Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ”Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulaxad”
- “Tarixi salotini Mangitiya”
- “Tarixi jadidayi Toshkand”
“Tarixi Amir Xaydar” XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o`tgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning noma`lum muxarrir tomonidan kiskartirilgan nusxasi etib kelgan bo`lib, ko`lyozma O`zRFA Sharkshunoslik institutida 1836 rakami ostida saklanmokda. “Tarixi Amir Xaydar” kichik xajmdagi asar, jami 96 varakdan iborat, muxim tarixiy manbalar asosida yozilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, Mangitlar sulolasidan bo`lgan amir Xaydar xukmronligi (1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Asar 81 bob, yoki dostondan iborat. 1-2- boblari Buxoro shaxri tarixiga bagishlangan, 3-6- boblarda Ashtarxoniylar tarixi kiskacha bayon etilgan, 7-81- boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Xaydarning tugilishidan to uning 1826 yil 6 oktyabridagi vafotigacha bo`lgan tarixi xikoya kilinadi. Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan, lekin nima sababdandir ko`lyozma nashr etilmay kolgan. Tarjima ko`lyozmasi O`zR FA ShI kutubxonasida saklanmokda. “Muntaxab ut-tavorix” (“Saylanma tarix”) asarining muallifi ko`konlik yirik tarixchi olim Xakimxon to`radir (taxm.1802-vafot etgan yili maxlum emas). Ota tarafidan nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri, yirik iloxiyot olimi Maxdumi A`zam Kosoniy (1461/62-1542/43 yy.)ning avlodi, ona tarafidan Ko`kon xoni Norbo`taxon (1770-1800 yy.)ning nabirasidir. Otasi sayyid Ma`sumxon to`ra Umarxon davri (1809-1822 yy.)da va Muxammad Alixon xukmronligi (1822-1842 yy.)ning dastlabki yillarida xonlikning shayxulislomi lavozimini egallab turgan. Xakimxon to`ra Muxammad Alixon xukmronligiavvalida Namangan, To`rako`rgon va Kosonsoyda xokim bo`lgan. Lekin ko`p o`tmay otasi xam, o`zi xam xonning gazabiga duchor bo`lib, egallab turgan lavozimlaridan bo`shatilganlar va xaj marosimini ado etish uchun Arabistonga jo`natib yuborilgan. Otasi yo`lda, Mozori sharifda 1834 yili vafot etgan. Xakimxon to`ra esa ko`p mashakkatlar chekib, etti yildan keyin Rossiya, Turkiya, Irok, Suriya va Falastin orkali Mkkaga etib bordi. O`shanda 1834 yili u Orenburgda podshox Aleksandr 1 bilan uchrashish sharafiga muyassar bo`lgan. Xakimxon to`ra Makka va Madina ziyoratidan kaytgach, 1828 yili, Muxammad Alixondan cho`chib Ko`konga bormadi va kolgan umrini Kitobda kechirdi. O`zining yozishicha, Kitobda uning karindoshlari va ozmi-ko`pmi er-suvi bo`lgan. Xakimxon to`ra yirik tarixnavis olim bo`lib, o`zining “Muntaxab ut-tavorix” asarini 1843 yilning 29 may kuni yozib tamomlangan. “Muntaxab ut-tavorix”da kadimiy zamonlar, islomiyatdan avval o`tgan paygambarlar, kadimgi Eron podshoxlari, Xitoy va evropaning kadimiy podshoxlari, xalifayi Roshidindan to Movarounnaxrning Mangit va Ming sulolasidan chikkan oliy xukmdorlar zamonigacha kechgan tarixi bayon etiladi. Asarda Ko`kon xonligining xonlik asoschisi Shoxruxxon(1709-1721 yy.)ning o`gli va toj-taxt vorisi Abduraximxon (1721-1724 yy.) zamonidan to Norbo`taxon, Olimxon va Umarxon davri tarixi yaxshi yoritilgan. Ayniksa, Norbo`taxon, Olimxon va Umarxon davri yaxshi yoritilgan. Asarda muallifning Rossiya, Turkiya, Irok, Shom (Suriya) va boshka mamlakatlarga kilgan sayoxati chogida olgan taassurotlari va o`sha mamlakat xalklarining ijtimoiy-siyosiy xayoti, tarixi va xayot tarzi xakida keltirgan maxlumotlari xam dikkatga sazovordir. “Muntaxab ut-tavorix”ning ko`lyozma nusxalari kam. Uning Dushanbeda, Tojikistonda A.A.Semenovning uy muzeyida saklanayotgan forscha fotonusxasini Axror Muxtorov 1983 yili ikki kitob xolida chop etdi. Asarning o`zbekcha nusxasi xam bo`lib, xozirda O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida (rakami № 594) saklanmokda. ”Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulaxad” (“Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai axvoli. Amir Doniyoldan to amir Abdulaxadgacha”) asarining muallifi Axmad Donish yoki Axmad Kalla nomi bilan mashxur bo`lgan, X1X asrda ko`zga ko`ringan mutafkkir shoir, adib, olim va diplomatdir. Uning to`la ismi Axmad ibn Nosir ibn Yusuf al-Xanafiy al-Buxloiydir. Bo`lgusi tarixchi 1827 yili Buxoroda tugilgan. U yoshligidan yaxshi o`kib tarix, mumtoz adabiyot, riyoziyot-matematika, ilmi nujum-astronomiya, musika va tibbiyot ilmlarini yaxshi o`rgangan, xusnixat va musavvirlik sirlarini xam egallangan. Axmad Donish o`z faoliyatini xattotlikdan boshlagan va 50- yil boshlarida amir Nasrullox xizmatiga kabul kilingan, 1870 yili iste`foga chikib, ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`lgan. Axmad Donish 1857 yili amir Nasrullox, 1869 va 1974 yillari amir Muzaffar (1860-1885 yy.) elchiligi tarkibida Peturburgda bo`ldi va Rossiyaning iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti bilan yakindan tanishdi. Bu safarlar olimning dunyokarashiga katta ta`sir ko`rsatdi. Lekin u Buxoroning Rossiyaga karaganda kolokligining xakikiy sabablarini tushunib etmadi. U jamiyatni mavjud konun va tartiblarini takomillashtirish yo`li bilan, odil podshoxning ko`li bilan kaytadan kurish mumkin deb xisoblardi. Olimning bu karashlari uning “Navodir ul-vakoe`” (“Nodir vokealar”) nomli asarida o`z aksini topgan. Axmad Donish ushbu asarida amirga davlatni boshkarish ishlarini kaytadan kurishni maslaxat berdi. Lekin amir bundan dargazab bo`ldi va 70- yillar oxirida Axmad Donishni poytaxtdan uzoklashtirdi va Guzorga kozi kilib yubordi. 1885 yili, amir Muzaffar vafotidan keyin, u Buxoroga kaytib keldi va umrining kolgan kismini ilmiy mashgulotlar bilan bilan kechirdi. Axmad Donish 1897 yili vafot etdi. Axmad Donish sermaxsul ijodkor bo`lib, iloxiyot, ilmi nujum, geografiya, adabiyot va tarixga oid 20 ga yakin asar yozib koldirdi. “Manozir ul-kavokib” (“Sayyoralarning manzaralari”), “Navodir ul-vakoe`” va ”Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif” (1885 yildan keyin yozilgan) asarlari ana shular jumlasidandir. O`zbekistonning X1X asrdagi ijtimoiy-siyosiy xayotini o`rganishda olimning so`nggi asari katta ilmiy axamiyatga ega. Kitobda katta so`z boshi, sayyoralarning inson takdiridagi axamiyati, din va uning jamiyatdagi o`rni to`grisidagi fikrlardan keyin kiska tarzda amir Doniyol (1758-1785 yy.), Shoxmurod (1785-1800 yy.), Xaydar va amir Nasrullox xukmronligi yillarida bo`lib o`tgan vokealar bayon etilgan. Asarning katta va so`nggi kismi amir Muzaffarga bagishlangan. Bu kismda Buxoro xonligining X1X asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, shuningdek, chor Rossiyasi ko`shinlari tomonidan 1866 yili Jizzax xamda 1868 yili Samarkandning ishgol kilinishi vokealari batafil bayon etilgan. ”Tarjimai axvoli amironi Buxoroyi sharif” asarining ko`lyozma nusxalari Toshkent, Samarkand, Buxoro, Dushanbe kutubxonalarida mavjud. Asarning matni A.Mirzoev tomonidan chop etilgan. 1960 yili kitobning kiskartirilgan ruscha tarjimasi Dushanbeda nashr kilingan. “Tarixi salotini Mangitiya” (“Mangit sultonlarining tarixi”) asari buxorolik mashxur tarixchi olim va shoir Mirzo Abduazim Somiy Bo`stoniy (1838/39-1914 yildan keyin) kalamiga mansubdir. Bo`lgusi tarixchi boshlangich ma`lumotni ona yurti Bo`ston kishlogida, Buxoroning shimolida, undan 40 km narida olgan, so`ngra Buxoro madrasalaridan birida o`kigan, dastlab viloyat xukmdorlari ko`lida kotib, amir Muzaffar taxtga o`tirgandan keyin uning shaxsiy kotibi, munshiysi bo`lib xizmat kilgan. Amir Abdulaxad xukmronligi (1885-1910 yy.)ning so`nggida 1898 yoki 1899 yilda podshoxlikka karshi fikrlari uchun saroydan chetlatilib, umrining oxirini nochorlikda kechirgan. Somiy bir necha adabiy va tarixiy asar yozib koldirgan. “Mir`ot ul-xayol” (“Xayol ko`zgusi”), “Insho”, “Tuxfayi shoxiy” (“Podshoxning tuxfa”), “Tarixi salotini Mangitiya” shular jumlasidandir. Bularning ichida tarix ilmi uchun eng muximi so`nggi ikki asardir. 1900-1902 yillar orasida yozilgan “Tuxfayi shoxiy” va 1907 yili yozib tamomlangan “Tarixi salotini Mangitiya” bir davr, Buxoro xonligining amir Muzaffar davridagi tarixga bagishlangan. Birok ular ma`lum darajada bir-biridan fark kiladi. Masalan, “Tuxfayi shoxiy” to`larok, lekin oliy xukmdorni ko`klarga ko`tarib maktash, panegrik ruxida bitilgan. “Tarixi salotini Mangitiya” esa nisbatan xolisona yozilgan. Asarning ilmiy axamiyati shundaki, unda Buxoro amirligining O`rta Osiyoning Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasidagi iktisodiy va siyosiy axvoli, shuningdek, Buxoro-Rossiya munosabatlari birmuncha keng yoritilgan. Kitobning ko`lyozma nusxalari ko`p. Uning O`zbekistonlik olima L.M.epifanova tomonidan kilingan ruscha tarjimasi, so`zboshi va zarur izoxlari bilan birga, 1962 yili, Moskvada chop etilgan. “Tarixi Salimiy” (“Salimiyning tarixi”) asari muallifi X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o`tgan Mirza Salimbek bo`lib, uning to`la ismi Mirza Salimbek ibn Muxammad Raximdir. Olim 1850/51 yillari Buxoroyi sharifda badavlat va nufuzli xonadonda tavallud topgan. Mirza Salimbek 1871 yili Naxrpoy (Norpoy) va Ziyovuddin xokimiga kotib bo`lib ishga kiradi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning farmoyishi bilan Toshkentga rus ma`murlarining xatti-xarakati va ayniksa Buxoro xususida tutgan siyosatini kuzatib boruvchi kilib yuborildi. Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush kiyofasida keldi va bu erda 12 yml istikomat kildi. 1880-1883 yillari u amir xuzurida, 1884-1885 yillari Turkiston general-gubernatori xuzurida Buxoro vakili bo`lib xizmat kildi. 1885 yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlakdor kilib tayinlandi. Shundan keyin uning martabasi yil sayin ortib bordi. 1881-1893 yillari Buxoro shaxrining mirshabi, 1893- 1920 yillari Yakkabog, Nurota, Boysun, Sherobod, Shaxrisabz, Chorjo`y viloyatlarining xokimi va bosh zakotchi vazifalarida turdi. 1920 yilgi inkilobdan keyin Mirza Salimbek sho`ro tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarix» («Tarixshunoslar jamiyatida»)da xizmat kildi. Mirza Salimbekning vafot etgan yili ma`lum emas. Mirza Salimbek bir necha yirik tarixiy va adabiy asar yozib koldirgan. «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning kashkuli»), «Jomi` ul-gulzor» («Gulzorlar majmui»), «Ka`b al-axbor xikoyalari», «Xikoyati Abdulla ibn Muborak», «Tarixi Salimiy» shular jumlasidandir. Tarixchilar uchun eng muximi uning so`nggi asari «Tarixi Salimiy»dir. N.Norkulovning fikriga karaganda, XX asrining 20- yillarida yozilgan. Uning bosh kismi, Chingizxondan to amir Muzaffar davrigacha bo`lgan tarix umumlashtiruvchi xarakterga ega. Asarning 1860-1920 yillar vokealarini o`z ichiga olgan katta kismi butunlay yangi bo`lib, muallifning o`zi bu vokealarning guvoxi bo`lgan. Asarda amir Muzaffar davrida Xisor, Ko`lob, Baljuan, Korategin va Darvozda bo`lib o`tgan isyonlar, Buxoro-Ko`kon va Buxoro-Rossiya munosabatlari, shuningdek, Buxoro amirligining X1X asrning ikkinchi yarmidagi umumiy axvoli va ma`muriy tuzilishi xakida kimmatli ma`lumotlar bor. «Tarixi Salimiy» asarining ko`lyozma nusxalari ko`p. Asar 1968 yili N.norkulov tomonidan rus tiliga tarjima kilingan, lekin xali chop etilmagan. “Tarixi jadidayi Toshkand” (“Toshkentning yangi tarixi”) nomli asar Muxammad Solix Toshkandiydir. Uning to`la ismi Muxammad Solix domla Raxim Koraxoja o`gli. Tarixchi 1830 yilda tugilgan, vafot etgan yili noma`lum. Boshlangich ma`lumotni bobosi mulla Abduraximxojadan, u Kiyot maxallasida joylashgan Bekmuxammadbiy masjidida imom bo`lgan, olgan, so`ng Beklarbegi va xoja Axror madrasalarida o`kigan. Fargonaning Ko`kon (1853 y.), Margilon, Namangan va O`sh (1853 y.) shaxarlarida, keyinchalik Buxoro, Samarkand, Karshi, Shaxrisabz va boshka shaxarlarda bo`lib, madrasada olgan bilimini kengaytirdi. 1863 yildan boshlab, ilgari bobosi imomlik kilgan masjidda imom bo`lib xizmat kildi, ayni paytda dars xam berib turdi. Muxammad Solix turli ilmlar, tarix, geografiya, adabiyot, tibbdan xabardor bo`lgan keng ma`lumotli kishi edi, lekin uning tarixga ragbati ko`prok bo`lgan. U Abu Toxirxoja(X1X asr)ning “Samariya”siga o`xshash Toshkent, uning tarixi va osori atikalariga bagishlab bir asar yozishni ko`pdan orzu kilib yurgan va nixoyat, 1863-1888 yillari maksadiga erishgan. Bu asar “Tarixi jadidayi Toshkand” deb ataladi va ikki jilddan iborat. Birinchi jildda kadim zamonlardan to XU asr oxirigacha Shark mamlakatlarida, shuningdek O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan vokealar, ikkinchi jildda esa Ko`kon xonligining XU asr oziridan Zaxiriddin Muxammad Bobur davridan to X1X asrning 80- yillarigacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvoli, madaniy xayot xakidagi kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. Asar xali biron tilga tarjima kilinmagan. Ko`dyozma nusxalari mavjud. Fakat Toshkentda, O`zR FA Sharkshunoslik institutida uning uch nusxasi mavjud, tartib rakamlari № 7791, 11072-73, 5732. Kitob va uning muallifi to`grisida A.O`rinboev, O.Bo`rievlar 1983 yili “Toshkent Muxammad Solix tavsifida (X1X asr)” nomli risola chop etganlar. «Tarixi Shoxruxiy» («Shoxrux (bek) tarixi») nomli asar muallifi X1X asrda o`tgan fargonalik tarixchi olim Niyoz Muxammad Xo`kandiydir. U taxminan 1803 yili Ko`konda yirik xarbiy xizmatchi oilasida to`gilgan, Xudoyorxon ko`shinida lashkarnavis, ya`ni xarbiy kotib lavozimida xizmat kilgan, 60-yillar boshlarida iste`foga chikib, ilmiy faoliyat bilan mashgul bo`lgan. Niyoz Muxammad keng ma`lumotli kishi bo`lib, «Niyoziy» taxallusi bilan she`rlar xam yozgan. Lekin, yirik tarixiy asari «Tarixi Shoxuxiy» bilan ko`prok mashxur. Bu asar Ko`kon xonligining 1709-1876 yillar orasidagi tarixi to`grisida mukammal ma`lumot berib, unda ushbu xonlikka karam bo`lgan boshka Toshkent, xozirgi Kirgiziston, Kozogistonning janubiy viloyatlari xududlarining ijtimoiy- siyosiy tarixi xam bayon etilgan. Unda Ko`kon xonligining Buxoro, Sharkiy Turkiston va boshka mamlakatlar bilan bo`lgan iktisodiy, siyosiy va madaniy alokalari xakida xam e`tiborga molik ma`lumotlar keltirilgan. «Tarixi Shoxuxiy» asarining matni N.N.Pantusov tomonidan 1885 yili Kozonda chop etilgan. Ayrim parchalari V.V.Bartol`d, N.G.Mallitskiy va V.A.Romodin tarafidan rus tiliga tarjima kilingan. Bu asar T.K.Biysembiev tarafidan chukur va atroflicha o`rganilib, 1987 yili rus tilida Olma-Otada aloxida kitob chop etildi. Ìàâçóíè ìóñòàêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàêàìëàø ó÷óí áåðèëàäèãàí ñàâîëëàð. q. Òóðêèé-óçáåê òèëèäàãè ìàíáàëàð äåãàíäà íèìàíè òóøóíàìèç? w. Òóðêèé-óçáåê òèëèäàãè ìàíáàëàð 3àéñè äàâðëàðäà ÿðàòèëäè? e. Òåìóðèéëàð äàâðèäà òóðêèé ìàíáàëàðíèíã ÿðàòèëèøèãà 3àíäàé ýúòèáîð áåðèëäè? r. «Òåìóð òóçóêëàðè» àñàðèíèíã òàðèõèé ìàíáà ñèôàòèäàãè àõàìèÿòè íèìàäà? t. Áîáóðíèíã «Âà3îéèú» àñàðè òàðèõèé ìàíáà ñèôàòèäà 3àíäàé õóñóñèÿòëàðãà ýãà? 12-mavzu. XVI-XIX asr birinchi yarmiga oid xujjatlar Reja 1. Muxim ijtimoiy-siyosiy vokealar. 2. XVI-XIX asr birinchi yarmiga oid xujjatlar. 3. O`zbekiston tarixiga oid xujjatlar. Asosiy tushunchalar: Joyboriy xojalari, amirlik, xonlik, yorlik, vasika… Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. 6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. XV asrning 80-90- yillarida kuchayib ketgan tarkoklik, xususan Toshkent, Fargona va Xisorning markaziy xukumatga itoat kilmay ko`yishi, ayrim amirlarning siyosiy nufuzi o`ta kuchayib ketishi va yosh Temuriylarning toju taxt uchun kurashlar davlatning inkirozini tezlashtirdi. 1500 yili Muxammad Shayboniyxon (1500-1510 yy.) Dashti kipchok o`zbeklariga tayangan xolda Movarounnaxr, Xorazm, Xuroson va Badaxshonni bo`ysundirib, yangi sulola – Shayboniylar davlatiga (1500-1601 yy.) asos soldi. Lekin Shayboniylar ma`lum darajada iktisodiy, ijtimoiy va madaniy soxada tarakkiyotga erishlan bo`lsalar-da, lekin ular xam maxalliy yirik er-suv egalarining ayrimachilik xarakatiga barxam bera olmadilar. Shayboniyxon xalokatidan (1510 y. 10 dekabr) so`ng uzok vakt davomida mamlakatda parokandalik va tarkoklik xukm surdi. Ubaydullaxon vafotidan (1539 y.) keyin esa Movarounnaxrda ko`sh xokimiyatchilik boshlandi: Camarkandda Abdullatif Sulton, Buxoroda Abdulaziz Sulton xon kilib ko`tarildilar (1540-1550 yy.). 1551-1556 yillari esa mamlakat toju taxt da`vogarlari Navro`z Axmadxon, Burxon Sulton, Abdullaxon soniy o`rtasida urush maydoniga aylandi. Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi va uzok davom etgan urushlardan (1557-1582 yy.) so`ng Movarounnaxrni birlashtirishga, Toshkent va Turkistonni bo`ysundirdi, 1584 yili Badaxshon bilan ko`lobni, 1588 yili Xirotni egalladi. U davlatni markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 y. 8 fevral) keyin ayirmachilik xarakat nariga o`tmadi. Uning o`gli va taxt vorisi Abdulmo`minning xukmronligi olti oydan (1598 y.fevral-iyul) nariga o`tmadi. Undan keyin xon ko`tarilgan Mirmuxammad soniy (1598-1601 yy.) esa nomigagina xon xisoblanib, aslida xokimiyat nufuzli katta er egalari ko`liga o`tib koldi. Bu vaktda kozok xonlari va sultonlarining Movarounnaxr ustiga boskinchilik yurishlari kuchaydi. Ular 1599 va 1600 yillari Toshkent, Jizzax, Samarkand va Miyonkolgacha bostirib kirib, o`trok axolini talon-taroj kildilar. Janubdan esa Eron xukmdorlari yurtimizga taxdid sola boshladilar. Mana shunday bir sharoitda movarounnaxrlik yirik er-suv egalari ruxoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jo`jixonning o`n uchinchi o`gli To`kay Temur naslidan bo`lgan Yormuxammadxonni taxtga o`tkizdilar. Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785 yy.) nomi bilan mashxur. Bu davrda mamlakatda tarkoklik yanada kuchaydi. Dashti kipchokliklar, aosan kozok xonlari va kalmoklar, Xorazm xukmdorlari Abulgozixon va Anushaxon Movarounnaxrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo`y, Buxoro va Samarkand shaxarlari va kishloklarini talon taroj kila boshladilar. Eron va Shimoliy Xindiston xukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi bekarorlik Ubaydullaxon soniy (1702- 1711 yy.) xukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus xukmdorlari, Balxdagi Maxmudbiy katagon markaziy xukuatga bo`ysunmay ko`ydilar. Samarkand va Xisor viloyatlarida yuz kabilasi, Shaxrisabz va Karshida kenagas va mangit kabilalari xonga karshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon ko`tarilgan Abulfayz (1711-1747 yy.) nomigagina xon bo`lib, xokimiyat bir gurux yirik boylar ko`liga o`tib koldi. Eron podshoxi Nodirshox (1736-1747 yy.) Movarounnaxrdagi parokandalik va bekarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga bo`ysundirdi. Shundan keyin xokimiyat asosan Nodirshox tarafdori, mangit kabilasidan chikkan nufuzli, katta er egasi Muxammad Raximbiy ko`liga o`tdi. Abulfayzxon o`ldirilganidan keyin taxtga o`tkizilgan Abdulmo`min (1747-1751 yy.) va Ubaydullaxon soniy (1751-1753 yy.) nomigagina xon bo`lib, davlatning muxim ishlarini Muxammad Raximbiy boshkargan. 1753 yilning 16 dekabrida Muxammad Raximbiy xon bo`ldi. Shu kundan boshlab Buxoro xonligida xokimiyat Mangitlar sulolasi ko`lida bo`lib, ular 1920 yilning sentryabr oyigacha ukmronlik kilgan. 1709 yili markaziy xukumatning zaifligi tufayli Fargona vodiysida Ko`kon xonligi (1709-1876 yy.) tashkil topdi. XVIII-XIX asrda yurtimiz xududida Buxoro amirligi, Xeva va Ko`kon xonligi mavjud bo`lib, Rossiya asta-sekin bu xududga sikilib kelib, o`z mustamlakasini o`rnatdi. “Majmu`ayi vasoyik” (“Vasikalar to`plami“) – Samarkand kozixonasiga tegishli va XU1 asrning oxirida tuzilgan xukukiy xujjatlar, vasikalar to`plamidir. Unda jam`i 735-ta xujjat bo`lib, xronologik jixatdan 1588-1591 yillarni o`z ichiga oladi. Ushbu xujjatlar turli ijtimoiy-iktisodiy masalalar, meros taksimlash, kasb- xunar, shogirdlik bilan boglik, savdo do`konlari, er-suv va xovli-joyni ijaraga ko`yish kabi masalalarni rasmiylashtirishga bagishlangan. Xujjatlarning yana bir muxim tomoni shundaki, ularda XU1 asrda Samarkandda amalda bo`lgan kasb-xunarlar, zargarlik, kulolchilik, rangrezlik, attorlik, kimuxgarlik, chitboflik, sangtaroshlik, shamshirlarlik, kogoz ishlab chikarish, zardo`zlik, sarrojlik, duradshorlik, kuloxgarlik, saxxoflik-mukovasozlik, xattotlik, kitobfurushlik va to`ksondan ortik kasb-xunar xakida ma`lumot mavjud. “Majmu`ayi vasoyik”ning yaxshi ko`lyozmasi xozirda O`zRFA Sharkshunoslik institutining xazinasida 1386 tartib rakami bilan saklanmokda. Xujjatlarning bir kismi rus va o`zbek tillariga tarjima kilinib, chop etilgan. Abdurauf Fitrat va V.S.Sergeev ulardan fakat 36 nafarini tanlab olib rus tiliga tarjima kilganlar va 1937 yili Toshkentda nashr etganlar. Xujjatlardan 237 tasi, ya`ni taxminan uchdan bir kismi sharkshunos olim B.Ibroximov (1908-1978 yy.) tarafidan o`rganilib, o`zbek tiliga tarjima kilingan edi. Bu ish 1982 yili B.Axmedov, O.Jalilov, M.Karimova, T.Fayziev va G.Ostonova tarafidan nashrga tayyorlandi va chop etildi. Unday ayrim namunalar kuyida keltirildi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling