Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan o`rni
- “Xudud ul-olam”
- “Siyosatnoma”
- Shomiyning “Zafarnoma” asari.
- “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy”
- “Zafarnomayi Temuriy”
VASIKA. Allox jumlai jaxon egasidir, uning shon shavkati yukori bo`lsin! (Xijriy) 859 yil jumodi ul-oxir oyining 12- kuni. Bayramxo`ja o`gli Xasan, mulkiga mutasaddiy bo`lishga xak-xukuki bo`lgan xolda, dedi: “Samarkandning So`zangaron ko`chasida joylashgan ikki xonalik uyimni, taxoratxona va ayvoni bilan, Ubaydullaxoja Jaloliddin Maxmudga sotdim. Mazkur xovli-joyning garb tarafi oliyjanob, xurmat-extiromga loyik bo`lgan olguvchining do`koni bilan tutash, shimoliy tarafi podshoxlik erlari va kisman Amir Shermuxammad xojaning uyi bilan, sharki-janub tarafdan esa xalka ko`chalar bilan tutashdir. Ushbu mulkni, barcha xak-xukuklari bilan, xozirda muomalada bo`lgan 1500 dinori adliyaga sotdim. Mazkur sado-sotikning kafilligi o`zimning zimmamda. Savdo kuyidagi shaxslarning guvoxligida bo`ldi: Abu Mansur Muxammad; Sa`dulla Muxammad al-Ispijobiy; Axmad Ali al-Xorazmiy; Xoja Sulton Jaxongir o`gli; Bayramshox Junayd Ramazon o`gli. Xammasi bo`lib 26 guvox.” Forsiy tilning tarixiy manbalarda tutgan o`rni Arab xalifaligining siyosiy, iktisodiy va xarbiy kudratining zaiflashuvi va maxalliy xokimlarning kuchayishi asta-sekin markaziy xukumat nomigagina Bagdodda bo`lib, uning o`lkalardagi noiblari deyarli mustakil davlatlar sifatida faoliyat ko`rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan soxasiga katta ta`sir o`tkazdi. Nomigagina xalifalikka karam mamlakatlarida avval oddiy xalk orasida, asta- sekin ldimdar va davlat ayonlari va raxbarlari orasida arab tili bilan fors va turkiy tillarining iste`mol etilishi, keyincha arab tili din va diniy bilimlar tiliga aylanib, ayniksa she`riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar ma`lum mavkega ega bo`lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat xujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga ko`tarilib, bu tilda juda katta xududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi. Masalan, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Mirzo Ulugbek raxnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba`” (“To`rt ulus tarixi”), Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bogi”), Mirzo Xaydarning “Tarixi Rashidiy” va boshkalar forsiy tilda bitildi. Movarounnaxrda forsiy va turkiy til doimo yonma-yon iste`mol etilar edi. Bizning tariximizga oid salmokli tarixiy manbalar avval arab tilida yaratilgan bo`lsa, ayniksa davlat raxbarlari yoki xokimlar arab bo`lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda umumiy tarakkiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida o`rgatilar va XIX oxirigacha, ziyoli oilalarda vrvb tili din va “Kuro`ni karim” tili sifatida, she`riyat va boshka soxalar uchun forsiy va lna turkiy tillari iste`foda etilar edi. Fors tilidagi tarixiy manbalar “Buxoro tarixi” “Tarixi Narshaxiy” va “Taxkik ul-viloyat” (“Buxoro viloyati taxkiki”) nomlari bilan mashxur bo`lgan bu asarda Buxoro va kuyi Zarafshon voxasida joylashgan shaxar va kishloklarning jo`grofiy xolati, axolisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy xayotini aks ettirgan kimmatli tarixiy manbadir. Kitob muallifining nomi kiskacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning to`lik ismi Abu Bakr Muxammad ibn Jaxfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik bo`lib, X asrda ijod kilgan buxorolik ymrmk tarixchi sifatida mashxurdir. Tarixchi Sam`oniyning ma`lumotiga karaganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (xozirgi Vobkent yonida) kishlogidan. Narshaxiy o`z asarini 944 yili yozib tugallagan. “Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saklanib kolmagan. Asar 1128 yili fargonalik (Kuva shaxridan) Abunasr Axmad ibn Muxammad ibn Nasr al-Kubaviy tarafidan ilk bor kiskartirilib forsiy tilga tarjima kilingan. Oradan taxminan 50 yil o`tgach, 1178 yili kotib Muxammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta taxrir etildi. Shuni xam ko`rsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha etib kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi vokealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga karaganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta noma`lum muxarrir tomonidan to`ldirilgan ko`rinadi. “Buxoro tarixi” O`zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu erda islom dinining tarkatilishi xamda mamlakatning Somoniylar xukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir. Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Texronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o`zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima kilingan. “Xudud ul-olam” fors tilida yozilgan (982 y.) birinchi jugrofiy xarakterdagi asardir. Kitobning to`la nomi “Xudud al-olam min Mashrik ila-l Magrib”dir( “Sharkdan Garbga karab joylashgan mamlakatlarning chegaralari”). Asar muallifi noma`lum. U Guznono (Afgonistonning sharki-shimoliy kismida joylashgan kadimiy viloyat) xokimlaridan (Faruginiylar) biriga atab yozilgan. Kitobning yagona ko`lyozma nusxasi sharkshunos A.G.Tumanskiy (1861-1920 yy.) tomonidan 1892 yili Buxoroda topilgan. “Xudud ul-olam” asari mukaddima va 59 bobdan iborat. Uning 1-7 boblarida erning tuzilishi, dengizlar, orollar, toglar, daryolar, cho`lu biyobonlar xamda dunyoning inson yashaydigan to`rtdan bir kismi – rub`i maskun va unda istiklmat kiluvchi xalklar, rub`i maskunning mamlakat xamda viloyatlariga taksimlanishi xakida umumiy muloxaza yuritiladi. 8-59-boblarida sharkdan garbga karab joylashgan mamlakatlar, ularni xalki, o`sha mamlakatlarda ishlab chikariladigan asosiy matolar, ayrim o`rinlarda esa savdo-sotikning umumiy axvoli xususida so`z boradi. “Xudud ul-olam” asarida O`zbekistonning shaxarlari, axolisi va ularning mashguloti xakida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. Asarning matni aynan (fotomatni) faksimilesi, kirish va zarur izoxlar bilan birga, 1930 yili V.V.Bartold tarafidan, inglizcha tarjimasi esa (tadkikot va izoxlar bilan birga) 1937 yili V.F.Minorskiy tarafidan nashr etilgan. Uning forscha matni ikki marta (M.Sotude va sayyid Jaloluddin Texroniy tarafidan) Eronda chop etilgan. 1983 yili asarning tojikcha nashri amalga oshirilgan. Ushbu kitob fors tilidagi ilk tarixiy- jugrofiy manba sifatida juda kimmatli asar xisoblanadi. “Siyosatnoma” Bu mashxur asar muallifi Nizomulmulk lakabini olgan Saljukiylar davlatida vazir sifatida xizmat kilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Xasan ibn Ali ibn Isxok at-Tusiy (1018-1092 yy.) bo`lib, Saljukiy xukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) xamda Sulton Malikshox I larning bosh vaziri bo`lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy xayotida katta rol o`ynagan. U saltanatdagi tarkoklikka barxam berish, markaziy davlat tuzumini mustaxkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun xarakat kilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, ya`ni Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bagdodda “Nizomiya” atalmish musulmon xukuk-akoid maktabiga asos solgan. “Siyosatnoma” asarining boshka nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshoxlarning turmushi”)dir. Kitob 1092 yili yozib tugallangan. U 51 bobdan iborat bo`lib, unda davlat tizimi, moliyaviy xisob-kitob ishlari, ko`shin tuzulishi, mansablar va ularga amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi. Asarda O`zbekiston tarixiga oid muxim va kimmatli ma`lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk gulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o`rni, Turkiston xonlari Koraxoniylar saroyida xizmat kiluvchi xodimlarning maishiy axvoli, Somoniylar xizmatida bo`lgan amirlar unvonlari, Xorazmshox Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Maxmud Gaznaviyning vaziri Axmad ibn Xasan o`rtasidagi yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashkari, karmatlar, botiniylar xarakati, Mukanna ko`zgoloni xakida xam ayrim dikkatga sazovor ma`lumotlar mavjud. “Siyosatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, frantsuzchasi 1893 yili, inglizchasi 1960 yili xamda ruschasi 1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop kilingan. Kitob o`zbek tiliga xam tarjima kilingan. Shomiyning “Zafarnoma” asari. Mavlono Nizomuddin Shomiy yoki mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi Gozoniy asli Tabrizning shimoli-garbiy tarafida, undan ikki mil masofada joylashgan joyda tugilgan tarixchi “Zafarnoma” asari bilan mashxur bo`lgan. U 1393 yili Amir Temur xizmatiga kabul kilingan, 1404 yilgacha u bilan bo`lib, soxibkironning xarbiy yurishlarida vokeanavis va voiz mansabida ishtirok kilgan. 1402 yili Amir Temur unga o`zining tarixini anik va sodda tilda yozib berishni buyurgan. Nizomuddin Shomiy bu asarni 1402-1404 yillar orasida yozib tamomlagan. Asar jaxongirning xokimiyat tepasiga kelishi (1370 yil.)dan to 1404 yilgacha bo`lgan vokealarni o`z ichiga oladi. “Zafarnoma” asari xakikatan xam sodda tilda, ravon uslubda yozilgan, daliliy ma`lumotlarga boy. Lekin Amir Temur xayoti mazkur asarda birmuncha, Sharafuddin Aliga nisbatan kam, idealashtirilgan. Asar O`zbekiston, Kozogiston, Yakin va O`rta Shark mamlakatlarining XIV asr II- yarmi va XV asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda muxim va ishonchli manbalardan biri xisoblanadi. Nizomuddin Shomiy o`z asarini yozishda Giyosidin Ali Yazdiyning “Ro`znomayi gazavoti Xinduston”, Amir Temurning uygur kotiblari tomonidan yaratilgan “Tarixi xoniy” va boshka saroyda bitilgan kundaliklardan foydalangan. “Zafarnoma”yi Nizomuddin Shomiyning ikkita tarxriri mavjud: 1) 1404 yili Amir Temur Ozarbayjon yurishidan kaytganda unga takdim etilgan nusxa. 2) Mironshoxning o`gli Mirzo Umarga (1404 yid 26 martda Amir Temur “Xalokuxon taxti”ni , ya`ni Garbiy Eron xamda Ozarbayjonni in`om kilgan) paytida takdim kilingan. U yukorida kayd etib o`tilgan birinchi nusxadan deyarli fark kilmaydi. Asar “Zafarnoma” deb ataladi. Unga ayrim uslubiy tuzatishlar kiritilgan va debocha xamda Mirzo Umarga bagishlangan kichik bir ilova (zayl) ko`shilgan. Shunga karaganda, Nizomuddin Shomiy umrining so`nggi yillarini Mirzo Umar xizmatida bo`lgan va ona yurti Tabrizda istikomat kilgan. “Zafarnoma”ning ko`lyozma nusxalari Armaniston, Angliya, Frantsiya, Irok va Turkiya kutubxlnalarida saklanmokda. Asarning tankidiy matni F.Tauer tomonidan 1937 va 1956 yillari Pragada chop etildi. 1996 yili Nizomuddin Shomiy “Zafarnoma” asarini Yu. Xakimjonov tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.O`rinboev tomonidan taxrir kilinib nashr etildi. “Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” nomli Temuriylar davriga oid asar muallifi Mu`niddin Natanziydir. U Isfaxon shaxriga karashli, undan kariyb yigirma farsax masofada joylashgan Natanz shaxrida tugilgan. Ch.A.Storining ma`lumotiga karaganda asli seistonlik bo`lgan. Fors viloyatining xokimi Temuriy Iskandar Mirzo (Amir Temurning nabirasi, Umarshayxning o`gli, 1415 yili inisi Boykaro Mirzo tomonidan o`ldirilgan) saroyida xizmat kilgan. Davlatshox Samarkandiyning so`zlariga karaganda, “Mu`iniddin Natanziy Sulton Iskandar davrida Iroki Ajam va Forsda shuxrat topgan olimlar va shoirlar jumlasidagn bo`lib..., ilmda o`z zamonasining etakchisi edi va Mirzo Iskandarning makoma va xolati xamda tarixini yozgan”. Mu`niddin Natanziy kalamiga mansub bo`lgan va bizning zamonamizgacha etib kelgan bu asarning anik nomi ma`lum emas. U ilmiy jamoatchilik orasida “Anonim Iskandera” nomi bilan mashxur. Asar 1413 yili yozib tamomlangan. Uning ikkinchi taxriri xam bo`lib, “Muntaxab ut-tavorixi Mu`iniy” (“Mu`niniyning saylangan tarixi”) deb ataladi va Temurning o`gli Shoxrux Mirzoga bagishlanadi. “Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo`lib, olamning yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan vokealar xakida baxs yuritadi. asar mukaddima va uch bobdan iborat. Mukaddima diniy mazmunda bo`lib, unda olamning yaratilishi, Odam Ato va uning farzandlari, Nux paygambar va uning avlodi xakida umumiy gap boradi. Birinchi bobda kadimiy Eron va Yunoniston podshoxlari, Rim va Vizantiya imperatorlari, Rim papalari, kadimiy arab xamda Efiopiya podshoxlarining kiskacha tarixi bayon etilgan. Ikkinchi bobda Muxammad paygambar va uning avlodi, xalifayi Roshidin, Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston xamda Misrda podshoxlik kilgan Ali va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bo`lgan Eron va Movarounnaxr xukmdorlari tarixi talkin etilgan. Asarning noyob va kimmatli kismi uning uchinchi bobi xisoblanadi. U turk- mo`gul kabilalari va ularning kelib chikishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy Xitoyda ukmronlik kilgan mo`gul xonlari, Chigatoy ulusi xukmdorlari, Elxoniylar, Jaloiriylar, Cho`poniylar, Muzaffariylar, Ok O`rda xonlari, 1346-1370 yillar orasida Movarounnaxrda xukmronlik kilgan amirlartarixini o`z ichiga oladi. Asarning uchinchi kismini yozishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin xamda turkiy tilda yozilgan ”Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan. “Muntaxab ut-tavorixi Mu`iniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben tarafidan chop etilgan. Uning ko`lyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya, Frantsiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar to`grisida va undagi ayrim lavxalar G.Karimov tomonidan “Amir Temur va Ulugbek zamondoshlari xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bunyodkorligi davr manbalari”(T.: 1997) nomli to`plamlarda chop etgan. “Majmu at-tavorix” yoki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Xofizi Abru nomi bilan mashxur bo`lgan yirik geograf va tarixchi olimdir. Uning xakikiy ismi Shaxobuddin Abdullox ibn Lutfullox ibn Abdurashid al-Xavofiydir. Abdurazzok Samarkandiyning so`zlariga karaganda Xofizi Abru Xirot xududidagi Xavofda tugilgan, Xamadonda taxsil ko`rgan va 1430 yilda Zanjonda vafot etgan. Boshka tarixiy manbalarning ma`lumotlariga va uning so`zlariga karaganda, Xofizi Abru Amir Temur va Shoxrux saroyida istikomat kilgan va xar ikkala xukmdor bilan yakindan munosabatda bo`lgan. Agar u Amir Temur bilan fakat saroydagina yakin suxbatdosh bo`lgan bo`lsa, Shoxrux bilan uning yurishlarida birga bo`lgan. Xofizi Abru Shoxruxning topshirigi bilan ikkita yirik asar yozgan. Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bo`lib, 1414-1420 yillar orasida yozilgan. U X asrda arab tilida bitilgan nomaxlum bir kitob asosida yozilgan. Yu.e.Borshevskiyning so`zlariga karaganda, bu “Kitob al-masolik va-l-mamolik” deb atalib, Xasan ibn Axmad Muxallabiyning kalamiga mansub bo`lgan. Shoxrux Mirzo 1414 yili Xofizi Abruga mazkur asarni fors tiliga tarjima kilish va boshka manbalar asosida kayta ishlashni topshirgan. Demak, bu asar shunchaki kompilyatsiya va tarjima bo`lib kolmay, balki yangi dalillar bilan boyitilgan, dikkatga sazovor asardir. Shuni aytish kifoyaki, unda xar bir viloyatning geografik xolatini tavsiflashdan tashkari, uning kiskacha siyosiy tarixi xam bayon kilingan. Biz uchun asarda Amudaryoning Kaspiy dengiziga kuyilishi xakidagi, shuningdek, Movarounnaxr va uning yirik shaxarlari Buxoro, Samarkand, Nasaf, Kesh, Termiz, Xo`jand va boshkalar xakida keltirilgan ma`lumotlar muxim axamiyat kasb etadi. Asarning yaxshi ko`lyozma nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt-Peterburg shaxrida saklanmokda. Xofizi Abru Shoxruxning ko`rsatmasi bilan o`zidan avval o`tgan mazkur tarixchilar Tabariy, Rashiduddin xamda Nizomuddin Shomiy asarlariga ko`shimchalar (zayl) xam yozgan. 1412-1418 yillar orasida yozilgan bu ko`shimchalar “Majmua-yi Xofizi Abru” deb ataladi. Tabariy asarining Bal`amiy taxririga kilingan ko`shimcha xalifa Muktadir (908-932 yy.) zamonidan to Mo``tasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka kirgan mamlakatlarda bo`lib o`tgan vokealarni o`z ichiga oladi. Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga kilingan ko`shimchaga Kurtlar (Kartlar) sulolasidan chikkan podshoxlar, Tuga Temur, Amir Vali ibn Shayx Ali Xindu, sarbadorlar xamda Amir Argunshox tarizi, ya`ni Eronda 1306-1393 yillar orsida bo`lib o`tgan vokealar kiritilgan. Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”siga kilingan ilovada esa Amir Temur xukmronligining so`nggi davri va Shoxrux tarixi 1416 yilga kadar bayon etiladi. “Majmua”ning ayrim kismlari matni va tarjimasini Xonbobo Bayoniy 1938 yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar. Xofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari “Majmu at-tavorix” bo`lib, uni muarrix Shoxruxning o`gli Boysungur Mirzo (1433 yili vafot etgan)ning topshirigi bilan 1423-1425 yillari yozilgan. Mazkur asar to`rt kismga bo`lingan: 1) islomiyatdan avval o`tgan paygambarlar va Eron podshoxlari; 2) Muxammad paygambar va arab xalifalari (al-Muxtasimgacha); 3) Eronning Saljukiylar xamda mo`gullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-tavorixi Boysunkuriy”. Asarning so`nggi, to`rtinchi kismi asli va mustakil axamiyatga ega bo`lib, unda Amir Temur tarixi, kayta ishlangan va birmuncha to`latilgan xamda Xuroson, kisman Movarounnaxrning 1427 yilgacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy axvoli bayon etilgan. “Majmu at-tavorix” asarining ko`lyozmalari Toshkent xamda xorijiy mamlakatlar Turkiya, Olmoniya, Angliya, Frantsiya, Eron va boshka mamlakatlari kutubxonalarida saklanmokda. “Tarixnoma” yoki “Zayli Zafarnoma” (“Zafarnoma”ga ko`shimcha”) deb ataladigan muxim tarixiy asar muallifi Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. U etuk xattot bo`lib Muzaffariylar saroyida, devoni inshoda xizmat kilgan. Amir Temur Sherozni egallab, Muzaffariylar sulolasi barxam topgandan keyin 1393 yili boshka ilm axli bilan Samarkandga olib kelingan va saroy xizmatiga tayinlangan. 1409 yili mart oyida amirlar isyoni bartaraf etilgach, oliy xokimiyat Shoxrux Mirzo Xoja Tojuddin as-Salmoniy uning amri bilan Xirotga olib ketiladi va oliy xukmdorning topshirigi bilan o`zining mazkur asarini yozishga kirishadi. Lekin uni tamomlay olmaydi. Lradan ko`p vakt o`tmay saroyda vazir Faxruddinga karshi uyushtirilgan fitnada katnashganlikda ayblanib kamalib koladi va jazoga tortiladi. Xoja Tojuddin as-Salmoniy mazkur asarida Amir Temurning so`nggi yillari va Shoxrux Mirzoning tarixini yozishni niyat kilgan edi. Lekin, takdir takazosibilan maksadiga erisha olmaydi. Fakat 1404-1409 yillar tarixini yozib bitirishga ulguradi, xalos. Asarda 1404 yilda Xitoyga yurish oldidan Konigilda o`tgan katta tantanalar, shaxzodalar Ulugbek, Ibroxim Sulton, Ijil Mirzo, Sidi Axmad, Pirmuxammad va Mirzo Boykarolarning nikox to`ylari, Xitoyga yurishning boshlanishi, xazrat soxibkironning 18 fevral 1405 yilgi vafotidan keyingi ogir axvol, Xalil Sultonning nokonuniy yo`l oliy xokimiyatni egallab olish vokealari batafsil bayon etiladi. Vokealar tafsiloti 1408 yil mart oyida Xalil Sultonning amir Xuloydod boshlik bir gurux fitnachi amirlar tarafidan asir olinishi xakidagi xikoya bilan tugaydi. Xoja Tojuddin as-Salmoniyning “Tarixnoma” asari bizning zamonimizgacha uch nusxada etib kelgan. Ulardan biri sukutli va shu kunlarda Angliyaning muzeyida (Inv.№ 159) saklanmokda. Yana ikkitasi Turkiyada, Istanbuldagi Sulaymon Fotix (Inv.№ 4305) va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida (Inv.№ 304) saklanadi. Birinchi nusxa sukutli, ikkinchisi to`la. Asar G.R.Ryomer tarafidan nemis tiliga 1956 yili, Ismoil aka tarafidan 1988 yili turk tiliga va Z.M.Buniyatov tomonidan 1991 yili rus tiliga erkin tarjima kilingan. “Zafarnomayi Temuriy”, “Fatxnomayi soxibkironiy”, “Tarixi jaxonkushoyi Temuriy” yoki “Zafarnoma” nomi bilan mashxur bo`lgan asarni o`z davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd viloyatidagi Taft kishlogidan bo`lib, turli fan soxalarini egallangan edi. Shuning uchun xam Alisher Navoiy uni “Sharaf davla va din”, ya`ni din va davlat sharafi deb ta`riflagan. Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining xokimi Temuriy Ibroxim Sulton (1415-1435 yy.) saroyida xizmat kilgan. U ilm-fan xomiysi bo`lmish mazkur shaxzodaniina emas, balki Shoxruxning xam zo`r xurmat-e`tiborini kozongan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shoxruxning nabirasi va Sultoniya, Kazvin, Ray xamda Kum xokimi Sulton Muxammad (1442-1446 yy.)ning taklifi bilan Kumga keldi va shaxzodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muxammad 1446 yili Shoxruxning ogir kasalligidan foydalanib, isyon ko`tardi, Xamadon xamda Isfaxonni bosib oldi, Sherozni kamal kildi. Shoxrux unga karshi ko`shin tortti. Culton Muxammad Shoxrux bilan ochik jang kilishdan ko`rkib tokka kochdi. Shoxrux Sulton Muxammad bilan yakin bo`lgan kishilarni, shuningdek, maxalliy sayyidlardan birmunchasini isyonda ishtirok etishda ayblab xibsga oldi va ko`plarini o`limga maxkum kildi. O`shanda xibsga olinganlar orasida Sharafuddin Ali Yazdiy xam bor edi. Fakat Mirzo Abdullatifning (Ulugbekning to`ngich o`gli) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan kutulib koldi. Shaxzoda uni Samarkandga, otasi xuzuriga jo`eatib yubordi. Sharafuddin Ali Yazdiy Samarkandda bir yil chamasi istikomat kildi va fikrimizcha, Ulugbekning ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bo`lishi kerak. Shoxrux vafotidan (1447 y.) keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy Xurosonga kaytdi va Sulton Muxammadning ruxsati bilan yana o`z vatani Taftga kaytib bordi va umrining oxirgi kismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi. “Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida zo`r badiiy maxorat bilan yozilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin Shomiy asarida bayon etilgan vokealarning ba`zilariga yangi tarixiy manbalar asosida anikliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning shaxsiyati va uning faoliyatidagi karama-karshiliklar, ya`ni bir tomondan kattikko`l ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnaxrdagi tarkoklikka barxam berib, markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha to`gri va xakkoniy yoritilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zo`r kimmati shundaki, unda Mo`gul imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin O`rda, Elxoniylar davlati, Chigatoy ulusi, shuningdek Movarounnaxrning Chingizxon zamonidan to Temur davlatining paydo bo`lishigacha bo`lgan ijtimoiy-siyosiy tarixi kiska tarzda yoritib yuerilgan. Asarning bu kismi “Tarixi jaxongir”, yoki “Mukaddimayi Zafarnoma” nomi bilan ataladi va 1419 yili yozib tamomlangan. “Zafarnoma” asarining asosiy kismi, muallifning dastlabki redalariga ko`ra, uch kism – makoladan iborat bo`lmogi, birinchi kismda Amir Temur tarixi, ikkinchi kismda Shoxrux Mirzo va nixoyat, uchinchi kismda ushbu asar yozishning tashabbuskori Ibroxim Sultonning davrida o`tgan vokealar bayon etilishi mo`ljallangan edi. Lekin, biz xozir asarning birinchi kismigagina egamix, xalos. Uning ikkinchi va uchinchi kismlari saklanmagan. Extimol, ikkinchi va uchinchi kismlari yozilmay kolgan bo`lsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy kismi 1425 yili yozib tamomlangan. Asarning ko`lyozma nusxalari ko`p, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan Toshkentda O`zR FA Sharkshunoslik institutida uning yigirma to`rt nusxasi bo`lib, ularning ikkitasiga (Inv. № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Xindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 1972 yili A.O`.O`rinboev tomonidan Toshkentda chop kilingan. Asar ikki marta o`zbek tiliga, ingliz, frantsuz va turk tillariga tarjima kilingan. Undan ayrim parchalar ingliz xamda rus tillarida bosilgan. “Zafarnoma” asarining mukaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi Movarounnaxr vokealari bayoni O.Bo`riev tomonidan tarjima kilinib, 1996 yili nashr kilindi. Kitob O`zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o`rganishdagi ilmiy axamiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu kitobning ta`siri yakkol seziladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling