Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
«Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» (1403-1406 yy.)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.D.Xoxlov elchiligi xujjatlari.
- Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to`grisida manbalar
«Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» (1403-1406 yy.) Lui Gonsales de Klavixoning «Samarkandga Amir Temur saroyiga sayoxat kundaliklari» asarida XV asr boshidagi Movarunnaxrning ichki axvoli, uning obod shaxar va kigloklari, xususan Shaxrisabz va poytaxt shaxar Samarkand xakida, Amir Temur saroyidagi udumlar, soxibkironning xotinlari va ularning jamiyatda tutgan o`rni xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi. Masalan, Kesh (Shaxrisabz) xakida Klavixoning «Kundaliklar»ida kuyidagilarni o`kiymiz; «Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shaxar oldiga kelib to`xtadik. Shaxar xar bir tarafini soy va ariklar kesib o`tgan tekislik erda joylashgan ekan. Shaxarning tevaragi obod kishloklar va boglar bilan o`ralgan edi. Uning tevarak atrofi xam tekis bo`lib, ko`pgina obod kishloklar, naxrlar, o`tloklar bor. Yozda bu er juda chiroyli. Sugoriladigan erlarida bugdoy, uzum, paxta, kovun-tarvuz etishtiriladi, katta mevali daraxtlar o`sadi. Shaxar paxsa devor va chukur xandak bilan o`ralgan, darvozalari karshisida osma ko`priklar o`rnatilgan. Temurbekning asli Keshdan. Otasi xam shu erda tugilgan. Katta imoratlar va masjudlar ko`p. Imoratlardan biri, Temurbek xali kurib bitirmagan juda katta saroy, uning ichida katta bir makbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta makbara xam bo`lib, uni Temurbek o`zi uchun kurdirgan. Lekin u xali bitkazilmagan. Aytishlaricha, u bundan bir oy oldin Keshda bo`lganida uni ko`rib yoktirmagan, chunki eshiklari past kilib kurilgan ekan. Temurbek uni kaytadan ko`rishni buyurgan. Xozir kurilishda ustalar ishlab turibdi. Bundan tashkari, mazkur makbara ichida xozir uning Jaxongir ismli to`ngich o`gli yotibdi. Masjid bilan makbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan koplangan, saxni katta va unga daraxtlar ekilib, xovuzlar kurilgan. U erga Temurbekning amri bilan xar kuni, otasi va o`glining ruxini yo`klab yigirmata pishirilgan ko`y go`shti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu masjidga olib bordilar va ularning oldiga dasturxon yozib, ko`p go`sht va mevalar tortib ziyofat kiladilar. Ziyofatdan keyin ularni katta bir kasrga olib borib joylashtirdilar. Ertasiga, jum`a kuni, elchilarni Temurbekning amr-farmoni bilan kurilayotgan katta bir saroygva olib bordilar. Aytishlaricha, unda yigirma yildan beri ustalar va ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar. Saroyga kirish yo`li uzun, darvozalar baland. Kirishda, darvozalarining o`ng va so`l tarafida pishik gishtdan kurilgan va xar xil nakshin koshinlar va naksh bilan bezatilgan peshtok bor. Peshtok ostidagi supalarda Temurbek saroyda bo`lgan paytlarda sokchilar o`tirgan. Birinchi darvozaning ketidan ikkinchi darvoza keladi va ulardan o`tib saroyning saxniga o`tiladi. Ustiga ok marmar yotkizilgan va atrofi bezatilgan ayvonlar bilan o`ralgan katta xovliga kiriladi. Xovli o`rtasida katta xovuz bor. Xovlining saxni eniga uch yuz kadam keladi. Saroyning eng katta xonasiga shu xovli orkali kiriladi. Unga katta yo`lak va oltin suvi berilgan, lojuvard va koshin bilan koplangan, katta san`at bilan ishlangan udkan va baland eshik orkali kiriladi. Eshik tepasida, uning o`rtasida, kuyosh fonida turgan sher tasviri tushirilgan. Bu Samarkand podshosining gerbidir...Shu eshik orkali to`rtburchak, oltin, lojuvard va boshka rangdagi koshinlar bilan kolangan kabulxonaga kiriladi...» Klavixoning bu xikoyasida Amir Temur Shaxrisabzda kurdirgan maxobatli va go`zal Oksaroy kishini ko`z oldida namoyon bo`ladi. Lekin, Klavixo bo`lgan paytda, saroy kurilishi xali oxiriga etkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl moxiyatini, ne maksadda kurdirilganligini birdan anglash kiyin bo`ladi. Jumbokni taxminan 90 yil o`tib ketgan Zaxiriddin Muxammad Bobur echib bergan. Uning so`zlariga karaganda xazrat soxibkiron Keshni boshda poytaxt kilmokchi bo`lgani uchun oksaroyni xam podshoxning axlu oilasi bilan, turar joyi xamda davlat muassasalari joylashgan rasmiy karorgox sifatida kurdirgan. «Boburnoma»da, masalan, mana bunday deyilgan; «Temurbekning zobu budi Keshdin (bo`lgoni) uchun shaxar va poytaxt kilurga ko`p sa`y va extimollar kildi, oliy imoratlar Keshga bino kildi. O`zining devon o`ltirur uchun bir ulug peshtok va uning yonida va so`l yonida tavochi beklar o`lturub devon so`rar uchun, ikki kichik peshtok kilibdur. Yana savrun eli o`ltirur uchun bu devonxonaning xar zil`ida kichik-kichik tokchalar kilibdur. Muncha oliy tok olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro tokidin bu biyirokdur». Klavixo Amir Temurning otasi va xotinlari xakida xam o`ta kimmatli ma`lumotlar keltirgan. Masalan, amir Taragay baxodir xakida bunday deydi; «Temurbekning otasi oliyjanob odam bklgan, chigatoy urugidan. Maishati o`rtacha bo`lgan. Uch-to`rt yigit bo`lib, Shaxrisabzdan ko`p xam olis bo`lmagan kishloklarning birida yashagan.» I.D.Xoxlov elchiligi xujjatlari. Ivan Danilovich Xoxlov XVII asrda o`tgan iste`dodli rus diplomatidir. Uning xayoti va faoliyatini o`rgangan yirik rus sharkshunosi olimi N.I.Veselovskiy (1848-1918 yy.) keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, I.D.Xoxlov asli kozonlik bo`lib, aslzoda (boyarin) oilasida dunyoga kelgan. Uning xakidagi dastlabki ma`lumot XVI asrning 90- yillariga tegishli. I.D.Xoxlov o`sha vaktda ogasi Vasiliy bilan birga, davlat xizmatida bo`lgan va Kozondagi o`kchilar kismiga bosh bo`lib turgan. 1600 yili yurtiga kaytib ketayotgan Eron elchisi Pirkulibekni Kozondan Saratovgacha (shaxarga 1590 yili asos solingan) kuzatib ko`ygan. 1606 yili I.D.Xoxlov ogasi Vasiliy xamda voevoda Golovin bilan birgalikda Terekka, uning xalkini yangi podshox Vasiliy Ivanovich Shuyskiy (1606-1610 yy.)ga kasamyod kildirish uchun .boriladi. Lekin terekliklar yangi rus podshoxini tan olmaydilar, I.D.Xoxlovni bo`lsa kattik do`pposlab, kamab ko`yadilar. Ma`lum vakt o`tib terkliklar I.D.Xoxlovni sokchi ko`shib Astraxanga jo`natib yuboradilar. Shu tarika u Astraxanda etti yil, 1613 yilgacha kamokda o`tirdi. 1617 yili Astraxanda xokimiyat ataman I.V.Zarutskiy ko`liga o`tdi va u I.D.Xoxlovni ozod kilib, Eronga shox Abbos 1 (1587-1629/30 yy.) xuzuriga elchi kilib yubordi. Ataman Zarutskiy shoxdan pul, ozik-ovkat va askar bilan yordam berishini so`radi va Moskvani egallagandan keyin Astraxanni unga in`om kilajagini bildirdi. Shox Abbos I boshda bunga ko`ndi va atamanga 12 tuman nakd pul va katta mikdorda ozik-ovkat yuborishini va`da kildi. Lekin keyincha o`z elchisi xoja Murtazodan ataman Zarutskiy isyoni barbod bo`lgani va toj-taxt Mixail Fyodorovich ko`liga o`tganini, Eronga Rossiyadan Aleksey Buxarin va Mixail Tixanov boshlik yangi elchilar kelgani xakidagi xabarni eshitgandan keyin, fikridan kaytdi. Shox Rossiya elchilarini katta sovga-salomlar bilan kaytarib yubordi. O`shanda I.D.Xoxlovga xam ketishga ijozat berdi. Lekin, Vladimirga etganlarida podshoxning amri bilan uni tutib koldilar. 1615 yilning iyul` oyida, Astraxanda Zarutskiy isyoni bartaraf kilingandan keyin, I.D. Xoxlovning gunoxidan kechdilar va uni ko`yib yubordilar. I.D.Xoxlovning takdiri 1620 yilgacha kanday bo`lgani bizsha ma`lum emas. Extimol, shu davr ichida u Kozon xokimi (voevodasi)ning xizmatida bo`lgan. 1620-1622 yillari u podshoxning farmoni bilan Markaziy Osiyoda, Buxoro va Xiva xonliklarida bo`ldi. 1622 yil 12 dekabr kuni Rossiyaga kaytgandan keyin I.D.Xoxlov bir muncha vakt Moskvada istikomat kildi, 1623 yilning boshlarida unga Kozonga kaytishiga ijozat berildi xamda voevoda Odoevskiyning xizmatida bo`ldi. Uni 1624 yilning 8 dekabrida yana Moskvaga chakirib oldilar va Buxoro va Xiva xonliklari xakidagi ma`lumotlarni tartibga solish xakida topshirik oldi. I.D.Xoxlovning xayotga oid so`nggi ma`lumot 1629 yilga tegishli. O`sha yili Eron elchisi Muxammad Silibek va Eronning savdo karvonini Kozondan Moskvagacha va Moskvadan Kozongacha kuzatib ko`ygan. I.D.Xoxlovdan ikki muxim xujjat; podshoxning maxsus topshirigi (nakaz) va I.D.Xoxlovning Buxoro va Xiva xonliklarining axvoli xakida podshoxga yozgan axboroti (Stateyniy spisok) kolgan. Birinchi xujjatda elchilik zimmasiga yuklatilgan vazifalar xakida so`z boradi. Uning vazifasi eng avvalo, xar ikki xonlik xukmdorlarini Rossiya bilan do`stlashish, savdo va bordi-keldi alokalarini o`rnatishga ko`ndirish, xonlarni Rossiya kudratli davlat ekanligi va uning boshka nufuzli mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda ekanligiga ishontirish, xonliklardagi rus asirlarini ozod kilish, xar ikkala xonlik o`rtasidagi mavjud munosabatlar, xonliklarning Eron, Turkiya va Gruziya bilan munosabatlar kanday ekanligini aniklash, tabiiy boyliklari va xarbiy kudratini aniklashdan iborat bo`lgan. I.D.Xoxlovning Elchilar maxkamasi (Posolskiy prikaz)ga yozgan axboroti (Stateyniy spisok)ga karaganda, u o`ziga yuklatilgan vazifaning katta kismini bajargan. Masalan, Imomkulixon o`z ixtiyoridagi 23 rus asirini ozod kilgan. Boy-badavlat kishilar, amirlar va savdogarlar ko`lidagi asirlar xususida Imomkulixon elchiga «ularni kidirishga xozircha fursat yo`k, xizmatkori (Toshkent xokimi Tursunxon) isyonini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu iltimosini bajaramiz va topganlarimizni o`zimiz yuboramiz», deb va`da bergan. Xar ikkila xonlikdagi ichki vaziyat xakida xam Rossiya elchisi ko`p ma`lumotlar to`plashga muvaffak bo`lgan. Elchining axborotida, masalan, kuyidagilarni o`kiymiz; «...(biz Buxoroda bo`lgan paytda) Buxoro xoni bilan Toshkent xokimi o`rtasida urush borayotgan edi. Xon unga karshi o`zining katta amiri Nadr devonbegini 40 ming askar bilan jo`natdi. Shulardan 10 ming navkarini Toshkent xokimi urushda xalok kildi. Shundan keyin Imomkulixonning shaxzodalari borib Tursun sultonning yigitlarini maglubiyatga uchratdilar. Ikki o`rtadagi urush xali bir yoklik bo`lgani yo`k...» Imomkulixon Rossiya elchisi kelib-ketgan vakt ichida o`zaro urushlar va isyonlar tufayli Balx bilan Samarkandda turdi. Shu vakt ichida elchiuni ikki marta borib ko`rdi,-birinchi marta, Buxoroga kelgandan o`n kun keyin, ikkinchi marta yurtiga kaytib ketishi, ya`ni 1622 yil 3 avgust oldidan. I.D.Xoxlovning axborotida o`kiymiz; «Xon o`sha vaktlarda Samarkandda emas edi. Inisi Nadr xuzuriga kochib borib turgan edi.» Imomkulixon Samarkandga I.D.Xoxlov Buxoroga kelgandan bir xafta o`tgandan keyin, kaytib keldi. Lekin kattik ogrib koldi. Rus elchisi bilan muzokarani Nadr devonbegi olib bordi. Muzokaralarda ko`tarilgan asosiy masala kalmoklar, no`gaylar, shuningdek rus asirlarini ozod kilish masalasi bo`ldi. Rus asirlari xususida Nadr devonbegi elchiga bueday javob berdi; «Imomkulixon sizga kuyidashilarni aytishimni buyurdi. Boshkalarini inshoallox, Tursun sulton bilan urush tugagandan keyin kidirtirib topadi va yurtiga jo`natib yuboradi. Sizning podshoxingiz xam shu tarzda ish tutib, ko`lidagi Imomkulixonning odamlarini bo`shatib yuborsin». Buxoro va Xiva xonliklarining ichki axvoli xakida xam I.D.Xoxlov muxim ma`lumotlar to`plagan. Uning ma`lumotlaridan ma`lum bo`lishicha, mamlakat o`zaro urushlar iskanjasida kolgan, Balx, Toshkent va Samarkand ustida turgan noiblar markaziy xukumatga bo`ysunishdan bosh tortib, o`zlarini mustakil tutayotganliklari natijasida Buxoro xukumati kuchsizlanib kolgan. Xiva xonligida xam aynan shunday vaziyat xukm surar edi. Bu erda Arab Muxammadxon (1602-1623 yy.) bilan uning o`gillari Avanesh va Il`bors o`rtasida toj-taxt uchun kurash borardi. I.D.Xoxlovning Elchilar maxkamasiga yozgan axborotida o`kiymiz; «Urganch zaminida isyon boshlangan. Arabxonning o`gillari Avanesh va Il`bors (otasini) tutib olib ko`ziga mil tortganlar. Arabxonning boshka o`gillari; Abulgozi bilan Sharif Sulton Buxoro xoni xuzuriga kochib ketganlar». Rossiya elchisi Xiva xonligi xududlariga Yoyik (O`rol) kazaklari va kalmoklarning tez-tez kilib turgan talonchilik xurujlari xakida muxim ma`lumotlar keltiradi. Bu xakda I.D.Xoxlovning ma`lumotnomasida mana bularni o`kiymiz; «Ivan Bovatda (Bogotda) tutkinda turgan paytda Urganchga karashli ko`chmanchi xalk ustiga boskinlar rus kazaklari Trenka Us` va uning odamlari bostirib kirib, turkmanlarni talon-taroj kildilar, ko`p odamlarni o`ldirdilar, ko`plarini asir olib ketdilar...Urganch erlariga kalmoklar xam ko`p bor bostirib kirib, ko`plarini o`ldirgan». Rossiya elchis xabarnomasida Buxoro, Xiva shaxar va kishloklarining umumiy axvoli xakida xam muxim ma`lumotlar keltiriladi. Ular elchi kelgan paytda ancha xarobalikka yuz tutib kolgan edi. Elchining so`zlariga karaganda, bunga tinimsiz o`zaro urushlar, toju taxt uchun kurash va kozok, kalmok va yoyik kazaklarining tez- tez kilib turgan xurujlari sabab bo`lgan. Ma`lumotnomada bojxona to`lovlari xaki I.D.Xoxlovda kimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Bojxona xaki, birinchidan, mamlakatdan mamlakatga o`tgandagina emas, balki bir mamlakatning o`zida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o`tganda xam olingan. Ikkinchidan, u nakd pul bilan xam, mol bilan xam to`langan. Masalan, xar bir yukdan 33 parcha mato xajmida boj olingan. Shuningdek, I.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarining Xindiston va Eron bilan bo`lgan munosabatlari xakida xam ayrim ma`lumotlar to`plagan. Masalan, uning xabarnomasida bunday gap bor; «Imomkulixonning, Balx xoni Nadr Muxammadning kizilboshlar podshoxi shox Abbos bilan alokasi yomon. Ular (bir-birlari bilan) urush xolatidadirlar. Xozirgi paytda ular orasida urush bo`layotgani yo`k. Tinchlik xam o`rnatilmagan. Urushning yo`kligi sabab, shox bilan Xindiston o`rtasida (Kandaxor uchun) urush bormokda». Buxoro va Balx xonlari bilan Xindiston o`rtasida xam munosabatlar aynan shu vaktda yaxshi bo`lmagan. Buning sababini Rossiya elchisi bunday sharxlaydi; «Buxoro xoni Imomkulixon Xindiston podshosiga lochin yuborgan edi. Balx xoni Nadr Muxammadxon bo`lsa uni (Buxoro elchisidan) tortib oldi. Shu sababdan Xindiston podshoxi u bilan savdo alokalarini o`zdi, savdogarlarni Balx bilan Buxoroga yubormay ko`ydi, Buxoro savdogarlariga Xindiston mollarini olib ketishni man kildi...» I.D.Xoxlovning guvoxlik berishicha, Xiva xonligi bilan Eron o`rtasidagi munosabatlar xam o`sha paytlarda yaxshi bo`lmagan. U, masalan, yozadi; «Urganchliklar shox Abbos bilan yaxshi munosabatda emaslar. Ivan (Xorazmda turgan) xonzoda Il`bars kizilboshlarga karashli Obivardga xujum kilgan, obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. Shuningdek, 100 odamini asir kilib xaydab ketgan...» Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to`grisida manbalar Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiyo xonliklarining umumiy axvoli, xonliklarga, Eron va Xindistonga Astraxan orkali olib boradigan karvon yo`li xakida keng ma`lumot jamlaganlar. Aka-uka Pazuxinlar kelib chikishi aslzoda (dvoryan) avlodi. Katta Pazuxin – Boris Andreevich Pazuxin 1667-1673 yillari stolnik mansabida davlat xizmatida bo`lgan va inisi Semyon Ivanovich bilan birgalikda 1669-1671 yillari Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan rossiya elchiligiga boshchilik kilgan. Oradan sakkiz o`tgach, 1679 yili Krimga elchi kilib yuborilgan. Yo`lda isyonchi rus kazaklarining xujumiga duchor bo`lgan va olishuv paytida o`ldirilgan. Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo`lgan) Buxoroga Yoyik- kalmok ulusi va Xiva orkali borganlar, kaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku orkali kaytishgan. Elchilar Buxoro va Xivada xammasi bo`lib ikki yarim yil turganlar. Podshox va elchilik maxkamasi tarafidan berilgan xujjatlardan ma`lum bo`lishicha, Aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga kuyidagi vazifalar ko`yilgan; 1)xar ikki davlat; rossiya va O`rta Osiyo xonliklari o`rtasidagi do`stlik va savdo alokalarini mustaxkamlash. Podshox Aleksey Maxaylovich (1645-1676 yy.)ning Buxoro xoni Abdulazizxon (1645-1680 yy.) nomiga yo`llagan maktubida o`kiymiz; «...biz ota-bobolarimizning (ishlarini) o`zaro do`stlik va izzat-xurmatda bo`lish, bordi-keldi alokalarini davom ettirish xakidagi ko`rsatmalarini esda tutib, sizning savdogarlaringizga bizning mamlakatimizga, bizning savdogarlarimiz Sizning mamlakatiningizga bemalol borib kelishlarini yaxshilaylik.» 2)Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saklanib turgan rus asirlarini ozod kilishga xarakat kilish. Elchilik maxkamasi (Posolskiy prikaz) bergan yo`riknoma (Nakaz)da bunday deyiladi; «Buxoro, Balx va Urganchga karashli erlarda saklanayotgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod kilinsin. Shuni xam aytish kerakki, elchilikka «Podshox oliy xazratlariga tegishli kishilarni, aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini kidirib topib ozod kilishga» aloxida e`tibor berish topshirildi. 3) O`rta Osiyo xonliklarining ichki va xalkaro axvolini, ulardan kaysilariga suyanish mumlinligini aniklash. Xususan, Elchilik maxkamasining yo`riknomasida (Nakazida) mana bunday gaplar bor; «(xonliklardan) kaysinisi kuchlirok va ishonchlirok bo`lsa, o`shanisi bilan aloka o`rnagish lozim. Boris va uning xamroxlari Buxoro, Balx va Urganchda bo`lganlarida ularning xonlari xozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shoxlari va Gruziya bilan kanday munosabatda ekanligini, kimlar bilan alokasi yo`kligini, shu kundarda Xorazm taxtida kim o`tirganini xar kanday yo`l bilan anikdasinlar; Buxoro, Balx va Urganch xonlarining xazinasi boymi, askari kuchlimi, shularni xam aniklasinlar». Moskva xukumati aka-uka Pazuxinlarga xam Buxorodan Xindistonga olib boradigan kulay yo`lni aniklash vazifasini yuklagan edi. Ular bu vazifani bajarish uchun tarjimonlar Nikita Medvedev va Semyon Izmaylovlarni Balxga jo`natdilar. Ulardan fakat Nikita Medvedev Pazuxinlar xuzuriga kaytib keldi va Balxdan Xindiston poytaxti Shoxjaxonobodga olib boradigan yo`l xakida ma`lumot keltirdi. U bunday deb yozgan; «Xindistonga olib boradigan yo`l Balxdan axoli yashab turgan kishloklar orakali o`tadi. Yo`lda xech kanday odobsizlik, talon-taroj va boj olish degan narsalar yo`k». Tarjimon Shoxjaxonobodga yo`l Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orkali o`tishini aytgan. Yana u yozgan; «Xinjon bilan Parvon oraligida Xind toglari (Xindikush) yotadi. To`gri yo`ldan, tog orkali borilganda masofa olti kunlik, togni aylanib borilganda –to`rt xaftalik yo`l». Ikkinchi tarjimon Semyon Izmaylov Kobulda kolgan edi. Aka-uka Pazuxinlarning ma`lumotnomasida O`rta Osiyo xonliklarining iktisodiy axvoli xakida kuyidagilar keltiriladi. Zaminining boyligiga karamay, galla kam etishtirilishi va shu sababdan galla tankisligi mavjudligi aytiladi; «Buxoro, Balx va Xivada galla kam ekiladi. Gallasi yil sayin kamayib borayotir». Shuning bilan bir katorda, xonliklarda pilla etishtirish yaxshi yo`lga ko`yilgani va ipakni xatto Turkiya orkali Germaniyaga olib borib sotilayotganini ma`lum kiladi. Chunki, elchilikka Osiyo ipagi savdosini Rossiyaga burib yuborish xususida maxsus topshirik berilgan edi. Xususan, «Yo`riknoma»da bu to`grisida «Buxoro va boshka shaxarlarida xom ipak etishtiriladi. Uni Eron va Turkiya orkali Gkrmaniyaga eltib sotadilar, Astraxan va Moskvaga esa olib bormaydilar». Shu sababdan aka-uka Pzuxinlarga xom ipak ishlab chikaruvchilar va bu maxsulot bilan savdo kiluvchilarni kanday bo`lmasin, «maxsulotni Astraxan va Moskvaga olib borishga ko`ndirsin», deyilgan. Xonliklardagi iktisodiy axvol xususida berilgan axborotlar ichida mana bu ma`lumot xam o`ta muximdir; «Xonning xazinasi garib, chunki xamma kishloklardan undiriladigan xiroj xarbiylar va mansabdorlarga maoshi uchun (tanxo) taksimlab berilgan». Boshka so`z bilan aytganda, soliklardan keladigan daromad kamayib ketgan. Aka-uka Pazuxinlar O`rta Osiyo xonliklaridagi mavjud xarbiy-siyosiy axvol xakida xam muxim ma`lumotlarni to`plaganlar. Elchilik maxkamasiga (Posllskiy prikazga) berilgan axborotdan ma`lum bo`lishicha, Buxoro bilan Balx xonlari o`rtasidagi ziddiyatlar nixoyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan 1669 yili Balx xoni Subxonkulixon Buxoroga itoat etmay ko`ygan va mamlakatning mustakilligini e`lon kilgan edi. Natijada ikki o`rtada urush xavfi tugildi. Subxonkulixon daryoning so`l kirgogida katta ko`shin to`pladi. Abdulazizixon xam shunday kildi. Amurdaryoning o`ng soxiliga ko`shin yubordi va xon o`rdasini Buxorodan Karshiga ko`chirtirdi. Balx xoniga karshi Xiva xoni bilan ittifok tuzdi. Anushaxon (taxm.1663-1687 yy.) 1670 yili katta ko`shin bilan Balx ostonasida paydo bo`ldi va Balxga karashli barcha kishloklarni talon-taroj kildi. O`shanda Abdulazizxon xam, Subxonkulixon xam ko`shin bilan daryo yokasida bir yarim yildan ortik turdilar, lekin daryodan o`tishga botina olmadilar. Axborotda (Stateyniy spisok) O`rta Osiyo xonliklarining, xususan, Buxoro xonligining, ma`muriy va davlat tuzilishi xakida xam dikkatga sazovor ma`lumotlar keltirilgan. Unda, xususan, yukori mansabda turgan amaldorlar, masalan otalik, devonbegi, mextar, parvonachi, dodxox, yasovul, bakovul, to`pchiboshi, doruga va ularning vazifalari va mavkei xakida muxim ma`lumotlar keltirilgan. Masalan, doruga bilan mextarga elchilarni zarur ozik-ovkat, ot-ulov, em-xashak bilan taxminlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi «otalikdan keyin turgan va elchilarni, ular o`zi bilan olib kelgan maktublar (va sovga-salomlarni) kabul kilgan», «to`pchiboshilar esa zambaraklar va piyoda askarlarga boshchilik kilgan». Axborotnomada o`zbek xonlari saroymda amalda bo`lgan kabul marosimlari xakida xam ma`lumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bueday dkymladi; «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning xamroxlarini Malaybek (to`pchiboshi) kutib oldi. Boris va uning xamroxlari (to`pchiboshi olib kelgan) otlarga mindilar. Podshox kasriga etganda ularni otdan tushirdilar, chunki podshox kasriga otlik kirish man` etilgan. Borisning o`ng tarafiga Buxoroning atokli zotlari, xon avlodidan bo`lgan xoda va xonning yakin mulozimlari, chap tarafda, katta amir (boyarin) xonning yakin mulozimlari va boshka lavozimdagi mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortik kishi joy oldilar...Abdulazizixonning o`ng tarafidan xojalar, ruxoniylar va ulamolar o`rin oldilar. Xonning oldiga uning kilichi, o`k-yoyi va kalkoni ko`yilgan edi. Uning orkasida 12 nafar nayza va kilich ko`targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortik yasovul (va ko`rikchilar) tik turar edilar...» Aka-uka Pazuxinlarga berilgan yana bir muxim topshirik -O`rta Osiyo xonliklarida tutkinlikda bo`lgan rus asirlarini aniklash va ularni ozod kilishdan iborat edi. Pazuxinlar ba masalada xam ba`zi ishlarni amalga oshirdilar, xususan Buxoro, Balx va Xiva xonlarining shaxsiy xo`jaliklarida 3000 dan ortik rus asiri mexnat kilayotganini anikladilar. Shundan 22 nafarini 685 so`m oltin xisobida to`lab ozod kilishga muvaffak bo`ldilar. Axborotnomada ko`rsatilishicha, Pazuxinlar badavlat kishilarning ko`lidagi rus asirlari sonini aniklay olmaganlar. Rus elchisi Elchilar maxkamasiga (posolmkiy prikazga) takdim kilgan «Xabarnoma»da xususan mana bularni o`kiymiz; «Buxorolik mansabdorlar ko`lida, shaxarda va uluslarda ularni aniklash mumkin bo`lmadi. Kishloklardan kelib turgan odamlarning so`zlariga karaganda, ular ko`p.» Kulga aylantirilgan rus asirlari asli Kozon, Ufa, Simbir uezdidan va Volga bo`yi kishloklaridan bo`lganlar va boshkirda xamda kalmok boskinchilari ularni tutib Astraxanga olib borib xivaliklarga pullab turganlar. Aka-uka Pazuxinlarning mana bu guvoxliklari xam dikkatga molikdir; («boshkird va kalmok boskinchilaridan» ularni) xivaliklar sotib olar ekanlar. Ular maxsus rus tovarlari uchun Astraxandan (rus yurtlariga), kalmok va boshkird uluslariga borar, ba`zi xollarda u erlarda rus asirlarini kutib ancha vakt turib kolardilar. So`ng rus asirlarini olib o`z yurtlariga xaydab borardilar. Boris va uning xamroxlari Xivaga borayotganlarida kalmok udusidan rus asirlarini xaydab kelayotgan xivaliklarni uchratdilar. (Xivaga xaydab kelinayotgan) asirlarning soni 200, balki undan ortikrok edi. Ularning xar birini 40 yoki undan sal ortikrok so`mga sotib olardilar. Ularning ko`pchiligini Eron va Xindistonga olib borib sotar edilar». Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling