Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ptolomey Klavdiy
- Muxim siyosiy vokealar.
- Kadimgi Turk manbalari
- Enisey bitiklari
- Mo`gulistondan topilgan bitiklar
- Xitoy manbalari
- “Shi Tszi”
- “Tsyan` Xan` shu”
Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) kadimgi Yunonistonning atokli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshoxlarining karorgoxlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chikkan, mashxur yunon faylasufi Aristotel`ning (miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, kariyb 80 yil umr ko`rgan. Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli asaridir. Asarning 1-2- kitoblari “Mukaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi va uning xokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o`rni va roli xakida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning er tuzilishi xakidagi ta`limoti tankid kilinadi, er yuzini tavsiflash xakida umumiy tushuncha bkriladi. 3-10- kitoblarida evropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bagishlangan. Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o`rin berilib, ular to`grisida 11-16 kitoblarda ma`lumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bogishlangan. Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 146-31- yillar orasida bo`lib o`tgan vokealarni ko`shgan. Afsuski, bu muxim asar bizning zamonimizgacha etib kelmagan, lekin kning ayrim kismlari, xususan O`zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning “Geografiya” nomli asariga kirib kolib saklangan. Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baktriya va Margiyonaning tabiiy xolati, shaxarlari, kisman ularga borish yo`llari, Oxa (Xarrirud), Oks va Yaksart daryolari xakida, O`zbekistonning kadimiy xalklari – saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toxarlar xamda xorazmliklar va ularning kelib chikishi, bu xalklarning turmushi, urf-odati va e`tikodi, shuningdek Parfiya va Baktriyaning miloddan avvalgi 111 asrning birinchi choragidagi ichki axvoli va o`zaro munosabatlari xakida muxim va kimmatli ma`lumotlar mavjud. Strabrnning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, maxsus xarita va tarxlar bilan ko`shib nashr kilingan. Uning nemischa (Grosskurd, Berlin, 1831-1834) xamda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari xam mavjud. Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashxur komusiy olim, Aleksandriyada yashab ijod kilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) xamda geografiyaga oid asarlar yozib koldirgan. Jaxonga mashxur “Al`magest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, astronomiya va trigonometriya ilmlarini o`z ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan iborat), “Germanlar xakida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nixoyat, “Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuxrat keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya”dir. “Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, anikrogi uning 24- bobi jaxon mamlakatlarini tavsiflashga bagishlangan va katta ilmiy kiymatga ega. Shunisi muximki, asarda shaxarlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova kilingan. Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Margiyona, Baktriya, So`gdiyona xamda skiflar mamlakatining geografik xolati, Baktriya va So`gdiyonaning mashxur shaxarlari, shuningdek o`sha mamlakatlar va ular bilan tutash o`lkalar va ularning axolisi xakida asl va kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Yunon va Rim olimlarining tarix va gkografiyaga oid asarlari ma`lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Fargoniy, Beruniy va boshkalarning ijodiga asos bo`lib xizmat kildi. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. 1. Óçáåêèñòîí òàðèõèãà îèä 3àíäàé Ýðîí ìàíáàëàðèíè áèëàñèçìè. 2. «Øîõíîìà» àñàðèäà Óçáåêèñòîí òàðèõèãà îèä 3àíäàé ìàúëóìîòëàð áîð? 3. Õèíäëàðíèíã «Ìàõîáõîðàò» àñàðèäà 3àäèìãè Óçáåêèñòîí òó2ðèñèäà 3àíäàé ìàúëóìîòëàð áîð? 4. ¹àéñè Þíîí òàðèõ÷èëàðè àñàðèäà Èñêàíäàðíèíã þðòèìèçãà þðèø àêñ ýòãàí? 5. Àâåñòîäà 3àíäàé òàðèõèé ìàúëóìîòëàð ìàâæóä? 5-mavzu. VI – VIII ASRLAR TARIXI MANBALARI Reja: 1. Muxim siyosiy vokealar. 2. Kadimgi Turk manbalari. 3. Xitoy manbalari. 4. So`gd tilidagi manbalar. Asosiy tushunchalar: eftaliylar, xeptal, xaytal, ey–da, i–da, runiy yozuv, Sugd tili, biyik. Foydalanilgan adabiyotlar royxati. 1. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T.: «O`kituvchi». 2001. 3. O`zbekiston tarixi. R.X.Murtazaeva taxriri ostida.-T.: 2003. 4. Sa`dullaev A.S. Kadimgi O`zbekiston tarixi manbalardan.-T.: 1996. 5. Tolstov S.P. Kadimgi Xorzm madaniyatini gullab.-T.: 1964. 6. Beruni. Kadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar. 7. Rtveladze E.V. Velikiy shelkoviy put.-T.: 1999. Muxim siyosiy vokealar. V-VI asrlarda O`zbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan boglikdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik kazishlar bergan ma`lumotlarga karaganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir. Eftaliylar juda katta xududda o`z xukmronliklarini o`rnatdilar. Ularning davlatiga Sharkiy Turkistondan Kaspiy bo`ylarigacha bo`lgan erlar karar edi. Eftaliylar milodning 457-yilida Chaganiyon, Toxariston va Badaxshonni bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar. Eron shoxi sosoniy Piruz (459-484 yy.) Eftaliylarga karshi uch bor ko`shin tortti, lekin uning barcha yurishlari maglubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga o`lpon to`lab turishga majbur bo`ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan ko`p vakt o`tmay, Sharkiy Turkistonni xam bo`ysundirishga muvaffak bo`ldilar. Eftaliylar Turon, Eronning sharkiy tumanlari, Afgoniston, Shimoliy Xindiston xamda Sharkiy Turkiston ustidan xukm yurgizdilar. 563-567- yillari turk xokoni Istemi (Dizovul) Eron xukmdorlari bilan ittifok tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga karashli erlarni bo`ysundirishga muvaffak bo`ldi. Natijada Turk xokonligi Amudaryo va Orol dengizigacha cho`zilgan o`lkalar ustidan o`z xukmronligini o`rnatdi. U1 asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini xam bo`ysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch`) egaladilar, 581 yili esa Xersonni kamal kildilar. VI asr o`rtalariga borib Turk xokonligi zaminida ilk katta er egaligi munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir katorda o`zaro urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) xukmdorlari ustalik bilan foydalandilar. Okibatda Turk xokonligi ikki kimga – Sharkiy va Garbiy turk xokonligiga bo`linib ketdi. Sharkiy turk xokonligi Markaziy Osiyoda xokon Shibi davrida (609-619- yy.) Suy imperiyasi bilan ko`p urushdi va o`z mustakilligini saklab koldi. Xokon Xelu (620-630- yy.) davrida xam bu kurash davom etdi. O`sha yillari turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliklar ko`paydi, mexnatkash xalkning axvoli ogirlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharkiy Turk xokonligi ustidan o`z xukmronligini o`rnatilshga muvaffak bo`ldilar. Lekin ko`p o`tmay, turklar Xitoy istibdodiga karshi ko`zgolon ko`tardilar. Bunga dastlab Eltarish koon (Kutlug koon), keyinchalik esa uning maslaxatchisi To`nyukuk boshchilik kildilar. Natijada 681 yili Garbiy turklar yana mustakillikni ko`lga kiritdilar. Xokon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar natijasida Garbiy turk xokonligi mayda kismlarga bo`linib ketdi va keyinchalik uning o`rniga Uygur xokonligi tashkil topdi. Garbiy turk xokonligi xarbiy siyosiy jixatdan birmuncha kudratli edi. U11 asrning o`rtalarida unga Sharkiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bo`lgan erlar karardi. Uning ijtimoiy-siyosiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjo`y, Buxoro, Samarkand, Choch, Ispijob kabi shaxarlarning o`sishi va Xitoy, Eron xamda Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotik xam sabab bo`ldi. Manbalarda keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, Garbiy turk xokonligi poytaxti Suyabda xar yili katta yarmarkalar tashkil etilib, unda ko`pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar xam katnashgan. Garbiy turk xokonligining xalki xokon Shabolo Xilishi xukmronligi yillari 10 toifaga bo`lingan. Masalan, Chu daryosining o`ng tarafida istikomat kiluvchi xalklar Nushibi (5 toifa), daryoning so`l soxilida istikomat kiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko`p o`tmay bu toifalar o`zlarining mustakil davlatini tuzib oldilar. Bu o`zaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy ko`shinlari bundan foydalanib, 658 yili Garbiy turk xokonligi erlariga bostirib kirdilar, lekin uni tamoman bo`ysundira olmadilar. Xokon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga muvaffak bo`ldi. Birok katta er egaligi, o`zaro kurashlar va shimoldagi ko`shni xalklar, xususan korliklarning xurujlari natijasida xokonlik inkirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida xokimiyat tamoman korliklar ko`liga o`tdi. Ular 766 yili Suyabni bosib oldilar va uni o`z poytaxtlariga aylantirdilar. Garbiy turk xokonligi markazlashmagan davlat bo`lib, 15ga yakin mustakil xokimliklardan, So`gdda yuechji xalkidan chikkan jabgu, Buxoroda maxalliy buxorxudot, Fargonada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. Xokonlik tarkibiga kirgan xalklar bir kismi So`gd, Xorazm, Toxariston, Fargona dexkonchilik, shaxar axolisi xunarmandchilik va savdo-sotik bilan, uning togli va cho`l tumanlarida istikomat kiluvchi katta kismi esa chorvachilik bilan shugullangan. Arablar istilosi arafasida O`zbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. Shark va xitoy tillarida yozilgan manbalar ma`lumotlariga karaganda VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yakin mustakil davlatlar bo`lib, bularning eng kattasi Xorazm, So`gd, Buxoro, Chagoniyon, Toxariston, Ustrushona, Choch va Fargona xisoblangan. Ularning podshoxlari jabgu (knyaz`), xudot, ixshid va ispaxbed deb atalardi. Arablar O`zbekiston xududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. Boskinchi ko`shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydullox ibn Ziyod boshchilik kilar edi. O`shanda ular Poykent va Buxoro shaxarlari xamda ularning tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj kildilar va katta o`lja (1 mln dirxam pul, 4000 asir va boshkalar) bilan kaytdilar. Bundan keyin xam arablar O`zbekiston ustiga ko`p marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 705 yildan boshlab arablarning O`zbekiston ustiga istilochilik yurishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Kutayba ibn Muslim (715 yili xozirgi Andijon viloyatining Jalolkuduk tumanida, xozirgi Shurunch mozor, aslida Kilich mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik kildi. Arab ko`shini 706 yili Omul (Chorjo`y), Zamm (Karki), Buxoro xamda Poykent shaxarlarini, 709 yili esa Buxoroning mustaxkam kal`alaridan Shofurkom (Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, So`gd, Vardanza va Fargona xukmdorlari turklar bilan ko`shilib arab istilochilariga karshi ittifok tuzishga xarakat kildilar, lekin o`zaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifokning mustaxkamlanishiga yo`l bermadi. Kutayba bundan ustalik bilan foydalandi va ular bilan birma-bir kurashda galaba kozondi. 712 yili Kutayba o`zaro ichki kurashlardan foydalanib xiyonatkorona tarzda Xorazmni xam bo`ysundirdi. Samarkand podshoxi Gurak (710-737-yy.) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarkand va So`gdiyona xalki arablarga xar yili 2 million 200 ming dirxam mikdorida o`lpon to`lash va arab ko`shiniga 100 ming kishi to`plab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Kutayba Choch (Toshkent) xamda Fargona viloyatlarini, shuningdek ettisuv va Koshgargacha bo`lgan erlarni bosib oldi. Arab istilosi O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy tarakkiyotiga katta zarar etkazdi, ko`plab katta va boy shaxarlarning kuli ko`kka sovurildi, ming-minglab kishilarning “yostigi kuridi”, Marv, Buxoro, Samarkand va Xorazm kutubxonalarida saklanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`k kilindi. Arab istilochilari maxalliy xalklarni xam majburan islom diniga kiritdilar, mexnatkashlar zimmasiga ogir soliklar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot yuklatildi, axolining yarim mulki arab ko`shini foydasiga musodara kilindi. O`zbekiston xalklari arab istilochilari zulmiga karshi bir necha bor ko`zgolon ko`tardilar. VIII asrning o`rtalarida bo`lgan Isxok turk ko`xgoloni, 769-776- yillari butun Movarounnaxrni larzaga solgan Mukanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan ko`zgolon, 806 yili Rafi` ibn Lays boshchiligida So`gdda bo`lib o`tgan dexkonlar ko`zgoloni shular jumlasidandir. Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalklarning iktisodiy va madaniy tarakkiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jixatdan bir xil emasligi, ular o`rtasidagi iktisodiy va madaniy alokalarning zaifligi, ayniksa, er-suv va boylikning tobora maxalliy boshliklar ko`lida to`plana borishi va nixoyat, maxalliy axoli va boskinchilar o`rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi xalk xarakatlari va o`zaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu xol, o`z navbatida, arab xalifaligining inkirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning zaminida mustakil maxalliy davlatlar paydo bo`ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Toxiriylar (821 y.), Seistonda Safforiylar (867 y.) va nixoyat, Movarounnaxrda Somoniylar (819 y.) xokimiyat tepasiga keldilar. Boshka o`lkalarda xam shunday axvol yuz berdi. Kiskasi, 935 yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda o`z siyosiy mavkelarini tamoman yo`kotdilar va nomigagina xalifa bo`lib koldilar. Kadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir` xamda Mo`gilistonda, Oltoy xamda O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar aloxida kiymatga ega. Bu yozuvlarning etti guruxi – Lena – Baykalbo`yi bitiklari, enisey, Mo`guliston, Oltoy, Sharkiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma`lum. Bu bitiklar O`zbekiston xalklarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy xamda madaniy xayotini o`rganishga yordam beradi. Enisey bitiklari mashxur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan 1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida enisey xavzasi (xozirgi Xakas avtonom viloyatiga karaydi) topilgan. Undan keyin bu xakda shvktsiyalik xarbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ma`lumot beradi. U enisey xavzasidagi kabrtoshlardan toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv xakidagi ma`lumotlar birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida “Cibirskiy vestnik” jurnalida e`lon kilindi. 1889 yili fmn olimlari eniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar. Mo`gulistondan topilgan bitiklar orasida To`nyukuk, Kul tegin, Bilga xokon va Ongin muxim o`rin tutadilar. To`nyukuk bitigi Ulan-Batordan 66 km janubi- sharkda, Bain Tsokto manzilida joylashgan va ikkinchi turk xokonligining asoschisi Eltarish xokonning (681-691-yy.) maslaxatchi sarkarda To`nyukukka atalgan va 712- 716 yillari yozilgan. 1897- yili rus olimi D.A.Klements (1848-1914) va uning xotini elizaveta Klementslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899 y.), V.Tomsen (1922 y.), X.Sheder (1924 y.), D.Ross (1930 y.) xamda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi o`rganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan chop etilgan. Obida G.A.Abduraxmonov xamda A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga kiskacha tarjima kilingan (1982 y.). Kul tegin bitigi. Bilga xokonning (716-734 yy.) inisi Kul tegin (731- yili vafot etgan) sharafiga yozilgan. Mo`gulistonning Kosho Tsaydan vodiysida Ko`kshin O`rxun daryosi bo`yidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrintsev (1842-1894 yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. Bitik V.V.Radlov (1891 y.), A.Xeykel (1892 y.), V.Tomsen (1896 y.), P.M.Melioranskiy (1897 y.), X.Sheder (1924 y.), S.e.Malov (1951 y.), G.Aydarov (1971 y.)lar tomonidan nemischa, frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. G.A.Abduraxmonov va A.Rustamov tomonidan o`zbek tiliga kilingan kiskacha tarjimasi (1982 y.) xam bor. Bilga xokon bitigi. Kul tegin bitigidan 1 km janubi-garbda - Ko`kshin O`rxun daryosi xavzasida topilgan bu obida 735 yili bitilgan. Uni V.V.Radlov, S.e.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan o`rganilgan va chop etilgan. Ongin bitigi Mo`gulistonning Kosho Tsaydan vodiysidan topilgan va kimga atalganligi anik ma`lum emas. Ba`zi fikrlarga karaganda, yukorida tilga olingan Eltarish xokon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga ko`yilgan (735 y.), boshka fikrga ko`ra Kopagon xokonga (691-716-yy.), yana bir ma`lumotga (J.Klosson) karaganda Bilga xokonning xarbiy boshliklaridan Alp Eletmish (taxminan 731 yilda o`lgan) sharafiga ko`yilgan. Obida 1892 yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J.Kloson tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadkikot bilan nashr kilingan. Bulardan tashkari, Karabalsagun shaxri (Ulan-Batordan taxminan 400 km janubda joylashgan kadimiy shaxar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Cho`yren, Beyshin- Udzur, Bayan-Xo`ngur va boshka joylardan topilgan yozuvlar xam muximdir. Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi daryolari, Ko`shogoch xamda togli noxiyalaridan topilgan bitiklarni aytib o`tish mumkin. Bular O`rxun-enisey bitiklaridan fvrkli o`larok, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan yozuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, V.M.Nadelyaev xamda D.D.Vasil`ev tomonidan e`lon kilingan. Sharkiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon voxasidagi gorlarga joylashgan ibodatxona devorlariga yozilgan bitiklar aloxida o`rin tutadi. Bitiklar V.Tomsen tarafidan chop kilingan. Kozogiston xamda Kirgizistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- yillarida topilgan) xali chukur o`rganilmagan. Bular orasida Talas voxasidagi (Ayritom, Teraksoy, Kulonsoy, Toldiko`rgon, Urjor, Sirdaryo, Ila, Olma Ota, Tolgar, Tinbas va xokazo) topilgan bitiklar muxim ilmiy axamiyat kasb etadi. Kozogiston xamda Kirgiziston xududidan topilgan bitiklarning ba`zilari S.Sodikov, M.e.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch. Jumagulov xamda G.Karagulovalar tomonidan e`lon kilingan. Kadimiy turk runik yozuvlari (asosan sopol idishlarga yozilgan) Fargona, Oloy vodiysi xamda Janubiy O`zbekiston va Tojikiston xududidan, ya`ni Bekobod, Isfara, Margilon, Fargona, Andijon, Kuvasoy, O`sh, O`zgand, Kofirnixon, shuningdek So`gddan xam topilgan va A.N.Bernshtam, B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan o`rganilgan. Umuman, kadimiy turk runik yozuvlari xalkimiz tarixini yoritishda juda kimmatli manbadir. Xitoy manbalari xakida so`z boshlashdan oldin shuni aloxida kayd etib o`tish kerakki, ular xam xitoy xukmdorlarining maksad va manfaatlarini ko`zlab yozilgan, boshka xalklarning tarixi ko`p xollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida bo`lib o`tgan vokealarning vakti va o`rni anik ko`rsatiladi, bir-biriga karshi turgan ko`shinlarning umumiy soni anik ko`rsatiladi. Kadimiy O`zbekistonning uzok o`tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda kuyidagi xitoy manbalari muxim rol` o`ynaydi. “Shi Tszi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi xisoblanadigan Sima Tsyan`ning 130 bobdan iborat asaridir. Sima Tsyan` –(taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135-86-yillar) Lunmin` (xozirgi Shen`si viloyati) shaxrida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tugilgan, mamlakat bo`ylab ko`p sayoxat kilgan, otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108 yili) keyin uning o`rniga saroy tarixchisi sifatida kabul kilingan. Miloddan avvalgi 98 yili imperatorga karshi chikib, sarkarda Li Linni ximoya kilgani uchun kattik jazoga tortilib (bichilgan) saroydan kuvib yuborilgan. Lekin u ruxiy tushkinlikka tushib kolmadi va bo`lajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Ko`p vakt o`tmay Sima Tsyan` yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh maxkamasi boshligi etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berildi. Uning “Shi Tszi” nomli asarida Xitoyning kadimiy zamonlardan to miloddan avvalgi 1 asr boshlariga kadar o`tgan tarix bayon etilgan. Asarda O`zbekiston, uning 123 bobida xususan Fargona va uning kadimiy xalki, xayoti xakidagi kimmatli ma`lumotlar mavjud. “Shi Tszi”ning to`la matni olti jild kilib 1959 yili Pekinda e`lon etilgan, rus tiliga tarjima etilib (I.Ya.Bichurin, L.S.Vasil`ev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol` va boshkalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) tomonidan frantsuz tiliga tarjima kilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan chikkan. “Tsyan` Xan` shu” (“Avvalgi Xan` sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim Byan` Gu (39-92) asaridir. Tarixchi An`lin (Shensi viloyati) shaxrida Garbiy Xan` sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarizshunos oilasida tugilgan, 47-55 yillari Loyanda oliy ta`lim olgan, 58-82 yillari o`z asarini yozgan. “Tsyan` Xan` shu”ning 95 bobida O`zbekiston (ayniksa, kangli, yuechji va usunlar xakida) va Sharkiy Turkistonning kadimiy tarixi, xalki va uning xayoti xakida ko`p muxim ma`lumotlarni uchratamiz. “Tsyan` Xan` shu” 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr kilingan. Inglizcha tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) xam bor. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling