Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va taxlil etish
- Amaliy manbashunoslik (yo`nalishi)
- Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish
- Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
- Yozma manbalarni tavsif usuli va ularni talabalarga tushuntirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. И.А.Каримов. «Юксак маънавият енгилмас куч»-Т., 2008. 2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyk» -T., 2001. 3. B.A.Axmedov. «Uzbekiston halqlari tarixi manbalari»-T., «O`qituvchi». 1991. 4. Б.А.Аhмедов. «O`збекистон тарихи манбалари»-Т., «O`qитувчи». 2001. Manbashunoslikning yo`nalishlari asosiy maksad va vazifalari Manbashunoslik fani asosan ikki yo`nalishga ega bo`lib, u nazariy manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz kuyida nazariy manbashunoslik xususiyatlarini bayon etamiz. Nazariy manbashunoslik yo`nalishi amaliy manbashunoslik tajribasini umumlashtiradi, yozma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni o`zida aks ettirish konuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chikadi va ularni ilmiy muomalaga kiritishning, amaliy o`rganishning eng maksadga muvofik asosiy usul va yo`llarini aniklaydi va amaliyotga tavsiya etadi. Ular kuyidagilardir. Manbalarni turkumlash Shark yozma manbalarni turkumlashning yagona anik bir koidasi xozirgacha ishlab chikilmagan. Mavjud ko`lyozma manbalar fixristi bir kismi asarlar tili no`ktai nazaridan kelib chikib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida saklanayotgan shark ko`lyozmalari yirik sharkshunos Charlz Riyo tomonidan ularning kaysi tilda yozilganiga karab, arab, fors va turkiy tildagi ko`lyozmalarni aloxida, aloxida tavsifga olib fixrist tuzgan. Frantsiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonadagi saklanayotgan shark ko`lyozmalari xakida Edgar Bloshe xam shu tartibda katalog tuzgan. Toshkentdagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik instituti xazinasidagi ko`yozmalar birinchi bor saklanayotgan tashkilot “O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Shark ko`lyozmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning o`n bir jildda nashr etilgan. Xozir ko`lyozmalarni kaysi fan soxasiga oidligiga karab tavsifga olish boshlab yuborilgan mana shunday kataloglar chop etilmokda. Ba`zi manbashunoslar ko`lyozmalarni mazmuniga karab, asarda kaysi masala bayon etilganiga karab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshka bir guruxi asarning kelib chikishiga, ya`ni kaerda va kachon yozilganligiga karab turkumlashni ma`kul ko`radilar. Yana bir gurux olimlar esa ularni rasmiy xujjatlar, tarixiy, geo-kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bo`lib o`rganishni tavsiya kiladilar. Manbalarni avtograf – ya`ni muallifning o`z ko`li bilan ekanligiga karab yoki ko`chirilgan nusxa ekanligigi karab turkumlash xollari xam uchraydi. Xozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning fakat bittasiga, ya`ni ularning turlariga karab tadkik etishni maksadga muvofik deb xisoblaydilar. Chunki boshka tadkikot yo`llari yozma manbani chukur va atroflicha o`rganish xamda taxlil kilish vazifalariga to`la javob bera olmaydi. Birinchidan, tarixiy manbalar ichida fakat bir masala – ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy, madaniy va boshkaga butunlay bagishlangan asar deyarli yo`k yoki juda kam. Til bo`yicha manbalarni o`rganish yomon emas, lekin biror mavzuga oid manbalarni o`rganganda, fakat bir yoki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan chegaralanish tadkikot ilmiy kiymatini pasaytiradi. Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va kaysi davr vokealarini aks ettirganligiga karab turkumlash maksadga muvofikdir. Avvalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o`kuv yurtlarida o`kitilgan “CCJM tarixi manbashunosligi” va “O`rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu koidaga asoslangan. B. A. Axmedov “O`zbekiston tarixi (o`rta asrlar) manbalari”ni (yozma manbalarni) kuyidagi uch turga bo`lib o`rganishni tavsiya kilgan: 1) Ashyoviy manbalar, ya`ni arxeologik kazishlar natijasida topilgan ashyolar; 2) rasmiy xujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik xamda biografik asarlar. Ushbu turkumda kayd etilgan arxeologik yoki ashyoviy manbalar, ya`ni kadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o`rganish uchun asosiy manba bo`lib xizmat kiluvchi manbalar asosan arxeologiya fani tomonidan o`rganiladi va biz uchun ko`shimcha yoki yordamchi dalil sifatida tadkikotlarga jalb etilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, O`zbekiston tarixi yozma manbalarini asasan ikki turga bo`lib o`rganish ma`kul ko`rinadi. 1) rasmiy xujjatlar – yorliklar, farmonlar, inoyatnomalar, vakfnomalar, xisob- kitob daftarlari, raxnomalar, rasmiy yozishmalar, maktublar va boshkalar. Umuman, tarixiy xujjatlarning o`ttizdan ortik turi mavjud. Xujjatlar ijtimoiy-siyosiy xayotni bevosita kayd etishlari, ya`ni feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga o`xshash masalalar bo`yicha daliliy ma`lumotga boyligi bilan tarixiy manbalarning boshka turlaridan ajralib turadi. Ular asosan xujjatshunoslar tomonidan maxsus o`rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy kiymati juda katta. 2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik xamda biografik asarlar. Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik xamda biografik asarlarda rasmiy xujjatlarga nisbatan tarixiy vokea va xodisalar keng va to`la yoritiladi. Shuning bilan bir katorda ularda faktik materialning boyligi ko`zga tashlanadi. Arxeografiya - yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni kidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo`nalish Respublikamiz Fanlar Akadnmiyasining Abu Rayxon Beruniy va sobik Ko`lyozmalar Institutida boshlangan bo`lib ma`lum davrgacha Fargona vodiysi, Samarkand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga kator arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo`lib, ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullaev, A.Axmedov, B.Xasanov, O.Jalilov, M.Xakimov, Yu. Tursunov va boshkalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir kancha nodir ko`lyozmalar va xujjatlar aniklanib, davlat xazinalariga olib kelingan. Xamid Sulaymon (vaf.1979) Angliya, Frantsiya (1868) va Xindiston kutubxonalariga (1976-1977) arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi va buning natijasida kator yozma manbalar to`grisida ma`lumotlar, ayrimlarining mikrofil`m va fotokopiyalari yuotimizga keltirilgan edi. Xozirgi paytda Sharkshunoslik instituti va Islom universiteti koshida shark ko`lyozmalarini kabul kilish arzeografik komissiyalari mavjud bo`lib, ularda axoli o`rtasida mavjud yozma manbalarni kiymatini aniklashga kodir mutaxassislar bor. Tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va taxlil etish Nazariy manbashunoslikda eng zarur tarixiy manbalarni aniklash, tanlash va nixoyat uni ilmiy taxlil kilish xar kanday katta kichik tadkikotning dastlabki boskichi xisoblanadi. Tanlangan mavzuning ilmiy xamda nazariy jixatdan to`gri xal etilishi ko`p jixatdan xar kanday tadkikotning asosi, poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmogiga, ya`ni mukammalligiga va faktik materialga boyligiga boglikdir. Manbashunoslik talablaridan biri shuki, biror mavzuni tadkik etishda bir emas, balki bir necha manbalar turiga – rasmiy xujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik, agiografik va biografik asarlarga asoslanib, ulardagi ma`lumotlarkiyosiy solishtirilib taxlil etilsa ilmiy tadkikot saviyasi oshib, xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli bo`lib, uning ilmiy axamiyati xam katta bo`lishi shubxasizdir. Tadkikot uchun yozma manbalarning kaysi biri asosiy va kaysilari yordamchi rol` o`ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga boglikdir. Masalan, iktisodiy-ijtimoiy masalalarni o`rganishda rasmiy xujjatlar asosiy birlamchi manba rolini o`taydigan bo`lsa, siyosiy xamda madaniy xayotni yoritib berishda solnomalar – tarixiy asarlar va biografik tazkiralar xamda adabiy-badiiy asarlar etakchi o`rinda turadilar. Lekin shunga karamay, ilmiy tadkikot olib borishda fakat asosiy xisoblangan birgina birlamchi manba bilan kifoyalanib kolmay, imkon kadar boshka ikkinchi darajali manbalarga murojaat etish, ularni xam tadkikotga jalb etish maksadga muvofikdir. Manbashunos olimlarning tajribasi shuni ko`rsatadiki, aksariyat tarixiy asarlar ijtimoiy-iktisodiy masalalar xamda madaniy xayotga oid kimmatli ma`lumotlarga boy bo`ladi. Rasmiy xujjatlarda va biografik asarlarda esa siyosiy tarixga oid kimmatli faktlarni, tarixiy asarda yo`k ma`lumotlarni uchratish mumkin. Manbashunoslikdagi ilmiy ishda ko`p va turli tipdagi manbalarga asoslanib, tadkik etilmish mavzuga oid barcha manbalarni ishga jalb etish bo`dajak ilmiy asarning kiymatini va axamiyatini belgilovchi asosiy va xal kiluvchi omillardan biridir. Amaliy manbashunoslik (yo`nalishi) bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o`rganish, izlab topish, tavsif etish va o`zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli ma`lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Amaliy manbashunoslikda tadkikotchi o`zi uchun tanlab olgan biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning xar birini tashki yoki moddiy –texnik belgilari va ichki mazmuniga ko`ra guruxlarga ajratib ilmiy taxlil etishi lozim. Manbalarni tashki belgilari moddiy-texnik ma`lumotlariga karab taxlil etish Manbalarni tashki belgilari yoki moddiy-texnik ma`lumotlari deganda ko`lyozma kitob yoxud xujjat bitilgan kogozning o`lchami, kogozi, varaklar soni, mukovasi,matn o`lchami, xati, siyoxi, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi kabi ma`lumotlar nazarda tutiladi. Bu ma`lumotlar asar yozilish sabablari, uning yozilgan joyi va o`sha vaktdagi texnik tarakkiyot va ijtimoiy-sisiy muxitni o`rganishda muxim axamiyatga ega. Bu ma`lumotlarni aniklamay turib, asarda bayon etilgan vokealar xakida, umuman asar xakida to`gri va to`la tasavvurga ega bo`lish, uning xususida fikr bildirish mumkin emas. Ko`lyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vakti va joyini aniklash kiyin. Chunki kadimgi ko`lyozmalarda bugungi kundagi kitoblardagi kabi mukovaning o`zidayok asar nomi, muallif nomi, kitob boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy ma`lumotlar keltirilmagan. Ba`zi xollarda asar oxiri-xotimada uning ko`chirilgan vakti va joyi xamda kotibning nomi kayd etiladi, xalos. Ma`lumotlar keltirilmagan takdirda, asarning matni, yozilish va kitobati tarixi, kogozi, xati xamda tili va til uslubiga karab taxminan aniklanadi. Bunday ma`lumotlarni aniklash tadkikotchidan katta xayotiy tajriba va yuksak malakani talab kiladi va bu ancha kiyin va mas`uliyatli ishdir. Bunday masalalarni mashxur kitob bilimdoni Ibodulla Odilov, Abdukodir Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali mutaxassislargina bir necha yozma manbalarni solishtirish, kiyoslash asosida xal kilishi mumkin. Asar muallifi va uning shaxsini aniklash ko`lyozma kitobning ilmiy taxlil etishda katta axamiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab bo`lgan ijtimoiy-siyosiy muxitni aniklab olish uchun xam zururdir. Odatda, kadimgi ko`lyozma asarlarda ko`p xollarda muallifning ismi ma`lum va ko`zga tashlanadigan joyda, masalan, asarning boshi yoki oxirida kayd etilmaydi. Ba`zan u mukaddima kismida, yoki asar o`rtasida, vokealar bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Ko`p xollarda esa muallif o`zining xakikiy ismini aytmay, “fakiru xakir”, “ojiz va xoksor”, “bu garib banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday xollarda asar varakma-varak, satrma-satr, aloxida e`tibor va sinchkovlik bilan o`rganilishi lozim. Shunday xam bo`ladiki, asarning biron erida muallif o`zi, otasi yoki yakinlari xakida bir-ikki kalima aytib o`tadi. Yoki bayon etilayotgan vlkeaga o`zining munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga o`tirgan vaktda kamina Xofizi Tanish ibn Mir Muxammad 33 yoshda edim”) bildiradi. Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish Manbalarni ichki belgilariga karab taxlil etish deganda ko`lyozma asarning tarkibi va mazmunini taxlil kilish, tushuntirish, goyaviy-siyosiy saviyasi va ilmiy kiymatini aniklash masalalari anglashiladi. Ko`lyozma asarning ilmiy kiymatini unda nimalar bayon etilganligi, vokea - xodisalarga muallifning xolis munosabati, keltirilgan dalil va ma`lumotlarning to`griligi va oldinga surilgan fikr va goyalar bilan belgilanadi. Tarixiy asarning asl nusxa, original bo`lishi yoki kompilyativ – ya`ni boshkalar ma`lumotlarni terib yoki aynan keltirishi, to`la va nokisligi, kiskaligi, vokealarning kay tarzda bayon etilishi xam muxim axamiyat kasb etadi. Ilmiy tadkikotlarda original va mo``tabar ko`lyozmalarga tayanib ish olib borish xar bir dalil va ma`lumot, rakamlar eng ishonchli, nodir, birlamchi manbalardan olinishi kerak. Boshkalar kitobida keltirilgan ma`lumotlardan sakdanish lozim. O`tmish jamiyat sharoitida yozilgan asarlarning mualliflari ko`pincha o`zlari keltirayotgan dalillardan to`gri xulosa chikarmaydilar, ularning fikrlarida noaniklik, chalkashlik va karama-karshilik xam uchraydi. Bu tabiiy xol, albatta chunki ular yashab ijod etgan muxitning o`zi ziddiyatlar bilan ajralib turar edi. Yozma manbalarda karama-karshi fikrlar bilan bir katorda xolisona muloxazalar xam uchraydi. Bunday paytlarda muallif ko`pincha o`z fikr va muloxazalarini pardozli iboralar va istiorali so`zlar orasiga yashiradi, goroskop – odam tugilganda uning takdirini yoki biron ulug shaxs ishtirokida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan muxim vokeaning natijasini sayyoralarning o`sha paytdagi xolati va o`rniga karab maxsus jadvallar vositasida oldindan belgilash, shuningdek, ko`p asr avval bo`lib o`tgan va aynan muallif bayon kilmokchi bo`lgan vokeaga o`xshash faktlarni misol tarikasida keltirish yo`li bilan bayon etganlar. “Abdullanoma” asarining muallifi Xofiz Tanish Buxoriy (XU1 asr) mashxur Juyboriy xojalardan biri xoja Muxammad Islom (taxm.1493-1563) va uning “etti iklimning chakkon xisobchilari” bir bo`lganda xam yuzdan birini xam xisoblay ola olmaydigan bexisob boyliklariga bo`lgan o`zining salbiy munosabatini Tafsir va Xadis kitoblariga tayanib, mana shunday so`zlar bilan ifodalagan: “Tafsirat ul- mubtadin”ning uchinchi misboxida (bobida) aytilganki, jaxon a`yonlari bo`lganliklari uchungina emas, (balki) unga tegishli bo`lishlari va mol-dunyoga xirs ko`yishlan o`zini tiymaganliklari uchun yomondir. Shu bois xazrat risolat panox (Muxammad paygambar)... bu ma`nidan xabar berdi (va dediki) “Mol-dunyoni do`st tutish xar kanday gunoxning boshidir” Ashtarxoniylardan Ubaydullaxonning (1702-1711) kotibi muarrix Mir Muxammad Amini Buxoriy mazkur xonning o`ldirilishi sabablarini uning faoliyatidagi nuksonlardan, anikrogi atrofiga tuban va sotkin kishilarni to`plab olib, saltanat va xalk axvolidan beparvo bo`lganligida ko`radi. U yozadi: “Ravzat us- safo”da aytilganki, (jaxon ustidan xukm yurgizishning) birinchi sharti (shulki) xukmdor sir saklay oladigan, muxim davlat ishlarida mustakil fikrga ega bo`lgan maslaxatchilarni tarbiyalab etkazmogi zarur. Jaxon ustidan xukm yurgizishning ikkinchi sharti shulki, (xukmdor) o`ziga etuk, okil, vijdonli, kamtarin va iste`dodli kishilarni yakinlashtirmogi lozim... Shunga o`xshash, “Ciroj ul-muluk” kitobida xikoya kilinganki, Nushirvon kunlardan bir kuni bosh koxindan so`radi: “Davlatning inkiroziga sabab nima?” Bosh koxin javob kildi: “Buning sababi uchta. Birinchisi, davlatning umumiy axvoli oliy xukmdordan yashirin tutilsa; ikkinchisi, xalk podshoxga nafrat ruxida tarbiyalansa; uchinchisi, solik to`plovchilarning jabr-zulmi oshib ketsa” Mir Muxammad Amin Buxoriy zikr etilgan lavxadan xulosa chikarib bunday deydi: “Afsuski, xar uchchala zarur shart Sayyid Ubaydullaxon xukmronligiga taalluklidir... Podshox xukmronligining ikkinchi yarmida ilgari o`tgan podshoxlar tarikidan, ota-bobolarning tutimidan chetga chikdi. Tamom kuch-kuvvatini tuban va zaif, sust va manfur kishilarni tarbiyalashga sarfladi, ularni o`ziga yakinlashtirdi; muttaxamlar, xaram xodimlari va xotinlar bilan yakin munosabatda bo`ldi. Mana shularning xammasi uning davlatini inkirozga uchratdi” Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiy taxlil kilishdan kuzatilgan maksad, uning muxim va kimmatli tomonlarini aniklash, unda keltirilgan dalillarning ishonchliligi va to`grisini boshkalaridan ajrata olish xamda eng muximi asarda bayon etilgan vokeani xolis tarixchi nuktai-nazaridan turib baxolay olishdan iboratdir. Manbashunoslik talablaridan biri shuki, yozma manbani fakat uning bir o`zida keltirilgan dalil va ma`lumotlarga karab baxolab bo`lmaydi. Ba`zi xollarda keltirilgan dalil soxta, bayon etilgan vokea esa soxtalashtirilgan bo`lishi xam mumkin. Shuning uchun xam biron asar xakida kat`iy bir fikr aytishdan avval uni o`ziga o`xshash boshka asar bilan solishtirib ko`rish, keltirilgan dalillarni bir-biri bilan solishtirish va tekshirish zarur. Amaliy manbashunoslik kadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha ma`lum darajada tajriba to`pladi. Ko`plab yozma yodgorliklarning eng asosiylari asl nusxada- faksimilesi, tankidiy matni, tarjima va izoxli tarjimasi amalga oshirilib, chop etishga erishildi. Turli ko`lyozma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy majmualardagi yozma yodgorliklar tavsifi fixrist-kataloglarda e`lon kilinib, ularda amalga oshirilgan manbashunoslik soxasidagi tadkikotlar natijalari umumlashtirildi. Xullas, manbalarni o`rganish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadkikotlar uchun eng kulay va istikbolli tadkik metod va usullarini aniklab, belgilab va ishlab chikib, ularning eng zamonaviylari va samaradorlarini amaliyotga ko`llashni tavsiya etish zarur. So`nggi paytda zamonaviy kompyuterlarning yozma manbalarni tadkik etish imkoniyatidan foydalanish vakti keldi. Bu o`rinda zamonaviy talaba va pedagog inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi. Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini to`ldiradi, biri ikkinchisi uchun asosiy tadkikot yo`nalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bo`lib xizmat kiluvchi dalillarni yigadi. Amaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida manbashunoslikning konkret, muayyan soxasi, bo`limi, davri masalasi yoki biror manba yuzasidan amaliy, praktik tadkikot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va shaxsiy majmualarda mavjud yozma manbalarni o`rganib, eng kimmatlilarini ilmiy muomalaga olib kirib, keng jamoatchilik ma`naviy mulkiga aylantiradi. Maruza materialini mustahkamlash uchun beriladigan savollar: 1. Manbashunoslikning qaysi yo`nalishini bilasiz? 2. Nazariy manbashunoslikning maqsadi va vazifasi nimadan iborat? 3. Amaliy manbashunoslik deganda nimani tushunasiz? 4. Manbaning tashqi moddiy belgilari deganda nimani tushunasiz? 5. Manbaning ichki belgilari – tarkibi va mazmuni nimadan iborat? 3-Mavzu. Manbalarni o`rganish va o`rgatish usullari Reja: 1. Yozma manbalarni tavsif usuli va ularni talabalarga tushuntirish. 2. Kodikologik ma`lumotlar. 3. Asar muallifi va uning davri. 4. Asarning tarkibi va mazmuni taxlili 5. Manbaning ¢rganilishi yoki tarixshunosligi. Asosiy tushunchalar: ko`lyozma texnik (moddiy asosi) xususiyatlari, rakamlash, varaklar sonini yozib ko`yish-paginatsiya, matn o`lchami, saxifada satrlar soni, debocha, mukaddima, bob, fasl, kism, daftar, xotima-kolofon, kitobat tarixi, asar nomi, uning mukammalligi, muallif nomi, tarix, xat, xattot, xat turi va uslublari, muxrlar, xoshiyadagi izoxlar, turli yozuv va kaydlar, asarning boshlanishi va oxiridagi jumla. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. È.À.êàðèìîâ. «Òàðèõèé õîòèðàñèç êåëàæàê éóê»-Ò., «Øàðê» qooi. 2. Б.А.Аhмедов. B.A.Axmedov. Tarixdan saboklar. –T., “O`kituvchi”. 1994.. 3. B.A.Ahmedov. «O`zbekiston tarixi manbalari»-T., «O`qituvchi» 2001. 4. Sobranie vostochnыx rukopisey ANRO`Z. Istoriya.-T., «Fan». 1998. Yozma manbalarni tavsif usuli va ularni talabalarga tushuntirish. Áoy tarixni irganish va irgatish deganda, fakat ezma manbalarda mavjud ma`lumotlar tugrisidagi bilim va tushunchalarni shunchaki mexanik tarzda talaba va bakalavrlariga etkazish emas, balki an`naviy va zamonaviy pedagogik usullarning eng kulay va samarali vositalaridan foydalangan xolda, ularda manbalar tugrisida tushuncha, bilim va ulardan foydalanish malakasini xosil kilish bilan birga, tariximiz tugrisida mustakil fikr yuritishga urgatishni xam tushunamiz. Buning uchun esa, yurtimiz tarixini urganishda ezma manbalardan foydalanishning ilmiy va metodik asoslarini ishlab chikish va amalietga tavsiya etish tarix va pedagogika fanlarining eng muxim va dolzarb muammolaridan biridir. Biz uz ma`ruzamizäà Nèçîìèé íîìèäàãè Tîøêåíò dàâëàò påäàãîãèêà uíèâåðñèòåòè tarix fakul`tetining G`Manbashunoslik va tarix ukitish metodikasiG` kafedrasi ïðîôåññîð ukèòóâ÷èëàðè prof. Sh.N.Bobobekov, A.A.Madraimov, G.S.Fuzailovaning sunggi, 1999-2005 yillardagi tajribalarini umumlashtirishga xarakat kildik. Bu masala juda keng kamrovli bulib, ezma manbalarning tadkik etishni ilmiy metodik asoslarini chukur urganib chikishni takozo etadi. Ezma manbalarni talabalarga tushuntirishning bir necha printsipi mavjud. Birinchisi maxsus kataloglardagi manbaning tavsif printsipidir. XIX asr oxirida paydo bulgan Evropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Ch.Rening kup tomlik arab, fors va turkiy tillardagi kataloglaridagi ezma manbani tavsiflash printsipi uzining mukammalligi va puxta uylanganligi bilan aloxida ajralib turadi. Kuyida til printsipi asosidagi Ch.R`ening G`Britaniya muzeyidagi turkiy kulezmalarG` (London, 1888, ingliz tilida) (Ña5al9g7c 9f 5h3 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling