Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy xujjatlar va ushbu davr to`grisidagi adabiyotlar.
- Asosiy tushunchalar
- Davr tarixi tadkikotlarda.
- Sho`ro davrida tarix xorijiy olimlar asarlarida.
- Sho`ro davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda.
- Asosiy tushunchalar.
- Prezident I.A.Karimov asarlari.
- Mustakillik davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda.
- Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
Rossiya manbalari. Mustamlakachilik davriga oid Rossiya manbalari deganda birinchi galda Chor Rossiyaning rasmiy idoralari, tashki ishlar vazirligi rus amaldorlarining xotiralari xamda rus tarixchilarning asarlarini tushunamiz. Chor Rossiyaning ramiy idoralarining Turkistonni zabt etilishi va mustamlakaga aylantirilishiga oid ko`plab kimmatli ma`lumotlar mavjud. Ammo ular yaxlit xolda chop etilmagan. Bu manbalarda O`zbekiston yangi tarixining birinchi jildi «Turkiston Chor Rossiyasi mustamlachiligi davrida» (Tashkent 2000 g.) ma`lum darajada foydalanilgan. Lekin ularni katta tarixiy ilmiy axamiyatga egaligini nazarda tutgan xolda chop etilishini maksadga muvofikdir. Rasmiy xujjatlar va ushbu davr to`grisidagi adabiyotlar. Turkiston o`lkasining rus mustamlakachiligi va sho`ro xukmronligi davrida kechgan mazlumona xayoti tarixiy-ilmiy adabiyotlarda, kay nuktai-nazardan bo`lmasin, xarxolda, nisbatan to`larok ifoda etilgan, deyish mumkin. Bu adabiyotlarni mazmun va moxiyat e`tibori bilan to`rt davrga ajratish to`gri bo`ladi. Birinchi davr asosan 1917 yilgacha yozilgan tadkikotlarni, ikkinchi davr 20—50-yillarda, uchiinchi davr esa 50-yildan to 80-yillar birinchi yarmiga kadar yaratilgan asarlarni kamrab oladi. To`rtinchi davr oid adabiyotlar tarixshunoslikda «kayta kurish» deb nom olgan 80- yillarning ikkinchi yarmidan to O`zbekiston Respublikasining mustakillikka erishganiga kadar va mustakillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. q. Áó äàâðãà îèä 3àíäàé òàðèõèé ìàíáàëàðíè áèëàñèç? w. Áàåíèé àñàðëàðèäà ðóñëàðíèíã áîñ3èíè 3àíäàé òàñâèðëàíãàí? e. Ðóñ òàðèõ÷èëàðè Òóðêèñòîí óëêàñèíè çàáò ýòèëèøèíè 3àíäàé åðèòãàíëàð? r.Òóðêèñòîííèíã òàðèõè çàìîíàâèé àäàáèåòëàðäà 3àíäàé åðèòèëãàí? 20-mavzu. O`zbekiston Sovet davridagi manbalar. Reja: 1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy vokealar. 2. Rasmiy manbalar. 3. Davr tarixi tadkikotlarda. 4. Sho`ro davri tarixiy xorijiy olimlar asarlarida. 5. Sho`ro davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda. Asosiy tushunchalar: Sovet, sho`ro, bol`shevik, kompartiya, s`ezd, dexkon, ishchi, pioner, komsomol, partiya, lenin, stalin. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. Masal`skiy V.M. Xlopkovodstvo, oroshenie gosudarstvennix zemel` i chastnaya predpriimchivost`. SPb, 1908; Turkestanskiy kray. SPb, 1913. 2. Krivoshein A.V. Zapiska glavnoupravlyayushego zemledileim i zemleustroystvom o poezdke v Turkestan. SPb, 1912. 3. Safarov G.I. Kolonial`naya revolyutsiya (opit Turkestana). M., 1921. 4. Galuzo P.G. Turkestan – koloniya. Ocherk istoriya Turkestana ot zavoevaniya russkimi do revolyutsii 1917 goda. M., 1929. Yakin o`tmishimizning sobik sovet xokimiyati xukmronlik kilgan davri (1917- 1991 yillar) mamlakatimiz tarixida o`ziga xos o`rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan kiska bo`lsa-da, lekin o`zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917 yil oktyabrida bol`sheviklar zo`rlik bilan amalga oshirilgan to`ntarish sobik Ittifok xalklari, shu jumladan, O`zbekiston xalo`lari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik saxifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o`rnini «kizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o`lka xalklari bol`sheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha mash`um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy tarixiy jarayonning o`ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko`plab kurbonlar berilishiga, madaniy va ma`naviy yo`kotishlarga olib keldi. Oktyabr` to`ntarishidan keyin O`zbekistonning Turkiston xududida bo`lgan anchagina kismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga ko`shib olindi. 1924 yilda zo`raki o`tkazilgan milliy-xududiy chegaralanish natijasida O`zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoki tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoki o`z moxiyatiga ko`ra unitar (ko`shma) davlat edi. Okibatda O`zbekiston to`la-to`kis Moskvaga karam bo`lib koldi. O`zbekiston SSR fakat nimgagina mustakl edi. Respublikaning raxbar organlari Kompartiya Markaziy Ko`mitasi (MK) va Ittifok xukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bo`ysunardi. Ular respublika va uning xalklari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva; umuman Sovet Rossiyasi.- Taxririyat) manfaatlari yo`lida siyosat yurgizishga majbur edilar. O`zbekiston xalklarining suveren xukuklari asosida ularning tub manfaatlarini ximoya kilishga karatilgan ularning tub manfaatlarini ximoya kilishga karatilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy raxbarlarning chikishlarini mustabid tuzum goyat kat`iyatlik bilan barxam toptirardi. Mustabid tuzum O`zbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida o`z iskanjasida doimiy saklab kolish va uni metropoliyaning xom ashyo bazasi va maxsulot bozori sifatidagi xolatini yanada mustaxkamlashga intildi. Bunday siyosat okibatida respublikaning iktisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning kishlok xo`jaligi tobora ko`prok paxtachilik yo`nalishiga ega bo`lib bordi, shu alfozda paxta yakkaxokimligi karor topdi. O`zbekiston sanoati asosan kishlok xo`jaligi extiyojlariga xizmat kilishga yo`naltirilgan edi. Sanoatda kishlok xo`jaligi maxsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoklar asosiy o`rinni egallardi. Respublika xom ashyosining pirovard maxsuloti Ittifok sanoat markazlarida ishlab chikarilar, binobarin, foydaning asosiy kismi xam o`sha erda kolardi. Markazning O`zbekitondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida xam o`zining yakkol ifodasini topdi. Garchi bu soxada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo`lsa-da, o`lka xalklarining ma`naviy xayoti to`la-to`kis o`z davrining xukmron mafkurasi va siyosati ta`siriga olindi, baynalmilallik nikobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro`y berdi. O`zbek xalkining milliy madaniy kadriyatlari oyokosti kilindi, O`zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi. Darvoke, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalkimiz xayotining barcha soxalariga putur etkazilganligini ta`kidlash barobarida respublika tarixiy o`tmishining sovet davrida xam bir kator ijobiy ishlar kilinganligini aytib o`tmaslik noxolislik bo`lur edi. Zero, o`sha yillarda xalkimizning fidokorona mexnati bilan ko`plab zavod va fabrikalar kurildi, millionlab gektar yangi erlar o`zlashtirildi, katta- katta kanallar kazildi, kishlok xo`jaligining moddiy-texnika negizi mustaxkamlandi, uning maxsulotlari xajmi ortdi. O`nlarcha oliy va o`rta maxsus o`kuv yurtlari ochildi, ularda xalk xo`jaligining barcha tarmoklari uchun mutaxassislar tayyorlandi, umumta`lim maktablari xunar-texnika bilim yurtlarining keng tarmogi tashkil etildi, ko`pgina madaniy-ma`rifiy muassasalar barpo kilindi. Natijada axolining ta`limiy va madaniy saviyasi oshdi. To`gri, bu yutuklarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo`lib kolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki xalkimizning sadokatli, fidokorona mexnati tufayli erishildi. Birok, shuni aloxida ta`kidlash joizki, ogir va mashakkatli mexnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o`zbek xalki, uning farovonligi uchun xizmat kilmadi. Aksincha, bu moddiy-ma`naviy boyliklar o`zbek xalkini kamsitish, milliy gururini oyokosti kilish, o`zligini unuttirish, kommunistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat kildi. O`zbekiston xududida bunyod etilgan korxonalar (ayniksa, kimyo kombinatlari), keragidan ortikcha o`zlashtirilgan ko`rik va bo`z erlar, kazilgan kanallar, kurilgan suv omborlari respublikaning ekologik axvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining kurib borishini tezlashtirdi, dexkonchilik erlari tarkibini o`zlashtirib yubordi, atrof muxitni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalklar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, xukmron partiya tomonidan sovet xalklariga karshi olib borilgan zo`rovonlik va gayriinsoniy siyosatni xuch kachon oklash mumkin emas. Rasmiy manbalar. Sho`ro davri rasmiy manbalar deganda turli davlat idoralarning xujjatlari partiya tizimi organlari karorlarini tushunamiz. O`sha davr rasmiy matbuotda ularning bir kismi chop etilgan. Lekin turli tasik organlari xujjatlari ma`lum davrgacha ko`pchilikdan pinxon saklangan. Agar chop kilingan rasmiy ma`lumotlar maxsus tizimlar xujjatlari bilan kiyosiy o`rganishini juda muximdir. Bu xujjatlar ichida sho`ro davri raxbarlari xayoti ijodiyga oid ma`lumotlar ularning asarlari muxim tarixiy manba vazifasini o`taydi. Fakat, O`zbekiston davlat mustakilligini ko`lga kiritishi bilan tarixiy xakikatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «ok doglar»ni milliy mustakillik mafkurasi asosida tugatish uchun kulay shart-sharoit karor topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va vokealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalki manfaatlarini xisobga olgan xolda printsipial baxo berish asos kilib olindi. Aynan shunday yondashuvlarning asosiy printsiplari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, shuningdek, Vazirlar Maxkamasining 1996 yil dekabrdagi «O`zbekistonning yangi tarixini yaratish» va 1998 yil iyuldagi «O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`grisida»gi karorlarida bayon etilgan bo`lib, ushbu ilmiy-ommabop kitobning mualliflar jamoasi xam shu asosda sovet davri O`zbekiston tarixini, sovet davlatchiligining mustabidchilik moxiyatini xolisona yoritishga xarakat kildi. Mualliflar jamoasi bu ishning uddasidan kanchalik chikkanligiga baxo berish, Siz- muxtaram kitobxonlar xukmiga xavola. Davr tarixi tadkikotlarda. Sho`ro davrida amalga oshirilgan tadkikotlar mavjud siyosiy yo`nalish va mafkuraga bo`ysingan edi. Bu davrdagi tadkikotlarni 1917-30 yillarda amalga oshirilgan tadkikotlar. Ularda shu davr tarixiy butun bor ziddiyatlar bilan yoritilgan. 40-50 yillarda amalga oshirilgan tadkikotlarda tarixiy xakikat ma`lum darajada «sotsialistik» goyalarga bo`ysindirilgan xolda yoritilgan. 60-70 yillarda amalga oshirilgan tadkikotlarda ma`lum darajada shaxsga siginishdan ozod bo`lingan bo`lsada, umuman, «kommunistik» mafkura ruxida yoritilgan. Mustakillik tufayli biz sho`ro davri tarixini xolis va to`gri yoritish imkoniga egamiz. Sho`ro davrida tarix xorijiy olimlar asarlarida. O`zbekistoning sho`ro davrida tarixiy Rossiya va maxalliy olimlar tomonidan mavjud mafkura ruxida yoritilganligi sababli chet el olimlarining ularga munosabati ma`lum ilmiy kiymatga ega. Albatta ularning bazilarida goyaviy kurash ta`siri aks etgan. Lekin ayrim yirik olimlar tadkikotlari, xususan Axmad Zakiy Validiy Tugon asarlarini misol kilib keltirish mumkin. Bu davrda O`zbekistonda bo`lgan chet el tarixchilarining taassurotlari xam ma`lum darajada ilmiy kimmatga ega. Sho`ro davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda. Tarix fani mustabidchilik davrida O`zbekistonning sovet davrini (1917-1991 yillar), respublikamiz davlat mustakilligini ko`lga kirutgunga kadar bo`lgan tarixini o`rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Turixchi olimlarning sa`y-xarakatlari bilan, o`sha davr nuktai nazaridan, katta mikdordagi tarixiy manbalar to`plandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jixatdan umumlashtirildi. Birok bu asarlar jamiyatshunoslikda xukmron bo`lgan markscha uslub asosida, sinfiylik va partiyaviylikning asosiy printsiplari negizida yozilgan edi. Shu boisdan bu asarlarda tarixiy jarayon ko`p jixatdan bir tomonlama, noxolis, tarixiy dalil va vokealar ataylab buzib ko`rsatildi, kommunistik mafkuraga xos xulosalar kilindi. Binbarin, chop etilgan ana shu ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar kontseptual tuzilishi, oldiga ko`ygan vazifasi, uslubiy jixatlar xilma-xilligiga yo`l ko`yilmaganligini, yagona siyosiy mafkura kolipida yozilganligini e`tiborga olib, sovet davri tarixiy adabiyotlarining xar biriga aloxida berishni lozim ko`rmadik. Shuningdek, 73 yillik sovet tuzumi davrida sotsializmni uluglab yozilgan tarixiy adabiyotlarning son-sanogi yo`kligini inobatga olib, mavzuga oid adabiyotlar ro`yxatini berishni xam maksadga muvofik emas deb xisobladik. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. q. Øóðî äàâðèäàãè 3àíäàé ìàíáàëàðíè áèëàñèç? w. Øóðî äàâðè ðàñìèé ìàíáàëàð äåãàíäà íèìàíè òóøóíàñèç? e. Øóðî äàâðè òàðèõèãà îèä 3àíäàé òàä3è3îòëàðíè áèëàñèç? r. #àéñè ÷åò ýëëèê òàðèõ÷èëàð àñàðëàðèäà øóðî äàâðè òàðèõè åðèòèëãàí? t. Çàìîíàâèé òàä3è3îòëàðäà øóðî äàâðè òàðèõè 3àíäàé òàë3èí 3èëèíàäè? 21-mavzu. Mustakillik davri tarixi manbalari Reja: 1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy vokealar. 2. Rasmiy xujjatlar. 3. Prezident I.A.Karimov asarlari. 4. Mustakillik davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda. Asosiy tushunchalar. Daslat suvereniteti, Mustakillik, istiklol, davlat ramzlari. Oliy Majlis, Senat, Parlament, ma`naviyat, milliy istiklol goyasi, inson omili. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I. Karimov, «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch», -T., «O`zbekiston», 2008 yil; 2. I.Karimov, «Bizdan ozod va obid Vatan kolsin», 2-jild.-Toshkent: «O`zbekiston», 1996 yil; 3. I. Karimov, «Vatan sajdagox kabi mukaddasdir», 3-jild.-Toshkent: «O`zbekiston», 1996 yil; 4. I. Karimov, «Bunyodkorlik yo`lidan», 4-jild.-Toshkent: «O`zbekiston», 1996 yil; 5. I. Karimov, «Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi», 5-jild.-Toshkent: «O`zbekiston», 1997 yil; 6. I. Karimov, «Xavfsizlik va barkaror tarakkiyot yo`lida», 6-jild. Toshkent: «O`zbekiston», 1998 yil; 7. I. Karimov, «Biz kelajagimizni o`z ko`limiz bilan kuramiz», 7-jild.-Toshkent: «O`zbekiston», 1999 yil. Mustakillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, vokea va xodisalarning shiddatliligi, olamu odam takdiriga daxldor bo`lgan dunyoviy muammolaru serkirra xayotning barcha jabxalarini kamrab olgan umumiy karashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo`lgan barcha xodisalarni o`zida mujassam etdi. Mudrok bosgan tuygularimizni junbushga keltirdi. Boshkacha kilib aytganda, xayotga tiyrakrok karaydigan bo`ldik. O`zligimizni anglay boshladik. Tabiiyki, bunday xayotiy zaruriyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar katori tarix fani oldiga xam yangi vazifalar ko`yadi. Tadkikotchilar birinchi navbatda xalkning istiklolga erishish yo`lidagi fidoyi mexnatini, milliy mustakillikka erishish yo`llari va vositalarini, milliy davlatchilik kurilishiga doir tajribani, istiklolni mustaxkamlashning siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy va ma`naviy omillarini o`rganish va milliy istiklol mafkurasini yaratish kabi bir kator muxim muammolarni xar tomonlama mushoxada kilmoklari lozim. Darxakikat, o`rganishga, tadkik etishga, dastlabki ilmiy-nazariy xulosalarni o`rtaga tashlashga asos bor. 2000 yil, 6 aprel kuni Ok saroyda mamlakat Prezidenti bir gugux olimlar, faylasuflar, tarixchilar va mutaxassislar bilan uchrashib, milliy mafkura, milliy ong tarakkiyoti, uning zarurati xakida gapirdi. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k»,-degan edi I.Karimov. Darxakikat, tarix xotirasi inson tarakkiyotiga kuchli ta`sir o`tkazadi, milliy istiklol mafkurasini shakllantirishda muxim omil bo`lib xizmat kiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalk xalk tarixi, uning rivojlanish boskichlarini nechoglik o`rganish, undan sabok chikarish bilan boglik. Ulug allomalar aytganidek, tarix insonni istikbolga da`vat etadi. Ulkan yaratuvchilikni ragbatlantiradi. Zotan, uning murabbiylik, tarbiyachilik, yo`naltiruvchilik kuchi xuddi ana shunda. Shu ma`noda mamlakatimiz raxbarining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi Akademiyasi koshida «O`zbekistonning yangi tarixi» Markazini tashkil kilish to`grisida chikargan Farmoyishi katta tarixiy va siyosiy axamiyatga ega. Ko`lingizdagi «Mustakil O`zbekiston tarixi» kitobi ana shu xayrli yo`lda kilingan dastlabki ishdir. Kitobda O`zbekistonning davlat mustakilligiga erishishi, yangi jamiyatga o`tish davrida siyosiy isloxotlarning amalga oshirilishi, O`zbekistonda xukukiy demokratik davlat kurilishi, fukarolik jamiyatining shakllantirilishi, iktisodiy isloxatlarni chukurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barkarorlikning ta`minlash omillari, ma`naviy-ruxiy poklanish va milliy kadriyatlarning tiklanishi xamda O`zbekistonning jaxon xamjamiyatidan munosib o`rin olishi kabi masalalar ko`rib chikiladi. Xullas, «Mustakil O`zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarni mumkin kadar to`larok kamrab olish, uni jamlash, ma`lum bir tartibga solish, kolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko`prok o`rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darxakikat, mustakillik davrida o`tgan kunlarimiz aloxida o`rganishni, tadkik etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chikarishni takozo etmokda. Buning o`ziga xos asoslari bor. Birinchidan, istiklol yillarida O`zbekiston mustakil suveren davlat sifatida jaxon xamjamitida o`ziga xos nufuzga ega bo`ldi. U o`zining katta ishlab chikarish imkoniyatlari, boy akliy va jismoniy saloxiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari dikkatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib xamkorlik kilish kudratiga ega ekanligini ko`rsata oldi. Ikkinchidan, eng ogir, mashakkatli va ziddiyatli paytlarda, o`tish davrining o`ziga xos murakkabliklari mavjud bo`lgan bir vaktda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy barkarorlikning saklab turilishi mamlakat xukumati siyosatining nakadar xayotiy va xalkchil ekanligini ko`rsatadi. Ayniksa, yuzdan ortik millat va ealt yashayotgan mamlakatda turli akidalar va goyalar ta`sirida bo`lgan axolining talab- extiyojlarini o`z vaktida kondirish, ularning karashlarini bir nuktada jamlash aloxida uddaburonlikni va kat`iyatlikni talab etadi. O`zbekiston xukumati xuddi ana shunday kat`iyatni ko`rsata bildi. Uchinchidan, bozor iunosabatlariga o`tish jarayonida axolini ijtimoiy ximoyalash, dunyoviy davlat kurishning aosi bo`lgan konun ustivorligiga erishish, konun oldida barchaning tenligini ta`minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub isloxotlarning Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chikilgan mashxur besh tamoyili istiklolning dastlabki yillaridayok jaxon xamjamiyatida yukori baxolandi va to`la tan olindi. To`rtinchidan, xorijiy invalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan yo`lga ko`yish, shu asosda mamlakat ishlab chikarishini tubdan o`zgartirish, uni jaxonning eng ilgor texnologiyalari bilan kayta jixozlantirish yo`li tutildi. Bu O`zbekistonning jamiyatni bir xolatdan ikkinchi bir xolatga o`tkazishda barcha yosh mustakil mamlakatlar o`rtasida eng to`gri yo`l tanlaganini ko`rsatdi. Beshinchidan, O`zbekiston xukumatining isloxchilik siyosati bevosita xalk dunyokarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an`analari bilan uygun xolda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan kolsin», «Vatan sadagox kabi mukaddasdir», «Savob ishni xar kim kilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, aklli, dono va albatta baxtli bo`lishi kerak» singari shiorlar xalkimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uygun xolda dunyoga keldi. Bugungi O`zbekistonning tom ma`noda ma`naviy tiklanish va ruxiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalk orzu-umidlarininguygunligi natijasidir. Ma`lumki, jamiyat tarakkiyotida shaxsning roli benixoya katta. Ayniksa, o`tish davrida davlat arbobining, siyosiy etakchiningo`rni yana xam yakkolrok ko`zga tashlanadi. Chunki, bu paytda xali ma`lum bir siyosiy tutum, siyosiy katlam va jamiyatni yo`naltiradigan okim shakllanmagan, karashlar bir o`zanga tushmagan, turli karama-karshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo`lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalk o`z kelajagini asosan davlat raxbariga karab belgilaydi. O`zining iymon-e`tikodini, takdirini u bilan boglaydi. Ana shu nuktai nazardan karaganda mustakillikning o`tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko`lamli ishlar bevosita davlat raxbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, vokea-xodisalarga yondoshish usuli bilan boglanib ketgan. Xoxlaymizmi-yo`kmi, davlat arbobining siyosiy kiyofasi o`tish davrining noyob maxsuli sifatida tarix saxifalarida Bosh isloxotchi kiyofasida mustaxkam o`rnashgan bo`ladi. Demak, mustakllik davri tarixini o`rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy boglanganligini yakkol ko`ramiz va uni saxifalarga aynan ko`chirishga intildik. Tarixiy xakikat xam, xayotiy va ilmiy xakikat xam shuni takozo etadi. Shubxasiz, yukorida tilga olingan masalalarni o`rganish va mushoxada kilish kishilarda yuksak ma`naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiklol mafkurasini shakllantirish, yoshlarni tarixiy an`analarga, umuminsoniy kadriyatlarga xurmat, Vatang muxabbat, istiklol goyalariga sadokat ruxida tarbiyalashga ko`maklashadi. Rasmiy xujjatlar. O`zbekiston mustakilligiga oid rasmiy xujjatlar deganda sobik sho`ro davrining xokimiyati tizimi so`nggi karorlarini tushunamiz. Chunki mustakillik sobik ittifokning barxam topishi bilan yuzaga keldi. Bu davr xujjatlari bir kismi sobik ittifok tizimi kabul kilingan. Ikkinchi gurux rasmiy xujjatlar mustakil O`zbekiston raxbariyat organlari tomonidan kabul klingan «Mustakillik dekloratsiyasi», «O`zbekiston konstitutsiyasi» va boshka konunlar, Prezident farmonlari, vazirlar maxkamasi karorlari va boshkalardir. Ayrim tarmok xujjatlari xam yurtimiz tarixini o`rganishda muxim axamiyat kasb etish mumkin. Prezident I.A.Karimov asarlari. O`zbekiston mustakil bo`lgach, tarakkiyotning asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning doklad va nutklarida, monografik asarlarida aks etgan. Mustakillikka erishish goyasi xalkimizga azaldan meros, shu maksad ajdodlar orkali ming yilliklar karidan bizgacha etib kelmokda. Prezident I.Karimov «Buyuk kelajagimizning xukukiy kafolati» nomli risolasida, - «O`zbek millati azaldan o`z fikri zikri, o`z istikloli uchun kurashib yashagan». Bunga moziy guvox. Millatimiz tarixi xakidagi xakikat, yurtimizning fidoyi, o`z yo`lidan, maslagidan, so`zidan kaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shar bo`lgan tarix saxifalarini kunt bilan varaklash xammamiz uchun xam karz, xam farz,-deganda ana shu xolatni nazarda tutadi. Xalkimizning uzok tarixi u o`z o`tmishida ozodlik, istiklol uchun tinimsiz kurash olib borganidan guvoxlik beradi. I.A.Karimov asarlarida ko`p asrlik tariximizdagi eng yirik tarixiy shaxslar Imom al-Buxoriy, Axmad al-Fargoniy, Axmad Yassaviy, Jaloliddin Mangu Berdi, Amir Temur, Mirzo Ulugbek kabi buyuk ajdodlarimizning jaxon madaniyatiga ko`shgan xissasi, xamda mustakil respublikamiz tarakkiyotining ustuvor yo`nalishlari o`z aksini topgan. Bundan tashkari Prezident davlat raxbari sifatida respublikamizning xalkaro mikyosida olib borayotgan siyosatini aniklaydi. Mana shuning uchun xam O`zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov asarlari xalkimiz tarixini o`rganishda metodologik ko`llanma sifatida, zamonaviy jarayonlarni o`rganishda mushim manba bo`lib xizmat kiladi. Eng muxim asarlari ingliz, frantsuz, ispan, nemis, xind, xitoy, arab kabi o`nlab turli xorijiy tillarga tarjima kilinib chet ellarda bir necha bor nashr kilingan. Respublikamizda esa I.A.Karimov asarlarining 13 jildlik to`plami nashr kilingan. Mustakillik davri tarixi zamonaviy tadkikotlarda. Mustakillik azaldan insoniyatning orzu-umidlari, armon va iztiroblarini o`zida mujassam etgan. Darxakikat, inson tabiatning gultoji sifatida xamisha ozodlik va xurriyatga irtilib yashaydi. U xamisha xar jixatdan o`zini erkin xis kilishga, taxlikasiz turmush kechirishga extiyoj sezadi. Shuning uchun xam kishilik tarixi turli davrlarda er sharining barcha mintakalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, moxiyatan o`xshash bo`lgan xurriyatga intilish xodisalarini ko`p ko`rgan. Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar. 1. Mustaqillik deklaratsiyasi nimaW 2. Prezident I.A.Karimov asarlarida Uzbekiston tarixi qanday eritilishiW 3. Uzbekiston Oliy Davlat Organlari tug`risida ma`lumot qaysi manbada aks etganW 4. Uzbekistonning xalqaro munosabatlari qanday manbalarda eritilganW Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling