Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
«Ravzat ur-rizvon va xadikat ul-gilmon»
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy»
- «Nasimat ul-kuds min xadoyik al-uns»
- «Matlab ut-tolibin»
«Ravzat ur-rizvon va xadikat ul-gilmon» («Jannat bogi va changalzor maxramlari») asari Badriddin Kashmiriy kalamiga mansub bo`lib, unda XVI-XVII asrlarda O`zbekistonda va ko`shni mamlakatlar, Xuroson, Shimoliy Xindiston va Koshgarning ijtimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega bo`lgan Juybor xojalari, xususan xoja Muxammad Islom (1493-1563 yy.), xoja Sa`d (1531/32- 1589 yy.) va xoja Tojiddin Xasan (1574-1646 yy.)larning xayoti va faoliyati xakida xikoya kilinadi. Kitob XVII asrning birinchi yarmida yozib tamomlangan. Asar muallifining to`la nomi Badruddin ibn Abdussalom ibn sayyid Ibroxim al- Xusayniy al-Kashmiriydir. Asar mukaddimasida o`zi keltirgan ma`lumotlarga karaganda, asli kashmirlik bo`lib, 1554 yili Buxoroyi sharifga ko`chib kelgan va xoja Muxammad Islomning shaxsiy kotibi sifatida xizmatiga kirgan. Uning vafotidan keyin o`gillari xoja Sa`d va xoja Tojiddin Xasanlarning xizmatida (uning faoliyatining boshida) bo`lgan. Asar mazmuni, uslubi va unda turli mavzu bo`yicha to`plangan ma`oumotlardan ko`rinishicha, Badriddin Kashmiriy keng ma`lumotli, tarix, she`riyat, insho ilmlarini chukur egallagan kishi bo`lgan. U «Ravzat ar-rizvon»dan boshka «Sham`i dilafro`z» («Dilni ravshan kiluvchi chirog», 1568/69 yili yozilgan), “Me`roj ul-komilin” (“Komil kishilarning me`rojga ko`tarilishi”, 1573/74 yili yozib tamomlangan), “Ravzat ul-jamol” (“Go`zal bog”, 1575/76 y. yozib tamomlangan), “Baxr ul-avzon” (“Vaznlar o`lchovi”, 1583 y.) va “Rasulnoma” (1593 y.) kabi nazmiy va nasriy asarlar yozib koldirgan. So`nggi asarining to`rtinchi kismi “Zafarnoma” she`riy doston bo`lib, unda Shayboniy Abdullaxon soniyning tarixi bayon kilingan. “Ravzat ur-rizvon” – katta 552 varakdan iborat asar bo`lib, mukaddima, xotima va etti bobdan tashkil topgan. Mukaddimada xoja Muxammad Islomning avlod-ajdodi, xazrat eshonning xulk- atvori, xorik odatlari va olijanob fazilatlari xakida ma`lumotlar keltiriladi, Badriddin Kashmiriyning Buxoroga ko`chib kelish sabablari, mazkur asarning to`rt yil ichida yozib tamomlanganligi va buning evaziga xazrat eshondan 2.500 Abdullaxoniy kumush tanga va boshka in`omlar olgani xakida gap boradi. Birinchi bobda Movarounnaxrning XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy- siyosiy xayoti, 1556 yili Buxoroning Abdullaxon soniy tarafidan ishgol etilishi, Abdullaxonning galabalari va bunda xoja Muxammad Islomning ishtiroki va o`rni xakida kimmatli, ko`p o`rinlarda tarixiy asarlarda uchratish kiyin bo`lgan ma`lumotlar mavjud. Asarning ikkinchi bobi o`ta kimmatli. Unda Shayboniy sultonlar – Muxammad Amin sulton, Dinmuxammad sulton, Xisrav sulton, Abdukuddus sultonlarning xoja Muxammad Islom va xoja Sa`d nomiga yo`llagan arznomalari va Buxoro, Samarkand, Marv va Badaxshon shoirlari Mushfikiy, Maxramiy, Shuuriy, Vosifiy, Sabriy va boshkalarning xazrat eshon – xoja Muxammad Islom va xoja Sa`dlar sharafiga bitgan she`rlaridan namunalar keltirilgan. Bu erda keltirilgan arznomalar, shuningdek xon va sultonlarning farmonlari asosan uch masala; 1) Buxoro xonligining XVI asrdagi ichki axvoli, ya`ni markaziy xukumat bilan ulus, viloyat, o`lka xokimlari o`rtasidagi munosabat, 2)xonliklarning ijtimoiy-iktisodiy axvoli, 3) Buxoro xonligi bilan Eron, Shimoliy Xindiston va Koshgar o`rtasidagi munosabatlari masalasiga to`xtalingan. Arznomalar va she`rlar O`zbekistonning XVI asrdagi ijtimoiy-iktisodiy xayoti va madaniyatini o`rganishda katta axamiyatga ega. Asarning uchinchi va to`rtinchi boblarida xoja Muxammad Islomning XVI asr 60-yillari boshidagi xayoti va faoliyati bilan boglik ma`lumotlar keltiriladi, shuningdek, Juybor xojalarining mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy xayotidagi ishlari xakidagi ma`lumotlar o`rin olgan. Bu ma`lumotlarning ko`pchiligi xatto shu masalalarni maxsus o`rgangan tadkikotchilarga xam ma`lum bo`lmasa kerak. “Ravzat ur-rizvon”ning beshinchi bobi xam yozishmalarga bagishlangan. Bu bobda Abdullaxonning xoja Muxammad Islom va xoja Sa`dga yo`llagan 100 dan ortik maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olimlar va viloyat xokimlari, shuningdek, Xindiston, Eron va Koshgar xukmdorlarining Juybor xojalariga yo`llagan maktublarining nusxalari keltirilgan. Bular orasida xazrat xojalarga in`om etilgan mulklar, xazrat eshonning erlarini obod kilish yumushiga axolini majburiy safarbar kilish va dexkonlarni erga biriktirish xakidagi farmonlarning nusxalari keltirilgan. Juyboriy xojalarga sher, kasidalar, masnaviylar, ta`rixlar bagishlagan shoirlar Mexriy Buxoriy, Raximiy Samarkandiy, Masixo, Foniy, Xofiz Xusayn, Mexriy, Xofiz Ibroxim va boshkalarga asarning oltinchi bobi bagishlangan. Tarixda Abdullaxon va Juyboriy shayxlar kurdirgan binolar xakida muxim dalil va ma`lumotlar keltirilgan. Asarning so`nggi, ettinchi bobida Buxoro xonligining xoja Sa`d va Abdullaxon davridagi ijtimoiy-siyosiy axvoli xakida muxim, dikkat e`tiborga sazovor ma`lumotlar keltiriladi. “Ravzat ur-rizvon”ning yaxshi va yagona ko`lyozmasi O`zR FA Sharkshunoslik insititutining xazinasida 2094 rakami ostida saklanmokda. Asar xali biron xorijiy tilgan tarjima kilinmagan. Uning to`grisida B.Axmedov va I.Saidaxmedov makolalari e`lon kilingan. «Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy» («Maxdumi A`zam Kosoniy makomotlari majmu`i») asari Nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri xoja Axmad ibn Mavlono Jaloliddin Kosoniy (1461/62-1542 yy.)ning xayoti va faoliyatiga bagishlangan. Maxdumi A`zam Kosoniy yirik tarikat etakchisi bo`lishi bilan bir katorda, sermaxsul olim edi. U axlok, siyosat va iloxiyotga oid «Tanbex us-salotin» («Sultonlarga nasixat»), «Asror ul-nikox» («Nikox sirlari»), «Rsolayi samo`iya» («Darveshlar uchun ixtiro etilgan musikalar»), «Risolayi vujudiya» («Chin xakikat xakida risola»), «Odob us-solikin» («Darveshlar odobi xakida»), «Odob us-siddikin» («Sodik kishilar odobi»), «Ganjnoma», «Risolayi bako`iya» («Ko`z yoshi to`kib tavba kilish xakida risola»), «Nasixat ul-solikin» («So`fiylik yo`lidan boruvchilar uchun nasixat»), «Risolayi zikr» («Zikr xakida risola»), «Risolayi bayoni silsila» («Nakshbandiya tarikati boshliklari silsilasi»), «Risolayi chaxor kalima» («Abduxolik Gijduvoniy aytgan to`rt kalima xakida risola»), «Risolayi botixiya» («O`zini narigi dunyodagi xayotga xozirlash xakida risola»), «Mir`ot us-safo» («Poklik ko`zgusi»), «Zubdat us-solikin va tanbex us-salotin» («So`fiylik yo`lidan boruvchilar uchun zubda va sultonlar uchun tanbex»), «Risolayi Boburiya» kabi 30ga yakin asar yozib koldirganlar. Maxdumi A`zam Kosoniyning ilmiy me`rosi ya`shi o`rganilmagan. Bu ulug zotning xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Jomi` ul-makomot» asarini olimning nabirasi xoja Abulbako ibn Baxouddin yozgan. Asar Maxdumi A`zam Kosoniyning yakin xalifalaridan Ali Axsikatiy, mavlono Do`st saxxof, mavlono Boboyi xujrador, Xofiz Ibroxim va boshkalarning bergan ma`lumotlar«Jomi` ul- makomotiga asoslanib yozilgan. Asarda keltirilgan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, xoja Abulbako keng ma`lumotli va o`ziga to`k odam bo`lib, savdo-sotik bilan xam mashgul bo`lgan. Uning karvonlari Movarounnaxr bilan Balx, Xindiston va Koshgar o`rtasida katnab turgan. O`zi Shayboniy Abdulazizxon (1540-1549 yy.)ning ko`lida mas`ul, xukmgar lavozimida turgan. Keyincha Fargona xukmdori Muxammadshox nomidan Kozok sultoni xuzuriga elchi bo`lib borgan, so`ng 1556 yili, Abdullaxon soniy Buxoroni kamal kilib turganida Buxoro xokimi Burxon sulton va nomi yukorida zikr etilgan, xoja Muxammad Islomning iltimoisi bilan uning o`rdasiga elchi bo`lib borgan va sulx tuzish xususida xon bilan muzokara olib borgan. «Jomi` ul-makomot» kiskacha an`anaviy so`z boshi, xotima va uch bobdan iborat. Birinchi bobda Maxdumi A`zam Kosoniyning Muxammad paygambarga ulangan shajarasi va ulug bobolari xakida kiskacha ma`lumot keltirilgan. Ikkinchi va uchinchi boblar to`ligicha Maxdumi A`zam Kosoniyning xayoti, faoliyati va karomatlari xakida xikoya kiladi. Xotimada xazrat eshonning xayoti oxiri va uning 1542 yil 7 may kuni yuz bergan vafoti tafsiloti bayon etilgan. Asarda kuyidagi tarixiy ma`lumotlar o`rin olgan. XVI asrning birinchi yarmi Shayboniy sultonlarning o`z uluslarida xukmronligini to`la o`rnatish yo`lida olib borgan kurashlari, masalan, Ko`chkinchixon, Jonibek sulton, Do`stmuxammad sulton va Kepak sultonlarning Fargona ustiga yurishi, Toshkent xokimi Navro`z Axmad- Barokxonning, Samarkand xokimi Abdullatif sulton bilan birgalikda Buxoro ustiga kilgan yurishi, Suyunchxojaxonning Toshkentga yurishi va Toshkentning kamal kilinishi, Suyunchxojaxon bilan Koshgar xoni Sulton Saidxon o`rtasida Toshkent uchun bo`lgan kurash, yukorida nomi tilga olingan Sulton Saidxonning Axsi, Andijon va Koson ustiga kilgan xuruji, Suyunchxojaxon, Ko`chkinchixon va Ubaydullaxonning Kogar xoni Sulton Saidxon bilan olib borgan urushi va Sulton Saidzonning Koshgardan kochib ketishi, Toshkent va Karshi Kosonda XVI asrning 40-yillarida bo`lib o`tgan xalk ko`zgolonlari xakida ma`lumotlarni bu kitobda uchratamiz. Kitobdagi ijtimoiy-iktisodiy xayot xakida xam muxim ma`lumotlar mavjud. Unda Ko`xak daryosining ba`zi yillari to`lib-toshib okishi, ayrim yillarda satxi pasayishi, yoki o`zanining o`zgarishi okibatida kurgokchilik sodir bo`lishi va uning tevarak-atrofidagi kishloklarga suv chikmay kolib, axolining iktisodiy kiyinchiliklar iskanjasida kolishi, kurgokchilik yillari Movarounnaxrning ayrim xududlarini chigirtka va kora kuzgun bosib ketganligi, shuningbek, Shayboniylar davrida xam tarxonlik tizimi, bu tizim Amir Temur va Temuriylar davrida keng tarkalgan edi, xakida xam o`ta muxim ma`lumotlar usratamiz. «Nasimat ul-kuds min xadoyik al-uns» («Avliyolik shabadasining yakinlik bogidan esishi» nomli asar Nakshbandiya tarikatining Xindistondagi goyaviy raxbarlardan bo`lgan Muxammad Xoshim Sirxindiy tarafidan 1622 yili yozilgan bo`lib, u Xusayn Voiz al-Koshifiyning «Rashaxot ayn ul-xayot» asarining davomi xisoblanadi. Kitob Movarounnaxr, Xuroson, Xindiston va Sharkiy Turkistonda XVI- XVII asrlarda faoliyat ko`rsatgan Nakshbandiya tarikati namoyondalari xayoti va faoliyatiga bagishlangan va 754 varakdan iborat. Muallif o`z asarini Nakshbandiya tarikatining Xindistondagi yirik namoyondalaridan biri Muxammad Bakr Sirxindiy (1563/64-1603/04 yy.)ning topshirigi bilan yozgan. Asarda ayniksa biografik ma`lumotlar ko`p. Shulardan uchtasini keltiramiz. XVI asrda Koshgarning ijtimoiy-siyosiy xayotida birinchilik uchun kurashgan xoja Ubaydulla Axrorning avlodi xoja Xovand Maxmud bilan Maxdumi A`zam Kosoniyning o`gli xoja Isxok o`rtasidagi kurash, Koshgarda islom dinining targibotchilaridan biri bo`lmish xoja Tojiddin, xoja Muxammad Porsoning avlodi xakidagi ma`lumot dikkatga sazovor. Xoja Xovand Maxmud Shoxibekxon (Shayboniyxon) o`ldirilganidan keyin Koshgarga ketib koldi. Sulton Sa`idxon uni xursandchilik bilan kutib oldi, iltifotlar ko`rsatdi va unga Koshgarda muridlar orttirishiga ko`maklashdi. Xoja Yusuf 1532 yilning 12 sentyabrida olamdan o`tdi. «Tarixi Rashidiy» kitobining muallifi Mirza Muxammad Xaydar (1500-1551 yy.) yana bir kizik ma`lumotni keltiradi; «Xoja Xovand Maxmud (xakikiy ismi Shaxobiddin Maxmud, xoja Ubaydulla Axror nabirasi) muridlar orttirish uchun Koshgarga kelganda uning bilan xoja Yusuf oralarida rakobat boshlandi. Shunday bo`ldiki, bir kuni xoja Xovanl maxmudning oldiga borspm xuzurlarida xoja Muxammad Isxok o`ltirgan ekanlar. Ular nimalarnidir so`zlashib o`tirgan ekanlar. Xoja Xovand Maxmudning jaxli chikib dedi; «Xoja Isxok! Nima sabadan sen menga bunaka shaplarni aytib o`tiribsan? Agar sen otangning muroji bo`lsang, men xazrati oliylari (xoja Ubaydulla Axrorning muridiman. Bundan tashkari, sen yosh jixatdan menga o`gil o`rnidasan. Xoja Isxok javob kildi; «Men xam ul janobning marxamatiga tayanaman». Tortishuv tugugach, o`sha kuniyok xoja Xovand Maxmud Badaxshonga ketib koldilar. Oradan ikki-uch kun o`tgach, kimdur menga xoja Isxokning to`saddan o`sallab, vafot etganini xabar kildi. Maxdumi A`zam Kosoniyning o`gli xoja Isxok xakida shunday ma`lumot bayon etilgan. Oliyjanob xoja (Samarkanddan) Koshgar va Xo`tanga jo`nab ketdilar. Koshgar va Xo`tan xalki ul janobning sa`y-xarakatlari chin dinni (islomni) kabul kildi. Koshgar xokimi Muxammadxon xojaning xakikiy va sofdil muridi bo`lib koldi. Xullas, mazkur xoja tufayli Nakshbandiya – Xojagon tarikati o`sha o`lkada yoyildi. So`ng o`rniga muridi Devoni Ashtarni ko`yib, o`z yurtiga kaytda va 1599-1600 yili vafot etdi. Dexbed yonidagi Safed kishlogidagi kabristonga dafn etildi. Otasidan keyin u shu kishlokda istikomat kilib turgan edi. Xoja Muxammad Porsoning ulug ajdodi xoja Tojiddin xakida kuyidagicha ma`lumot bor. Xoja Tojuddin xoja Xofiziddin Buxoriyning ajdodi, xoja Rashididdinning o`glidir. Xoja Rashididdinning otasi xoja Shujo` Chingizxon xuruji vaktida Mo`gulistonga ketib kolgan va xoja Rashididdin o`sha erda tugilgan. Uning sa`y-xarakatlari bilan mo`gullar islom biniga kirganlar. Xoja Tojiddin xoja Ubaydulla davrida Movarounnaxrga kelgan va mavlono Irokiy Tusiydan ta`lim olgan. Mavlono Irokiy Tusiy janob xoja Axrorning do`stlaridan bo`lgani tufayli, xoja Tojiddin xazrat eshonning (xoja Ubaydulla Axror) kabul va suxbati sharafiga muyassar bo`lgan. U ko`p vakt uning ostonasini o`pish sharafiga va xayr-exsoniga muyassar bo`lgan. Shundan keyin Koshgar shaxarlaridan Turfon xokimi uning kelishini yaxshilikka yo`yib, o`zi va bolalariga izzat-xurmat ko`rsatgan. Ulardan ba`zilari xozirgi kungacha o`sha mamlakatning exsonlariga musharrafdurlar. «Matlab ut-tolibin» («Xakikat izlovchilarning maksadi») Tojiddinning o`gli Abulabbos Muxammad Tolib tomonidan 1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashxur Juyboriy xojalardan xoja Muxammad Islom, xoja Sa`d, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim (1575-1629 yy.), Abdixoja (1577-1607 yy.) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652 yy.)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan. «Matlab ut-tolibin» fakat biografik asar bo`lib kolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iktisodiy axvoliga oid xamda Buxoro xonligi bilan Xindiston o`rtasida munosabatlarga tegishli o`ta muxim ma`lumotlar mavjud. Shuning uchun xam undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Juyboriy xojalarning kr-suvi va mol-mulkini tadkik etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan. Muxammad Tolib xakida kuyidagilar ma`lum. Asarda uchragan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, otasi 1608 yili vafot etganida u 39 yoshda bo`lgan. Shuni e`tiborga olinadigan bo`lsa, muallifning tugilgan yili 1569 yil bo`lib chikadi. U xoja Tojiddin Xasanning ikkinchi o`gli bo`lib, xamma vakt otasi bilan birga Buxoroda istikomat kilgan. 1623 yili ota-bola Balxga borganlar. Muxammad Tolibning xam xam xo`jaligi katta bo`lgan. Otasidan olgan ulushidan tashkari, 1632-1633 yillari bevarzand xolasining er-suvi va boshka mulki xam unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga baxolangan. «Matlab ut-tolibin» tarkibi an`anaga binoan mukaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat. Mukaddimada an`anaviy fotixa va xamdu sanolardan keyin, mazkur asarni yozishda muallif o`z oldiga ko`ygan vazifalar xakida so`z yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Asarning eng kimmatli ma`lumotlar mavjud kismi uning IV-VIII boblaridir. To`rtinchi bobda xoja Sa`dning karomatlari«Matlab ut-tolibin», mol-mulki va xizmatkorlari, XVI asrning 80-ymllarida mavjud siyosiy vaziyat xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi. Aytishlaricha, xoja Sa`dning Buxoro, Miyonkol, Samarkand, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Xisor, Termiz, Kubodiyon, Balx, Badaxshon, Xirot, Marv, Murgob, Mexna, Mashxad, Chorjo`y va Andxud viloyatlarida katta mol- mulki, er-suvi, ko`p sonli mol-ko`ylari, do`konlari, xammomlari, sardobalari va kullari bo`lgan. Masalan, xazrat eshonning tilga olingan viloyatlarda 2000 juft gov ekin eri, 2500 bosh ko`yi, 1500 oti, 12 xammomi, 10ta sardobasi, ko`plab bozorlari, savdo do`konlari va ustaxonalari, 100 nafar kuli va boshka boyliklari bo`lgan. Uning xar bir viloyatda galla omborlari bo`lgan. Fakat Buxoroyi sharifning bir o`zida shunday omborlardan to`rttasi kurilgan bo`lib, ularning xar birida 100 mann galla saklangan. Xoja Sa`dning yillik daromadi 60.000 tangaga barobar bo`lgan. Xazrat xojaning mol-mulkini ko`p sonli va turli lavozimdagi sarkor, vakil, daftardor, soxibi xiroj, kerak yarok, bakovul, kozi, doruga, mirishkor kabi mansabdorlar boshkarib turganlar. To`rtinchi bobda keltirilgan siyosiy vokealar ichida Abdullaxon soniyning Andijon va Xorazm ustiga XVI asr 80- yillarida kilgan xarbiy yurishlari, Abdullaxon bilan O`zbek sulton o`rtasidagi kelishmovchiliklar, Shayboniy ko`shinlarining Issikko`l viloyati ustiga kilgan xarbiy yurishi xakidagi ma`lumotlar o`ta muximdir. Yana shu bobda bayon kilingan vokealar ichida Samarkand xokimi Shayboniyzoda Ibodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining o`ldirilishi sabablari xakida aytilgan fikrlar zo`r axamiyatga egadir. «Abdullanoma» muallifining so`zlariga karaganda, Ibrluooa sultonning o`limiga uning shariat koidalarini buzganligi, ya`ni ramazonning birinchi kuni ro`za tutmay, ichkilik ichganligi sabab bo`lgan. Lekin, 1586 yili Buxoro va Samarkandda bo`lib o`tgan vokealarni chukurrok taxlil etadigan bo`lsak, bu fakat bir baxona, sababi esa tamoman boshkacha bo`lgan. Masalan, «Matlab ut-tolibin»da keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, XVI asrning 80-yillari boshida Shayboniy sultonlar, xususan Ibodulla sulton bilan Abdullaxon o`rtasida munosabatlar bir kadar buzilib kolgan. Bunga Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, Isfandiyor sultonga karshi ko`shin tortgani sabab bo`lgan. Asarda keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, 1586 yilning 3 avgust kuni Toshkent xokimi Do`stim sulton, Andijon xokimi Isfandiyor sulton va Xisor xokimi O`zbekxon, va Samarkand xokimi Ibodulla sultonning elchilari Samarkandga to`planib kengash o`tkazganlar va gapni bir erga ko`yib Abdullaxon soniyga karshi xarbiy-siyosiy ittifok tuzganlar. Oradan ko`p vakt o`tmay, Ibodulla sulton Abdullaxonning yo`kligidan foydalanib, Samarkand tevaragidagi tumanlarni bosdi va talon-taroj kildi. «Matlab ut-tolibin» muallifi yana kuyidagilarni yozadi; «(Ibodulla) sulton ramazon oyi boshlarida kattik ichib mast bo`lgani sababdan Mirzo Abduraxim kechasi maxfiy ravishda uning xonasiga kirdi va xanjar zarbi bilan uni o`ldirdi. O`sha kunlari xazrat eshon (xoja Sa`d) Xisori shodmonda edilar. Tun yarimlaganda din suyanchigi bo`lmish amir ul-umaro Kulbobo ko`kaltosh (xazrat eshonning xuzuriga) kirib keldi va Ibodulla sultonning o`ldirilganligini aytdi. Bundan sal avval xazrat eshon onasini tushida ko`rganligini va mulozimlariga «Yakin orada Ibodulla sulton bu dunyoni tark etsa kerak», deb aytgan. Asarda keltirilgan bu ma`lumotlarni dikkat bilan taxlil kilinganda Ibodulla sulton Abdullaxonning odamlari tomonidan o`ldirilganligi o`z-o`zidan ma`lum bo`ladi. Yana shu bobda Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, Isfandiyor sultonga karshi, va sal keyinrok Xorazmga ko`shin tortgani xakida ma`lumotlar bor. Asarning boshinchi bobi xoja Tojiddin Xasanning tugilgan kunidan to vafotigacha Movarounnaxrda kechgan vokealar xakida xikoya kilinadi. Bu erda keltirilgan ma`lumotlar orasida xokimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar sulolasi ko`liga o`tish vakti xakidagi ma`lumotlar kimmatlidir. Ma`lumki, ba`zi kitoblarda va xronologiyalarga oid asarlarda, masalan, S.Leynpul, e.Tsambaur kitoblarida, bu vokea xijriy 1006, melodiy 1598 yilda sodir bo`lgan deb kayd kilinadi. Lekin keyinrok atroflicha o`rganilgan «Baxr ul-asror», «Tarixi olamoroyi Abbosiy», «Silsilat us-salotin» asarlarida bu vokea xijriy 1009, melodiy 1601 yili sodir bo`lgani ochik aytilgan. «Matlab ut-tolibin»da shu fikr anik va ishonarli dalillar bilan e`tirof kilingan. Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o`gli va taxt vorisi Abdulmo``min sulton o`rtasida boshlangan ziddiyat xakidagi ma`lumotlar tariximizning yaxshi yoritilmagan masalalariga aniklik kiritishda muxim axamiyat kasb etadi. Bu jixatdan beshinchi bobda keltirilgan ma`lumotlar jikkatgan sazovordir. Bulardan biri, Juyboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa`dning vorisi xoja Tojiddin Xasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi kurilgan Xasanobod kishlogi, 50 nafar chorbog, 20 kator tuya va boshkalar xam bo`lgan. Shuni xam aytish kerakki, xoja Tojiddin fikx, xadis va tarixga oid kimmatli kitoblar yigishga xam e`tibor bergan. «Matlab ut-tolibin»da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild kimmatli ko`lyozmalar saklangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan kitoblar bo`lgan. Ikkinchisi Abdullaxon bilan uning o`gli va taxt vorisi, Balx xukmdori Abdulmo``min sulton o`rtasida XU1 asrning 80-yillaridan boshlab kuchayib ketgan ziddiyatlar va Abdullaxonning vafoti xususidadir. «Matlab ut-tolibin»da kuyidagilarni o`kiymiz; «Abdullaxon mamlakatni 44 yil idora kildi. Otasi Iskandarxon tirikligi chogida 28 yil uning nomidan, otasi vafot etgandan keyin 18 yil mustakil idora kildi. Saltanatning bir uchi Andijonda, bir uchi Xorazmda, uchinchi uchi Dashti kipchokda, to`rtinchisi Xuroson va Seistonda bo`lgan. Aytishlaricha, Abdumo``minxon Muxammad Bokibiy bilan til biriktirib, otasining ovkatiga zaxar ko`shdirib bergan va xon xijriy 1006 yili vafot etgan. «Matlab ut-tolibin»ning oltinchi bobi Juyboriy xojalarning yana bir namoyondasi xoja Abduraximningxayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bagishlangan. B«Matlab ut-tolibin»u bobda yirik xo`jadiklarda kul mexnatidan foydalanish, er egaligining tanxox va suyurgol shakllari, kerak yarok lavozimi va uning vazifalari, Buxoro xonligi bilan Xindiston o`rtasidagi munosabatlar xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi. Kerak yarokchi xakida bu asarda, masalan, bunday deyiladi; «Mulla Mirmuxammad xoja (Abduraxim)ning xizmatkorlari jumlasidan edi. Uning zimmasiga kerak yarokchilik vazifasi yuklatilgandi. Uning zimmasiga xojaning xonadoni uchun kerak bo`lgan xarir matolar va boshka narsalarni topib keltirish majburiyati yuklatilgandi. Bir payt xisobchilar mulla Mirmuxammad kerak yarokchini taftish kilganlarida unga xojaning sarkorligidan berilgan nakd puldan tashkari, uning savdogarlar va boshka shaxarlardan 90 ming xoniy karz olganligi, lekin shu xakdagi tilxatlardan 1000 xoniy mablag tilxatlarda xoja (Abduraxim)ning muxri yo`kligi aniklandi. Shundan keyin xoja (Abduraxim) uni xuzuriga chakirib; «Nega aytilgan karz xakida o`z vaktida bizsha ma`lum kilmadingiz va tilxatlarni bizga ko`rsatmadingiz?», deb so`raganda, mulla Mirmuxammad (xojaga) bunday javob kilgan; «Biz sizning soxibi ximmatligingizga ishongan edik». Shundan keyin xoja mulla Xojibek devonbegi bilan mutavalliyni chakirtirib, mulla Mirmuxammadning barcha kogozlarini yo`k kilib yuborishni buyurgan.» Keltirilgan parchadan kerak yarokchining vazifalari va xukuklari, ortikcha izoxsiz xam ko`rinib turibti. Asarning so`nggi, ettinchi bobi Abdixojaning xayoti, faoliyati va karomatlari bayoniga bagishlangan. Lekin tadkikotchi uchun o`ta zarur bo`lgan dalil va ma`lumotlar, masalan, Buxoro xonligining Abdullaxon soniy vafotidan, 1598 yildan keyingi ichki axvoli, Juyboriy xojalarning, masalan, Abdixojaning bundagi o`rni va vazifasi, Shayboniylar davlatining tuzilishi, xususan, devonbegi, miroxur, otalik, shigovul, yasovul, nakib, kozi, bakovul, kurchi boshi, dodxox, parvonachi, shayxulislom, ko`kaltosh, kadxudoyi daxa (daxaboshi), chirokchi, munshiy va boshka lavozimlar xakida, shuningdek, o`zbek xalkining etnik tarkibiga kirgan saroy, ko`ngirot, nayman, katagon, yuz, argin, kenagas va boshka kabilalar va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o`rni xakida muxim ma`lumotlar keltirilgan. Abdixojaning XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining mchkm axvoli va uning mamlakatning siyosiy xayotida tutgan o`rni va mavke`i xakida asarda kuyidagi ma`lumotlarni uchratamiz. So`nggi Shayboniy Pirmuxammad Soniy (1598-1601 yy.) davrida mamlakatning ichki axvoli bekarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarkandga bordi. Uning xokimi Ashtarxoniy Boki Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo`lsa, ikkalari davlatni birgalashib boshkarishga axd kildilar. «Matlab ut-tolibin»da Boki Muxammadxonning mana bu so`zlari keltiriladi; «Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo`lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad o`rtasida uchga taksimlaymiz...» Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixoja Boki Muxammadxonga murojaat kildi; «Tabriklaymiz, ulug ajdodlarimiz Sizga poytaxt shaxar Buxoroni in`om kiladilar.» Boki Muxammadxon (ichiga sigmay) suyunib ketdi va singlisini Abzixojaga xotinlikka berdi. Abdixoja xammasi bo`lib Buxoroda bir yilga yakin istikomat kildi. Shundan keyin Abdixojaning nuvuzi ortti. Muxammad Tolib bu xakda mana bularni yozadi; «Xazrat xojaning ulugligi va kuch-kudrati shu darajaga borib etdiki, jinoyat sodir etgan kishi uning xuzuriga kochib borib, uning xizmatiga kirgudek bo`lsa, u jaxoga tortilmagan. Xojaning ta`siri barcha viloyatlarda shu kadar kuchli ediki, biron zot uning so`zini kaytarmas edi. Kayfiyati yo`k paytlarda Boki Muxammadxonni xam mensimas edi. Agar xon biror shaxsni ostonasidan kuvib yuborguday bo`lsa, xoja uni o`z ximoyasiga olar edi. Xoja tex-tez xonga o`zgalar oldida tanbex berar edi. Odamlar va xarbiylar fakat xojaga yordam so`rab murojaat kilar edilar. Xullasi kalom, yirik mansabdorlar, aslzodalar va sipoxiylar shurux-gurux bo`lib xazrat xojaning panoxiga kochib o`ta boshladilar. Ba`zi sipoxiylar xojaga; «Siz bizning pushti panoximizsiz. Biz Sizni podshox etib saflamokchimiz», deb murojaat kila boshladilar. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. q. Àãåîãðàôèÿ ñóçíèíã ìàúíîñèíè àéòèá áåðèíã? w. Äèíäîðëàð, õàåòèãà îèä 3àíäàé àäàáèåòëàðíè áèëàñèç? e. Äèíèé àäàáèåòëàðíèíã òàðèõ ôàíè óðãàíèøäàãè àõàìèÿòè íèìàäà? Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling