Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diplomatika
- Sfragistika
- Numizmatika
- Xronologiya
- Mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar
Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi Manbashunoslik fanidan Ma`ruzalar matni Nukus 2012 Kirish Uzbekiston istikloli (1991) yurtimizda ijtimoiy fikr erkinligi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Biz o`zimizning boy va kadimiy tariximizni kaytadan kashf etish imkoniga ega buldik. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tugri ta`kidlaganidek, Uzlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo`lmagan ushbu xakikat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur. Sunggi yillarda manbashunoslik fanidan bir necha darslik va kullanmalar yaratilgan bulib, ular kuyidagilardan iborat, B.A. Axmedovning «Uzbekiston xalklari tarixi manbalari» (1991), T.S.Saidkulovning «Uzbekiston tarixi tarixnavisligidan lavxalar» (1993, uzbek va rus tillarida), A. Xabibullaevning «Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik» (2000), B.A. Axmedovning «Uzbekiston tarixi manbalari» (2001), «Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi» (2001, tuzuvchi A.A.Madraimov). Bu darslik va kullanmalarda tarixiy manbashunoslik umumiy tarzda eritilgan mukammal darslik va ukuv kullanmasi yaratish yilidagi birinchi kadamdir. Tarixchi manbashunoslar uchun juda kerakli bulib ular «Cobranie vostochnix rukopisey Akademiy nauk Uzbekistana. Istoriya. ” (Sostaviteli D.Yu.Yusupova, R.P.Djalilova. 1998) nomli – katalog chop etilgan. Bu va boshka manbashunoslikka oid bajarilgan tadkikotlar, yozma manbalar, tarjimalarning chop etilishi, tarix fanini o`kitish bobidagi metodik tajribalarni umumlashtirilgan ko`llanmalar bizning ushbu bakalaviatura uchun mo`ljallangan “Tarixiy manbashunoslik”(Ma`ruzalar va metodik tavsiyalar) nomli o`kuv ko`llanmani yaratishga asos bo`lib xizmat kildi. Unga mazkur fanni o`kitish soxasidagi Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakul`tetidagi “Manbashunoslik va tarix o`kitish metodikasi” kafedrasining professor o`kituvchilarining amaliy tajribasi asos kilib olindi. Ushbu o`kuv ko`llanma Oliy o`kuv yurtlari uchun kabul kilingan Davlat Standartlariga muvofik tayyorlangan. Xar bir ma`ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, uning rejasi, asosiy tushunchalar beriladi. Asosiy matnda ma`ruza mavzui rejaga muvofik atroflicha yoritilib, uning so`nggida mavzuga oid asosiy va yordamchi manba va adabiyotlar ro`yxati, ma`ruza materialini mustaxkamlash uchun beriladigan savollar ilova etildi. Biz yaratgan ushbu o`kuv ko`llanma ilk tajriba bo`lgani sababli unda turli baxs, munozara va fikrlarni paydo kiladigan o`rinlar mavjud. Shuning uchun o`kuv ko`llanmasi yuzasidan bildiraladigan fikr va muloxazalar uchun tuzuvchilar oldindan o`z minnatdorchiligimizni izxor etamiz. Ushbu o`kuv ko`llanmasi ko`lyozmasi bilan tanishib ularni foydali maslaxatlarni bergani uchun A.O`rinboev, S.V.Teleukulov, D.Yusupovaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari Reja: 1. Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad. 2. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari. 3. Manbalar turlari. 4. Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili. Asosiy tushunchalar: manba, tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa, avtograf, bitik, bitma, yozma yodgorlik, ko`lyozma, ko`lyozma kitob, toshbosma, litografik kitob, nashr, ommaviy nashr, ilmiy akademik nashr, faksimile, arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, ro`yxatga olish, tavsifga olish, tasniflash – kataloglashtirish, fixrist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch» T., 2008. 2. B. A. Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “O`kituvchi”. 2001. 3. T. S. Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarxnavisligidan lavxalar. - Toshkent: “O`kituvchi”. 1993. 4. Sobranie vostochnix rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad Manbashunoslik fanini o`rganishdan maksad talabalarda ushbu fan soxasi to`grisida umumiy tushuncha xosil kilish va ularda kizikish uygotish va O`zbekiston tarixini manbalar asosida mustakil o`rganishga xarakat kildirishdan iborat. Tarixiy fakt va vokealar bayoni inson xarakteri, ma`lumot beruvchi shaxs, gurux, firka, sulola, mazxab va mamlakatlar manfaati yo`lida turlicha talkin kilinishi mumkin. Masalan, O`zbekiston yakin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siyosiy vokealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talkin kilinmokda. Bular o`z davrida yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy xujjatlar va solnomalarda kanday bayon kilingan? Sho`ro davrida kanday tushuntirildi? Va nixoyati mustakillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va ob`ektiv bo`lib o`tgan vokealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy yondoshuvsiz mumkin emas. Chunki, o`sha davrdagi yozma yodgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi yozuvimizda, bir kismi rus tilida xam bitilgan va o`sha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi to`grisida xolis va ob`ektiv bilim olishga, o`zligimizni anglashga, boy va kadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat kiluvchi tarix fanining muxim soxalaridan biridir. Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muxim soxalaridan biri bo`lib, turli (moddiy, etnografik, yozma va boshka) manbalarni o`rganish xamda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jixatlarini o`rganadi. Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? Tarixiy manba deganda uzok o`tmishdan kolgan, tabiat va jamiyatning ma`lum boskichdagi kechmishini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga - kadimiy obidalar, manzilgoxlar va mozarlar, shaxarlar, kasrlar va kal`alar xarobalari, uy-ro`zgor buyumlari va boshkalar kiradi. Ma`naviy yodgorliklar deganda kadimgi yozuvlar, xalk ogzaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar – bitik, ko`lyozma kitob, xujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo`lgan va uning xususiyatlarini o`zida aks ettirgan moddiy va ma`naviy yodgorliklardan iboratdir. Ularni o`rganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soxasida asosan ikki xil bo`lishi mumkin- tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maksadimiz tarixiy manbashunoslikni o`rganishdir. Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni kidirib topish, ularni ro`yxatga olish, turkumlash, chukur va atroflicha tadkik etish, manbada o`z aksini topgan yoki bayon etilgan vokealar, keltirilgan faktlarni to`la va ob`ektivligini aniklash, manbaning tarix fani tarakkiyotini o`rganishdagi axamiyatiga baxo berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi xisoblanadi. Manbalar turlari Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o`tmishni o`zida aks ettirishga karab kuyidagi olti asosiy guruxga bo`lish mumkin. Moddiy (ashyoviy) manbalar. Ma`lumki, kishilik jamiyati tarixi kariyb 40 ming yillik davrni o`z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo`lganiga esa ko`p vakt o`tganicha yo`k. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o`choklaridan biri bo`lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o`rtalarida paydo bo`lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning ma`lumotiga ko`ra, yurtimizda arab istilosiga kadar o`n sakkiz yozuv turi mavjud bo`lgan ekan. Lekin, afsuski, ko`xna tariximizni o`zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta kismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko`pchiligi boskinchilik urushlari vaktida, kolaversa tabiiy ofatlar okibatida yo`k bo`lib ketgan. Ilk tarixning ayrim lavxalari o`tmishdan kolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan boglik bo`lgan moddiy yodgorliklarda, anikrogi ularning bizgacha saklangan koldiklari etib kelgan. Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istikomat kilgan va dafn etilgan joylar, ularning mexnat va urush kurollari, bino va turli inshootlar (kal`a va kasrlar, xammomlar va karvonsaroylar, xunarmandchilik ustaxonalari xamda suv inshootlari va boshkalar)ning koldiklari, uy-ro`zgor buyumlari va zeb- ziynat takinchoklari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni kidirib topish va o`rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -kadimiy, logos – ilm; o`tmish xakidagi ilm; kishilik jamiyatining uzok o`tmishni o`rganuvchi ilm, kadimshunoslik) shugullanadi. Etnografik manbalar. Xalklarning kelib chikishi bilan boglik bo`lgan material va ma`lumotlar etnografik manba xisoblanadi. Masalan, xalk, kabila va urug nomlari, inson ko`li va akl –zakovati bilan yaratilgan kurol va buyumlarning naksh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, ogzaki va yozma adabiyotda saklanib kolgan o`tmish urf-odat va an`analari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba xisoblanadi. Bularning barchasini etnografiya (yunon, etnos – xalk, grapxo – yozaman, xalk xakida ma`lumotlar; xalkshunoslik) ilmi tekshiradi va o`rganadi. Lingvistik manbalar. Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, anikrogi uning leksik- so`z boyligi tarkibidagi uzok o`tmishdan kolgan, ijtimoiy – iktisodiy, ma`muriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj - o`rta asrlarda axolidan, asosan dexkonlardan olinadigan asosiy solik; daromad soligi; ushr – daromadning o`ndan bir kismini tashkil etgan solik; zakot – chorva va mulkdan kambagallar uchun yiliga bir marta olinadigan solik; cuyurgol – shaxzodalar va amirlarga toju taxt oldida ko`rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan er-suv; tansukot – kamyob, e`tiborga molik buyum, mato; podshoxlar, xonlar va nufuzli kishilarga kilinadigan tortik; cherik - ko`shin; korovul - ko`shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus xarbiy bo`linma; xalifa –Muxammad paygambarning o`rinbosari, o`rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshligi; mirishkor – to`grisi – miri shikor, podshox va xonlarning ov kushlari va ov xayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taksimoti bilan shugullanuvchi mansabdor; kozi –shariat asosida ish yurituvchi sud`ya; yorlig -o`rta asrlarda xukmdor tarafidan beriladigan rasmiy xujjat; vakfnoma –masjid, madrasa, xnakox va mozorlarga in`om e`tilgan er - suv xakidagi tuzilgan maxsus xujjat va boshka atamalar juda ko`p uchraydi. Bu va shunga o`xshash atamalar shubxasiz kimmatli tarixiy material bo`lib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siyosiy xayotini o`rganishga yordam beradi. Ularning kelib chikishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o`rganadi. Xalk ogzaki adabiyoti. Ogzaki adabiyot madaniyatning eng kadimgi kismi bo`lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib takaladi. Ogzaki adabiyotning ayrim namunalari kadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Mas`udiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asir kabi shark olimlarining asarlari orkali bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush xakidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To`maris va Shirok xakidagi kissalar shular jumlasidandir. Urugchilik davri tarixini, ayniksa, patriarxal – munosabatlarini o`rganishda “Alpomish”, “Go`ro`gli” kabi dostonlar, shuningdek, xalk ertaklari, marosim ko`shiklari, matal va topishmoklarning roli xam benixoyat kattadir. Bu xalk durdonalari turli ijtimoiy tabakaga mansub kishilarning turish – turmushi, ma`naviy kiyofasi, urf-odati, ayniksa, uzok o`tmishda xukm surgan ijtimoiy munosabatlar xakida kimmatli ma`lumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan fol`klor (nem. Fol`k – xalk, lore – bilim; donishmandlik, xalk donoligi) fani shugullanadi. Yozma manbalar. Tarixiy manbalarning muxim va asosiy turidir. Insonning ijtimoiy faoliyati, anikrogi kishilarning o`zaro munosabatining natijasi o`larok yaratilgan va o`sha zamonlarda sodir bo`lgan ijtimoiy-siyosiy vokealarni o`zida aks ettirgan manba sifatida o`rta asr (U1-X1X asrlar) tarixini o`rganishda muxim o`rin tutadi. Yozma manbalar o`z navbatida ikki turga bo`linadi: Oliy va maxalliy xukmdorlar maxkamasidan chikkan rasmiy xujjatlar (yorliklar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-xisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar). Ijtimoiy-siyosiy, ayniksa, iktisodiy munosabatlarga oid masalalarni o`rganishda rasmiy xujjatlar, moliyaviy - xisobot daftarlari va yozishmalarning axamiyati benixoya kattadir. Rasmiy xujjatlar ijtimoiy-siyosiy xayotni ma`lum yuridik shaklda bevosita va ko`p xollallarda aynan kayd etishi bilan kimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniksa, rasmiy yozishmalarda soxtalari xam uchrab turadi. Shuning uchun xam ulardan foydalanilganda dikkat-e`tibor va zo`r extiyotkorlik talab kilinadi. Xujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy vokea yoki faktni talkin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o`xshash bir necha xujjat, manbalarni ko`shib o`rganmok zarur, chunki bitta xujjatda fakat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun fakat bir xujjat bilan ma`lum ijtimoiy-siyosiy masala ustada kat`iy fikr yuritib, umumlashtirib kat`iy xulosaga kelib bo`lmaydi. Tarixiy, geo-kosmografik, xamda biografik asarlar to`grisida shuni aytish kerakki, ular xukmron sinfning topshirigi bilan yozilgan va shu tufayli ularning saxifalarida ko`prok podshoxlar va xonlarning, amirlar va yirik ruxoniylarning xayoti va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mexnatkash xalkning tarixi esa ko`p xollarda chetlab o`tilgan. Mojaz rasm-miniatyuralar. X-XIX asrlar davomida ko`lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo``jaz rasmlar xam tarixiy manba bo`lib xizmat kiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, xanarmandchilik, kiyim-kechak, me`morlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o`rganmokchi bo`lsak, nafis mo``jaz tasviriy san`at namunalari- miniatyura rasmlar kimmatli manba rolini o`taydi. Chunki ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba`zan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan xolda aks ettiriladi. Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Bexzodning “Samarkanddagi Bibixonim masjidining masjida kurilishi” nomli mashxur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XU asrdagi kurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to`grisida mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni o`rganishda tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz so`nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki befark foydalanishlarini ko`rishimiz mumkin. Umuman, bizgacha etib kelgan kadimgi devoriy rasmlar va ko`lyozma kitoblarga ishlangan xamda aloxida murakka`lardagi rasmlar axamiyati juda katta. Manbashunoslikk Manbashunoslikk Manbashunoslikk Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili. a oid adabiyotlarni taxlili. a oid adabiyotlarni taxlili. a oid adabiyotlarni taxlili. Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz ko`p bo`lishiga karamay, o`z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o`ziga xos xususiyatlari va jaxon madaniyati xazinasiga xissa bo`lib ko`shilganlarini aloxida ko`rsatdigan manbashunoslik fani soxasida yaratilgan mukammal dasrlik va ko`llanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soxasida olib borilgan deyarli uch ming yildan uzokrok davr davomida to`plangan tajriba umumlashtirilgani yo`k. Xozircha mavjud darslik va ko`llanmalar ichida akademik B.Axmedovning “O`zbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin. Kimmatli ma`lumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar yanada mukammal darslik uchun asos bo`lib xizmat kiladi. A.Xabibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” ko`llanmasida xam kator ijobiy xususiyatlar mavjud bo`lib, ulardan tarixiy manbashunoslik bo`yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin. A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga xarakat kilingan va manbalalar to`grisidagi ma`lumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi. Manbashunoslik fani ko`p asrlik an`anaga ega bo`lsa-da, yurtimiz manbashunosligi yukorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga xarakat kilindi. Manbashunoslikni o`rganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadkikotlar, yozma yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozma manbalar bilan bevosita ishlashga to`gri keladi. Bu soxada Ya.Gulomov, B.A.Axmedov, A.O`. O`rinboev kabi yirik olimlar asarlari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik institutida saklanayotgan ko`lyozmalar tavsifini o`z ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog xamda maxsus katalog – fixristlar, tadkikotlar bo`lgusi manbashunoslar uchun namuna bo`lib xizmat kilishi mumkin. Talabalar yordamchi manba sifatida entsiklopedik komuslardan foydalanish mumkin. Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniksa arab yozuvidagi turkiy til va garb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu soxada rus tili xam ma`lum mavkega ega. Manbashunoslik tarix fanining bir kator yordamchi soxalari – paleografiya, diplomatika, geral`dika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya ko`dga kiritgan yutuklariga tayanadi. Paleografiya (yunon. Paleo - kadimiy, grapxo – yozaman; kadimiy yozuv) kadimiy ko`lyozma asarlarning kogozi, mukovasi, siyoxi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan kogoz; xujjat) rasmiy xujjatlarni o`rganish va taxlil kilish bilan shugullanadi. Geral`dika (yunon. Geral`d –gerb, belgi, nishon) kadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, kadimgi turkiy kabilalarning tamgalari) o`rganadi. Sfragistika (yunon. Spragis –muxr) kadimiy muxrlar (podshoxlar, xonlar, amirlar va kozilar muxrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi. Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yogoch va boshka kattik buyumlar ustiga o`yib yozilgan kadimgi bitiklarni o`rganadi. Numizmatika (lotin. Numis –pul) kadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaktini tekshiradi. Metrologiya (yunon. Metron -o`lchov, logos – tushuncha – bilim; o`lchovlar xakida tushuncha) o`tmishda turli mamlakat va xalklar orasida amalda bo`lgan ogirlik, masofa va satx o`lchovlarini o`rganadi. Xronologiya (yunon. Xronos – vakt, logos - tushuncha, bilim; vakt xakida tushuncha) kadimgi xalklar orasida va mamlakatlarda amalda bo`lgan yil xisobi va takvimni o`rganuvchi soxa. Abu Rayxon Beruniyning “Osor ul-bokiya” (“Kadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar”) nomli asari turli takvimlarni o`rganishga bagishlangani uchun evropada “Xronologiya” nomi bilan mashxur. Mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar: 1. Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat? 2. Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat? 3. Qanday manba turlarini bilasiz? 4. Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiyotlarni bilasiz? 2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy yo`nalishlari. Nazariy va amaliy manbashunoslik Reja: 1. Manbashunoslikning yo`nalishlari asosiy maksad va vazifalari. 2. Nazariy manbashunoslik (yo`nalishi). 3. Manbalarni turkumlash. 4. Arxeografiya.Tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va taxlil etish. 5. Amaliy manbashunoslik (yo`nalishi). 6. Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish. Asosiy tushunchalar: kogoz, kogozrez, oxorlash, muxralash, mistar, mistar boglash, o`lcham, varaklar soni, jild, mukova, saxxof, mujallid, jadval, jadvalkash, vassol, juzv, paygir, nakkosh, muzaxxib, shams nakshi, sarlavxa, lavxa, zarvarak, unvon, lola nakshi, turunj nakshi, lachak, girix, islimiy naksh, abri baxor, rassom, musavvir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling