Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va «Nusxayi zeboyi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
- Agiografik asarlarning umumiy xususiyatlari.
- Agiografik asarlar tavsifi.
- «Manokibi xoja Yusuf Xamadoniy»
- «Risolayi shayx Najmiddin Kubro»
- Xoja Baxouddin Nakshband
- «Rashaxotu ayn ul-xayot»
Xotiroti Mutribiy», «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» va «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy» «Xotiroti Mutribiy» («Mutribiy esdaliklari»), «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» («Mutribiyning shoirlar to`grisidagi tazkirasi») va «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy» («Jaxongirning zebo tazkirasi») nomli asarlar muallifi XVI asrning ikkinchi yarmi- XVII asrning 30-yillarida o`tgan shoir va tazkiranavis olim Mutribiydir. «Xotiroti Mutribiy» degan asaridan ma`lum bo`lishicha, u 1559 yili Samarkandda tavallud topgan, ota taraifidan bobosi Malik Argun va ona tarafidan bobosi Basriy zamonining mashxur shoirlari jumlasidan bo`lishgan. Mutribiy dastlabki ma`lumotni ona shaxri Samarkandda olgan, so`ng Buxoroga borib, xoja Xasan Nisoriyga shogird tushgan. 1620 yildan boshlab u asosan Samarkandda istikomat kilgan va Samarkand xokimi Xojibiy kushchining xizmaida bo`lgan. 1625 yilning kuzida o`gli Muxammad Alini o`zi bilan birga olib, Xindistonga jo`nab ketadi. Bu vaktda Mutribiy 69 yoshda bo`lgan va 1627 yili Samarkandga kaytib kelgan. Uning keyingi takdiri ma`lum emas. Mutribiy uch asar muallifidir. Ulardan biri «Tazkirat ush-shuaroyi Mutribiy» bo`lib, unda movarounnaxrlik 320 shoir xakida kiskacha ma`lumot va she`rlaridan namunalar keltiriladi. Ikkinchi asari «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy» bo`lib, uni Mutribiy xali Xindistonga ketmay turib Samarkandda boshlagan va 1626 yili Loxur shaxrida tamomlagan. Asarda Movarounnaxr, Xuroson, Balx, Badaxshon va Xindistonda XVI asrning ikkinchi yarmida istikomat kilgan 292 shoir xakida ma`lumot keltiriladi va o`sha yiliyok Jaxongir podshoxga (1605-1627 yy.) takdim etiladi. «Xotiroti Mutribiy»da aytilishicha, tazkira podshox va uning yakinlariga ma`kul bo`lgan. Jaxongir suxbat oxirida Mutribiyga Xindistonda XVI asrning ikkinchi yarmida, ya`ni marxum otasi Jaloliddin Akbar davrida o`tgan shoirlar xakida to`plagan materiallarini bergan va undan mazkur tazkiraga o`z nomini ko`shishini iltimos kilgan. Ushbu materiallar ikkinchi tarzkiradan 16 varak joy olgan. «Nusxayi zeboyi Jaxongiriy»ning yaxshi ko`lyozma nusxasi 1665 yilda Shoxijaxonobodda ko`chirilgan va shu kunlarda «Indiya offis» kutubxonasida saklanmokda. Mutribiyning uchinchi asari «Xotiroti Mutribiy» dkb ataladi va muallif uni 1627 yil 25 fevral kuni yozishga kirishgan. Asar muallifning Loxurda turgan paytida podshox Jaxongirning 24 majlisida ko`tarilgan masalalar xakida xikoya kiladi. Unda Movarounnaxrning XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli va madaniy xayoti, Samarkandning osori-atikalari va uning o`sha davridagi axvoli xakida o`ta kimmatli dalil va ma`lumotlar keltiriladi. Shulardan ba`zilarini keltirib o`tamiz. Jaxongir podshoxni Buxoro va Balx xonlarining xamda ularga yakin amirlar va Juybor xojalarining shaxsiy xayoti, turmushi va fe`l-atvori ko`prok kiziktirgan. Shuningdek, u boshka Boburiy podshoxlar kabi, Buxoro va Balx xonlarining kiyofasini chizdirish bilan shugullangan. Masalan, 18-chi xotirotda kuyidagilarni o`kiymiz; «Kunlardan bir kuni podshoxning ostonasiga bosh ko`ygani borgan edim. Podshox kandaydir suratlarni dikkat bilan tamosha kilib o`tirgan ekan. Menga «o`ltir!», deb ishoratkildilar. So`ng suratlarni men tarafga o`girib so`radilar; «Dikkat bilan karab ko`rchi, bular kimlarning suratlari ekan?» Karab ko`rsam ularning biri Abdullaxon o`zbek (Abdullaxon soniy, 1583-1598 yy.), ikkinchisi (uning o`gli) Abdumo`minxonning surati ekan. Podshox mendan so`radi; «Suratlar asilmi, yoki sening boshka fikring bormi? Agar bo`lsa ayt». Men javob kildim; «Abdullaxon sal to`larok tasvirlangan. Bo`ynidagi chandik esa o`ng tomonda bo`lib kolgan. Aslida u ko`p xam to`la emas, bo`ynidagi chandik esa so`l tarafda». Podshox rassomni chakirtirdi va suratni men aytgandek kilib chizishni buyurdi. Shundan keyin podshox mendan «Abdulmo``minxonning surati xususida nima deysan?», deb so`radi. Javob kildim; «Abdulmo``minxonni bugdoy rangli kilib chizibdilar. Aslida u ok-sarikdan kelgan (yigit), sallani sal oldinga kilib o`raydi, bu ancha chiroyli chikadi», dedim. Podshox rassomni chakirtirdi va bu suratlarni xam men aytganday kilib chizishni buyurdi». Xotirotlardan yana birida Mutribiy 1626 yili Buxorodan Xindistonga kelgan Buxoro xonining elchisi xoja Abduraxim bilan bo`lgan suxbatni keltiradi. Jaxongir podshox Juybor xojalariga zo`r xurmat-extiromi bo`lishiga karamay, Mutribiyga; «Nima uchundir, Imomkulixon Nadr devrnbegiday boobru mulozimlari bo`la turib, xuzurimizga navkarlarni yuboribdi?», degan. Olimning Kobuldan Loxurga mexmon bo`lib kelgan Muxammad Xakim mirzo sharafiga uyushtirilgan ziyofat xakida yozgan xotirasi xam dikkatga sazovordir. Majlisda gap «musika» atamasining kelib chikishi, ma`nosi, shashmakom («Irok», «Xusayniy», «Segox» va boshkalar)ning tarixi xakida musikashunoslar o`rtasida bo`lgan baxs xakida boradi. Unda Mutribiy xam faol katnashgan. «Muzakkiri al-asxob» («Do`stlarni eslatuvchi kitob») tazkirasining muallifi XVII asrda o`tgan yirik shoir va olim Malexo Samarkandiydir. Bu asarda VII asrda yashab ijod etgan 200 dan ortik movarounnaxrlik shoirlarning kiskacha tarjimai xoli va asarlaridan parchalar keltirilgan. Kitob 1682-1692 yillar orasida yozilgan. Malexo Samarkandiyning xakikiy ismi Muxammad Badi` ibn Muxammad Sharif Samarkandiy bo`lib, u 1641 yili Samarkandda o`kimishli fakix va o`ziga to`k oilada tavallud topgan. Otasi Muxammad Sharif Samarkand kozisi, so`ng muftiy maxkamasida xizmat kilgan. 1670 yili vafot etganida, uning boyligi Abdulazizixonning (1645-1680 yy.) amri bilan o`gli Muxammad Badi`ga koldirilgan. Bo`lgusi olimning xayoti kiyinchilik va muxtojliksiz, yaxshi kechgan. Shuning uchun xam u yaxshi o`kigan va ko`p erlarga sayoxat kilish imkoniga ega bo`lgan. Muxammad Badi` boshlangich ma`lumotni Samarkandda olgan. Ko`p ilmlarni, fikx, falsafa, iloxiyot va mantikni otasidan, she`r ilmini kozi Lutfulloxdan madrasada olgan. U madrasada tafsir, astronomiya, tarix va adabiyotni xam o`rgangan. «Xususan,-deb yozadi u o`z tazkirasida,-«Chagminiy sharxi» va Ali Kushchining forscha risolasini o`sha mavlono Lutfulloxdan o`rganganman». Malexo 11 yoshida she`r yoza boshlagan va ba`zi kiyin atamalarni izoxlay olgan. Olim 1670 yili, otasi vafotidan keyin, Eron bo`ylab sayoxat kilgan va uch yil mobaynida mamlakatning o`sha vaktdagi poytaxti Isfaxon va katta shaxarlari Nishopur, Koshon, Mashxad va boshka shaxarlarida bo`lgan, o`sha yillari bo`lajak asar uchun ma`lumotlar to`plangan. 1673 yili u ona shaxri Samarkandga kaytib keldi va etti yil mobaynida Samarkand va Buxoro shaxarlarida fikx, tafsir va xadis ilmlaridan olgan ma`lumotini Kozi xoja Mirakshox raxbarligida chukurlashtirgan. 1689 yili Samarkand xokimi Ibroximbiy uni Shaybniyxon madrasasiga mudarris etib tayinlaydi. Olim o`z asarini shu erda tamomladi. Uning kachon vafot etgani ma`lum emas. «Muzakkiri al-asxob», unda tilga olingan shoirlarning asarlaridan boshka juda ko`p, turli mavzudagi asarlarda keltirilgan ma`lumotlarni o`rganish asosida yozilgan. Manbalar ichida Mirxondning «Ravzat us-safo», imom Abulfazl Muxammad as- Samarkandiyning «Kandiya», Yaxyo Sibak Nishopuriyning «Gabistoni xayol», Ali ibn Xusayn Voiz al-Koshifiyning «Rashaxot ul-ayn ul-xayot», mulla Sodik Samarkandiyning «Riyoz ush-shuaro», Mir Said Sharif Rokimning «Tarixi kasira», xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» asarlari xam bor. Shuning uchun asarda she`riyat ilmidan tashkari, tarixiy va geografik ma`lumotlar xam ko`p. Tarixiy ma`lumotlardan Xiva xoni Anushaxonning 1681 va 1686 yillari Buxoro xonligi xududlariga bostirib kirishi, 1681 yili Buxoro atrofidagi tumanlar va Buxoro shaxristonining bosib olinishi, 1686 yili Samarkand, Karshi va Shaxrisabzning bosib olinishi va buning oki oid ma`lumotlardanbatida xalk va xukumatning ogir axvolga tushib kolishi xakidagi ma`lumotlar dikkatga sazovordir. Asarda mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy axvoliga oid ma`lumotlar xam uchraydi. Xunarmandchilik, misgarlik, kimuxtgarlik, bo`yokchilik-sabbotiy, gilkorlik, kavushdo`zlik, zardo`zlik, kassoblik, karbozfurushlik, attorlik, zarkashlik, bazzozlik, temirchilik, xirgoxtaroshlik, nakkoshlik, sarroflik, jomaboflik, muxrgarlik va boshkalar, xoja Ubaydulla Axror avlodining mol-mulki xakida ma`lumotlar uchratamiz. Ashtarxoniylar davlati tuzilishi, xususan otalik, mustavfiy, parvonachi, miroxur, dodxox, to`ksabo, sipoxsalor, sudur, fakix, a`lam, muftiy, kozi askar, rais, kitobdor, mudarris, mutavaliy, yuz boshi, miri xazar, vokeanavis va boshka mansablar xakida o`ta kimmatli ma`lumotlar mavjud. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð.... q. Áèîãðàôèÿ åêè áèîãðàôèê àñàð äåãàíäà íèìàíè òóøóíàñèç? w. #àíäàé áèîãðàôèê õàðàêòåðãà ýãà áóëãàí àñàðëàðíè áèëàñèç? 16-mavzu. Agiografik asarlar, manokiblar yoki xolotlar. Reja: 1. Agiografik asarlar xususiyalari. 2. Agiografik asarlar tavsifi. Asosiy tushunchalar: Tazkira, monokib, xolot, risola, shayx, imom, tasavuf, murid, murshid, eshon, said, xo`ja, silsila, ta`rikot, Rashaxot, makolat. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001. 3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993. 4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. 5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987. Agiografik asarlarning umumiy xususiyatlari. Manokiblar yoki xolotlar yirik din va jamoat arboblari va tarikat peshvolarining xayoti va faoliyati, ularning karomatlari xakidagi biografik asarlardir. Manokiblar ustida ishlash shuni ko`rsatadiki, ularda o`ta kimmatli ijtimoiy-iktisodiy, tarixiy va madaniy xayotga oid dalillar va ma`lumotlar ko`p uchratish mumkin. Shunga karamay, bu xildagi manbalardan foydalanish ishini yaxshi deb bo`lmaydi. Mutaxassislar, umuman tarixshunos-manbashunoslar e`tiboriga manokiblar va xolotlarning ba`zilari to`grisida ma`lumotlar keltirildi. Agiografik asarlar tavsifi. «Tazkirayi Bugroxoniy» («Bugroxonning xayot yo`li va aytganlari») Axmad ibn Sa`dulla al-O`zgandiy kalamiga mansub asardir. Kitob mashxur Koraxoniylardan Sotuk Bugroxon (vafoti 955 y.)ga bagishlangan. Asarda Uvaysiya tarikati va unga ergashgan toliblarning, shular katori Sotuk Bugroxonning xam tarjimai xoli berilgan. Asar «Uvaysiya» (mashoyixlari)ning tarjimai xoli» deb xam ataladi. «Tazkirayi Bugroxoniy» ilk tarikatlardan bo`lmish Uvaysiya tarikati tarixi va O`rta Osiyoda islom dini tarkalishi tarixini o`rganishda muxim manbalardan biri bo`lib xizmat kiladi. Asar matni chop etilmagan. Ko`lyozma nusxalari O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud. «Manokibi xoja Yusuf Xamadoniy» («Xoja Yusuf Xamadoniyning xayot yo`li») nomli asar muallifi Xojagon tarikatining asoschisi va nazariyachilaridan biri Abduxolik ibn Abduljamil Gijduvoniy (vaf.1179 y.) bo`lib, u ushbu asarini ustozi xoja Yusuf Xamadoniyning xayot yo`li va ta`limotiga bagishlagan. Asarning yana bir boshka nomi «Risolayi shayx ash-shuyux xazrat xoja Abu Yusuf Xamadlniy» («Mashoyixlar shayxi xazrat xoja Yusuf Xamadoniy xakida risola») deb xam ataladi. Asarning yaxshi bir ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik institutida mavjud. «Risolayi shayx Najmiddin Kubro» («Shayx Najmiddin Kubro risolasi») kubroviya tarikatining asoschisi shayx va shoir Najmiddin Kubro (1221 y. Gurganjni mo`gullardan mudofaa kilish vaktida jangda xalok bo`lgan) kalamiga mansub asar. Xajm jixatidan uncha katta bo`lmagan, xammasi bo`lib 9 varak, bu asarda tasavvuf xakida fikr yuritiladi, muallif o`zining shaxsiy kechinmalari va ruxiy iztiroblarini bayon kiladi. Asarning yaxshi bir ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida saklanadi. «Manokibi Amir Kulol» («Amir Kulolning xayot yo`li») asari nakshbandiya tarikatining ko`zga ko`ringan namoyondalaridan biri, xazrati soxibkiron Amir Temurning pirlaridan Amir Kulolning xayot yo`liga bagishlangan. Amir Kulol asli Buxoroyi sharifning Suxori kishlogidan bo`lib, ota-bobolaridan tortib kulolchilik bilan tirikchilik o`tkazganlar, tarikatda xoja Muxammad Boboyi Somosiy (vaf.1354 y.)ning xalfasidir. Asarning muallifi Amir Kulolning nabirasi Shixobiddindir. Asarning XVII asrda ko`chirilgan yaxshi bir ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida saklanmokda. «Manokibi Amir Kulol»ning toshbosma nashrlari xam bor. Xoja Muxammad Porsoning «Makomati xoja Alouddin Attor», «Fasl ul- xitob», «Risolayi kudsiya» va boshka asarlari Xoja Muxammad Porsoning xakikiy ismi Muxammad ibn Muxammad al-Xofiz al-Buxoriy bo`lib, 1419 yili Makkada vafot etgan. Nakshbandiya tarikatining nazariyotchi olimlaridan, ushbu tarikat va uning ko`zga ko`ringan namoyondalariga atab bir necha asar yozib koldirgan. Ulardan biri «Makomati xoja Alouddin Attor» («Xoja Alouddin Attorning xayot yo`li») bo`lib, muallif unda Nakshbandiya tarikatining yirik vakillaridan biri Xoja Buzurg – Xoja Baxouddin Nakshbandning xalifalaridan biri asli xlrazmlik xoja Alouddin (vaf.1400 y.)ning aytganlari jamlangan. «Makomati xoja Alouddin Attor» asari nashr etilmagan. Ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik instituti kutubxonasida mavjud. Xoja Muxammad Porsoning yana bir asari «Fasl ul-xitob» («Ravshan fikrlar») bo`lib, unda e`tikod, diniy marosimlar, akidaparastlik va falsafiy okimlar xakida mutasavvufona fikr yuritiladi. «Fasl ul-xitob» tasavvuf bo`yicha komusiy asar xisoblanadi. Asarning ko`lyozma nusxalari O`zbekiston, shuningdek, Germaniya, Frantsiya va boshka xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida mavjud. 1913 yili amalga oshirilgan toshbosma nashri xam bor. Xoja Muxammad Porsoning piri murshidi xoja Baxouddin Nakshbandga atab yozgan «Risolayi kudsiya» («Kudsiy kalimalar xakida risola») asari bo`lib, olim bu asarida ustozining aytganlarini zo`r e`tibor bilan jamlagan. Xoja Muxammad Porso bu asarini ustozi xoja Alouddin Attorning iltimosi bilan yozgan. Olimning bulardan boshka tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga bagishlangan «Maxak al-orifin» («Ma`rifatli kishilarni ajratuvchi maxak toshi»), «Taxkikot» («Xakikat izlash») va «Risola» degan asarlari xam mavjud. Xoja Baxouddin Nakshband, uning xayoti, aytganlari, karomatlari xakida xikoya kiluvchi yana bir muxim asar Abulmuxsin Muxammad Bokir ibn Muxammad Alining «Manokibi xoja Baxouddin Nakshband» («Xoja Baxouddin Nakshbandning xayot yo`li») nomli kitobidir. Abulmuxsin Muxammad Bokir bu asarini yozishda Xojoyi buzurgning yakin kishidari bilan suxbatlari chogida yikkan ma`lumotlardan va xoja Muxammad Porsoning kitoblaridan olingan ma`lumotlardan foydalangan. «Manokibi xoja Baxouddin Nakshband» mukaddima, xotima va uch kismdan (maksad) iborat. Mukaddimada Xojoyi buzurgning tavallud topishi va kelib chikishi, birinchi kismda xazrat eshon faoliyatining boshlanishi, ikkinchi kismda xazrat eshonning suluklari va aytganlari, va nixoyat, uchinchi kismda xazrat Baxouddin Nakshbandning kashfu karomatlari bayon etilgan. Xotimada xazrati buzurgning vafoti xususidadir. Asar Maxmud Xasanov tarafidan o`zbek tiliga tarjima kilingan va zarur izoxlar bilan 1993 yili nashr etilgan. «Makomoti xoja Axror» («Xoja Axrorning xayoti») nomli asar nakshbandiya tarikatining yana bir yirik namoyondasi, ma`rifatparvar va raiyatparvar inson xoja Ubaydulla Axror Valining xayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bagishlangan. Bu kitob eshon buvaning nabirasi xoja Abdullo tomonidan XVI asrda yozilgan. Xoja Abdullo yoshligidan bobosining xizmatida bo`lgan va mazkur asarida xazrat eshondan o`zi eshitgan, uning yakinlari va mulozimlari, beklar va amirlarning ogzidan eshitgan, shuningdek Temuriyzodalar Sulton Axmad (1469-1494 yy.) va Umarshayxdan eshitganlarini kunt bilan to`plab kitob xoliga keltirgan. Asarda O`zbekiston va u bilan ko`shni mamlakatlarning XV asrdagi ijtimoiy- iktisodiy, siyosiy va madaniy xayotiga oid o`ta kimmatli ma`lumotlar bor. Kitob nashr etilmagan, uning ko`lyozma nusxalari O`zR FA Sharkshunoslik institutining xazinasida saklanmokda. «Rashaxotu ayn ul-xayot» («Xayot chashmasidan tomchilar», 1503 yili yozib tamomlangan) xoja Ubaydulla Axror xakida yozilgan muxim bir asardir. Asar muallifi ko`pincha as-Safiy (1453-1513 yy.) taxallusi bilan mashxur bo`lgan iloxiyot, xadis, tafsir va adabiyot fanlarini chukur bilgan olimdir. Uning to`la ismi Faxruddin Ali ibn Ali al-voiz al-Koshifiy al-Bayxakiydir. Asarlaridan ma`lum bo`lishicha, u Bayxak (Eron)ning o`kimishli xonadonlaridan biriga mansub bo`lib, otasi iloxiyot, tafsir va xadis ilmiga oid asarlar yozgan va Nakshbandiya tarikatining etakchilaridan xoja Ubaydulla Axror (1404-1490 yy.), xoja Yaxyo va boshkalarning dikkat e`tiborini kozongan kishidir. As-Safiyning o`zi xoja Ubaydulla Axrorning muridlari jumlasidan bo`lib, uning kotibi lavozimida ishlagan. Xoja Axror vafot etgandan keyin, temuriy Sulton Xusayn xizmatiga kirgan va uning voizi bo`lib xizmat kilgan. As-Safiy turli soxalarga oid 10 ga yakin asar yozib koldirgan. Turli latifa va badi`alarni o`z ichiga olgan «Latoif az-zaroif» («Zarofatli kishilarning latifalari»), «Maxmud va Oyoz» dostoni, al-kimyoga bagishlangan «Tuxfat ul-xoniy» («Xonning tuxfasi»), «Xirz al-omon min fatan az-zamon» («Zamonning ziyrakligi bilan joduni kaytaradigan tumor»), «Axloki Muxsiniy», Nakshbandiya tarikatining ta`limoti va uning yirik namoyondalari xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Usuli Nakshbandiya» kabi asarlar shular jumlasidandir. Bundan tashkari, as-Safiy tarjimonlik bilan shugullangan. Masalan, u shayx Shixobuddin Suxravardiyning (vaf.1234 y.) «Uyun al-xakoik va ixox al-taroik» («Xakikatlar bulogi va tarikatlar izoxi») kitobini arabchadan fors tiliga tarjima kilgan. Bu tarjima «Kitob kashf ul-asrori Kosimiy» («Kosimiy sirlarining kashf etilishi xakida kitob») nomi bilan ma`lum. As-Safiy Sharkda mashxur bo`lgan «Kalila va Dimna» asarini xam kayta ishlagan va unga «Anvori Suxayliy» («Suxayl yulduzining nurlari») deb nom bergan. O`zbekistonning XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda as-Safiyning ayniksa «Rashaxot» asari muxim o`rin tutadi. Asar Nakshbandiya tarikati mashoi`larining kiskacha tarjimai xoli xamda tarikatning yirik namoyondalaridan xoja Ubaydulla Axrorning xayoti va makomotlarini o`z ichiga oladi. As-Safiy o`z asarini yozishda xoja Muxammad Porsoning «Fasl ul-xitob», Shixobuddin ibn Amir Xamza (vaf.1405 y.)ning «Makokoti Amir Kulol», Muxammad al-Buxoriyning (XII asr) «Maslak ul-orifin», Mavlono Muxammad kozining (vaf.1516 y.)ning «Silsilat ul-orifin va tazkirat as-siddikin» asarlaridan foydalangan. Lekin asarning katta kismi, ya`ni xoja Ubaydulla Axrorning xayoti va faoliyati xakidagi kismi, muallifning shaxsiy kuzatuvlari va so`rab-surishtirib to`plagan ma`lumotlari asosida yozilgan. «Rashaxot» kiskacha so`z boshi-debocha, kirish-makola va uch kismdan iborat. So`z boshida mazkur asarning yozilish sabablari, muallifning ismi sharifi, asarning yozilib tamomlangan vakti, shuningdek, xoja Ubaydulla Axrorning Nakshbandiya tarikatiga munosabati xakida so`z boradi. Kirish kismida Nakshbandiya tarikati mashoyixlarining, xoja Yusuf Xamadoniydan to mavlono Shamsuddin Ruxiygacha kiskacha tarjimai xoli bayon kilingan. Asarning I-III kismlarida xoja Ubaydulla Axror va uning farzandlari, xoja Zikriyo, xoja Yaxyo, shuningdek, zoja Axrorning yakin muridlarining xayoti va makomotlari xakida xikoya kilinadi. «Rashaxot»ning biz uchun kimmatli tomoni shundaki, unda, ayniksa asarning uchinchi kismida, O`zbekistonning XV asrdagi ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy avoliga oid kimmatli ma`lumotlar mavjud. Xoja Ubaydulla Axrorning er-suvlari va boshka mulki, tamga soligi, xorijiy mamlakatlar bilan bo`lgan savdo-sotik alokalari va mamlakatda kuchayib ketgan o`zaro kurash va bunda musulmon ruxoniylari, xususan xoja Axrorning ishtiroki xakidagi ma`lumot va xabarlar shular jumlasidandir. «Rashaxot» Xindistonda 1890, 1897 va 1906 yillari xamda Toshkentda 1911 yili chop etilgan. Asar arab, 1852, 1889 yillari xamda turk tiliga 1888 yili tarjima kilingan. XVI-XVIII asrlarda yozilgan makomotlar xam bir talay. Ular xam biografik asarlar sirasiga kiradi. Ularning ko`plari XVI asrga oiddir. Maxdumi A`zam Kosoniyning nabirasi xoja Abulbakoning kaoamiga mansub bo`lgan «Jomi` ul- makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy» («Maxdumi A`zam Kosoniy makomotlari majmu`i»). Muxammad Raxim tarafidan yozilgan «Siroj us-salokin va latoif ul- orifin» («To`gri yo`ldan boruvchilar uchun chirog va donolarning lutf so`zlari»). Do`stmuxammad al-Buxoriyning «Juybor ul-asror» («Ko`p irmokli manzilning siru asrorlari»). Xusayn ibn Mir Xusayn Saraxsiyning «Manokibi sa`diya» («Xoja)Sa`dning makomotlari»), Muxammad Tolib ibn xoja Tojiddinning «Matlab ut-tolibin» («Toliblar matlabi») kitobi, Badriddin Kashmiriyning «Ravzat ur-rizvon va xadikat ul-gilmon» («Jannat bogi va changalzor maxramlari»), XVII-XIX asrlarda yozilgan asarlardan Muxammad Kosimning «Nasimot ul-kuds» («Kudsiylikning mayin shabadasi»), Muxammad Avazning «Ziyo al-kulub» («Kalblar ziyosi»), xoja Xoshim Kishmiyning «Zubdat ul-makomot» («Makomotlar zubdasi»), Sayid Ali Zindaning «Samarot ul-mashoyix» («Mashoyixlar natijasi»), Muxammad Toxir ibn Muxammad Tayyib Xorazmiyning «Silsilati xojagoni Nakshbandiya» («Nakshbandiya xojalarining silsilasi») shular jumlasidandir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling