Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk va mo`gul”
- “Firdavs ul-ikbol”
- “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavokin”
- “Shajarayi Xorazmshoxiy”
- 10-mavzu. Alisher Navoiyning asarlari tarixiy manba sifatida Reja
- Asosiy tushunchalar
“Shayboniynoma” tarixiy dostonining muallifi Muxammad Solix (taxm. 1455-1535 yy.) bo`lib, turkiyzabon bilkut kabilasidan chikkan. Shoxrux va Mirzo Ulugbek davrida zo`r nufuzsha esha bo`lgan amir Shoxmalikning nabirasi. Otasi amir Nur Saidbek xam yirik amirlardan bo`lib, avval Mirzo Ulugbek, so`ngra Sulton Abu Sa`id Mirzo xizmatida bo`lgan, 1464-1467 yillari Xorazmda xokim bo`lgan va 1467 yili Sulton Abu Saidning farmoni bilan katl etilgan. Muxammad Solixning yoshligi Xirotda kechgan va o`sha erda o`kib nash`u namo topgan, so`ngra Sulton Xusayn, 1494 yildan Samarkandda katta nufuzgu ega bo`lgan Temuriy amirlardan Darvish Muxammad tarxon va xoja Ubaydulla Axrorning o`gli Muxammad Yaxyo, 1500- 1504 ymllari Buxoro va Chorjo`ydagi noib bo`lib, shundan keyin to vafotiga kadar, Shayboniylardan Muxammad Sulton (vaf. 1505 y.) va Ubaydullaxonning kotibi bo`lib xizmat kilgan. Muxammad Solixning yaratgan tarixiy dostoni “Shayboniynoma”da Muxammad Shayboniyxonning xayoti va olib borgan urushlari xakida she`riy uslubda xikoya kilinadi. Asar kaxramonning tugilganidan boshlab, to 1505 yilgacha Dashti kipchok, Movarounnaxr xamda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixidan baxs yuritadi. Dostonda ko`shinlarning yovuzliklari, mexnatkash xalkning ogir axvoli, Korako`l, Karshi va Xuzorda Shayboniylarga karshi ko`tarilgan ko`zgolonlar xakida xam kimmatli ma`lumotlar uchraydi. Asar geografik va etnografik ma`lumotlarga xam boydir. “Shayboniynoma” asari 1505 yildan keyin yozilgan. Uning ikkita nodir ko`lyozmalari saklanib kolgan bo`lib, biri Avstriyaning Vena shaxrida, ikkinchisi esa Sankt-Peterburg universiteti kutubxonasida saklanadi. Kitob 1885 va 1908 yillari asd matni va 1961 va 198. Yillari krill alifbosidagi tabdili chop etilgan. Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk va mo`gul” asarlarini yaratgan Abulgozi Baxodirxon, xam Xeva xoni (1643-1663 yy.) va tarixchi olim sifatida mashxurdir. U 1603 yil 23 avgustda Urganchda tugilgan va 1619 yilgacha ana shu shaxarda istikomat kilgan. So`ngra inilari Xabash va Ilbors bilan toju taxt uchun bo`lgan kurashda maglubiyatga uchrab, Buxoroga kochib bordi va Imomkulixon (1611-1642 yy.) saroyida panox topdi. Akasi Isfandiyor 1623 yili xon bo`lgach, yana Xorazmga kaytib bordi va Urganchga xokim etib tayinlandi. Lekin 1627 yili Isfandiyorxonning o`zi bilan bo`lgan kurashda maglubiyatga uchradi. Bu safar Abulgozixon Turkistonga kochib bordi va kozok xonlaridan Ishimxon (1598-1628 yy.) xuzurida panox topdi. Oradan bir yil chamasi vakt o`tgach, 1628 yili, yana bir kozok xoni – Tursunxon uni Toshkentga olib keldi va Abulgozixon Toshkentda 1630 yil oxirigacha istikomat kildi. Oradan ko`p vakt o`tmay, Abulgozixon Xiva turkmanlarining taklifi bilan yana Xorazmga kaytib bordi, lekin oradan olti oy o`tar o`tmas, Isfandiyorxon uni Niso va Darunga boskinchilik yurishi uyushtirganlikda ayblab xibsga oldi va Eronga, shox Safi` 1 (1629-1642 yy.) xuzuriga omonat tarikasida berib yubordi. Abulgozixon o`shanda Isfaxondagi Taborak kal`asiga kamab ko`yildi va shu tarzda Eronda 10 yil atrofida kun kechirdi. 1639 yili Abulgozi kamokdan kochdi va ko`p mashakkatlar chekib, 1642 yili ona yurtiga kaytib keldi. 1643 yili, Isfandiyorxon vafotidan bir yil o`tgach, Orol o`zbeklari uni xon kilib ko`tardilar. O`sha yili Abulgozixon Xivadagi rakiblari ustidan xam galaba kozondi va Xiva taxtiga o`tirdi. Abulgozixon keng ma`lumotli bo`lishi bilan bir katorda, feodal xukmdor xam edi. U o`z faoliyati bilan ana shu doiralar manfaatlarini ximoya kildi. Abulgozixon 1663 yili toju taxtni o`gli Anusha (1663-1687 yy.)ga koldirib, umrining oxirini butunlay ilmiy ishga bagishlaydi. U 1664 yili vafot etgan. “Shajarayi tarokima” turkman xalki va Turkmanistonning o`rta asrlardagi tarixini o`rganishda bosh manba bo`lib xizmat kiladi. “Shajarayi turk va mo`gul” 1664 yili yozilgan, lekin Abulozixonning ogir dardga chalanib kolishi va tez orada vafot etishi sababli tamomlanmay kolgan. Asar IX bobining davomi, ya`ni 1644-1663 yillar vokealari Anushaxonning topshirigi bilan Maxmud ibn mulla Muxammad Urganjiy degan olim tomonidan yozilgan. Asarning I-IV boblari xam o`sha Maxmud ibn Muxammad Urganjiyning kalamiga mansubdir. “Shajarayi turk va mo`gul” asari kiskacha mukaddima va 9 bobdan iborat. Mukaddimada asosan asarning yozilishi sabablari xakida gap boradi. I bobda Odam Atodan to Mo`gulxongacha, II bobla Mo`gulxondan Chingizxongacha, III bobda Chingizxlnning tugulishidan to vafotigacha, IV bobda O`gaday koon va uning Mo`gulistonda xukmronlik kilgan avlodi, V bobda Chigatoyxon va uning Movarounnaxrda podshoxlik kilgan vorislari, VI bobda Elxoniylar, ya`ni Eronda xukmronlik kilgan Chingiz avlodi, VII bobda Jo`jixon va uning Dashti kipchokda podshoxlik kilgan avlodi, VIII bobda Shayboniyxon va uning Movarounnaxr, Kozogiston, Sibir` va Krimda xukmronlik kilgan farzandlari va, nixoyat, IX bobda Shayboniyxonning 1511 yildan Xorazmda podshoxlik kilgan avlodi bilan boglik vokealar bayon etilgan. Asarning I-VIII boblari umumlashtiruvchi xarakterga ega bo`lib, Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va shuningdek yana o`n sakkiz tarixiy asarlar asosida yaratilgandir. Kitobning 1X bobi yangi xisoblanadi va unda Xorazmning 1512-1663 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng va atroflicha bayon etiladi. Bundan tashkari, asarda Abulgoziy Baxodirxon zamonida obod bo`lgan Xorazmdagi Urganch, Vazir, Tirsak, Yangi shaxar, Buldumsoz, Bagdod, Kot, Durun, Kumkent, Mizdaxkan, Dorugan ota, Bokirgon, Xos minora, Ism Maxmud Ota, Chilik kabi shaxarlar, Amudaryo va daryo o`zanining o`zgarishi, xivalik turkmanlarning ogir axvoli, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi bilan Buxoro o`rtasidagi siyosiy munosabatlar xakida xam kimmatli ma`lumotlar uchraydi. Abulgoziy Baxodirxon va uning “Shajarayi turk va mo`gul” asari tez orada ilmiy jamoatchilikning dakkat-e`tiborini kozondi. U XVIII asrdayok bir necha, nemis va frantsuz (1726 y.), rus (1770 y.) va ingliz (1780 y.) tillariga tarjima kilindi. O`tgan asrda bu asar nemis (G.Ya.Ker), rus (Ya.O.Yartsev va G.S.Sablukov), frantsuz (P.I.Demezon), turk (Axmad Vefik posha) tillariga tarjima kilindi. Asar 1897-1913 yillari yana turk (tarjimon Rizo Nur) va 1935 yili fors tillariga tarjima kilindi. Asarning G.S.Sablukov (1906 y.) va P.I.Demezon (1871-1874 yy.) amalga oshirgan nashrlari mukammal va zo`r ilmiy kimmatga egadir. Abulgoziy Baxodirxon asarining xorijiy tillariga tarjima kilinishi va dunyo bo`ylab tarkalishi bo`yicha “Temur tuzuklari” va Boburning “Vakoyi” asari bilan kiyoslash mumkin. Ular turkiy tildagi tarixiy asarlarning juda katta ilmiy kiymatga ega ekanligini ko`rsatadi. “Firdavs ul-ikbol” (“Jannat bogi”) nomli Xorazm tarixi bo`yicha yaratilgan shox asarning ijodkorlari XU111 asr so`nggi choragi va X1X asrda o`tgan yirik shoir, tarjimon va tarixnavis Shurmuxammad ibn Avazbiy Munis (1778-1829 yy.) va uning jiyani Muxammad Rizo Erniyozbek o`gli Ogaxiydir (1809-1847 yy.). Munis Xorazmning kadimda yirik shaxar bo`lgan Kot kishlogida dunyoga kelgan, Xiva madrasalarida taxsil ko`rgan, 1800 yildan boshlab xon saroyida sarkotib bo`lib xizmat kilgan. U 1829 yili 51 yoshida vafot etgan. Munis atroflicha ma`lumot olgan, turli fanlar, xususan adabiyot va tarixdan keng xabardor bo`lgan etuk olim va iste`dodli shoir sifatida tarixda koldi. U 1806 yili Eltuzarxon (1804-1806 yy.)ning topshirigi bilan “Firdavs ul-ikbol” asarini yoza boshlaydi. Lekin asar ayrim sabablarga ko`ra, tugallanmay kolgan. Munis ajoyib xattot sifatida “Savodi ta`lim” nomli maxsus risola yozgan. U zo`r tarjimon bo`lib, Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo” asari tarjimasini xam boshlab bergan va uning birinchi jildini tarjima kilib tugatgan edi. Ogaxiy xam asli Kot kishlogidan. Munisning jiyani va uning ko`lida tarbiya topgan. Yaxshi o`kib, turli fanlarni, xususan tarix va adabiyotni chukur egallagan. Munisning vafotidan (1829 y.) keyin saroyni tark etib, ota kasbi- miroblik bilan kun kechirgan. U 1847 yili vafot etgan. Ogaxiy xam iste`dodli shoir, yirik tarixnavis olim va moxir tarjimon sifatida shuxrat topti. U togasi Munis boshlagan “Firdavs ul-ikbol” asarini oxiriga etkazdi. Undan tashkari, “Riyoz ud-davla” (“Davlatning jannat bogi”), “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar sarasi”), “Jomi` ul-vokeoti sultoniy” (“Culton vokealarining majmuasi”) va “Gulshan ud-davlat” (“Davlat gulshani”) kabi tarixga oid asarlarni xam yozgan. Bulardan tashkari, Ogaxiy zabardast tarjimon sifatida 19 asarni o`zbek tiliga tarjima kilgan bo`lib, ularning ichida Muxammad Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Nizomuddin Axmad Xiraviyning “Tabakoti Akbariy” kabi ulkan tarixiy asarlar xam bor. Munis va Ogaxiyning tarix soxasidagi eng katta ilmiy ishi “Firdavs ul-ikbol” asarining yaratilishi edi. Kitobda Xorazmning kadim zamonlardan to Ko`ngirot sulolasidan chikkan Alloxkulixon (1825-1842 yy.) zamonigacha bo`lgan tarixdan baxs yuritadi. “Firdavs ul-ikbol” asari mukaddima va besh bobdan iborat. 1806 yili boshlangan va 1840 yili yozib tamomlangan. Mukaddimada Eltuzarxon nomiga xamdu sano o`kiladi, Munisning xon xizmatiga kirish sabablari aytiladi va asar mundarijasi keltiriladi. Asarning 1-11-boblarida islomiyatdan avval o`tgan piygambarlar, eskm tarix kitoblarida turk-mo`gul kabilalarining ajdodi xisoblangan Yofas ibn Nux va Ko`ngirot amirlarining ilk tarixiga bagishlangan. Uchinchi bobda Burtajon va Chingizxon tarixi, Mo`gul imperiyasining Chingisxon zamonidan to Oltin O`rda xoni Berdibek (1357-1361 yy.) davrigacha bo`lgan tarixi bayon etilgan. To`rtinchi bob Xorazmning Shayboniylar davri (1511-1804 yy.)dagi ijtimoiy- siyosiy tarixi xakidadir. Beshinchi bob Xiva xonligining 1804-1825 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`z ichiga oladi. Munis va Ogaxiyning mazkur asarining asosiy axamiyati shundaki, unda Xorazmning kariyb 300 yillik (1511-1825 yy.) tarixi yaxlit, xronologik tartibda bayon etilgan. Asar turli mavzudagi daliliy ma`lumotlarga nixoyatda boy. Kitobda, masalan, Xorazm (Xiva xonligi) o`ramida istikomat kilgan turkman, korakalpok va kozok xalklari va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o`rni, katta er egaligi, mexnatkash xalk axvoli, solik va jarimalar, xiroj, zakot, peshkash, tansukot va xokazo, o`n to`rt urugning tarkatib yuborilishi, 1714, 1722-1723 va 1768 yillari sodir bo`lgan ocharchilik va kaxatchilik, Xorazm shaxarlari Urganch, Kot, Vazir, Yangi shaxar, Tirsak, Gandumkon, Xazorasp, Shaxobodlarning umumiy axvoli, turkmanlar va o`zbeklarning etnik tarkibi, Xiva xonligining boshka mamlakatlar, xususan, Eron, Buxoro xonligi va Rossiya bilan bo`lgan iktisodiy va siyosiy munosabatlari xususida kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. “Firdavs ul-ikbol” asari tarixchilar tomonidan kam o`rganilgan. Uning ko`lyozma nusxalari O`zbekiston, Rossiya va boshka mamlakatlar kutubxonalarida saklanadi. “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavokin” (“Sultonlar shajarasi va xokonlar tarixi”) asarining muallifi Mirza Olim Toshkandiydir. Uning to`la ismi Mirza Olim ibn domla Mirza Raxim Toshkandiydir. U o`z davrining keng ma`lumotli va tanparvar kishilaridan bo`lgan. Asar X1X asr oxirida yozib tamomlangan. “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavokin” Fargonaning yoki Ko`kon xonligining XU-X1X asrlar orasidagi tarixini o`z ichiga oladi. Muallif ayniksa 1842- 1875 yillar tarixini keng yoritgan. Kitobning to`rtta mo``tabar ko`lyozmalari O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud. U Ko`kon xonligi tarixini o`rganishda muxim manbalardan bo`lib xizmat kiladi. “Shajarayi Xorazmshoxiy” va “Xorazm tarixi”(1910-1918 yy.) asarlari muallifi serkirra iste`dod soxibi Muxammad Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858- 1923 yy.)dir. Bayoniyning naslu nasabi Xiva xonligini ko`p yillar idora kilgan Ko`ngirotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804- 1806 yy.)ga nabira bo`ladi. Muxammad Yusuf Bayoniy yoshligidan yaxshi tarbiya topdi, keng ma`lumot oldi. Arab va fors tillarini yaxshi o`rgandi, adabiyot, tarix, tibb va musika ilmlarini egalladi. Shu bilan birga xattotlik ilmini xam yaxshi o`rgandi. U, ayniksa xatlarning rayxoniy, suls, kufiy va shikasta turlari bo`yicha moxir xattot, musika ilmida, ayniksa tanbur va gijjak chalishda maxoratli sozanda bo`lib etishdi. Bayoniy mumtoz adabiyotni, xususan she`r ilmini xam puxta egalladi, o`z zamonining shoiri sifatida dong taratdi. U mumtoz she`riyatning barcha turlarida ijod kildi. O`zidan bir she`riy to`plam, devon koldirdi. Devoni ko`lyozmasi O`zR FA ning Sharkshunoslik instituti fondida saklanmokda. Bayoniy asosan yirik tarixnavis olim, Munis va Ogaxiylarning davomchisi sifatida shuxrat kozondi. Bu soxada u ikki yirik asar yaratdi. Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asarida Xorazmning turklarning kadimgi podshoxi Yofas o`glon, Yofas ibn Nuxdan to Ko`ngirot sulolasigacha kechgan tarixi bayon etilgan. Asarning eng kimmatli kismi Muxammad Raxim avval (1806-1873 yy.) va Asfandiyorxon (1910-1918 yy.) davrigacha bo`lgan so`nggi kismidir. Olimning ikkinchi tarixiy asari “Xorazm tarixi” kitobida Xorazmning 1910- 1918 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi keng yoritilgan. Muxammad Yusuf Bayoniy moxir tarjimon sifatida xam nom koldirgan. U ko`pgina muxim tarixiy asarlarni arab va fors tillaridan o`zbek tiliga tarjima kilgan. Abu Ja`far Muxammad ibn Jarir at-Tabariyning “Kitob ar-rasul va-l muluk va-l- xulafo”, Darvesh Axmadning “Caxoyif ul-akbar”, Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asarlari ana shular jumlasidandir. Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshoxiy” asarining (1911-1913 yillari yozib tamomlagan kismi, ya`ni Muxammad Raximxon soniy zamonidan sayyid Asfandiyorxon xukmronligi davrini o`z ichiga olgan 15- va 16- boblari Ikboloy Azizova tarafidan so`z boshi va zarur izoxlar bilan, 1991 yili “Meros” to`plamida nashr etilgan. Turkiy-o`zbek tilidagi manbalar xususiyatlari. X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar nisbatan kam saklanib kolgan. Mavjudlari esa xali munosib tarzda manbashunoslik nuktai-nazaridan o`rganilib, ilmiy muomalaga kiritilgani yo`k. Ya`ni u manbalar tarix ilmida o`z o`rnini egallagani yo`k. X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar to`grisida shuni kayd etish zarurki, ularda xam arab va fors tillaridagi manbalarga xos umumiy xususiyatlar o`xshash desak bo`ladi. Yozuv xususida turkiy va fors tili xarflari aynan bir xil, ya`ni 32 xarfdan iborat. Turkiston kitobi tarixining tadkikotchisi E.O.Oxunjonov o`z ilmiy izlanishlarida yozma manbadarni kitobat tarixi nuktai nazaridan ochib bergan. XV asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar ko`lyozmalari, kitoblari birinchi navbatda yozuv, xat turi xususiyatlari, kitobat fani, san`ati jixatidan aloxida yuksak saviyasi, badiiy ziynat-bezaklari bilan ajralib turadi. Aksariyat manbalar Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy tomonidan ixtiro kilingan eng go`zal nasta`lik xatida bitilgan. Temuriylar va Shayboniylar davrida xamda keyinrok yaratilgan ko`lyozmalar asosan podshox va a`yonlar uchun mo`ljallangan. Mana shuning uchun xam ular kitobat san`atining shox asarlari darajasida yaratilgan. XVIII-XIX asrlardagi yozma manbalar ko`lyozmalarini ikki guruxga ajratish mumkin. Bir guruxi – shoxona ko`lyozmalar. Ikkinchi guruxi esa keng jamoatchilik va o`rta xol ziyolilar uchun yaratilgan ko`lyozmalar. Bularning xar biri materal va saviya bilan ajralib turadi. Ikkinchi gurux ko`lyozma kitoblarida matn mazmuniga xam e`tibor berilgan, lekin ko`lyozma uchun ishlatilgan materiallar, ziynat va bezaklar o`rta miyona, baxoli kudrat, ammo etarli san`at asari va ilm-fan uchun bemalol foydalansa bo`ladigan manba saviyasida yaratilgan. XIX asrda ko`prok ko`lyozmalarni yozishda ilm axli orasida xatti mulloyi, talabalar xati va yangi ixtiro kilingan shikasta xati keng tarkaldikim, shiddatli tarakkiyot, ayniksa toshbosma va mixbosma kitoblarning ko`payishi, an`anaviy mo``tabar ko`lyozmalarini yaratilishini kamayishiga olib keldi. Bu davr ko`lyozmalar xususiyotlari kitobat san`ati nuktai nazaridan olima E.M.Ismoilova tomonidan aniklangan va uning asarlarida bayon etilgan. Ko`kon xonligi tarixi manbalari xususiyatlari olimlardan R.N.Nabiev, X.N.Bobobekov, Sh.Voxidov, T.Biysembiev va boshkalarning tadkikotlarida taxlil etilgan. XIX asr Xorazm tarixiy asarlari ko`lyozmalari K.Munirov va N.Komilov tadkikotlarida o`rganilgan. Yurtimizda yaratilgan aksariyat ko`lyozmalar, xususan O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik instituti fondidagilar mashxur xattot Abdukodir Murodov tomonidan tadkik etilgan. Ammo shu paytgacha, turkiy-o`zbek kitobi tarixiy manba sifatida aloxida o`rganilmadi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, xali turkiy tildagi jaxon ko`lyozma fondlarida mavjud yoxma manbalar to`da aniklangani va ilmiy muomalaga kiritilgani yo`k. Mavjud va aniklangan yozma manbalar yurtimizning ko`p asrlik uzok tarixi, uning boy yozma madaniyatidan guvoxlik berib, kelajagi porlok ekanligiga to`la ishonch uygotadi. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. Ìàâçóíè ìóñòàõêàìëàø ó÷óí áåðèëãàí ñàâîëëàð. q. «¹óòàä2ó áèëèê» àñàðèíèíã òàðèõèé àõàìèÿòè íèìàäà? w. «Òåìóð òóçóêëàðèäà» àñàðèíèíã óçáåê äàâëàò÷èëèãè òàðèõèíè óðãàíèøäàãè óðíè? e. Áîáóðíèíã «Âà3îéèú» àñàðèíèíã òàðèõèé àõàìèÿòè íèìàäà? r. Õîðàçì õîíëèãèäà ÿðàòèëãàí óçáåê òèëèäàãè 3àíäàé òàðèõèé àñàðëàðíè áèëàñèçìè? 10-mavzu. Alisher Navoiyning asarlari tarixiy manba sifatida Reja: 1. Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar. 2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi. 3. «Tarixi anbiyo va xukamo» asari. 4. «Tarixi muluki Ajam» asari. 5. «Xamsat ul-mutaxxirin» risolasi. 6. «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher» risolasi. 7. «Xoloti Paxlavon Muxammad» risolasi. Asosiy tushunchalar: Xamsa, xolot… Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat engilmas kuch”-T., 2008. 2. O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. 2 tom. XV asrning ikkinchi yarmi.-T.: 1972. 3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to`plami. Yigirma tomlik. 15-16 tom. Tarixi anbiyo va Xukamo. Matnni nashrga tayyorlovchi L.Xalilov.-T., O`zR FA «Fan» nashriyoti. 2000. 4. L.Xalilov. Texnologicheskoe issledovanie sochinenie Alishera Navai «Tarixi muluki Ajam». Avtoref. Diss.. kand. Filol. Nauk.-T., 1975 Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar. Ushbu ma`ruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy manba sifatidagi xususiyatlariga e`tibor bermokchimiz. Chunki Navoiyning ulkan she`riy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiyot namunasi sifatida keyoingi XX asrda xam yurtimizda juda katta e`tiborga sazovor bo`lgan bo`lsa-da, ammo uning tarix ilmiga ko`shgan ulkan xissasi, bizning fikrimizcha, tarixchi olimlarimiz e`tiboridan chetda kolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari xam fakat filologik nukta-i nazardan o`rganildi, xalos. Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nukta-i nazaridan tadkik kilish uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos kilib olinish mumkin. Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiyo va xukamo», «Tarixi muluki Ajam», «Xamsat ul-mutaxayyirin», «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher», «Xoloti Paxlavon Muxammad», «Vakfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-muxabbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muxokamat ul-lugatayn» kabi asarlari bilan xam aruz nazariyasi, xam tilshunoslik, xam adabiyotshunoslik bilan bir katorda tarixi ilmi tarakkiyotiga katta xissa ko`shdi. «Tarixi anbiyo va xukamo» asari. Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va xukamo» asari 890/1485 va 904/1498- 1499 yillar orasida tasnif etilgan bo`lib, unda Odam Atodan boshlab, oltmish oltita paygambarlar va o`n bitta donishmandlar to`grisida ixcham, lekin juda jonli va kizikarli ma`lumotlar bayon etilgan. Ma`lumki, Alisher Navoiyga kadar xam anbiyolar xakida turli rivoyatlar, kissalar mavjud bo`lgan. Ayniksa, «Kur`oni karim»da va eng kadimiy manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Ja`far Tabariyning (836-923) «tarixi ar-rusul va muluk», Abu Rayxon Beruniyning «Osor ul-bokiya», xamda Abu Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muxammad binni Dovud al-Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-ansob» (1317) yoki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Xamdullox binni Abu Bakr binni Axmad binni Nasr al-Mustavfi Kazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi Guzida» (744/1343), Abulkosim Firdavsiyning «Shoxnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa» va boshka shu kabi asarlarda tarixiy vokealar, shuningdek, diniy tarixga oid ma`lumotlar ko`p. O`z davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy xam bunday manbalarni o`rganib chikkan, ular bilan yakindan tanishgan. Bu asarlar aksariyati arab va fors tilida bo`lgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-o`zbek tilida, ko`plab kissalarni kiyosiy o`rganish asosida o`z asarini yaratdi. U asar mazmun jixatidan umumiy tarixga oiddir. Bu asar ikki kismdan iborat. Birinchi kismda Odam Atodan tortib, nux, Iso, Muso, Yakub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshka paygambarlar xayotiga oid turli nakllarni bayon etadi, xar bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning xayotiga lirik xotima yasaydi. Kitobning ikkinchi kismida mashxur donishmandlar xayoti lavxalari, ularning xikmatlari keltiriladi. Masalan, Garbda Pifagorga nisbatan bergan bir iborani Alisher Navoiy Bukrotus xakim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi so`z ko`ngulni yoritur va yaxshi xam ko`zning ne`mati arusidurkim, aning maxri shukrdir». Butun umri va faoliyati davomida olimlarni kadrlagan Alisher Navoiy ularning tarixini anbiyo, paygambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani aloxida taxsinga sazovor xoldir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga kadimgi davr izoxi uchun muxim manba vazifasini o`tashi mumkin. Bu asarni manbashunoslik fanida aloxida o`rganish shuning uchun xam zarurki, tarixga oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda ko`p o`rinlarda maygambarlar va ularning xayotiga oid vokealarga murjaat kilish uchraydi. Manna shu jixatidan Alisher Navoiy asari xam tarixchi olimlar, xam tarixni o`rganuvchi talabalar uchun katta axamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher Navoiyning mashxur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati bayon etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari mukaddimasini zikr klar ekan, tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», ya`ni «davlat va millat sharafi» deb ta`riflaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling