Uzbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vazirligi Ajiniez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Tarix kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shoxiy”
- “Akbarnoma” yoki “Ikbolnoma”
- “Musaxxir al-bilod”
- “Xaft iklim”
- “Tarixi olamoroyi Abbosiy”
- “Baxr ul-asror fi manokib ul-axyor”
“Tarixi Rashidiy” (1544-1546 yillarda Kashmirda yozilgan) mashxur asar muallifi Boburning kichik xolavachchasi Mirzo Muxammad Xaydar bo`lib, uning ota-bobolari O`rtubu, Po`lodchi, Xudoydod, Said Axmad, Sonsiz Mirzo, Muxammad Xaydar, Muxammad Xusayn turklashgan mo`gul uruglaridan duglot (mo`gulcha “dogolot”-cho`lok) kabilasiga mansubdir. Ular Mo`guliston xonlari, Chigatoylar davrida ulusbegi, Koshgar xokimi lavozimida turganlar. Olimning otasi amir Muxammad Xusayn bir vaktlar Andijonda Umarshayx Mirzo, so`ngra Toshkent xokimi Sulton Maxmudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bo`lgan. U 1495-1503 yillari ana shu Sulton Maxmudxon nomidan O`ratepani idora kilgan. 1503 yili Sulton Maxmudxon va Sulton Axmadxon Axsi atrofida Shayboniyxon ko`shinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, amir Muxammad Xusayn Korateginga, undan Kunduz, so`ng Xirotga, Sulton Xusayn xuzuriga kochib bordi. Muxammad Xusayn ko`p o`tmay Kobulga, Bobur Mirzo xuzuriga keldi. 1507 yilgi Boburga karshi fitnada ayblanib, yana Xirotga kochib bordi. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Muxammad Xusayn katl etilgan. Muxammad Xaydar 1500 yili Toshkentda tugildi. Otasining o`ldirilganidan keyin Muxammad Xusaynga sodik kishilar uni birmuncha vakt Buxoroda asradilar, so`ng Badaxshonga olib borib karindoshi Sulton Uvays Mirzoning, Xon Mirzo deb atalgan, ko`liga topshirdilar. Muxammad Xaydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizmatida 1512 yilgacha bo`ldi. 1512 yil kuzida u Andijonga, Sulton Sa`idxon xuzuriga keldi va u bilan ko`shilib Koshgarga ketib koldi. Sulton Sa`idxon ko`p o`tmay bu erda Abubakr duglot ustidan galaba kozondi va Koshgar xamda Yorkandni ko`lga kiritishga muvaffak bo`ldi. Muxammad Xaydar 1533 yilgacha, ya`ni Sulton Sa`idxon vafotiga kadar, uning xizmatida bo`ldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik kildi, so`ng yirik xarbiy bo`linmalarga ko`mondonlik kildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga kilgan xarbiy yurishlarida faol ishtirok etdi. Otasi o`rniga o`tirgan Abdurashidxon (1533-1570 yy.) duglot amirlarini ta`kib ostiga oldi, ularning ba`zilarini katl etdi. Bularning orasida Muxammad Xaydarning togasi Said Muxammad mirzo va karindoshlarining ko`pchiligi bor edi. Tibetda bo`lgan Muxammad Xaydar bundan xabar topib, Badaxshon tarafga kochdi va ko`p mashakkatlardan keyin Kobulga, Bobur Mirzoning o`gillaridan Komron Mirzo xuzuriga keldi, so`ng u erdan Agraga, Xumoyun podshox xuzuriga bordi va uning xizmatiga kirdi. Muxammad Xaydar 1541 yili, Xumoyunning xarbiy yordami bilan, Kashmirni bo`ysundirdi va u erda kariyb 10 yil xukmronlik kildi. U 1551 yili toglik kabilalarning biri bilan bo`lgan to`knashuv paytida xalok bo`ldi. Muxammad Xaydar zamonasining o`kimishli va keng ma`lumotli kishilaridan edi. Boburning guvoxlik berishiga karaganda, u durustgina shoir, xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bo`lgan. Muxammad Xaydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri “Jaxonnoma” deb atalib, ertak tarzida yozilgan. Uning yagona ko`lyozmasi Germaniyaning Berlin shaxri kutubxonalaridan birida saklanmokda. Olimning ikkinchi yirik va mashxur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki kism, davtardan iborat bo`lib, birinchi kismida Mo`guliston xalklarining tarixi Tugluk Temur (1348-1363 yy.)dan to Abdurashidxonning taxtga o`tirgani (1533 y.)gacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Asarning birinchi davtari turli nakl-rivoyatlar, shuningdek, Yokut Xamaviyning “Mo``jam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jaxonkushoy”, Rashiduddinning “Jome` ut-tavorix”, Jamol Karshiyning “Mulxakot us-surox”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulugbekning “Tarixi arba` ulus” va nixoyat, Abdurazzok Samarkandiyning “Matla` us-sa`dayn” kitoblaridagi ma`lumotlar asosida yozilgan. Lekin unda xam Markaziy Osiyoning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-siyosiy xayotiga oid yangi, asl nusxada bo`ladigan ma`lumotlar ko`p. Kolaversa, birinchi daftar Koshgar, Kozogiston, shuningdek, Movarounnaxr va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal kamrab olishi bilan kimmatlidir. Ikkinchi daftar birinchisidan keskin farkli o`larok, esdalik, xltiralar tarzida yozilgan bo`lib, Koshgar, Movarounnaxr, Afgoniston xamda Shimoliy Xindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o`rganishda asosiy va kimmatli manbalardan xisoblanadi. “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shoxiy” asarining ijodkori XVI asrda o`tgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Xofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yili Buxoroyi sharifda nufuzli mansablor xonadonida dunyoga kelgan. Otasi Mir Muxammad al-Buxoriy Buxoroning ko`zga ko`ringan boyonlaridan bo`lib, shayboniy Ubaydullaxonning yakin kishilaridan bo`lgan, 1550 yilning boshlarida Koshgarga ketib kolgan va oradan ikki yil chamasi vakt o`tgach, o`sha .rtda vafot etgan. Xofiz Tanish Buxoriy o`z davrining chukur va keng ma`lumotli kishilaridan bo`lib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yakin odami Kulbobo ko`kaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga kabul kilingan va uning shaxsiy vokeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Xofiz Tanish Buxoriy umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Malexo Samarkandiyning ma`lumotiga ko`ra, Xofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zaxarlab o`ldirilgan. Xofiz Tanish o`zining “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shoxiy” asari bilan nom chikargan. Kitobda O`zbekiston, Kozogiston, shuningdek, kisman, Afgoniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon kilinadi. Undan tashkari, asarda Buxlol xonligi bilan Eron, Xindiston, Koshgar va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar xakida xam kimmatli ma`lumotlar bor. Asar XVI asrning 80-yillari oxirida yozib tamomlangan. Xofiz Tanishning zamondoshi shoir va adabiyotshunos olim Mutribiyning guvoxlik berishiga karaganda, asarning oxirgi kismini, xonning topshirigi bilan, kozi Poyanda Zominiy (1602 yili vafot etgan) yozgan. Lekin bu fikrni boshka manbalar tasdiklamaydi. “Sharafnomayi shoxiy” asari muallifning rejasiga ko`ra, mukaddima, ikki kism yoki makola va xotimadan iborat kilib yozilishi mo`ljallangan. Masalan, mukaddima, odatdagidek Alloxning madxu sanosi, xomiy, oliy xukmdor Abdullaxonning sha`niga aytiladigan ta`rifu tavsif, asarning yozilishi tarixi, Abdullaxonning ota-bobolari, kadimda Markaziy Osiyoda istikomat kilgan turk-mo`gul kavmlari, Chingisxon va uning avlodi xakida ma`lumot, birinchi makolada Movarounnaxrda 1533-1583 yillar orasida sodir bo`lgan vokealar, ikkinchi makolada esa O`zbekiston, Kozogistonva ko`shni xorijiy mamlakatlarda 1583 yildan keyin yuz berishi mumkin bo`lgan vokealar, xotimada esa Abdullaxonning olijanob fazilatlari, uning bilan zamondosh bo`lgan shayxlar, olimlar, shoirlar, vazirlar va amirlar, shuningdek, Abdullaxon zamonida kurilgan binolar xakida ma`lumot bkrishi mo`ljallangan. Lekin, asar yozilishi jarayonida reja o`zgargan – birinchi va ikkinchi makolalar ko`shib yozilgan, xotia esa muallifning bevakt vafoti sababli yozilmay kolgan. Muallif asar mukaddimasini yozishda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, shayxulislom Safiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, Istaxriyning “Kitob masolik ul-mamolik”, Juvayniyning “Tarixi jaxonkushoy”, Raziduddinning “Jome` ut-tavorix”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va Muxammad Xaydarning “Tarixi Rvshidiy” asarlarida keltirilgan ma`lumotlardan foydalangan. XVI asrning 30-60- yillari orasida yuz bergan vokealar saroyda muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bo`lgan muxim siyosiy vokealarning shoxidi bo`lgan keksa kishilarning ogzaki axborotlari asosida, 70-80- yillar vokealari esa muallifning bo`lib o`tgan vokealarda shaxsan o`zi katnashib to`plagan daliliy ma`lumotlar asosida yozilgan. “Sharafnomayi shoxiy” asari nasriy kofiyali, ya`ni saj – murakkab badiiy uslubda yozilgan. Unda she`riy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sa`diy, Kamoliddin Binoiy, Mushfikiy va muallifning o`z she`rlari, “Kur`oni karim” oyatlari, “Xadis sharif”lardan parchalar xam ko`p. Kitobda siyosiy vokealar bilan bir katorda ijtimoiy-iktisodiy mavzudagi ma`lumotlar, masalan, er egaligining ikto, suyurgol, tanxox kabi shakllari, turli- tuman solik va jarimalar, masalan, xiroj, ixrojot, tagor, ulufa, ko`nalga, madadi lashkar, boj, tomga, begar; o`lja va uning jamiyatdagi o`rni, asirni kulga aylantirish xollari; O`zbekistonning yirik shaxarlari va xunarmandchilikning umumiy axvoli; Shayboniylar davlatining ma`muriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan Rossiya, Xindiston va Koshgar o`rtasidagi munosabatlar xakida kimmatli dalil va ma`lumotlar mavjud. Bundan tashkari, asar etnografik, masalan, o`zbek xalki tarkibiga kirgan urug va kavmlar nomlari xamda topografik ma`lumotlar, masalan, Buxoro, Samarkand, Toshkent, Termiz, Ko`lob, Balx kabi yirik shaxarlardagi dikkatga sazovor binolar, osoru atikalar, shuningdek, mazkur shaxarlarninggeografik xolati va topografiyasi xakidagi axborotlarga nixoyatda boydir. Ushbu asarning ko`lyozma nusxalari ko`p, asl matnini uchdan ikki kismini Sankt-Peterbkrglik olima M.Saloxutlinova ruscha tarjimasi bilan chop etgan. Kitob 1942-1952 yillari Sodik Mirzaev va oxirgi kismi Yu.Xakimjonov tomonidan 60- yillarda o`zbek tiliga tarjima kilinib, 1-2- jildlari, zarur tuzatishlar, tadkikot va izoxlar bilan 1966 va 1969 yillari B.Axmedov tomonidan chop kilingan. 3-4- jildlari bosilmay kolgan edi. 1995-1997 yillari ikki kitob xolida B.Axmedov tomonidan nashr etildi. “Akbarnoma” yoki “Ikbolnoma” nomli asar muallifi Abulfazl Allomiydir. U XVI asrda Xindistonda yashagan yirik tarixnavis olim va davlat arbobidir. Olimning nomi Abulfazl ibn Muborak bo`lib, bilim doirasi juda keng bo`lgani uchun Allomiy, bilimlar soxibi deb atashganlar. U 1551 yil 14 yanvarida Agrada tugilgan. Otasi shayx Muborak ibn Xizr o`z davrining mashxur iloxiyot olimlaridan xisoblangan. Akasi Abulfayz yirik shoir va olim bo`lgan. Abulfazl Allomiy 1574-1602 yillari Boburning nabirasi Jaloluddin Muxammad Akbar (1556-1605 yy.)ning Bosh vaziri bo`lgan va Xindistonning XVI asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy xayotida katta rol` o`ynagan. 1602 yil 22 avgustda Dekan subasidan kaytib kelayotganida, shaxzoda Sulton Salim, bo`lgusi Jaxongir yollagan kotil tomonidan yo`l kstida o`ldirilgan. Abulfazl Allomiyning asosiy asari “Akbarnoma” yoki “Ikbolnoma” Xindiston va Afgonistonning XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan baxs yuritadi. Ma`lum darajada “Vakoe`” yoki “Boburnoma” asarini davomi sifatida yaratilgan bu ulkan asar uch kitobdan iborat. Birinchi kitobda Akbarning tugilishi, ota-bobolari – Bobkr, Xumoyun, shuningdek Ak`ar podshoxligining dastlabki 17 yil ichida bo`lib o`tgan ijtimoiy-siyosiy vokealar bayon kilinadi. Ikkinchi kitob Xindiston va kisman Shimoliy Afgonistonning 1573-1601 yillardagi tarixini o`z ichiga oladi. Uchinchi kitobda Boburiylar davlatining tuzilishi, Xindistonning ma`muriy tarkibi, axolidan yigiladigan solik xamda jarimalar va ularning mikdori, xindlarning dini va urf odatlari kabi masalarga keng o`rin berilgan. Uchinchi kitob mustakil mazmunga ega va uni “Oyini Akbari” (“Akbar konunlari”) nom bilan ataladi. “Akbarnoma” asarining matni 1872-1877 yillari, G. Beverij tomonidan inglizchaga kilingan tarjimasi 1903-1921 yillari Kalkuttada chop etilgan. “Akbarnoma” Boburiylar saroyida muntazam yuritilgan maxsus kundalik davtar, rasmiy davlat xujjatlari, shuningdek, bo`lib o`tgan vokealarning ishtirokchilari bo`lgan, yoki o`sha vokealarni bilgan kishilarning ogzaki axborotlari asosida yozilgan. Asarning noyobligi va kimmatligi xam shundandir. Abulfazl Allomiy asari Boburiylar davlati va Buxoro xonligi o`rtasidagi siyosiy va madaniy munosabatlarni o`rganishda muxim manbalardan biri xisoblanadi. “Musaxxir al-bilod” (“Mamlakatlarni bo`ysundirkvchi”) nomli asarning muallifi Muxammadyor ibn Arab Katagondir. Uning xayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma`lumotlar kam. O`zining so`zlariga karaganda, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida yashab o`tgan, Shaybniy Abdullaxon soniy va Ashtarxoniylardan Boki Muxammadxon (1603-1606 yy.)ning xizmatida bo`lgan. Muxammad ibn Arab Kattagon va uning “Musaxxir ul-bilod” asari yakin vaktlargacha ilmiy jamoatchilikka yaxshi ma`lum bo`lmagan, kolaversa asar xakida turlicha, ko`p xollarda bir-biriga zid fikrlar xukm suradi. Masalan, K.G.Zaleman (1849-1916 yy.) “Musaxxir ul-bilod”ni Xofiz Tanish Buxoriyning “Sharafnomayi shoxiy” asarining kiskartirilgan nusxasi, deb aytgan bo`lsa, ingliz sharkshunosi Ch.A.Stori xamda “Sobranie vostochnix rukopisey AN UzCCR” ketalogini tuzuvchilari uni “Tarixi Shayboniy” deb ataganlar. Yakinda Sankt-Peterburglik olima M.A.Saloxitdinova “Musaxxir ul-bilod”ni mustakil asar ekanligini anikladi va asar xamda uning muallifi xakida kiska ilmiy axborot e`lon kildi. “Musaxxir ul-bilod” Shayboniylar sulolasining Abulxayrxondan boshlab shajarasi bayoni bo`lib, O`zyuekiston va Kozogistonning XV-XVI asrlardagi tarixini o`rganishda muxim ko`llanmalardan biri xisoblanadi. Asar 1610 yil atrofida yozilgan. Kitob tarkibi mukaddima va olti bobdan iborat. Birinchi bob Abulxayrxonning o`gli va taxt vorisi Shox Bulog Sulton, uning o`gillari Muxammad Shoxbaxt, Shayboniyxon va Maxmud Sulton xamda udarning avlodi tarixini o`z ichiga oladi. Ikkinchi bobda Ko`chkunchixon (Ko`chumxon) va uning Samarkandda xukmronlik kilgan avlodi tarixi bayon etilgan. Uchinchi bobda Suyunchxojaxon va uning Toshkent xamda Turkistonda xukmronlik kilgan avlodi tarixi keltirilgan. To`rtinchi bobda xoja Muxammadxon va uning Movarounnaxrda podshoxlik kilgan avlodi tarixi keltirilgan. Beshinchi bob Abdulmo`minxonning taxtga o`tirishi (1598 y.) va kiska xukmronligi xakida. Oltinchi bobda Buxoroning dikkatga sazovor joylari, muallif bilan zamondosh bo`lgan va Buxoroda istikomat kilgan shayxlar, olimlar va shoirlar xakida kiskacha ma`lumot beriladi. “Musaxxir ul-bilod” kam o`rganilgan, ko`lyozma nusxalari xam kam. Xozir uning fakat ko`lyozma nusxasi ma`lum: biri O`zR FA Sharkshunoslik institutida (Inv.№ 1505), ikkinchisi Rossiya FA Sharkshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo`limida (Inv.№ S. 465) saklanmokda. Afsuski, ikkala nusxa xam to`la emas. Birinchi nusxada mukaddima va birinchi bobning katta kismi etishmaydi, ikkinchi nusxaning esa eng kerakli V-VI boblari yo`k. Asarning I-IV boblarida XVI asr tarixiga oid manbalarni, xususan “Sharafnomayi shoxiy”dek yirik asarlarni xam ma`lum darajada to`latuvchi, ularda bayon etilgan vokealarga aniklik kirituvchi kimmatli ma`lumotlar ko`p. Shayboniyxon tomonidan 1507 yili o`tkazilgan pul isloxoti; Shayboniylar o`rtasida kelishmovchiliklar va o`zaro nizolar, uning sabablari; Shayboniylar bilan kozok xonlari o`rtasidagi siyosiy munosabatlar; o`sha zamonlarda Sirdaryo bo`yida istikomat kilgan korakalpoklar va ularning XVI asrning oxiri va XVII asr boshlaridagi axvoli; Toshkent, Turkiston, Sayram, Andijon va Axsiket kabi shaxarlarning XVI asrning so`nggi choragidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli xakidagi ma`lumotlar shular jumlasidandir. “Xaft iklim” (“etti iklim”) nomli geografik-biografik asarining ijodkori mashxur adabiyotshunos olim Amir Axmad Roziydir. U asli Eronning Ray sharidan, badavlat va o`kimishli xonadondan chikkan. Amir Axmad Roziy o`z asarini 1594 yili tugatgan bo`lib, unda VII asrdan to XVI asr oxirigacha etti iklim mamlakatlari va shaxarlarida istikomat kilgan 1560 nafar yirik shayx, olim, yozkvchi,shoir va davlat arboblari xakida kiska, lekin kimmatli ma`lumotlar beradi. Muallif o`zigacha bo`lgan davrga tegishli masalarni yoritishda “Suvar al-akolim” (“Iklimning ko`rinishi”), “Masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlar orasidagi masofalar”), “Tarixi Banokatiy” kabi asarlarga tayangan, lekin ulardan tankidiy foydalangan, ularni yangi dalillar va ma`lumotlar bilan boyitgan. Shaxarlar va mamlakatlarni tavsif kilganda ularning geografik o`rni, dikktga sazovor joylari, osori atikalari, xalki va uning xayoti, mashguloti va urf odatlari, ba`zida axolisining umumiy soni, xo`jaligiga oid kimmatli ma`lumotlar keltiradi. Masadan, Chingizxon xurujidan avval Balxda 50 mingdan ortik odam istikomat kilgan, XU-XU1 asrlarda Toshkent atrofidagi toglarda temir, firuza, oxak konlari, Xo`jandda firuza, Badaxshonda la`l konlari ishlab turgan. “Xaft iklim”da Zaxiriddin Muxammad Bobur va uning avlodi davrida Xindiston va O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy axvoli, Sharkiy Turkston, Koshgarning XVIasr ikkinchi yarmidagi umumiy axvoli xakidagi zarur ma`lumotlarni uchratish mumkin. Asarda VII-XVI asrlarda O`zbekiston va Xurosonda o`tgan yirik olim va shoirlar xakidagi ma`lumotlar o`ta muximdir. Bular orasida “shoirlar podshoxi” Rashiduddin Votvot (1088-1182 yy.), “Olimlar faxri” Abulkosim Maxmud ibn Umar Zamaxshariy (1074-1144 yy.), buxorolik buyuk xadis olimi Abu Abdkllox Muxammadibn Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy.)lar bor. “Xaft iklim” asarining ko`lyozma nusxalari mumlakatimizda va xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida ko`p, lekin xali to`lik nashr kilinmagan. Undan tarixchilar yordamchi manba sifatida foydalanishi mumkin. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” (“(Shox) Abbosning olamni bezovchi tarixi”) nomli asar garchi XVI asrda o`tgan yirik Eron tarixchisi Iskandarbek Munshiy tomonidan yaratilgan bo`lsa-da, unda O`zbekistonning tarixi va uning boshka mamlakatlar bilan munosabatini o`rganishda muxim axamiyat kasb etadi. Iskandarbek Munshiy o`z asarida keltirgan ayrim dalil va ma`lumotlariga karaganda, 1561 yoki 1562 yili tugilgan. U saroy yumushiga kabul kilingunga kadar kichik moliya xizmatchisi bo`lib ishlagan, keyinchalik devoni inshoga kabul kilingan. Bo`lgusi tarixchi 1587 yili xarbiy xizmatga jalb etilgan va shox Abbos avval Safaviy (1587-1629 yy.)ning xarbiy yurishlarida vokeanavis bo`lib ishtirok etgan, 1593 yili esa saroy munshiysi lovozimiga tayinlangan va umrining oxirigacha shu lavozimda turgan. Iskandarbek Munshiy 1634 yili vafot etgan. Iskandarbek Munshiyning “Tarixi olamoroyi Abbosiy” nomli asarida Eronning 1588-1634 yillar orasidagi tarixi xronologik, yilma-yil tartibida yuayon kilingan. Bu asar xam “Akbarnoma” singari saroyda .ritilgan kundalik daftar, rasmiy xujjatlar, bayon etilgan vokealar ishtirokchilarining ogzaki axboroti xamda muallifning shaxsiy kuzatuvlari bilan to`poangan ma`lumotlar asosida yozilgan. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” asari tarkibi mukaddima, uch jild va xotimadan iborat. Asarning I-II jildlari 1616, uchinchi jildi esa 1628 yili yozib tamomlangan. Kitobning birinchi jildi kompilyatsiya, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo`lib, Xondamirning “Xabib us-siyar”, Mir Yaxyo Kazviniyning “Lubb at-tavorix” (“Tarixlar magzi”) va muallif“Tarixi olamoroyi Abbosiy” noma`lum ikki asar “Tarixi shox Ismoil Safaviy” va “Tazkirayi shox Taxmosib” xamda boshka asarlarga tayanib yozilgan. Unda asosan shox Abbosning ota-boblari, shuningdek, shox Ismoil avval (1502-1524 yy.), shox Taxmosib avval (1524-1576 yy.), Ismoil soniy (1576-1578 yy.) va Sulton Muxammad Xulobanda (1578-1587 yy.) xukmronligi yillaridagi tarixi umumiy tarzda bayon etilgan. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” asarining II-III jildlari mazmuni yangi bo`lib, mustakil axamiyatga ega. Ularda Eronning 1588-1628 yillar orasidagi ijtimoiy- siyosiy tarixi keng yoritib berilgan. Uchinchi jild oxirida shox Abbos avval bilan zamondosh bo`lgan shayxlar, olimlar, shoirlar va xattotlar xakida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Asar O`zbekiston tarixini o`rganishda xam katta axamiyat kasb etadi. Unda O`zbekistonning XVI asr oxiri va XVII asrning birinchi choragidagi siyosiy axvoli xakida noyob ma`lumotlarni uchratamiz. Bundan tashkari, asar XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi choragida Eron bilan Buxoro xonligi o`rtasidagi siyosiy munosabatlarni o`rganishda muxim manbalardan biri xisoblanadi. Asardan ayrim parchalar B.Dorn (matni) va V.V.Vel`yaminov-Zernov tomonidan matni va kiskartirilgan ruscha tarjimasi nashr etilgan. Kitob matni yana ikki marta Texronda 1896 yili toshbosma va 1956 yili bosmasi chop etilgan. “Baxr ul-asror fi manokib ul-axyor” (“Olijanob kishilarning jasorati xakidagi sirlar dengizi”) nomli asar muallifi XVII asrda o`tgan balxlik yirik komusiy olim Maxmud ibn Validir. Uning otasi Mir Muxammad Vali asli fargonalik, kosonlik bo`lib, Shayboniylardan Pirmuxammadxon avval (1546-1567 yy.) davrida Balxga borib kolgan. U o`kimishli va keng ma`lumotli kishi bo`lib, asosan fikx ilmida zamonasining peshkadam kishilardan xisoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan she`rlar xam yozgan. Maxmud ibn Valining amakisi Muxammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarkand xokimi Boki Muxammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) dnvonida xizmat kilgan. Akasi amir Abulboriy esa fikx, tafsir va tibb ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi. Maxmud ibn Vali 1596 yili tugilgan. 19 yoshga borganda, ya`ni 1614 yili u yirik fikx va xadis olimi MMaxmud ibn Valirakshox Xusayniyning xizmatiga kiradi va kariyb o`n yil undan sabok oladi. Mirakshox Xusayniyning boy kutubxonasi bo`lib, unda, Maxmud ibn Valining so`zlariga karaganda, tarix, geografiya, mumtoz adabiyot, fikx, xadis va boshka ilmlarga doir juda ko`p kitoblar saklanar edi. Bu ilmga chankok yosh olim uchun bkbaxo xazina bo`ldi, albatta. Keymnchalik Maxmud ibn Valining o`zi kutubxonadagi ko`p kitoblarni o`kib ko`p foyda topganini aytadi. Mirakshox Xusayniy vafot etgan 1624 yil 13 aprel kunidan keyin Maxmud ibn Vali kitobiy ilmini amaliy bilimlar bilan boyitish maksadida boshka mamlakatlarga sayoxat kilishga karor kildi va bir yillik tayyorgarlikdan keyin, 1625 yilning iyul oyida savdo karvoniga ko`shilib Xindiston tomon yo`l oldi. U Xindistonda kariyb etti yil istikomat kildi va uning Peshovar, Loxur, Dexli, Agra, Xaydarobod, Vijayanagar, Kal`kutta, Bixar kabi kator yirik shaxar va o`lkalarni borib ko`rdi va ularning axolisi, xalkining urf-odati, tarixi, madaniyati, va nixoyat, osori atikalari xakidagi kimmatli ma`lumotlar to`pladi. 1631 yil 20 avgustla Balxga kaytib kelgandan keyin Nadr Muxammadxon (1606-1642 yillari Balx, 1642-1645 yillari Buxoro xoni)ning xizmatiga kirdi va to umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bo`lib xizmat kildi. Maxmud ibn Valining kachon vafot etganligi ma`lum emas. Maxmud ibn Vali fanning juda ko`p soxalarini, tarix, geografiya, ilmi nujum, ma`danshunoslik, botanika va boshka soxalarni kamrab olgan “Baxr ul-asror fi manokib ul-axyor” yoki “Baxr ul-asror” nomli o`ta kimmatli komusiy asarini yaratdi. Bundan tashkari u kator ilmiy va badiiy asarlar yaratgan bo`lib, ular bizgacha etib kelmagan. 1634-1640 yillar orasida yozilgan “Baxr ul-asror” asari mundarijasida ko`rsatilishicha, etti jilddan iborat bo`lgan. Uning II-VII jildlari jaxon tarixiga bagishlangan bo`lib, O`zbekiston va u bilan ko`shni mamlakatlarning kadim zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi jildi ilmi nujum, geografiya, ma`danshunoslik va botanika fanlariga oid ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Afsuski, bu muxim va kimmatli asarning fakat I va VI jildlarigina topilgan, xalos. Asarning birinchi jildida etti iklim mamlakatlarining, guningdek, O`zbekistonning o`rta asrlardagi shaxar va viloyatlarining geografik xolati, xalki va uning turmush tarzi xakida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. “Baxr ul-asror”ning VI jildi aloxida kimmatga ega. Unda XIII-XVII asrning birinchi yarmida Chigatoy ulusi, O`rta Osiyo, Mo`guliston va Shimoliy Afgoniston tarixi keng va atroflicha yoritilgan. Maxmud ibn Vali va uning mazkur asari ilmiy jamotachilikka 1902 yildan beri ma`lum bo`lsa-da, xali juda kam o`rganilgan. Undan ayrim parchalarning ruscha tarjimasi V.V.Bartol`d, B.AyuAxmedov va K.A.Pishulina tomonidan e`lon kilingan. “Baxr ul-asror” asarining olti nafar ko`lyozmasi mavjud. Ularning to`rttasi O`zR FA Sharkshunoslik institutida I jild va VI jildning 1-3 kismlari, ikkitasi esa Angliya va Pokistonda, VI jildning 4 kismi saklanmokda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling