Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar.
- «Asomiyi navadu du firkayi o`zbek»
- Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
- «Tazkarat ush-shuaro»
“Dili garoyib” o`zbek tilidagi geo-kosmografik xildagi, ko`p jixatdan umumlashtirma asar bo`lib, 1831-1832 yili xivalik olim Xudoyberdi ibn Ko`shmuxammad tarafidan Raxmonkuli inokning topshirigi bilan yozilgan. Muallif o`zini bir joyda So`fizoda deb ataydi. Shunga karaganda, otasi Ko`shmuxammad ibn Niyozmuxammad Xiva masjidlarining birida so`filik kilgan va Kubroviya tarikatiga mansub bo`lgan. Xudoyberdi ibn Ko`shmuxammad keng ma`lumotli, arab va fors tillarini yaxshi bilgan kishi bo`lib, asosan tarjimonlik bilan shugullangan. U asosan tarixiy va geografik asarlarni o`zbek tiliga tarjima kilish bilan shugullangan. Masalan, u Shermuxammad Munisning topshirigi bilan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarini 1823-1826 yillari forschadan o`zbek tiliga kiskartirib tarjima kilgan. “Dili garoyib” umumlashtirma asar, ya`ni Maxmud ibn Valining “Baxr ul-asror” va mavlono Muxammad Toxirning “Ajoyib ut-tabokot” asarlariga taklid kilib yozilgan va unda anik ma`lumotlar kam uchraydi. Undagi Xorazm va uning shaxarlari xakidagi ma`lumotlar kimmatlidir. Misol tarikasida ba`zilarini keltiramiz; Xorazm mamlakati. U katta mamlakat. Bir tarafdan Sayxun daryosi bilan, ikkinchi tarafdan xozirgi paytda Bakirton nomi bilan mashxur bo`lgan Ok ko`rgon bilan, uchinchi tarafdan cho`l bilan va to`rtinchi tarafdan bir xamonlar Faridun tarafidan kazdirilgan naxrning shimoliy tarafida joylashgan O`nguz otli manzil bilan tutash. Xorazmning yana bir tarafida Saroy sulton joylashgan. Bu xadlar orasida katta-kichik kal`alar va kentlar joydashgan. Xorazmning janubiy tarafida Kizilkum bo`lib, unda saksovul o`sadi. Kadimda Xorazmning o`n to`rt darvozali shaxarlari ko`p bo`lgan. Shulardan biri Jurjoniya, ikkinchisi Utganch bo`lgan. Jurjoniya. Jurjoniyaga suv Sirdaryodan olib kelingan. Bu shaxarning joylashgan o`rnini kuyidagicha belgilaganlar. Uning kunchikish tarafida Baglon va shimol tarafida Okcha dengizi, kunbotishida Gurlan, janub tarafida Kot joylashgan. Ularning (Gurganjning) xarobalikka yuz tutishi, aytishlaricha, suv bo`lmay kolishi sabadan bo`lgan. Sirdaryodan kelib turgan suv ziroatiga etmay kolgan. Shu sababli uch kirni oshib naxr kazdirib Amudaryoning suvini burib olib kelganlar. Amu Gurganjni suv bilan ta`minlab, Unkuzning janubidan Urganjga karab okar va janub bo`ylab okishni davom ettirib va janubiy-sharkiy tarafdan Abulxon toglarni aylanib o`tib, O`girchagacha etgan va so`ng Mozandaron dengiziga borib kuyilgan. Jurjoniyaning tevarak-atrofi maxkam kilib mustaxkamlangan joylar, ekinzorlar va boglar bo`lgan. Vakt o`tishi bilan Jurjoniya kal`si suv ostida koldi va shaxar xarobalikka yuz tutdi. Aytishlaricha, undan fakat bitta minora kolgan, keyincha uni Boynazar so`fi ismlik bir avliyo buzdirib tashlatib, o`rniga masjid kurdirgan. Bu masjid xozir xam o`z o`rnida turibdi. Yazir alayxissalom va Yumalok avliyo kabrio`sha erda. Saksondan oshgan va bularning xammasini ko`rgan yoki (kimdandir) eshitgan keksalarning so`zlariga karaganda, minorani buzayotganlarida unda bir yozuvga ko`zlari tushgan. Yozuvdan ma`lum bo`lishicha, mazkur minora shu joydagi jum`a masjidining kichik minorasi bo`lgan, tevarak-atrofdagi odamlarni namozga chorlovchi minoraning balandligi 100 karidan kam bo`lmagan. Bu erda “Kur`on” tilovat kiluvchi kori, imom, muazzin (so`fi) va farroshning maoshi xar biriga 300 okchadan belgilangan. Masjid yonida madrasa, bozor va karvonsaroy xam bo`lib, ularning barchasi suv ostida kolgan. Xorazmning yana bir shaxri Gurganj bo`lib, Chingizxon tarafidan vayron etilgan. Ushbu zolim kelganga kadar uning 12 jum`a masjidi bo`lib, ...ularning xar biri uch tanobdan maydonni egallagan edi. Uning tevaragida daraxtlar ichida cho`mgan (obod) namozgoxlar bo`lib, ularning xar biriga (namoz kunlari) uch-to`rt lak xalk to`planar edi. Ularning xar birida 1000 dan olam xizmat kilgan. Shaxar axolisining katta kismini Ya`kub paygambarning ...avlodlari tashkil kiladi. Uning o`gli Shamunning mukaddas mozori xozirda Xoja eli (Xojaydi) deb atalmish Mizdaxkandadir. Shu kunlarda Urganch vayronagarchilikka yuz tutgan, jabr etgan shayx Najmiddin Kubro va Xoja Ali Azizon janoblarining makbaralari Gurganchdadir. Xorazmning yana bir shaxari Ramldir. Unga (kadimgi Eron podshoxlaridan) Som ibn Narimon asos solgan...Uni otasining kemasiga o`xshatib kurdirgan. Xozirda Xivak nomi bilan ma`lum. Aytishlaricha, bu so`zda (“Raml” so`zida Paxlavon Maxmud xazratlari vafot etgan yili tarixi yashiringan. Shu bois bu tarixni shaxarga nom bo`lib kolgan...Va yana aytadilarki, Xivak ko`p bor vayron kilingan va kayta tiklangan. U a`lo xazratlari xonning (Alloxkuli`onning) otasi (Allox tarafidan magfirat kilingan Abulgozi Muxammad Raximxon va uning ogasi marxum Kutlug Murod inok tarafidan obod kilingan. Ularning sa`y-xarakati bilan shaxarda oliy madrasa bino kilingan. Bunga nomi yukorida zikr etilgan inokning katta xizmatkorlaridan biri Sher devonbegi va vaziri a`zam Muxammad Rizo devonbegilarning xissalari katta bo`lgan. Jannatmakon xonning amri bilan yana bir karvonsaroy, tim va ularning o`rtasida (yana bir) katta madrasa kurildi. (Xivak) kal`asida sayyid Alouddin Xivakiy va uch yuz mashxur shayx dafn etilgan. Shaxar tashkarisida shayx Abulvafo Xorazmiy janobalri, yonida esa mingdan lrtik avliyolar dafn etilgan. Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar. 1. Geografik asarlar deganda nimani tushunasizW 2. Qanday geografik asarlarni bilasizW 3. Kosmografik asarlar deganda nimani tushunasizW 4. Qanday kosmografik asarlarni bilasizW 5. Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar qanday xususiyatlarga egaW 6. Geografiyaga oid asarlarda qanday tarixiy ma`lumotlar uchraydiW 14-mavzu. O`zbek xalkining shakllanishiga oid manbalar. Reja. 1. O`zbek xalkini shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari. 2. Manbalar tavsifi. Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. O`zbek xalkining shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari O`zbek xalkining shakllanish masalasi yaxshi o`rganilmagan, echimini topmagan ilmiy muammolardan biri. Masalani bir manba bilan, bir tadkikotchi, u garcha fan mirishkori bo`lganda xam, echib berolmaydi. Buning uchun uzok o`tmishdan kolgan va turli tillarda, kadimgi eron, yunon, rim, xitoy, arab, fors va turkiy tillarda yozilgan ko`lyozma va toshga, yogochga, sopolga va boshka buyumlarga bitilgan yozuvlarni o`kiy oladigan mutaxassis – manbashunos, arxeolog, etnograf va antropolog olim, adabiyotshunos (folklorshunos), tilshunos va geograf olimlar birgalashib, bir ilmiy jamoa bo`lib ishlashlari zarur bo`ladi. Afsuski, bizga shunday xamkorlik etishmay turibdi. Lekin bu ishni o`zbek olimlari echib berishlari kerak. Paysalga solmay yakin uch-to`rt yil ichida! Vaxolanki, muxtaram Prezidentimiz I.A.Karimov juda to`gri aytganlaridek, «Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, naslu nasabini, o`zi tugilib voyaga etgan kishlok, shaxar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi». Demak, bu – xalk talabi, Vatan talabi. O`zbeklarning xalk bo`lib shakllanishiga oid biron aloxida manba yo`k. Bu masalaga oid ma`lumotlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalk ogzaki adabiyotiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan bittalab terib olish kerak bo`ladi. Ularni Tabariy va arab geografiya olimlarining asarlarida, Nizomullin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida, Juvayniy va Rashiduddinning yukorida tilga olib o`tilgan asarlarida, «Nusratnoma» va «Abdullanoma»da va X-XVI asrda yozilgan barcha asarlarda uchratish mumkin. XV asr oxiri va XVI asr boshida ikki azim daryo-Amudaryo bilan Sirdaryo oraligida joylashgan ko`xna mamlakatimizga ko`shni Dashti kipchokdan 20 dan ortik kavm; ko`ngirot, nayman, ming, do`rmon va boshka kavmlar ko`chib kelib, maxalliy turkiyzabon xalk tarkibiga ko`shildilar. «Tarixi Abulxayrxoniy», «Abdullanoma» va «Maktuboti Allomiy» (XVI asr) kitoblarida keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, o`zbek xalki tarkibiga kirgan kavmlar soni 92 tag etgan. Bu xakda ma`lumot beruvchi uchta-to`rtta asarni misol tarikasida tilga olib o`tamiz. «Tarixi Abulxayrxoniy» asarida Bagdod xalifaligining sharkiy kismida joylashgan mamlakatlar va Movarounnaxrning kadim zamonlardan to XV asrning 60- yillarigacha kechgan tarixini kiskacha bayon etadi. Kitobning so`nggi kismi, ya`ni Dashti kipchokda Abulxayrxon bosh bo`lgan kismi noyob xisoblanadi. «Tarixi Abulxayrxoniy» Shayboniy Abdullatif Sulton (Samarkand xoni, 1540- 1551 yy.) xukmronligining boshlarida Shayboniy Ko`chkunchixon (1510-1530 yy.)ning sobik kotibi Mas`ud ibn Usmon Kuxistoniy tarafidan yozilgan. Asarda Abulxayrxon davlatiga asos solgan va XVI asr boshida Shayboniyxon bilan birga Movarounnaxrga ko`chib o`tgan burkut, do`rmon, iyjon, kenegas, kiyot, ko`ngirot,kushchi, kurlovut, masit, tuboyi, uyshin, koonboyli, kudagay, mangit, muluj, nayman, uygur, chimboy, korlik, yonkojar, nukuz, timat, tuman-ming, o`tarchi kavmlari xakida ma`lumotlarni uchratamiz. «Nasabnomayi o`zbek» bor-yo`gi ikki varakdan iborat kichik bir asar. Unda 92 o`zbek kavmining ro`yxati keltiriladi. Ular kuydagilar; ming, yuz, kirk, o`zbek, o`n kajot, jaloir, saroy, ko`ngirot, olchin, argin, nayman, kipchok, chakmok, azak, kalmok, torlik, tudak, burlok, samarchik, kibcha, kelachi, kinakash, buyrak, urot, kiyot, xitoy, tunidi, o`zjulachi, koychi, o`taji, bo`lotchi, juyut, job, chilchut, buymaut, orlot, kerait, ungut, tangut, manbit, chilchuvit, mesit, markit, burkut, kurlas, o`kalan, kori, arab, ilochi, juburgan, tishlik, keray, turkman, do`rmon, tobin, tama, ramadan, ko`ytan, uyshin, badiyi, xofiz, kirgiz, mojor, ko`chalik, savron, baxrin, uyris, jubrot, biday, tatar, tabash, michkor, suldus, tuboyi, tilov, kirdor, baktiya, karkin, shirin, o`glon, kurlat(kurlavut), baglon, chinboy, chexilkas, uygur, agar, yobu, targil, turkan, koxat. «Asomiyi navadu du firkayi o`zbek» («To`kson ikki o`zbek firkasining nomlari» to`rt nafar mustakil asar «Majma` al-garoyib», «Solnomayi xoja Abdulxakim Termiziy», «Tarixchayi Somiy» va nomi anik bo`lmagan geo- nosmografik asar bilan bir mukovada, O`zR VA Sharkshunoslik instituti fondidagi 1330 rakamli kitob tarkibida mavjud. Unda Chingizxondan to Ashtarxoniy Abulfayzxon (1711-1747 yy.) davrigacha kechgan vlkealar kiskacha bayon etiladi. «Solnomayi Abulxakim Termiziy»dan keyin «Asomiyi navadu du firkayi o`zbek» asari boshlanadi va o`zbek xalki tarkibiga kirgan 92 kavmning nomi keltiriladi. Ular kuyidagilardir; ming, yuz, kirk, o`ng, unkajot, jaloir, saroy, xitoy, kipchok, nayman, chakmok, urmok, tudak, bo`ston, samarchik, kalmok, korlik, katagon, orlot, argin, barlos, bo`ytay, kenagas, kelachi, buyrak, uyrot, kiyot, ko`ngurot, kongli, o`z, julovchi, jusulovchi, kaji (xoji), o`tarchi, kirlovchi, juyut (jiyut), jid, chulchut (chulchut), buyozit (bayozit), uymovut, keray, baglon, longit, tangut, mangit, marki, burkut, modi kiyot, o`kalan, olchin, kori, garib, shibirgon, kishlik, turkman, do`rmon, tabai, tam, tobin, ramadan, miton, uyshun, bo`sa, xaft, kirgiz, tatar, bochkir, suldus, kelovchi, dujor, jurot, badayi, o`glon, kuryuvut, chimboy, mexdi, chilkas, uygur, farkon, nukus, kora tushlub, yobu, torgil, ko`xat, shuran, shirin, tama, baxrin, keray, taxtiyon, mugol, koyon. XVII asrda o`tgan shoir Turdi Farogiy xam o`zbeklar o`sha davrda 92 kavmdan iborat ekanligini aytadi. Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar. 1. Markaziy Osieda yashagan xalqlar tug`risida nimani bilasizW 2. Uzbek atamasining mazmunini aytib beringW 3. Uzbek xalqi tarkibiga kirgan urug` va qavimlarW 4. Uzbek xalqi shakllanishiga oid qaysi manbalarni bilasizW 5. Uzbek xalqi deganda nimani tushunasizW 15-mavzu. Biografik asarlar. Reja: 1. Biografik asarlar xususiyatlari. 2. Biografik asarlar tavsifi. 3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 4. Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. 6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennie pamyatniki).-T.“Fan”, 1985. Biografik asarlar xususiyatlari. O`zbekiston tarixi va umuman tarix ilmini o`rganishda biografik asarlar, tazkiralar, mnokiblar va memuar asarlarning axamiyati nixoyatda kattadir. Ba`zan maxsus tarixiy asarlarda uchramaydigan ma`lumotlar bioshgafik va memuar asarlarda uchraydi. Bu asarlar ma`lum darajada davr ijtimoiy- siyosiy xayotini o`rganishda muxim axamiyat kasb etadi. Shulardan ba`zilarisha, misol tarikasida to`xtalib o`tamiz. «Tazkarat ush-shuaro» XV asrning ko`zga ko`ringan adabiyotshunos olimi Davlatshox Samarkandiyning asaridir. Muallifning to`lik ismi sharifi Davlatshox ibn Alouddavla Baxtishox al-Goziy as-Samarkandiy. O`z asarida keltirilgan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, u yirik xarbiy xizmatchi va davlat arbobi oilasidan chikkan. Otasi amir Baxtishox Shoxrux sultonning yakin kishilari va e`tiborli xizmatkorlari jumlasidan bo`lib, uning ko`pgina xarbiy yurishlarida katnashgan va toju taxt soxibiga sadokat bilan xizmat kilib, janglarda kaxramonlik namunalarini ko`rsatgan. Uning «al-Goziy» deb atalishi xam shundandir. Davlatshoxning tugilgan vakti ma`lum emas. Lekin buni boshka dalil va ma`lumotlarga tayanib, taxminan aniklasa bo`ladi. Davlatshoxning o`zi mazkur asarini 50 yoshga kirganda yoza boshlaganini aytadi. Biz bu asarni 1487 yili yozib tamomlanganligini bilamiz. Bu katta va muxim asarni yozish uchun kamida ikki-uch yil vakt sarflangan, albatta. Shunday taxmin kilinganda, Davlatshox 1435-1436 yillari tavallud topgan bo`lib chikadi. Davlatshox Samarkandiy yoshligida durustgina taxsil ko`rdi, o`sha davrning eng ko`zga ko`ringan olimlaridan, masalan, fakix va shoir xoja Fazlullox Abulaysiydan xam ta`lim olgan. Lekin 1480 yillarga kadar ilmiy yoki adabiy faroiyat bilan shugullanmagan, balki saroy xizmati va xarbiy yurishlarga jalb kilingan. Shoxrux Mirzo va Sulton Xusayn mirzoning ko`pgina xarbiy .rishlarida ishtirok etgan. U so`nggi marta Sulton Xusayn bilan Temuriy Sulton Maxmud mirzo (Abu Saidning ikkinchi o`gli, Xisori shodmon va Badaxshon xokimi) o`rtasida Chamonsaroyda (Afgonistonning Andxuy viloyatida joylashgan manzil) bo`lgan urushda ishtirok etgan. Bu urush Xondamirning ma`lumotlariga karaganda, 1471 yilda sodir bo`lgan. Davlatshox Samarkandiy 60 yilga yakin umr ko`rib, 1495 yili vafot etgan. Davlatshox Samarkandiy o`zining «Tazkirat ush-shuaro» asarini yozishda juda ko`p manbalardan, o`zidan avval yozilgan tazkiralardan, masalan Abu Toxir Xotuniyning «Manokib ush-shuaro», Avfiyning «Lubob ul-albob» kitoblaridan, ko`pgina tarixiy va geografik asarlardan, xususan, Istaxriyning «Kitob masolik ul-mamolik», Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Abulfazl Bayxakiyning «Tarixi Oli Sabuktakin» va boshkalardan, shuningdek, tazkirada nomlari kayd etilgan shoir va adiblarning asarlaridan keng foydalangan. «Tazkirat ush-shuaro» asarida VII-XV asrlarda Eron va O`zbekistonda yashab ijod etgan 155 shoir xakida kiskacha, lekin nixoyatda kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. U mukaddima, xotima va etti kism (tabaka)dan iborat. Mukaddimada asarning yozilish sabablari, VII-X asrning birinchi yarmida o`tgan arabiynavis shoirlardan 10 nafari xakida ma`lumot berilgan. Birinchi va ikkinchi kism X-XI asrda Eron va asosan O`zbekistonda yashab, ijod etgan 40 yirik shoirning kiskacha tarjimai xoli va ijodiga bagishlangan. Uchinchi-beshinchi tabakalarda Xorazmshoxlar – Anushteginiylar (1077-1231 yy.), Elxoniylar (1256-1353 yy.) va Muzaffariylar (1314-1393 yy.) zamonida o`tgan 54 shoir xakida ma`lumotlar keltirilgan. So`nggi ikki tabakada Amir Temur va Temuriylar zamonida o`tgan 41 shoir xakida ma`lumotlar keltirilgan. Xotimada XV asrning ikkinchi yarmida o`tgan va tazkira muallifi bilan zamondosh bo`lgan yirik goir va adiblar, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, shayx Axmad Suxayliy, xoja Afzaluddin Maxmud Kirmoniy, xoja Shixobuddin Abdulla Marvaroid xamda xoja Asafiy xakida xikoya kilinadi. Tazkirada tilga olinganlar orasida Abu Abdulla Rudakiy (taxm.860-941 yy.), fors tilidagi «Kavsnoma» nomli lugat muallifi Katron ibn Mansur (taxm.1010-1073 yy.), xorazmlik mashxur shoir va adabiyotshunos, she`riyat ilmiga oid «Xadoyik as-sexr» («Sexr boglari») nomli kitobi bilan dong chikargan Rashiduddin Votvot (taxm.1087- 1182 yy.), asli shaxrisabzlik bo`lib, Xindistonda kun kechirgan va boy ijodi bilan dong taratgan buyuk shoir, olim va musikashunos Xusrav Dexlaviy (1253-1325 yy.), yirik tarixchi Sharayuddin Ali Yazdiy, shoir va kissaxon Orif Ozariy va boshkalar bor. «Muzakkiri axbob» («Axboblar (ya`ni do`stlar) zikrida» nomli tazkira muallifi xoja Baxouddin Xasan Nisoriy (vafoti 1596-1597 yy.), XVI asrda o`tgan yirik shoir va olimdir. U asli buxorolik, mashxur shoir Podshoxxoja (1450-vafot etgan yili noma`lum) oilasiga mansub. Xoja Baxouddin Xasan shoirlik bilan bir katorda, tibbiyot, tafsir, xandasa, falakiyot, musika va xattotlikni eshallangan. So`gd xokimi bo`lib turgan Shayboniy Rustam Sultonning sadri bo`lib xizmat kilgan, 1526 yildan keyin Balxda Kamoluddin ko`nok madrasasida xandasadan dars bergan. Xoja Baxouddin Xasan o`zining «Muzakkiri axbob» nomli asari (1566-1567 yilda yozilgan) bilan shuxrat topgan. Asar Juyboriy xojalardan xoja Muxammad Islom (1493-1563 yy.)ga bagishlangan va XVI asrning birinchi yarmida Buxoroda o`tgan 261 turkiyzabon shoirlar xakida kiskacha ma`lumot keltirgan. «Muzakkiri axbob» kiska so`zboshi, mukaddima, to`rt bob va xotimadan iborat. So`z boshida mazkur asar muallifi oldiga ko`yilgan vazifa, uning mazmuni xakida ma`lumotlar keltiriladi. Unda aytilishicha, olim o`z asarini Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasining davomi sifatida yozgan. Mukaddima kismida she`riyatda kalam tebratgan Shayboniy sultonlar; Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullatif Sulton, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Sulton Sa`id Sulton, Juvonmard Alixon, Do`stmuxammad Sulton, Abulgozi Sulton va Boburiylardan Xumoyun, Akbar, Komron Mirzo, Mirzo Askariy, Xindol, Xon Mirzalar xakida kiskacha ma`lumot va she`rlaridan namunalar keltirilgan. Asarda Shayyuoniyxonning 1487-1488 yillari Buxoroda kechgan xayoti xakida keltirilgan ma`lumotlar benixoyat kimmatlidir. Aytilishicha, Shayboniyxon Buxoroga Temuriyzoda Sulton Axmad Mirzo (1469-1494 yy.) va Buxoro xokimi amir Abduali tarxonning taklifi bilan kelgan. Shayboniyxon bir yil ichida Buxoroning Omonkent kishlogida istikomat kilgan va xoja Baxouddin Nakshbandning nabirasi xoja MirMuxammad Nakshband o`sha vaktda bobosining Kasri orifondagi mozorida mutavalliy bo`lib xizmat kilar edi. Shayboniyxon undan nakshbandiylik ta`limotini o`rgandi. Piri Shayboniyxonga yakin orada ulug martabaga erishishini karomat kilgan. Tazkiranavis, «ko`p vakt o`tmay, 12 yildan keyin, Shayboniyxon Turkistondan to Domgongacha cho`zilgan katta mamlakatga ega bo`ldi», degan. Undan tashkari, mukaddimada shayboniyzodalardan Rustam Sulton, Abdulazizxon va Juvonmard Alixonlarning shaxsiy xayoti xakida xam kimmatli ma`lumotlar kedtiriladi. Asarning birinchi bobida muallif o`zi shaxsan tanish bo`lmagan, tazkira tuzilmasdan ancha ilgari olamdan o`tgan, buxorolik 84 shoirning xayoti va ijodidan namunalar keltiriladi. Ikkinchi bobda muallif bilgan, lekin tazkira yozilmasdan sal ilgari xayotdan ko`z yumgan 64 buxorolik shoir xakida ma`lumot keltiriladi. Uchinchi bob tazkira yozidayotganda xayot bo`lgan 59 buxorolik shoir ijodiga bagishlanadi. Va nixoyat,to`rtinchi bobda muallif bilan zamondosh, lekin u bilan tanish bo`lmagan 44 nafar movarounnaxrlik shoir ijodidan namunalar keltirilgan. Xotimada muallif o`zining ota-bobolari xakida, xususan ulug bobosi Abdulvaxxobxoja, otasi Podshoxxoja va birmuncha vakt Shayboniy Rustamxonning xizmatida shayxulislom lavozimida bo`lgan inisi Abdussamadxoja xakida, shuningdek, ruboiynavis shoir Shoxxoja xakida zarur ma`lumotlar keltirgan. Tazkirada, shoirlikni o`ziga kasb-xunar kilib olgan shoirlar bilan bir katorda, boshka kasb-xunar egalari, masalan, savdo-sotik, tabiblik, xattotlik, rassomlik, me`morlik va boshka xunarmand shoirlar ijodidan xam namunalar keltirilgan. Ularning orasida olimlar xam bo`lgan. Masalan, mashxur shoir Muxammad Solixning o`gli Mirzo Ulugbek xakida bunday ma`lumot keltirilgan; u XVI asrning boshlarida Niso viloyatining xokimi bo`lgan. Xasan Nisoriyning otasi Darun xokimi Podshoxxoja bilan do`st bo`lgan. Ular tez-tez bir-birlarini ziyorat kilib turganlar va shoirlarning majlislarini uyushtirib turganlar. Ushbu asarda Shayboniy xukmdorlardan Ubaydullaxon zamonida Buxoro va Samarkandda bunyod etilgan masjid, madrasa va xonakoxlardan tashkari, ko`priklar, suv inshootlari va kutubxonalari xakida xam ma`lumotlar uchratamiz. Buxoroyi sharifda kurilgan Mir Arab madrasasi, Piri Marza kishlogida kurilgan chorbog, mextar Kosim tarafidan Ko`xak daryosi ustiga kurilgang ko`prik, Abdulazizxon tarafidan Buxoro shaxrida bunyod etilgan kutubxona shular jumlasidandir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling