tufayli butun mamlakat isyon va tugyonlar iskanjasida kolgan». «Xususan poytaxt shaxar to`s-to`palonlar va isyonlar dastidan ogir axvolda kolgan. Ayniksa, Ibroximbiy kenagas isyoni tufayli Abulfayzxon shaxarni tashlab chikishga majbur bo`lgan, so`ng o`gli bilan birlashib, Buxoro va uning atrofini talon- toroj kilib katta zarar etkazdi». «Shaxar ozik-ovkat va em-xashak xususida shu kadar garib bo`lib koldiki, oddiy xalk tirikchilik deb o`z bolalarini sotdi, ko`p odam o`lib ketdi, mol-ko`yi va ot-tuyalari kirilib ketdi». Buxoro xonligidagi tarkoklik XVIII asrning boshlarida shu darajada kuchaygan ediki, masalan, Fargona vodiysi va Samarkand Buxorodan ajralib chikib, Ko`kon xonligi (1709-1876 yy.) va Rajabxon boshlik Samarkand bekligi tashkil topdi. Xususan, Samarkand bekligining tashkil topishi xakida F.Benevinining 1723 yil 4 mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday deyilgan: «...sobik (Buxoro) otaligi Ibroximbiy Samarkand ustiga yurdi va uni egalladi. Shundan keyin boshkalar bilan ko`shilib, xon avlodidan bo`lgan Shargozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarkand) taxtiga o`tkazdi va uni o`ziga kuyov kilib oldi. O`zi esa otalik lavozimini egalladi». Bir fursat vakt o`tib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloka bogladi. U rus elchisidan xakikatan xam Rossiya A.Bekovich-Cherkasskiyning kasdini olmok uchun Xiva ustiga yurishga axd kilgan-kilmaganligini bilmokchi bo`ldi. Bu xakda Xivaning o`ida xam gap-so`zlar yurar edi. 1723 yili Shkrgozixonning o`zi kalmok xoni Ayukdan «ruslar Saratovda askar to`playotibdilar va balki 1724 yilning baxorida Xiva ustiga yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrgozixonni Orol o`zbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, mukobil beklar uni taxtdan tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni o`tkizmasmikan, degan shubxa bosdi. XVIII asrning boshlarida Buxoro bilan Xiva o`rtasidagi munosabatlar birmuncha ogirlashgan edi. Bunga, birinchi navbatda, Xiva xonlarining Buxoro, Chorjo`y va xatto Samarkand xududlarini talon-taroj kilishlari asosiy sabab bo`ldi. 1721 yilga kelib ikki o`rtada urush chikish zavfi yakkol ko`zga tashlanib koldi. F.Benevinining 1721 yil 25 may kuni Moskvaga yo`llagan xabarida masalan, kuyidagilarni o`kiymz: «Xiva xoni xakikatan xam buxoroliklar bilan urushmokchi. Shunga tayyorgarlik ko`rmokda. Lekin, katta beklari bunga yo`l bermay turibdilar. Ular xatto Shergozixonni taxtdan tushirib, 15 yildan beri Buxoro xoni xuzurida kun kechirayotgan Musaxonni taxtga o`tkizmokchi bo`lmokdalar. Shu xakda Xivaning katta beklari Buxoro xoni bilan bordi-keldi kilib turibdilar». F.Benevini Xivaning o`zi xam notinch bo`lib, ikki yirik arbob Shergozixon bilan Temur sulton o`rtasida xokimiyat uchun kurash borayotgani va Rossiya Temur sultonni ko`llab-kuvvatlasa foydali bo`lishini aytdi. «Agar Shergozixon yo`kotilsa,-deb yozadi F.Benevini,-bu erda tinchlik o`rnatiladi, xamma yo`llar ochik bo`ladi». F.Benevini to`plagan ma`lumotlar Rossiya xukumati, uning tashki siyosati uchun kelajakda ko`l kelib koldi. Mitropolit Xrisanfning esdaliklari. Xrisanf asli grek, venetsiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yakinida joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bo`lib xizmat kilgan. Xakikiy ismi sharifi Kontaripi. 1724 yili mukaddas patriarx Samuel tarafidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan cherkoviga mitropolit etib tayinlangan. Podshoning tazyiki okibatida1784 yili Istanbulga ketib koldi. Ko`a vakt o`tmay, Xrisanf Livon ordeniga karashli cherkovlar bilan tanishish maksadida Shom-Suriyaga, u erdan Xalab- Aleppoga bordi. O`sha erda ingliz savdogarlari bilan tanishib koladi va ular bilan birga Frot-evfrat daryosi bilan Fors ko`ltigiga bordi va u erda kemaga tushib, Maskat orkali Xindistonning Surat bandargoxiga kelib tushdi. So`ng Xindiston, Kashmir, Kobul, Balx va Samarkand orkali Buxoroga bordi. Xrisanf O`rta Osiyoning bir kancha shaxarlarida bo`ldi, bir yil Xivada turdi. So`ng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o`sha erda istikomat kildi. Keng ma`lumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda ko`plarning dikkatini o`ziga tortdi. Ashtarxan episkopi uning xakida mukaddas sinodga axborot yuboradi. So`ng Xrisanf Moskvaga chakirtiriladi. Mukaddas Sinod uni xar taraflama tekshirib ko`rib va keng ma`lumotli odam ekanligiga ishonch xosil kilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz o`lkasiga, uni batafsil o`rganish uchun yubordi. So`ng, 1796 yilning boshida, Ryazan`, Tambov va Kavkaz o`lkalarining general gubernatori graf Gudvich podshoyi oliy xazratlarining amri bilan Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil xuzuriga jo`natib yuboradi. Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chakirilishi, uni yaxshi bilgan sharkshunos V.V.Grigor`evning fikricha, Rossiyaning yakin orada Eronga bostirib kirish rejalari bilan boglik bo`lsa kerak. Rus xarbiy ekspeditsiyasining raxbari Valeriyan Zubovga sayyoxning Eron va O`rta Osiyo xakidagi keng bilimi kerak bo`lib kolgan. Oradan bir yil o`tgach,1797 yili Xrisanf mukaddas Sinodning farmoni bilan ekatrinoslav eparxiyasiga xizmatga jo`natildi. 1798 yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jo`nab ketdi. Uning keyingi xayoti va faoliyati xakida boshka ma`lumotga ega emasmiz. Mitropolit Xrisanfning O`rta Osiyoga kilgan sayoxati kundaligi bir paytlar rus xarbiy ekspeditsiyasiga boshchilik kilgan shraf Valeriyan Zubov ko`lida bo`lgan. Kundalik, ba`zi shaxar va viloyatlar o`rtisidagi masofa, axolisining umumiy soni xakidagi noanikliklarni xisobga olmaganda, katta kimmatga ega. Unda mamlakatning iktisodiy va siyosiy axvoli, xalkining turmush sharoiti, e`tikodi xakida, shuningdek, O`rta Osiyoda istikomat kilib turgan ous va eronlik asirlarning axvoli xakidagikiska, lekin o`ta muxim ma`lumotlarni uchratish mumkin. Masalan, Buxoro xonligining yirik shaxarlaridan Samarkand, Buxoro va Balx xamda Xorazmning XVII-XIX asrlardagi poytaxti Xiva xakida Xrisanf mana bularni yozadi: Samarkand xakida: «Samarkand shu kunlarda deyarli bo`sh kolgan. Uni egallab olgan baxaybat maxluk samarkandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek obod kilish uchun kanchalik urinmasin, mexnati zoe ketdi. Eshitishimcha, uning tevarak atrofdaridagi toglarda konlar bor, tabiati yokimli...Tevarak atrofida xam o`zbeklar istikomat kiladilar». Buxoro xakida: «Buxoro – to`k shaxar. Unda savdogarlar va boshka (boy- badavlat) odamlar ko`p. U asosan kumush,oltin, marvarid va kimmatbaxo toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va mashxad ustiga talon-taroj yurishlari uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jaxd bilan jang kiladilar». Balx xakida: «Balx viloyati xakida gapirmasam guonxi azim bo`ladi. Agar Buxoro xukmdorlari tez-tez xujum uyushtirib, uni talon-taroj kilmaganlarida u obod, kudratli va boy viloyat bo`lur edi. Nodirshox vafot etgandan beri shu vaktgacha afgon podsholari ko`lida. Uning kal`asi chor tarafdan (suv yuilan to`ldirilgan xandak bilan o`ralgan) tepalikda joylashgan. Balx ataluvchi katta kal`asi bor. Kal`a xozirgacha mustakil. Axmadshoxdan boshka xech kimga bo`ysunmaydi. Devorlari pishik gishtdan...» Buxoro xonligining mineral boyliklari xakida Xrisanf kuyidagi ma`lumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx o`rtasida baland bir tog bor. Unda kizil tusli marmar (parchalari)ga o`xshash tusdagi tuz konlari mavjud. O`sha viloyatda shunday toglar xam mavjudki, ularda xar turli ma`dan konlari bor. Bu toglarda o`zbeklarning ko`ngirot kavmi istikomat kiladi. Bu toglar shimolda Samarkandgacha, sharkda Badaxshongacha cho`zilgan. Buxoroda istikomat kilib turgan asarlar xakida mana bu ma`lumot keltirilgan: «Buxoroda ko`p rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yakin asir bor. Ular xo`jayinlariga karshi ko`zgolon ko`tarish darajasiga etishgan». Xiva shaxri xakida o`kiymiz: «erli axoli ikki toifadan: maxalliy kotliklar (Xrisanf ularni Kiditi deb ataydi) va boshka erlardan ko`chib kelgan ko`ngirotlardan tashkil topgan. Ular Kotdan chikkan vazir o`ldirilgandan beri o`zaro yovlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yakin xonadondan iborat. Ular o`ta kek saklovchi xalk. Kotliklarning tayyor ko`shini yo`k. (Zarur bo`lib kolganda) kelishib odam yollaydilar. Oyiga kimga o`n so`m, kimga bir so`m beradilar. Aytishlaricha, xivaliklarning xarbiy kuchi 20 000 kishini tashkil kilar emish. Lekin bu gap to`gri emas, masalan, o`tgan yili, men o`sha erda ekanligimda Avazbiy Inokning topshirigi bilan axolini xisob-kitob kilganlarida, mamlakatda xammasi bo`lib 3000 zrnadon borligi aniklangan. Lekin xukmdorga yaxshi ko`rinish uchun (ko`shin sonini) 20 000 kishidan iborat deb aytadilar. Ko`ngirotlilar jaxldor xalk. Boshliklari boy-badavlat kishilar,oddiy xalk esa kashshok... Xivaliklarning ko`pchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdo-sotik olib boradi. Kotliklar kelgindilar (ko`ngirotliklar)dan kutilish uchun Rossiya bilan ittifok tuzishni xoxlaydilar, lekin (ruslarning urush ochmokchi bo`lib turgani xakida) tarkalgan xabarning okibatidan ko`rkar edilar. Mingkishlok turkmanlari xam shuni istar edilar, lekin kozoklar xavfidan ko`rkardilar». Bunday dalil va ma`lumotlarni mitropolit Xrisanfning xotrotlarida ko`p uchratish mumkin. XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya xukumati O`rta Osiyo xonliklari va Kozogistonning siyosiy, iktisodiy va xalkaro axvolini, xususan o`sha mamlakatlarga olib boradigan yo`llarni o`rganishda keng ma`lumotli va zexn-idrokli xarbiylardan xam ko`prok foydalana boshladi. Ular Rossiya xukumatiga bu xakda o`ta muxim ma`lumotlar to`plab berdilar. Ana shunday xarbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular to`plagan ma`lumotlarga kiskacha to`xtalib o`tamiz. Filipp Nazarovning esdaliklari Filipp Nazarovning xayotiga oid ma`lumotlar juda kam, 1789 yili Omsk shaxrida Osiyo bilim yurtini tugatib, 1804 yili Tobol`sk guberniyasidagi Irtish chizigidagi Charlakovsk chegara postiga tarjimon bo`lib xizmatga kirgan. Undan keyin xizmat yuzasidan boshka chegara punktlariga xam borib ishlagan. Ko`konga jo`nab ketishi (1813 yil) oldidan «Aloxida Sibir` polki»da tarjimon bo`lib xizmat kilgan. 1813 yili Garbiy Sibir` general-gubernatori Glazemanning maxsus topshirigi bilan Peterburgdan yurtiga kaytishda yo`lda, Petropavlovsk (Shimoliy Kozogiston)da o`ldirilgan Ko`kon xonining elchisi bilan boglik janjalni tinchitish uchun Ko`konga yuborildi. Shu bilan birga uning xotira yozuvlaridan ma`lum bo`lishicha, unga Ko`konga Sibir` orkali olib boriladigan yo`llar, yo`l ustidagi shaxar va kishloklar, xonlikning iktisodiy va siyosiy axvoli, uning mudlfaa saloxiyatini kuzatish xam yuklatilgan. Filipp Nazarov Ko`konga sibirlik rus savdogarlari karvoniga ko`shilib, 1813 yil 16 may kuni jo`nab ketdi. Karvon Kozogiston cho`llari va Janubiy Kozogistondagi Suzok va Chimkat orkali Toshkentga, undan 1813 yil oktyabr` oyi boshlarida Ko`konga kirib bordi. U Ko`konda bir yil atrofida turdi va 1814 yilning avgust oyida, Ko`kon xoni Umarxon (1810-1822 yy.)ning elchisi bilan birga Petropavlovsk shaxriga kaytib ketdi. Filipp Nazarov bir yil mobaynida xonlik poytaxti Ko`kondan tashkari, Margilon, Andijon, Namangan, Yangikurgon va Xo`jand shaxarlarida bo`ldi va bu shaxarlar, ularning xalki xamda mashguloti xakida kimmatli ma`lumotlar to`pladi. Bulardan ayrimlarini namuna sifatida keltiramiz: «Ko`kon katta va axolisi ko`p shaxar. Unda 400 ga yakin masjid bor. Tekislikda joylashgan, xon saroyidan boshka mustaxkam biron imorati yo`k. Tevarak atrofi obod kishloklar, buloklarga mo`l jilga va ekinzorlar bilan o`ralgan. Zamini tuzli, ko`chalari tor. erga ko`prok paxta ekiladi.Uylari guvala va loydan kurilgan. Shaxar o`rtasida toshdan bunyod etilgan uchta bozor bor. Bozorlarda savdo xaftasiga ikki marta bo`ladi. Xon saroyi oldida argumoklari uchun pishik gishtdan kurilgan katta otxona joylashgan. Ko`kon va unga karashli erlarda paxta etishtiradilar, ipak kurti bokiladi. etishtirilgan paxta va ipakdan mato to`kiydilar va uni buxoroliklarga rossiyadan keltirilgan mollar evaziga, masalan, temirga, susar terisi, to`tiyo, bo`yok, kozon, temir va po`latdan yasalgan uy-ro`zgor buyumlari va boshkalarga almashadilar». Margilon. Shaxarning aylanasi taxminan 300 verst. ermozordan boshka xech kanday xarbiy istexkomi yo`k. Unda 20 000 askar turadi. (Margilondagi) uylar xam loydan kurilgan, ko`chalari tor, uylarining derazasi yo`k...Bozorlari kator rastalardan iborat, xaftada belgilangan ikki kun aoli kelib ertadan kechgacha savdo-sotik kiladi. Shaxarda xar turli korxonalar ko`p. Ularda Eronda ishlab chikarilgan parchalar, baxmal, shark gazmollari ishlab chikariladi va Buxoro va Koshgarga olib borib sotiladi. Koshgardan esa choy, chinni idishlar, kumush, xitoy atlasi, bo`yok va boshka zarur xitoy mollari olib keladilar...Shaxarliklar to`k va osuda turmush kechiradilar... Bizlarni Margilondan bir kuzatuvchi bilan kechik shaxar Andijonga jo`natdilar...Andijon Koshgar bilan chegaradosh. Tevarak-atrofi obod kishloklar, mevazor boglar bilan o`ralgan. Axolisi ipak kurti bokish, paxtadan ip-gazlama ishlab chikarish va dexkonchilik bilan shugullanadi. Yakin atrofda ko`chib yurgan kirgizlar bilan savdo-sotik olib boradilar. Andijonda xokimning uyidan boshka biron mustaxkam ko`rgon yo`k. U erda 10 000 askar turadi. Namangan. Andijonda ikki kun turib, u erdan Namanganga bordik. Yo`lda Ko`kon xokimiga karashli va ariklar bilan o`ralgan (ikki betida) kamish o`sib turgan jilgalarni ko`rdik. Jilgalarda ov o`ilish uchun bu erga xokimning o`zi, mulozimlari bilan kelib turadi. Namanganning xam xokimning maxkamasidan boshka, mustaxkam imorati yo`k. Shaxarda 1 500 ga yakin kishi istikomat kiladi...Kogoz ishlab chikaradigan korxonalari bor, tut daraxti kup o`sadi. Tut mevalarini Ko`konning barcha shaxarlariga olib borib sotadilar. Shuningdek, (tevark-atrofdagi) kirgizlar bilan xam savdo-sotik olib boradilar. Yo`lda bir-birlariga tutash juda ko`p kishloklarga duch keldik. Yangiko`rgonning xam, ichiga 200 askar sigadigan shaxar boshligining xovlisidan boshka, biron mudofaa inshootini uchratmadik. Yangiko`rgonda bir necha kun tunab, shaxardan 10 verst narida okib turgan Sirdaryodan o`tdik va taxminan 12 verst yo`l bosib Korakalpok degan joyga borib tushdik. Xalki gilam va jundan mato to`kir ekan. 1814 yili Ko`konga kaytdik... Ko`kon va unga karashli boshka shaxarlarda ukumat savdogarlar o`lchov va tarozidan urib kolmasdiklari ustidan kattik nazorat o`rnatgan. Ko`konda bo`lganimda bir odamni matoni gazga solishda urib kolgani uchun yalangoch kilib, kamchilab shaxar aylantirganini ko`rdim. Kamchi zarbidan u tez-tez «men gazdan urib koldim», deb kichkirib bordi. Ko`konliklar sud ishini xech kanday yozuvsiz olib boradilar. Ikki kishi guvoxlik bersa va jinoyatchi kasam ichsa bas. O`grilik kilgani uchun ko`lini kesadilar...» Filipp Nazarov va uning xamroxlari Ko`kon xonligiga karashli Xo`jand shaxrini xam borib ko`rganlar. Masalan, Xo`jand xakida uning esdaliklarida kuyidagilarni o`kiymiz: «Xo`jand xajm jixatdan Ko`kondan kichik emas. U Buxoro tarafdan ba`zi erlari nurab kolgan devor bilan, boshka tarafdan Sirdaryo bilan ximoyalangan. Shaxardan arik va kanallar o`tkazilgan. Ko`kondagiga o`xshash korxonalari va xodik chikaradigan erlari ko`p...» Filipp Nazarovning esdaliklari «Filipp Nazarov: Zapiski o nekotorix narodax i zemlyax Sredney Azii» nomi bilan ikki marta 1821 va 1968 yillari nashr etilgan. Rossiya xarbiylari O`rta Osiyo xonliklarini garb tarafdan, Astraxan, Kaspiy va Orol dengizi orkali xam taftish kildilar. N.N.Murav`yov (1819-1926 yy.), G.I.Danilevskiy (1842-1843 yy.) va A.N.Butakov (1848-1849 yy.) ekspeditsiyalari shunday maksadlarga xizmat kilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling